4.3. “YANGILANISH” DAVRI NASRI
Darsning maqsadi: Yangilanish davri adibi Abdulloh Ibn Muqaffa ijodiy
faoliyati bilan tanishtiriladi.
Tayanch so’zlar va iboralar: «Kalila va Dimna», paxlaviy tili, «Kichik
odobnoma», «Katta odobnoma», «Panchatantra».
«Yangilanish» davrida nafaqat she’riyatda yangi uslub paydo bo‘ldi, balki
badiiy nasr ham yuzaga keldi. Uning asoschisi deb haqli ravishda Abdulloh ibn al-
Muqaffa hisoblanadi.
Abdulloh ibn al-Muqaffa (721–757) Eronda Jur qishlog‘ida (Feruzobod)
fors zardushtiylar oilasida tug‘ilgan. Bu yerda u an’anaviy zardushtiylar
tarbiyasini olgan va fors madaniyati bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan.
Keyinchalik o‘smir Basraga ko‘chib o‘tgan. U yerda ma’lumot olishini yakunlash
va arablar madaniyatidan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu esa o‘sha
davrdagi ko‘pchilik ma’lumotli forslar singari xalifalikning yuqori martabali
amaldorlari xizmatiga kirish imkonini bergan. U Eron va Iroqning turli
shaharlarida umaviy va abbosiy noiblar qo‘lida xizmat qilgan hamda nafaqat
yaxshi amaldor, balki yozuvchi sifatida ham shuhrat qozongan. Umrining oxirgi
yillarida Abdulloh ibn al-Muqaffa islom dinini qabul qilgan, ammo boshqalardan
yashirincha zardushtiylikka rioya etavergan.
Ibn al-Muqaffaning forslarga bo‘lgan muhabbati, yuzaki sadoqat ortiga
yashiringan arablardan nafrati va zindiq (hurfikrli bid’atchi)ligidan yozuvchining
dushmanlari Bag‘dodda uning obro‘sizlantirishda foydalanganlar. Natijada xalifa
al-Mansurning buyrug‘i bilan yozuvchi 35 yoshida qatl ettirilgan. Manbalarda Ibn
al-Muqaffa yuksak ma’lumotli va oliyjanob inson, insonparvar va xushfe’l kishi,
fors madaniyatining katta bilimdoni va muxlisi sifatida tasvirlanadi. U xalifalik
78
aholisining ma’lumotli qismini fors adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan
tanishtirishga harakat qilgan.
Ibn al-Muqaffa har tomonlama qobiliyatli inson bo‘lgan. U fors manbalariga
tayanib, davlat tuzilishi va siyosat masalalariga bag‘ishlangan bir qancha risolalar
yozgan, ularda xalifalikning davlat tizimini tanqid qilgan hamda uni Sosoniylar
davlati namunasi bo‘yicha isloh etishni taklif etgan. Ibn al-Muqaffa, shuningdek,
ikki risolani – «Kichik odobnoma» va «Katta odobnoma» risolalarini qadimgi
paxlaviydan arab tiliga tarjima qilgan. Ularda yaxshi tarbiyali insonning axloq-
odobi haqidagi qoidalar, shuningdek, hukmdorlar o‘zlarining faoliyatida va qo‘l
ostidagilar bilan muomalada rioya etishlari kerak bo‘lgan qoidalar berilgan.
Ibn al-Muqaffa «Kalila va Dimna» nomli hind nasihat hikoyalari to‘plamini
o‘rta fors tilidan arab tiliga tarjima qilganligi bilan arab va jahon adabiyotiga
ulkan hissa qo‘shgan. «Kalila va Dimna»ning hind tilidagi asl nusxasi saqlanib
qolmagan, ammo uning sanskrit tilidagi qayta ishlangan ilk hind variantlaridan
biri – «Panchatantra» bizgacha yetib kelgan. Aftidan III–IV asrlarga taalluqli
bo‘lgan «Panchatantra» – hind ertaklari, masallari, rivoyatlari, hikmatlarining
to‘plami bo‘lib, odamlarni oqilona xatti-harakat qilishga o‘rgatish, donolar
bisotidan bahramand qilish maqsadida tuzilgan. To‘plam beshta bobdan iborat
(«Panchatantra»ning tom ma’nosi «besh kitob»). Uning birinchi bobida – do‘stlik
qanday buzilishi haqida, ikkinchi bobida – qanday qilib do‘st orttirilishi,
uchinchisida – qanday jang qilinishi, to‘rtinchisida esa egallangan narsa qanday
79
yo‘qotilishi, beshinchisida aqlsiz ishlar qanday sodir etilishi haqida hikoya
qilinadi.
VI asr o‘rtalarida Eron podshosi Xusrav Anushirvon ajoyib kitob haqida
bilib qolgach, uni o‘rta fors tiliga tarjima qilishni buyurgan. Tarjimada keltirilgan
rivoyatga ko‘ra, podsho aynan shu maqsadda o‘z shifokori Barzueni Hindistonga
yuborgan. Barzue turli nayranglar bilan ana shu qo‘lyozmadan foydalanish
imkonini qo‘lga kiritgan va maxfiy tarzda uni ko‘chirib olgan. VI asrda Barzue
tarjimasida Suriya bayoni amalga oshirilgan, VIII asr o‘rtalarida esa Abdulloh ibn
al-Muqaffa kitobni arab tiliga o‘girgan. Kitob «Kalila va Dimna» nomini olgan.
Bu nom pahlaviydagi va arab tilidagi tarjimada buzilgan «Panchatantra»
kitobining birinchi bobida keltirilgan shoqollar («Karataka va Damamaka»)ning
nomlaridan kelib chiqqan.
«Kalila va Dimna»ning qayta ishlangan varianti shunchalik o‘zgarib
ketganki, tarjima ekaniga qaramay, kitob arab o‘rta asr nasri tarixida juda katta
o‘rin tutadi. Arab zaminida asar yangi hayot boshladi va aynan Ibn al-Muqaffa
tarjimasi tufayli bir qancha vaqt o‘tgach Yevropada tanildi. Ibn al-Muqaffa,
musulmon kitobxonning didiga moslashtirish uchun, shuningdek o‘z g‘oyalarini
ifodalashga intilib, «Kalila va Dimna»ning ko‘p joylarini o‘zgartirgan,
80
shuningdek o‘zi yozgan yangi qismlarni kiritgan. Masalan, Ibn al-Muqaffa fors
tilidagi matnga kirish hamda Dimna (o‘z nayranglari bilan sher va ho‘kizning
to‘qnashuvini hamda ho‘kizning o‘limini atayin keltirib chiqargan shoqol)ning
ishini tergov qilish haqidagi bobni qo‘shgan, chunki asarning didaktik maqsadlari
gunoh jazolanishini talab qilardi. U hukmdorni tabaqalar iyererarxiyasiga rioya
etishga chaqirish maqsadida (chunki tabaqalarning buzilishi hokimiyat uchun
xavfli bo‘lishi mumkin edi) taqvodor va mehmon haqidagi hikoyani qo‘shdi.
Yozuvchi hikoya qahramonlarining tilidan vaziyatga mos keladigan arab
maqollari va Qur’on parchalarini keltirgan.
Shunday qilib, «Kalila va Dimna»da turli madaniyatlarning elementlari
qo‘shilib keladi. Hind prototipining jihatlari didaktik maqsaddagi rivoyatdan keng
foydalanilganida, asarning ayrim pand-nasihatli voqealar bir-birining ortidan
cheksiz tasma sifatida keladigan «ramkali» kompozisiyasida, nihoyat hind
hayotidagi ayrim voqealarda (masalan, Ilada haqidagi bobda uning buddaviy
yoki jayniylardan kelib chiqqanidan dalolat beruvchi brahmanlarga qarshi
motivlarda) ko‘rinadi.
Yuqorida aytganimizdek, «Kalila va Dimna» – avvalo didaktik xususiyatga
ega bo‘lgan asar. «Oqillar bu kitobni undagi donishmandlikdan bahramand bo‘lish
uchun, aqlsizlar esa ko‘ngilxushlik uchun o‘qiydilar». Kitobda hukmdorlarning
o‘z yaqinlari va qo‘l ostidagilarga nisbatan xatti-harakatining qoidalari qiziqarli
shaklda bayon etilgan, buning ustiga muallif yuqori martabali shaxslarni
chaqimchilarga
ortiqcha
ishonishdan
va
ayblanuvchilarni
ayblashda
shoshqaloqlikdan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi. Siyosiy mulohazalar ancha
ehtiyotkor shaklda bildiriladi. Muallifning fikricha, hukmdor odil va rahmdil
bo‘lishi hamda so‘zining ustidan chiqishi va g‘azabini jilovlay olishi kerak.
«Aybsiz odamlar qo‘rqadigan podsho – eng yomon podsho». Qayg‘uli tajriba
muallifga ko‘p narsalarni o‘rgatgan: «Donishmandlar faqat aqlsiz odamlargina
uch narsani qilishdan qo‘rqmasliklarini aytganlar: podsholar bilan do‘stlashish,
zaharni ichib ko‘rish va sirlarini ayollarga ishonish».
81
«Kalila va Dimna» asarida hukmdorning yordamchilar va maslahatchilarni
tanlashiga alohida ahamiyat beriladi. Hukmdor eng munosib, bilimdon
odamlarnigina, ularning shaxsiy xislatlarini o‘rganib, o‘ziga yaqinlashtirishi
kerak.
«Kalila va Dimna» haqli ravishda Sharq donoligining xazinasi hisoblanadi va
donolikni sharaflashga xizmat qiladi. Muallifning fikricha, hayotdagi eng asosiy
narsalar – aql va bilimdonlik. Aql hiyla bilan birgalikda kuchni yengadi. Jasurlik,
saxovat, burch hissi, do‘stga sadoqat, taqvo va nafsni tiyish bular eng muhim
insoniy qadriyatlardir. Shu bilan birga, barcha ko‘zgulardagi kabi, e’lon qilingan
qoidalar yuksak umuminsoniy talablarning in’ikosi sifatida ochib beriladi.
«Kalila va Dimna» insonning xatti-harakati – yaxshilari ham, yomonlari ham
– azaldan taqdirda belgilab qo‘yilgan, deb o‘rgatadi. Shu bois inson ular uchun
javobgar bo‘la olmaydi.
82
Kitobda voqealar pand-nasihatlar qiluvchi hayvonlar nomidan hikoya
qilinadi. Ularda hayotiy donishmandlik hikmat va rivoyatlar shaklida bayon
etiladi. Hikoyaning asosiy badiiy to’qimasi – rivoyat. Rivoyatlar mohirlik bilan
hikoyaga kiritiladi. Ular fokuschining cheksiz tasmasidek o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
bir qator pand-nasihatli hikoyalarni hosil qiladi. «Kalila va Dimna»ning tuzilishi,
yuqorida aytilganidek, Qadimgi Hindistondagi o‘ralgan qissalarning tuzilishiga
yaqin. «Panchatantra» da bo‘lgani kabi, «Kalila va Dimna»da ham umumiy qobiq
hosil qiluvchi hikoya mavjud: hind podshosi Dabshalim va o‘z hukmdoriga o‘git
beruvchi faylasuf brahman Beydaba tarixi. Bunday ramkali kompozisiya asarga
badiiy tugallik bag‘ishlaydi. «Kalila va Dimna»ning bir bobi ham ramkaga –
83
bobning asosiy fikrini ifodalovchi bosh rivoyatga ega. Ushbu qobiq rivoyatni
bayon etish mobaynida qahramonlar yoki bosh hikoyachi qaysidir xususiy fikrni
qisqa rivoyat yordamida tushuntirish uchun vaqtincha hikoya qilishdan chalg‘iydi,
shu tariqa ko‘zboylag‘ichning qutilari singari bir-birining ichiga solingan kiritma
rivoyatlar shodasi hosil qilinadi.
Badiiy jihatdan yakunlangan sher va ho‘kiz haqidagi to‘plamning dastlabki
boblariga kirgan qissa qutili kompozisiyaning misoli bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Podsho Dabshalimning iltimosiga ko‘ra, Beydaba makkor yolg‘onchi
urishtirib qo‘ygan bir-birini yaxshi ko‘ruvchi ikki mavjudot haqidagi rivoyatni
aytib beradi.
Kunlardan bir kun sherning podsholigida egasi tashlab ketgan ho‘kiz paydo
bo‘ladi. Ho‘kizning mo‘rashini eshitgan sher qo‘rqib ketadi va qo‘rquvini
atrofdagi hayvonlarga sezdirmaslik uchun harakatlanmay qo‘yadi. «Sher mag‘rur,
o‘zgalar fikriga quloq solmaydigan, o‘zining fikrlari esa nomukammal edi».
Ikkita shoqol – Kalila va Dimna sherning xizmatida edi. «Dimna yovuzroq
va kuzatuvchanroq edi». U sherning qo‘rquvi sababini tushundi va podshoning
«nodonligidan» foydalanish va saroyda yuqoriroq lavozim egallashga qaror qildi.
U sherga yaqinlashib, «podsho kelib chiqishiga ko‘ra arzimas bo‘lsa ham,
insondagi jasoratidan nafratlanishi kerak emas»ligiga doir shirin nutqlari bilan
uning ko’nglini oldi va unga xavfni bartaraf etishni va’da qildi. Podshoning
roziligi bilan ho‘kiz huzuriga bordi va uni hukmdorining huzuriga taklif qildi.
Biroq vaziyat shuhratparast Dimna istaganicha bo‘lmadi. Sher ho‘kiz bilan
tanishgach, uni hurmat qilib, eng yaxshi do‘stiga aylantirdi. Dimna sher va
ho‘kizning do‘stligiga xotirjam qarab tura olmas edi. U ho‘kizning ustidan
shubhalanuvchi va qo‘rqoq sherga tuhmat qildi va sherni ho‘kiz unga qarshi fitna
uyushtirayotganiga ishontirdi. Oxir-oqibatda g‘azab otiga mingan sher do‘stini
burda-burda qilib tashladi.
Sher va ho‘kiz haqidagi rivoyatning qisqacha mazmuni ana shunday. Undan
chiqadigan xulosa aniq: hukmdor makkor yordamchilarining maslahatlariga ko‘r-
84
ko‘rona rioya etmasligi kerak; uning maslahatchilari orasida faqat munosib
kishilar bo‘lishi lozim.
Biroq sher va ho‘kiz haqidagi rivoyat – faqat qobiq, xolos, va muallif,
yangidan-yangi kiritma rivoyatlarni aytib berish uchun, syujet rivojidagi har
qanday burilishdan foydalanadi.
Masalan, Dimna akasi Kalilaga ho‘kiz ustidan shikoyat qiladi va o‘zining
qora niyatlarini aytib beradi. Kalila ukasidan so‘raydi: «Ho‘kizni qanday
yengasan, axir u sendan kuchli-ku?». «Sen qarg‘a ilonni qanday yengganini
bilmaysan-mi?» – deb javob beradi Dimna. «Bu qanday bo‘lgan? – deb so‘raydi
Kalila. Shunda Dimna qarg‘a ilonni hiyla bilan yenggani haqidagi rivoyatni aytib
beradi. Qarg‘a ayolning qimmatbaho zeb-ziynatini o‘g‘irlashi va uni ilon uyasi
yaqiniga tashlashiga to‘g‘ri keldi. Odamlar zeb-ziynatni olish uchun kelib ilonni
o‘ldirishdi. Shunday qilib, hiyla kuchni yengdi.
Ammo qarg‘a haqidagi rivoyat, o‘z navbatida, kiritma rivoyatga ega.
Ma’lum bo‘lishicha, qimmatbaho ziynatni o‘g‘irlash haqidagi fikrni shoqol, unga
esa o‘z poloponlarini yeb qo‘yganidan shikoyat qilgan qarg‘a aytgan. «Men ilon
oldiga boraman va ko‘zlarini cho‘qib tashlashni istayman», – deydi qarg‘a.
«Ilonni yenggishingga va o‘zing halok bo‘lmasligingga yordam beradigan usulni
top», – deydi dono shoqol. – Tag‘in qisqichbaqani o‘ldirishni istab, o‘ziga zarar
yetkazgan qarqaraga o‘xshab qolma». Shunda shoqol baliqlarga boshqa hovuzga
olib borishni va’da qilgan, har safar yo‘lda ularni yeb qo‘ygan va, nihoyat,
qisqichbaqani olib ketayotganida u baliq suyaklarini ko‘rib, o‘zini nima
kutayotganini tushungan holda qarqarani qisqichlari bilan bo‘g‘ib tashlagan
qarqara haqidagi rivoyatni aytib beradi. Muallif bu bilan «hayot uchun kurashda
o‘z kuchingni to‘g‘ri chamala, aks holda seni halokat kutadi» demoqchi bo‘ladi.
«Kalila va Dimna»da har xil rivoyatlar keltirilgan. Ayrimlari qiyofasiz,
donishmandlikni ko‘rsatuvchi personajlarning dinamikadan mahrum va fojiali
harakatlarini eslatadi (masalan, ukki va qarg‘a haqidagi bob rivoyati, boshqalari,
aksincha, qiziqarli mazmunga ega bo‘lgan jonli, hozirjavob, qisqa hikoyalardir
(masalan, yuqorida bayon etilgan sher va ho‘kiz haqidagi rivoyat). Birinchi
85
turdagi rivoyatlarda hayvonlar hali an’anaviy tipik jihatlarga ega emas, ular
harakat qilmaydi, balki uzoq mulohaza yuritadi va hali o‘zaro so‘zlashuvchi
odamlarni juda eslatib turadi. Ikkinchi turdagi rivoyatlarda (masalan, «Kalila va
Dimna» haqida hikoyada) personajlarda o’ziga xoslik jihatlar paydo bo‘ladi,
ularning xarakterlari sezila boshlaydi.
Rivoyatlarning tuzilishi murakkab emas. Odatda muallif rivoyatni bitta gap
bilan boshlaydi: «Faylasuf aytdiki». Shundan so‘ng voqea joyini qisqacha
tavsiflaydi va qahramonlarni sanab o‘tadi. So‘ngra voqea boshlanadi (tugun) –
qahramonlar tushib qolgan vaziyat tasvirlanadi, yechim – vaziyatdan chiqish
ko‘rsatiladi, so‘ngra butun rivoyatning xulosasini ifodalovchi hikmat yoki maqol
keltiriladi. Voqea ko‘pincha dialog shaklida rivojlanadi. Qisqa rivoyatlarda
tavsiflash qismi muallifdan eng kam darajagacha yetkazilgan, uzunlarida u
ko‘pincha kengayib ketadi va bayon etilish sur’ati pasayadi. Bundan tashqari,
uzun rivoyatlarda bayon chekinishlar, kiritma rivoyatlar va hikmatlar bilan uzilib
turadi. Katta rivoyatlardagi boblarning tuzilishidagi ma’lum birxillik va voqealar
rivojidagi imillash har bir masalning ma’nosini tushuntirish va singdirishga
xizmat qiladi. Ammo asarning badiiy qimmatini biroz pasaytiradi. Boshqa
tomondan, rivoyatlar o‘rtasidagi aloqa hech yerda uzilmaydi. Bu esa
o‘quvchining qiziqishini doimiy ravishda kuchaytiradi va o‘qishdan to‘xtashiga
imkon bermaydi.
«Kalila va Dimna» butun keyingi arab adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Shu asardan boshlab qiziqarli hikoya janri arab adabiyotida mustahkam
o‘rnashgan, al-Jahiz, va keyinchalik Badiuzzamon, al-Xamazaniy, al-Haririy
ijodida arab nasrsining asosiy janrlaridan biriga aylangan.
XI–XIII asrlarda «Kalila va Dimna» Yevropaga kirib boradi. Taxminan
1081 yilda kitobning yunoncha tarjimasi paydo bo‘lgan. XIII asrda undan slavyan
tiliga tarjima amalga oshirilgan. U Moskva Rusiga «Stefanit i Ixnilat» nomi bilan
kelgan. XII asr boshida «Kalila va Dimna» arab tilidan yaxudiy tiliga, 20 yildan
so‘ng esa lotin tiliga o‘girilgan. Oxirgi tarjimasi esa ko‘plab yevropa tillariga
tarjima uchun asos bo‘lgan.
86
«Kalila va Dimna» Uyg‘onish davri yozuvchilarining ijodiga ta’sir etgan
Bokachchoning novellarida, Lafontenning masallarida o‘z ifodasini topgan.
Rossiyada «Kalila va Dimna»ning syujetlari bilan turli ko‘rinishlarda I. A. Krilov
tanish bo‘lgan, L. N. Tolstoy ham ular bilan qiziqqan. Shunday qilib, «Kalila va
Dimna» ko‘p asarlar mobaynida butun dunyoda tarqalgan hamda tarbiyaviy
ahamiyati va qiziqarliligi bois jahon adabiyotining buyuk yodgorliklari orasida
mustahkam o‘rin egallagan.
Dostları ilə paylaş: |