72
Mahdiyning saroy shoiri bo‘lgunicha uzoq vaqt darbadar yurgan. Biroq shoirning
ortodoksal islom ta’limoti nuqtai nazaridan bid’at bo‘lgan ta’limotlarga
tarafdorligi hamda al-Mahdiy va yuksak martabali saroy ayonlariga qarshi
qaratilgan zaharxanda hajviyalari shoirga nisbatan hukmdorning g‘azabini
qo‘zg‘atdi. Uning buyrug‘iga asosan 783 yilda Bashshar ibn Burd kaltaklab
o‘ldirildi.
Arab an’anasi so‘qir Bashshar ibn Burdni turli qusurlari bo‘lgan odam,
xudbin, buzuq, qo‘rqoq va ikkiyuzlamachi mansabparast deb tasvirlaydi.
Ushbu
baholarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak, chunki ular xalifalik saroy
doiralarining shoir asarlaridagi arablarga qarshi ruhdan noroziligini aks ettirishi
ham mumkin.
Bashshar ibn Burd arab adabiyoti tarixida ham fors,
ham arab madaniyati
bilan uzviy birinchi shoir bo‘lgan.
Bashshar ibn Burd mumtoz adabiyot shakllarining yuqori martabali
tarafdorlari didiga moslashishga majbur bo‘lgan. U barcha katta-kichik shaxslarga
bag‘ishlagan madhiyalarida ham she’riy o‘lchamda shior odatda madhiyalar
uchun og‘ir tavildan foydalangan, ham mazmun-mohiyatda
qadimgi arab
she’riyati qonunlariga qat’iy amal qilgan.
Qolgan barcha janrlarda – hajviya, muhabbat she’riyatii, marsiyada Bashshar
ibn Burd jasur novator sifatida namoyon bo‘lgan. U qotib qolgan an’anaviy
shakllardan voz kechgan, she’riyatga yangi, hayot bilan chambarchas bog‘liq
mavzular kiritgan hamda yangi she’riy usullardan foydalangan.
Bashshar ibn Burd arablar bosib olgan xalqlarning siyosiy kayfiyatlarini
ifodalab, o‘z kelib chiqishi bilan mag‘rurlangan arablar ustidan zaharxanda,
ba’zan hatto qo‘pol ifodalar bilan kulgan hamda forslarni ulug‘lagan.
Albatta, ungacha bo‘lgan hech bir shoir arablar
bilan bunday ohangda
gaplasha olmagan.
Bashshar o‘z kelib chiqishidan uyalgan va o‘zlariga soxta badaviy ajdodlar
to‘qigan forslar ustidan kulgan. U o‘z ajdodlari haqida g‘urur bilan yozgan.
73
Bashshar ibn Burdning hajviy she’rlarida odatda o‘zini maqtash mavjud. Bu
esa ayrim tadqiqotchilar shoir yangi janr yaratgani haqida so‘z yuritishlari uchun
asos bo‘lgan. Bashshar ibn Burd qadimgi arab she’riyatidan olingan hamda
zamondoshlari va hatto arablarga ham uncha tushunarli bo‘lmagan o‘lik
shakllar
va uslubiy qoliplardan voz kechib, obrazlarni atrof olamdan bemalol olavergan,
yangi va kutilmagan qiyoslar hamda tashbihlardan qo‘rqmay xalq iboralarini
kiritgan.
Bashshar ibn Burdning muhabbat she’riyatii
qadimgi arab shoirlarining
qo‘polroq va ehtirosliroq nasiblaridan farqli ravishda o‘zining nazokati va
musiqiyligi bilan farq qiladi. Unda nozik fors she’riyatining ta’siri ayniqsa
sezilarli. Bashshar ibn Burdning g‘azallari hissiyotga boy va ba’zan unchalik ham
odobli emas, bu, ehtimol, saroy muhitining yengiltak didlariga mos kelgan. Shu
jihatdan ular Ibn Abu Rabi’aning g‘azallarini eslatadi. Ibn Abu Rabi’a she’rlarida
temperament ko‘proq bo‘lsa, Bashshar ibn Burd esa kayfiyatni aks ettirish
ko‘proq .
Bashshar ibn Burd she’rlarining mavzulari xilma-xil:
uning devonida hazil
she’rni ham, maishiy manzarani ko‘rsatuvchi baytlarni ham, quvnoq ziyofat,
saroylar, istirohat bog‘lari tavsifini ham, daryo bo‘ylab sayohat haqidagi hikoyani
ham, yo urf bo‘lgan qo‘shiqchi ayolga qoyil qolish so‘zlarini ham uchratish
mumkin. So‘qirlik shoirga atrof olamni yorqin ifodalashida xalal bermagan.
Bashshar ibn Burdning shoirona xayoloti aniqligi va realligi bilan ajralib turgan.
Dostları ilə paylaş: