87
V BOB. QADIMIYATGA QAYTISH DAVRI
5.1. ABU TAMMOM VA AL BUXTURIY IJODI
Darsning maqsadi: O’rta asr arab adabiyotida qadimiyatga qaytish davri
vakillari Abu Tammom va Al-Buxturiylar ijodi bilan tanishtirish.
Tayanch so’zlar va iboralar: «vasf», mustaqil janr, «Kitab al-xamasa», al-
Buxturiy, Jasim, Manbij.
Iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha har xil hamda etnik jihatdan turlicha
bo‘lgan Abbosiylar davlati uncha mustahkam bo‘lmagan tuzilma chiqdi. Yirik
feodal yer mulkining o‘sishi hamda mahalliy
separatistik tamoyillarning
kuchayishi sababli nisbatan siyosiy barqarorlik boshlangan qisqa davrdan so‘ng
xalifalik VIII asr oxirida parchalanib, markaziy hokimiyat asta-sekin obro‘sizlana
boshlaydi hamda viloyatlar hududlarida amalda mustaqil bo‘lgan davlatlar
shakllanadi (VIII asr oxirida Marokashda – Idrisiylar davlati, IX asr boshida
Tunisda
va Jazoirda Aglabiylar davlati, IX asr o‘rtalaridan boshlab Misr va
Suriyada – Tuluniylar, so‘ngra X asr o‘rtalaridan boshlab – Fotimiylar davlati).
IX asrda xalifaga O‘rta Osiyo va Kavkaz hududlari nomigagina bo‘ysungan.
VIII–IX asrlardagi feodallarga qarshi dehqonlarning kuchli qo‘zg‘olonlari Eron,
O‘rta Osiyo, Kavkaz hamda barcha joylarda diniy tus olgan boshqa viloyatlardagi
ana shunday qo‘zg‘olonlar ham Bag‘dod xalifalarining hokimiyatini yemirardi.
IX asr o‘rtalarida mamlakatning siyosiy hayotiga turkiy va Shimoliy
Afrikadan kelib chiqqan jangchilardan iborat saroy armiyasining ta’siri ham
kuchaya boshlaydi. Qo‘shinga yollanma jangchilarni keng
miqyosda jalb qilishni
turklar va berberlardan iborat ko‘p ming sonli qo‘shin tuzgan xalifa
al-Mu’tasim
(833–842) asos solgan. Biroq asta-sekin xalifalar armiyasi sarkardalari qo‘lidagi
o‘yinchoqqa aylana borganlar.
Qadimiyatga qaytish davri vakillari adabiyotdagi qadimgi arab shakllarini
tiklashga da’vat eta boshladilar. Ular «yangilanish» adabiyotiga qarshi hujum
qildilar. Boshqa tomondan, islomgacha bo‘lgan she’riyat she’riy
va axloqiy
ideallar manbai sifatida qabul qilindi. Qadimgi qahramonliklar she’riyatining
88
butunligi, axloqiy pokligi «yangilanish» she’riyatining ikkiyuzlamchiligiga qarshi
qo‘yildi. Aynan «qadimgi davrga qaytish» yozuvchi va shoirlari dastlabki qadimgi
arab she’riyati antologiyalarini yaratdilar va arab mumtoz uslubiyatining
qonunlarini ifodalashga uringan arab she’riyatining nazariyotchilari sifatida
namoyon bo‘ldilar.
IX asr she’riyatidagi «klassisizm» adabiyotning taqdiriga ko‘proq salbiy
ta’sir etdi. Islomgacha bo‘lgan shoirlarga taqlid etishga
intilgan saroy shoirlari
an’anaviy mavzularni ishlash va odatdagi qolipga aylangan obrazlarga murojaat
etishda davom etdilar. Biroq, reaksiya kuchayganiga qaramay, IX asr yetarlicha
yorqin ifodalangan o’ziga xoslik uslubga ega bir qator
yirik shoir va nasrlarni
ilgari surdi. Bular quyidagilar: Abu Tammom, al-Buxturiy, Ibn ar-Rumiy, Ibn al-
Mu’tazz, al-Jahiz. Ularning ijodi fikrining teranligi va temperamenti bilan
o‘quvchini lol qoldiradi. IX asr adiblari (she’riyatda ham, nasrda ham) o‘ziga xos
bo‘lgan jihat hayotning o‘zi ilgari surayotgan falsafiy va axloqiy muammolarga
qiziqish edi. Yunon mantig‘i bilan intizomlashgan badiiy ong falsafiy g‘oyalarni
ifodalash uchun aniq-ravshan iboralarni oson topdi.
IX asr arab shoirlari
islomgacha bo‘lgan an’analarni davom ettirib, Iroq, Suriya hamda xalifalikning
boshqa viloyatlari tabiatining manzaralarini qiziqish bilan chizardilar. Ularning
tavsiflari o‘zining balandparvozligi va rang-barangligi bilan islomgacha bo‘lgan
shoirlarning qasidalaridagi tavsiflardan ancha ustun edi.
IX asr shoirlarining
she’rlarida «yangilanish» davri epikurchilarining she’riyatida orqaga surilgan
qahramonlik motivlari yana yangradi. Hatto, eng konservativ va barqaror
an’analarga ega bo‘lgan janr bo‘lmish madhiyalar ham «qadimgi davrga» qaytish
iste’dodli shoirlarining ijodida yangicha, jonli va ifodali yangradi.
Qadimgi davrga qaytish harakatining birinchi taniqli arbobi Abu Tammom
edi.
Dostları ilə paylaş: