76
Ma’munning saroy shoiri sifatida o‘tkazgan. Shoirning xalifa al-Mahdiy
amakivachchasining kanizagi Otbaga bo‘lgan baxtsiz muhabbati unga ko‘p
qayg‘u-alamlar keltirgan va, ehtimol, shoir tarkidunyochiligining sabablaridan biri
bo‘lgan.
Abul Ataxiya she’riyatining diniy taqvoga to‘la va nafsni tiyishga
chaqiruvchi umumiy yo‘nalishi Bag‘dodning xalifalik hokimiyatining obro‘sini
mustahkamlashga intilayotgan saroyida qo‘llab-quvvatlandi.
Shu bois, shoir
shialarga xayrixoh bo‘lishiga qaramay, xalifalarning e’tiborini qozongan.
Abul Ataxiya ijodiy yo‘lining boshida o‘z muhabbat iztiroblarini kuylashga
butunlay o‘zini baxshida qilgan lirik sifatida namoyon bo‘ladi.
Biroq asta-sekin
uning hijroni o‘rnini tushkunlik egallaydi va ishqiy lirikaning o‘rniga tafakkur
keladi.
Abul Ataxiya devonining kattagina qismini madhiyalar tashkil qiladi. Ammo
ushbu an’anaviy janrda ham shoirning mahorati seziladi. Uning tavsiflari cho‘zilib
ketmagan, maqtovlari esa didsiz tilyog‘lamalikka o‘tmagan. Abu Ataxiyaning
hajviyalari ehtiyotkor bo‘lib, avvalgi shoirlardan farqli o‘laroq,
ularda ortiqcha
qo‘pollik yo‘q.
Abul Ataxiyaning Otbaga bag‘ishlangan ishqiy g‘azallari ayniqsa go‘zal.
Ularda shoir Umar ibn Abu Rabi’a yo‘nalishini davom ettiradi. Biroq Umar ibn
Abu Rabi’a, Bashshar ibn Burd va Abu Nuvas g‘azallaridan farqli ravishda, Abul
Ataxiyaning muhabbat haqidagi she’rlari iboli va har qanday bachkinalikdan
xolidir. Ko‘pincha Abul Ataxiyaning g‘azallari madhiyalarining
kirish qismi
bo‘lgan, xolos. Shoir ijodida uning ba’zan badiiy shaklga kirgan diniy da’vatlar
yoki hayot mazmuni va kelajak oxir zamon haqidagi falsafiy o‘y-xayollarni
eslatuvchi zuhdiyati asosiy o‘rin egallagan.
Abul Ataxiya arab she’riyatidagi falsafiy-zohidlik yo‘nalish asoschisi. U
falsafiy lirikada eng taniqli arab faylasuf shoiri al-Ma’arriy ijodiga turtki bo‘lgan.
«Yangilanish davrining» boshqa shoirlari singari Abul Ataxiya she’riy shakl
novatori bo‘lgan. U har qanday balandparvozlik, dabdaba va sun’iylikni rad etib,
she’riy taqlidchilikka qarshi chiqqan. U sxolastlar va grammatiklarning g‘azabini
77
qo‘zg‘atishini bilsa ham, «har qanday vazndan ustun ekanligini» aytib, an’anaviy
vaznlarni buzgan.
Dostları ilə paylaş: