74
ta’kidlaganlar. U tibbiyot, astronomiya va boshqa fanlarni chuqur bilgan
hamda
ko‘plab tillarda so‘zlasha olgan. Xuddi Bashshar ibn Burd kabi Abu Nuvas
an’anaviy arab she’riyatining ashaddiy dushmani bo‘lgan va o‘z davri taqlidchi
shoirlarining ijodiga xos hayotdan uzilganlikni bartaraf etishga uringan. Faqat
ayrim
madhiyalaridagina Abu Nuvas, saroy ayonlarining xohishini bajarib,
majburan og‘ir tilli va katta hajmdagi tavilda yoritilgan an’anaviy qasidalar
yaratgan. Abu Nuvas hajviya va marsiyalar yozgan. U hattoki mustaqil ov
qasidalari – tardiyatning yaratuvchisi hisoblanadi, chunki unga qadar ov tasvirlari
qasidalarda faqat tarkibiy element sifatida mavjud bo‘lgan.
Ammo Abu Nuvasga
shuhratni uning hamriyoti – may haqidagi she’rlari, ilk bora Abu Nuvasda
mustaqil janrga aylangan butun boshli ziyofat qasidalari keltirgan. Abu Nuvas o‘z
o‘tmishdoshlari al-A’sha, al-Axtal va boshqa shoirlarning an’analarini davom
ettirib, ziyofat she’riyatining tengsiz namunalarini yaratgan.
Abu Nuvasning ziyofat qo‘shiqlarida quvnoq maishatparastning hissiyotlari
oddiygina ifodalangan emas: ularning ortida
butun boshli adabiy dastur
yashiringan. Abu Nuvas eng zaharxanda ifodalarida qadimgi arab qasidalarini
qo‘llab-quvvatlagan, sahrodagi ko‘chmanchi hayotdan zavqlangan va eski
badaviy an’analarni kuylagan taqlidchi shoirlarning ustidan kulgan. U katta
zamonaviy shaharda boy hayotga intilishini
ochiqchasiga aytgan, badaviylarning
sahroga va ko‘chmanchi hayotga bog‘langan hayoti ustidan kulgan.
Abu Nuvasning eskirgan she’riy an’analarga qarshi chiqishi shoirning badiiy
didi bilangina bog‘liq bo‘lmagan, balki birinchi navbatda o‘zining ma’naviy
ozodligi uchun kurashayotgan forslarning muayyan siyosiy qarashlarini aks
ettirgan.
Abu Nuvas obrazlarining rang-barangligi, uning
nihoyatda kuzatuvchanligi,
cheksiz she’riy fantaziyasi, uslubining aniq-ravshan va soddaligi arablar orasida
o‘rta asrning eng buyuk shoirlaridan biri sifatida shuhrat qozonishiga sabab
bo‘lgan. Mavzularining birxilligiga qaramay (ayniqsa xamriyat janrida),
shoir
har safar yangi ifodali obrazlar topgan.
75
Abu Nuvas she’r yozish texnikasini juda yaxshi egallagan. Shoir she’rning
mazmuniga mos she’riy o‘lchamlarni mohirlik bilan tanlagan: uning madhiyalari
ulug‘vor yangragan, muhabbat mavzuidagi she’rlari yengil bo‘lgan, mayga
bag‘ishlangan she’rlari oddiy bo‘lgan va h.k. Abu Nuvas arab she’riyatini og‘ir
«mumtoz» birxillikdan forig‘ eta olgan hamda she’rni yengil va nozik qila olgan.
Abu Nuvasning she’rlari nihoyatda musiqiyligi bilan ajralib turadi.
Yumshoq, «sirg‘aluvchi» arabcha «s» tovushini takrorlash orqali Abu Nuvas
butun she’rga nozik ohangdorlik bag‘ishlagan.
Hayotining oxirgi yillarida Abu Nuvas bir
qator diniy pand-nasihat
xususiyatiga ega bo‘lgan she’rlar yozgan. Ularda shoir o‘tmishdagi «sayoq»
hayotidan afsuslanishini ifodalagan hamda din bilan yarashish yo‘lini izlagan.
Abu Nuvasni hayotiy maslagini o‘zgartirishga nima majbur qilgan – haqiqatni
izlashmi yoki yaqinlashib kelayotgan o‘limdan qo‘rqishimi – buni aytish qiyin.
Abu Nuvas hech qachon dahriy ham, o‘ta taqvodor ham bo‘lmagan.
Dostları ilə paylaş: