120
2. Al-Ma’arriyning “Luzumiyat” asari.
3. «Farishtalar haqidagi risola»da qanday fikrlar bildirilgan?
4. Al-Ma’arriy – “Ikki zindon mahbusi”.
5. Sharif ar-Rodiyning “Nahj al-Balag’a” asari xususida.
6. Al-Mutanabbiyning she’riy asarlari.
7. Abu Firas – «kuchli ehtirosli» shoir.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. Taraqqiyot davri madaniyatiga ta’sir ko’rsatgan madaniyatlar.
2. Al-Mutanabbiyning “Shomiyot” asari xususida.
3. Al-Ma’arriyning “Risolat al-Gufron” risolasi.
4. Sharif al-Rodiyning “Nahju-l-balog’a” asari.
VII BOB. TARAQQIYOT DAVRI NASRI
7.1. MAQOMA. AL-HAMADONIY VA AL-HARIRIY IJODI
Darsning maqsadi: Mazkur bobda kichik janrdagi nasriy asar bo’lmish
maqomalar, ularning mualliflari faoliyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar
beriladi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Maqola, Tarassul, al-Hamadoniy, al-Haririy,
abul Fath al-Iskandariy, Abu Zayd, epistolyar.
X–XI arslarda arab badiiy nasrining rivojlanishi
ishga oid nasrning
rivojlanishiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan. X asrdan e’tiboran har xil
tarassul –
epistolyar janr asarlari (shaxsiy va rasmiy yozishmalari), shuningdek risolalar
tarzidagi asarlar keng tarqalgan. Ushbu asarlarda epistolyar janr yo‘llari va
qonunlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ko‘p asrlar
mobaynida to XIX asrdagi
adabiyotning yuksalishi boshlangunicha o‘zgarmay kelgan. Ish xatlari va ilmiy
risolalarda arablarga islomgacha bo‘lgan zamonlardan va Qur’ondan ma’lum
bo‘lgan saj borgan sari ko‘proq qo‘llanila boshlagan.
121
Epistolyar janrning eng taniqli ustalaridan biri Buidlar saroyining amaldori
va vaziri, kelib chiqishiga ko‘ra fors bo‘lgan Ibn al-Amid (vafoti 970 yil) – o‘z
zamonining eng bilimdon insoni bo‘lgan. U didaktik mazmunga ega bo‘lgan va
o‘rta asr arab notiqlik san’atining barcha usullari qo‘llanilgan
bir qator noma va
risolalar yozgan. Ularning tuzilishi murakkab naqshli gilamni eslatadi. Muallif o‘z
asarlariga qofiyali nasr parchalari, sinonimlar takrorlari va murakkab istioralar
kiritgan, so‘z o‘yinlaridan foydalangan va hokazo.
Epistolyar janr
al-Kadiy al-Fadil (1135–1200) –fotimiylarning
oxirgi Misr
davlat devonida amaldor, keyinroq ayubiylar hukmdori Salohiddin va uning o‘g‘li
al-Azizning eng yaqin maslahatchisi asarlarida to‘liq shakllangan. Al-Fadil shakl
bobida mohir bo‘lgan. U o‘z nomalariga har xil badiiy san’atlar, so‘z o‘yinlari,
kinoyalar, sitata va maqomalarni shunchalik ko‘p kiritganki, ularning mazmunini
tushunish uchun hatto zamondoshlari ham juda ko‘p urinishlari kerak bo‘lgan. Al-
Kadiy al-Fadil keyingi asrlar arab nasrsining shakliga katta ta’sir ko‘rsatgan. Kech
o‘rta asr yozuvchilari arab uslubiyatining ana shu umum e’tirof
etgan ustasiga
taqlid qilganlar hamda o‘z asarlarini murakkab, mazmunsiz filologik rebuslarga
aylantirganlar.
X asrda yuzaga kelgan va arab adabiyotida yangi bo‘lgan
nasriy janr
bo‘lmish maqolalar paydo bo‘lgan paytidan e’tiboran epistolyar uslub
qonunlarining kuchli ta’siriga tushgan. Maqomalarning ilk mualliflaridan biri,
yangi janrning asoschisi deb hisoblanadigan shaxs
Hamadonlik tilshunos olim
Badiuzzamon al-Hamadoniy bo‘lgani bejiz emas.
Dostları ilə paylaş: