118
«Chaqmoqtoshdan uchqunlar» to‘plamiga shoirning o‘z shahriga qaytgunicha
yozgan ilk she’rlari kiritilgan. Bular madhiyalar, marsiyalar, o‘zini o‘zi
maqtashlardir. Al-Ma’arriyning yoshlikda yozilgan she’rlari o‘z xarakteriga ko‘ra
an’anaviydir. Ularda al-Mutanabbiy va undan oldin o‘tgan
boshqa buyuk
shoirlarning ta’siri aniq seziladi. Rasmiy shaxslarga qaratilgan madhiyalarda
shoirning olimligi izlari ko‘rinadi. Ammo shu ilk asarlargayoq obrazlarning
yorqinligi xos bo‘lib, bu keyinchalik al-Ma’arriy katta she’riyatining o‘ziga xos
jihatini tashkil etadi. Shoir o‘zini maqtashga bag‘ishlangan she’rlarida o‘z urug‘i
va fazilatlarini ulug‘laydi. Marsiyalar (ayniqsa onasi va ayrim do‘stlarining o‘limi
munosabati bilan yozilganlari) chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, inson taqdiri
haqidagi g‘amgin fikrlarga ega. Al-Ma’arriyning «Chaqmoqtoshdan uchqunlar»
to‘plamidagi ilk she’rlari orasida jangchilarning himoya qurollarini tavsiflashga
bag‘ishlangan «Zirhli she’rlar» alohida o‘rin tutadi.
Ushbu tavsiflar odatda
maishiy hayot sahnalari bilan kechadi va og‘ir badaviy uslubiga qaramay, jonli va
ifodali yangraydi.
Al-Ma’arriyning eng yetuk she’rlari uning barcha zamonlardagi arablar o‘rta
asr arab she’riyatining cho‘qqisi deb hisoblaydigan «Luzumiyat» to‘plamiga
kirgan. Devonning nomini ikki xil talqin etish mumkin. Muallif, ehtimol,
to‘plamda jamlangan fikr va xulosalar, garchi boshqalar uchun majburiy
bo‘lmasa-da, o‘zining ichki e’tiqodi va axloqiy burchi tufayli muallifning o‘zi
uchun majburiy ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Boshqa bir izoh to‘plamdagi
she’rlarning qofiyasiga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi: al-Ma’arriy
«Luzumiyat»da ketma-ket holda, yoki arab
mumtoz adabiyotida majburiy
hisoblanmagan tayanch yoki «ikki tomonlama» qofiyadan foydalangan (har bir
she’rda oxirgi undoshi va harakatidan tashqari undan oldin keluvchi undosh ham
o‘zaro mos keladi, bu esa qofiyani yanada boyitadi). «Luzumiyat» tuzilishiga
ko‘ra antiqadir: undagi she’rlar birin-ketin alifboning barcha harflariga teskari
tartibda qofiyalanib keladi.
«Luzumiyat» – bu she’riy
shakldagi falsafiy, diniy va ijtimoiy-siyosiy
g‘oyalardir. Bu esa ushbu turkumdagi she’rlarni falsafiy va fuqaroviy lirika
119
janriga kiritish imkonini beradi. «Luzumiyat» she’rlarida al-Ma’arriy o‘z
zamonining ajoyib mutafakkiri sifatida namoyon bo‘ladi. Abul ‘Alaning
dunyoqarashi murakkab siyosiy vaziyatda shakllangan bo‘lib, unda ijtimoiy va
ma’naviy berk ko‘chadan chiqish yo‘llarini izlash izlari bor.
Uning qarashlari
ko‘p jihatdan ziddiyatlidir.
Al-Ma’arriyning falsafiy qarashlari tugallangan tizim tashkil etmagan.
Mutafakkirning sinovchan va o‘tkir aqli doimo eng murakkab, falsafiy
masalalarga javob izlaydi.
Aql – Abul Alaning e’tiqodicha, haqiqatni bilishning yagona vositasi. Ammo
insonning dunyo haqidagi tasavvurlari to‘g‘rimi? «Balki bizning dunyo,
xuddi
tush kabi, borlig‘imizga qarama-qarshidir», – deb fikr yuritadi shoir. Al-
Ma’arriyning butun falsafiy she’riyatii orqali hayotdan nihoyatda qoniqmaslik
mavzusi va bu dunyoda chorasiz yolg‘izlik motivlari, yovuzlikka qarshi ojizlik
mavzusi o‘tadi. «Biz kulamiz, ammo kulgimiz aqlimizning kamligidandir. Aslida
esa, yer ahli yig‘lashi kerak».
Al-Ma’arriy dahriy bo‘lmagan. Shoirni falsafiy-diniy
muammolar bilan bir
qatorda u yuksak insonparvarlik nuqtai nazaridan qaragan axloqiy masalalar ham
qiziqtirgan. Shoir ijtimoiy adolatsizlikka qarshi qattiq bosh ko‘targan, odamlarga
xizmat qilish insonga munosib yagona yo’l deb hisoblagan.
Arab mumtoz adabiyoti rivojlanishida butun boshli davrni yakunlagan
hamda o‘z ijodida murakkab va turfa arab madaniyatining
turli elementlarini
birlashtirgan ushbu mutafakkir va faylasuf shoirning ulkan iste’dodi shubhasiz
beqiyosdir.
Gumanist shoir ijodining ahamiyati arab madaniyati bilan cheklanib
qolmaydi. Abul Ala o‘zining falsafiy she’riyatii va nasrida X asrdayoq
insoniyatning eng buyuk shaxslarini keyingi ko‘p
asrlar davomida qiziqtirgan
falsafiy va axloqiy masalalarni ko‘targan. Ma’arrat al-Numandan chiqqan buyuk
so‘qirning asosiy xizmati ana shunda.
Dostları ilə paylaş: