100
tilshunosligiga notiqlik bo‘yicha izchil, puxta o‘ylangan terminlarni kiritgan, o‘z
risolasida yangi she’riy uslub, she’riy fonetika kabi masalalarga to‘xtalgan.
Ibn al-Mu’tazz o‘zidan keyin ham an’anaviy, ham
yangi janrlarda bir qator
asarlar qoldirgan buyuk shoir bo‘lgan. Unga arab adabiyotidagi qasidalardan biri
uning qalamiga mansub bo‘lib, unda xalifa al-Mu’tadidning
hayoti va faoliyati
haqida hikoya qilinadi.
Ibn al-Mu’tazz madhiyalar yozmagan – uning yuqori martabasi sadaqa olish
uchun saroy amaldorlariga xushomad qilish zaruratidan xalos qilgan. O‘rta asr
arab she’riyatining boshqa janrlari (tabiat tavsifi, ishqiy she’rlar, may haqidagi
qo‘shiqlar va hokazo) uning devonidan keng o‘rin olgan.
Bunda qadimgi arab
she’riyatining an’anaviy obrazlari hamda «yangilanish» adabiyotining o‘ziga xos
jihatlari uning ijodida shu qadar uyg‘un ifodalanganki, uning she’riyatida
keyinchalik al-Mutanabbiy va al-Ma’arriy ijodida unumli yakunlangan o‘ziga xos
badiiy uyg’unlik tug‘ilgani haqida so‘z yuritish mumkin.
Ibn al-Mu’tazzning eng yorqin va poetik asarlariga
uning vasf janriga
mansub qisqa (2–3 baytli) she’rlari kiradi. Oy haqida o’xshatish:
Sen – kumushdan quyilgan o’roqqa o’xshaysan,
Tunda ochiladigan nilufar gullarini o’rasan.
Somon yo’li – irmoq qirg’oqlari chinni gullar bilan qoplangan,
Oy esa, bilakuzuk yarmidir
Tonggi shabboda shabnam sirlarin ochdi,
Bog’larda rayhon gullari islarin sochdi
Ibn al-Mu’tazz tabiatni tavsiflashda nihoyatda zo‘r did va boy tasavvurni
namoyon etgan. Zamondoshlari uni «she’riyat amiri» («amir ash-shi’r») deb bejiz
atamaganlar. Ibn al-Mu’tazzning she’rlari ifodali istioralarga to‘la bo‘lib, ularning
nozikligida zamondoshlaridan hech kim unga bas kela olmagan.
101
Ibn al-Mu’tazzning may haqidagi she’rlari ham go‘zallikda qolishmaydi.
Abu Nuvas xamriyati katta ta’sir ko‘rsatganiga qaramay, ibn al-Mu’tazzning may
haqidagi qo‘shiqlarida she’riy fantaziyalar, kutilmagan go‘zal qiyoslar ko‘p.
Ibn al-Mu’tazz o‘tmishdoshlarining uslubiy yo‘llaridan keng foydalanganiga
qaramay, she’rlari
shaklining mukammalligi, ularning oddiyligi va go‘zalligi
shoirga o‘rta asr arab she’riyatidagi iste’dodli shoirlardan biri degan munosib
shon-sharafni keltirgan.
Dostları ilə paylaş: