93
aniqligi bilan ajralib turadi hamda islomgacha bo‘lgan
davrdagi eng yaxshi
qasidalarni, ayniqsa al-Buxturiy doimo qoyil qolgan Imru-l-Qaysning she’rlarini
eslatadi.
Al-Buxturiy she’rlarida tabiatning tasvirlanishi nafaqat uning nozik, sof
badaviy kuzatuvchanligidan, balki katta poetik fantaziyasidan ham dalolat beradi.
Qadimgi arab she’riyati shaklidagi qat’iylik, «qadimgi davrga qaytish»ning
boshqa shoirlari kabi, al-Buxturiy ijodida ham yoritiladi. Al-Buxturiy poetik
manzaralarni
yoritishda yorqinlikka, she’rning go‘zal bo‘lishiga intiladi,
murakkab isteoralar, jonlantirib tasvirlashlarga murojaat etadi:
Qish fasli shunchalar tez va bildirmasdan ketib qoldiki,
Xuddi qo’rqqanidan kiyimini almashtirib qochgan odamga o’xshaydi
Al-Buxturiy me’moriy yodgorliklar: saroylar, masjidlar,
favvoralar va shu
kabilarni badiiy tasvirlash bilan shuhrat qozongan. Masalan, al-Buxturiy al-
Mu’tazzaga yozgan madhiyasida xalifaning «al-Kamil» («Mukammal») nomli
saroyini shunday tasvirlaydi.
Al-Buxturiy o‘z she’rlariga mantiq qonunlarini kiritgan rasionalist shoirlarga
sovuq munosabatda bo‘lgan, ularning she’riyatiga tug‘ma she’riy did va badiiy
intuisiyaga ega Imru-l-Qaysning jonli ijodini qarshi qo‘ygan.
She’riyatda mantiqni qabul qilmaslik al-Buxturiyning chuqur ma’noli
falsafiy asarlar yaratishiga xalal bermagan.
Shu jihatdan, uning she’rlari Abu
Tammom asarlaridan qolishmagan.
Al-Buxturiy Abu Tammomga taqlid qilib o‘z «Xamosa»sini – arab
she’riyatidagi antologiyasini yaratgan. Biroq shoir unga unchalik qiziqarli
bo‘lmagan
qadimgi
arab
shoirlarining
asarlarini
(asosan,
didaktik
mavzudagilarini) kiritgan. Shunday qilib, al-Buxturiy Abu Tammom bilan
shoirlikda bemalol muvaffaqiyatli raqobat qilgan va, ehtimol, shoir sifatida undan
ustun
turgan al-Buxturiy, o‘tgan shoirlarning asarlarini baholashda badiiy didi
bo‘yicha o‘z ustozidan ortda qolgan.