5.2. ADABIY JARAYON
Darsning maqsadi: O’rta asr arab adabiyotida adabiyotshunoslikka oid
dastlabki asarlarni yozgan al-Jaxiz va Ibn al-Mu’tazz ijodi bilan tanishtiriladi.
Tayanch so’zlar va iboralar:”Kitab al-bade”, tashbih, istiora, “Kitab al-
hayavan”, “Kitab al-bayan va at-tabyin”, “Naqd ash-She’r”.
Al-Jaxiz (775–868). «Qadimgi davrga qaytish» adabiyotida buyuk arab
nasrnavisi va adabiy tanqidchisi, mu’taziliyaning asosiy arboblaridan biri al-Jaxiz
alohida o‘rin tutadi. Abu Usmon ibn Baxrning laqabi «al-Jaxiz» («Lo‘q ko‘z»)
bo‘lgan. U Basrada tug‘ilgan. Bolalik yillaridayoq bo‘lg‘usi yozuvchi o‘qishga
qiziqdi va masjidiylar to‘garagi – Basradagi katta masjidda birlashgan olimlar va
adiblar to‘garagiga kirdi. Keyinroq al-Jaxiz Bag‘dodga ko‘chib o‘tdi, u yerda turli
fanlar, ayniqsa yunon falsafasi (Arastu va boshqa mutafakkirlarning asarlarini)
o‘rganishda davom etdi. Bag‘dodda al-Jaxiz o‘zining adabiy faoliyatini boshladi.
Uning iste’dodli adib ekani haqidagi gap-so‘zlar xalifa al-Ma’mungacha yetib
bordi. Xalifa al-Jaxiz asarlari bilan tanishgach, unga Abbosiylar hokimiyatining
qonuniyligi haqida risola yozishni topshirdi va bu ishni bajarishi uchun uni o‘z
devoniga amaldor qilib tayinladi.
96
Al-Jaxizning diplomatik risolasi, uning quvnoqligi, hozirjavobligi va
bilimdonligi, shuningdek, arablarga xayrixohligi unga turli xalifalarning
saroylarida muvaffaqiyatni ta’minladi. Al-Jaxiz Ibn az-Zayat (al-Mu’tasim va al-
Vasiq kabi xalifalarning vaziri) davrida alohida hurmat qozondi. Ushbu vazir
bilan yozuvchini yaqin do‘stlik bog‘lab turgan. Ibn az-Zayat ishdan bo‘shagach
(847) al-Jaxiz uning siyosiy va adabiy raqibi – bosh qozi Ahmad ibn Abu Du’ad
va boshqa yuqori martabali shaxslar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Al-
Jaxizning hurfikrliligi, mo‘tazilizmi unga ortodoks-ilohiyotchilarning doimiy
ravishda hujum qilishiga sabab bo‘lgan. Biroq bu hujumlar barchaning hurmatini
qozongan al-Jaxizning martabasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmagan. Faqat
hayotining so‘nggi yillariga kelib, mo‘taziliya musulmon ilohiyotida yetakchi
o‘rinni butunlay yo‘qotganidan keyin, al-Jaxiz Bag‘dodni tark etdi va Basraga
qaytdi. U yerda uzoq umr kechirib, vafot etdi.
Al-Jaxiz buyuk olim, ensiklopedik bilimlar egasi bo‘lgan. Uning qalamiga
o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha fanlar (falsafa, ilohiyot, tarix,
geografiya, etnografiya, tabiatshunoslik, kimyo, mineralogiya, matematika va
boshqalar)ni qamrab olgan 200 ga yaqin asarlar mansub. Al-Jaxizning ilmiy
ishlari deyarli har doim munozaralarga boy bo‘lgan. Haqiqatni izlashda u faqat
aqlga tayanishga harakat qilgan va ilohiy izohlardan qochgan. Al-Jaxiz ilmiy
tadqiqotchilar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida eksperiment (tajriba) va
kuzatishni tan olgan. U doimo dalillarni aniq ifodalashga hamda mulohazalarida
mantiqqa qat’iy amal qilishga harakat qilgan.
Al-Jaxiz, Ibn al-Mu’tazz singari, – arab adabiyotining dastlabki
nazariyotchilaridan biri. U hattoki arab uslubiyati va notiqlik san’ati masalalariga
«Tushuntirishlar kitobi» («Kitab al-bayan va-t-tabiyin») kabi maxsus risolalar
bag‘ishlagan. Unda qiyosiy usuldan foydalanib va lingvistik prinsipga asoslanib,
o‘rta asr arab mualliflarining uslubi yuzasidan bir qator kuzatishlarini bayon etgan
hamda suhandonlik namunasi sifatida ularning asarlaridan parchalar keltirgan. Al-
Jaxiz «yangilanish harakati» tarafdorlariga qarshi chiqib, arablarning nihoyatda
yuksak notiqlik qobiliyatini, badiiy uslub sohasidagi nozik hissiyotini ta’kidlagan.
97
Al-Jaxiz ilmiy masalalarga katta qiziqish bildirgani hamda ko‘plab ilmiy
asarlar yozganiga qaramay, arab madaniyati tarixiga u avvalo o‘zining badiiy
asarlari bilan kirgan. Al-Jaxizning badiiy ijodini tushunish uchun uning siyosiy
qarashlarini anglash nihoyatda muhim.
Al-Jaxiz abbosiylar xalifaligining qat’iyatli himoyachisi sifatida namoyon
bo‘lgan va hattoki o‘rta osiyolik turkiy yollanma askarlarni xalifalik
hokimiyatining tayanchi sifatida keng jalb qilish haqidagi fikrlarini bildirgan.
Al-Jaxizning bizgacha yetib kelgan adabiy asarlariga avvalo uning hajviy
ruhdagi «Kvadratlik va aylanalik haqidagi noma» («Risalat fi-t-tarbiy va-t-
tadvir») kiradi.
Badiiy nuqtai nazrdan, al-Jaxizning eng katta asari «Baxillar haqidagi kitob»
(«Kitab al-buxala») bo‘lib, u ziqnalik va sahiylik haqidagi munozarali
nomalarning, qurumsoq odamlar haqidagi hikoya va latifalarning tartibsiz
to‘plamidir. Ushbu hikoyalarning qahramonlari sifatida odatda forslar – Xuroson
viloyati va O‘rta Osiyodagi Marv shahrining aholisi, shuningdek Bag‘dod
hokimiyatiga doimo muxolif bo‘lgan yarmi shia, ko‘p millatli Basra ahli
ko‘rsatiladi.
«Baxillar haqidagi kitob» – hajviy asar. Unda o‘quvchining ko‘z o‘ngidan
turli kimsalar – savdogarlar va ziroatchilar, olimlar va ilohiyotchilar, firibgarlar va
qashshoqlar o‘tadi. Al-Jaxiz hikoyalaridan birida ahmoqona nutqlar so‘zlovchi
aqidaparast ilohiyotchini tasvirlaydi, boshqasida Basralik masjid olimlari, ziqna
va ezma, kun bo‘yi olov chiqarishning eng tejamkor usullari haqida bahs yuritish
bilan shug‘ullanuvchi basralik masjid olimlari ustidan kuladi, uchinchisida
qaysidir olimning andishasiz ochofatligi haqida so‘z yuritadi, to‘rtinchisida – boy
ammo xasis kishining ustidan kuladi, uning tilidan Qur’on va hadisga asoslangan
holda baxillikni himoya qiluvchi so‘zlarini keltiradi.
Biroq al-Jaxizning kitobi – inson nuqsonlarining oddiygina tavsifidan
kattaroq narsa. Baxillarning xatti-harakatini, ularning intilishlarini, mulohaza va
dalillarini tahlil qilgan al-Jaxiz inson xarakterini nozik tushunishini, aql ko‘pincha
yurakning «xizmatkori»gina bo‘lib qolishini tushunishini ko‘rsatadi. Al-Jaxiz
98
kitobning muqaddimasida o‘quvchilarga baxillar haqidagi kulgili hikoyalar va
ularning «hiylakor asoslarini» aytib berishni va’da qiladi. Darhaqiqat, «baxillar
haqidagi kitob»ning aksariyat epizodlarida nafaqat baxillik, balki ularning
mantig‘i, «dalil va mulohazalari» kulgiga olinadi. Bular kitobning eng yorqin
sahifalaridir.
«Baxillar haqidagi kitob»da ancha keskin ijtimoiy tanqid bor. Kitobning
qahramonlaridan biri – basralik boy yer egasi as-Sauriy sudxo‘rlik bilan
shug‘ullanadi – har narsada tejayveradi: yalangoyoq yuradi, uydagilarni xurmoni
danagi bilan yeyishga majbur qiladi va hokazo. Boshqa bir qahramon – boy
Ahmad ibn Xalaf o‘zining baxilligi bilan shuhrat topganidan xursand, chunki
bunday «orzu» uni pul so‘rovchilarning tixirligidan saqlaydi. Uchinchi qahramon
– baxil uy egasi bo‘lib, nodonligi va ziqnaligi uning ijarachiga qarshi kulgili
nutqida ochib beriladi.
Al-Jaxizning obrazlari to‘laqonli va yorqin. Qahramonlarining tili aniq
soddalashgan.
«Baxillar haqidagi kitob» nafaqat adabiiy, balki, shubhasiz, tarixiy madaniy
qadriyatdir. Unda o‘sha davrdagi jamiyatning iqtisodiy va madaniy ahvoli,
turmushi va axloq-odobi tasvirlangan.
Al-Jaxizning «Hayvonlar to‘g‘risidagi kitobi» («Kitab al-hayvan») asari
biroz boshqacharoq xususiyatga ega. Bu adaba janridagi ilk asarlardan biridir
(qiziqarli va umumta’lim ahamiyatiga ega bo‘lgan, ilmiy-ommabop, didaktik va
badiiy adabiyot chegarasidagi kitob).
Ushbu kitobida al-Jaxiz o‘quvchiga qiziqarli shaklda hayvonlar haqidagi turli
ma’lumotlarni keltiradi. Unda arab, fors va yunon yozuvchilari hamda
Aristotelgacha bo‘lgan barcha mutafakkirlarning asarlaridan parchalar, hayvonlar
haqidagi turli maqollar, hikmat va she’rlar, Qur’ondan sharhlab berilgan
parchalar, Bibliya rivoyatlari va boshqalar keltirilgan.
Al-Jaxiz o‘zining xarakterining nozik tomonlarini boshqa asarlarida bo‘lgani
kabi, qiziqarli tarzda bayon etishga harakat qilib, doimiy ravishda kompozision
birlikni buzadi va asosiy mavzudan chekinadi. Muallif hayvonlar haqida hikoya
99
qilayotganida axloq, din, psixologiyaning turli-tuman masalalariga to‘xtaladi. Al-
Jaxiz kitobni hayvonlarni yaratayotganida shunchalik oqilonalikni namoyon
etgan, ularga aql va hiyla bergan Allohning donoligi va qudratini sharaflash bilan
yakunlaydi.
Al-Jaxiz arab badiiy nasrsi tarixida katta rol o‘ynagan. Aytish mumkinki, u
arab adabiyotidagi birinchi haqiqiy hajviydir. Bayonning qiziqarliligi,
mavzularning xilma-xilligi va o‘ziga xosligi unga jamiyatning turli tabaqalarida
mashhurlikni ta’minladi. Bag‘dod va Basra ahli al-Jaxiz qahramonlarida hech bir
qiyinchiliksiz o‘z zamondoshlarini ko‘rib olardilar. Adabiyot tarixida birinchi
marta zamonaviy mavzudagi nasriy asarlar paydo bo‘ldi. Ularda o‘sha vaqtdagi
axloq manzaralari keltirilgan va ijtimoiy hayot asoslari tanqid qilingan.
Keyinchalik ko‘plab arab yozuvchilari (Ibn Qutayba, Ibn Abd Rabbixi, maqoma
mualliflari va boshqalar) al-Jaxiz asarlarining mavzulari, uslubi va tuzilishiga
taqlid qilishga harakat qilganlar.
Dostları ilə paylaş: |