112
– Muhammad avlodlarining maqomi). Shoir Iroqda alg‘ov-dalg‘ov kechayotgan
davrda Bag‘dodda tug‘ildi va o‘sdi. U Bag‘doddagi siyosiy hayotda ishtirok etish
orqali ojizlashib qolgan xalifalar davrida yuqori martaba olishdan umidvor
bo‘lgan.
«Mo‘minlar
hukmdori, shoshma, – deb yozadi ash-Sharif ar-Radiy xalifaga
qaratilgan qasidalaridan birida, – axir osmon daraxtida bizning o‘rtamizda farq
bo‘lmaydi».
Shoirning shia mazhabiga mansub Fotimiylar sulolasiga
xayrixohligi uning
saroydagi mansabi o‘sishida xalal bergan hamda zodagonlardan kelib chiqqani va
mansabga intilganiga qaramay, ash-Sharif ar-Radiy siyosiy maydonda
muvaffaqiyat qozona olmadi. Ash-Sharif
ar-Radiy ilohiyotchi, tilshunos va shoir
sifatida shuhrat topdi. Uning bir qancha asarlari Qur’ondagi tushunarsiz joylarni
talqin etishga bag‘ishlangan. U to‘rtinchi «solih» xalifa Alining «notiqlik yo‘li»
(«Nahj al-balag’a») nomli nutq va risolalar to‘plamini tuzgan. Ushbu to‘plam arab
notiqlik san’atining qadimiy namunalari bilan tanishishimizga imkon beradi.
Ash-Sharif ar-Radiyning she’riy devonidagi eng yaxshi she’rlari muhabbatga
bag‘ishlangan. Arab tanqidchiligi muallif Makkaga haj safariga borganida yozgan
«Hijaziyat» («Hijaz she’rlari») turkumidagi lirik she’rlarini, ayniqsa,
yuqori
baholaydi. Ash-Sharif ar-Radiyning muhabbat she’riyatii sof shaxsiy xususiyatga
ega.
Ushbu ichki kurash goh «badaviylarcha» yovvoyi va ehtirosli, goh
nozik va
mungli she’rlarida o‘z ifodasini topgan. Shoir o‘z azob-uqubatlari va g‘am-
g‘ussalarini tavsiflashda noyob ixtirosini namoyon etgan. Shu jihatdan qaraganda,
ash-Sharif ar-Radiyning ishqiy she’riyatii ko‘p asrlik arab she’riy an’analarining
davomi bo‘lgan.
Ash-Sharif ar-Radiy, al-Mutanabbiy singari, mukofot uchun yuqori martabali
shaxslarni ulug‘laydigan saroy shoiri bo‘lmagan. Ammo uning devonida ham
xalifalar va buid zodagonlarining vakillariga yozilgan madhiyalar bor. Ushbu
maqtov qasidalarida u ko‘pincha al-Mutanabbiy va boshqa shoirlarda uchraydigan
113
an’anaviy obrazlardan foydalangan. Bir qancha madhiyalarni shoir o‘z otasiga
bag‘ishlagan.
Ash-Sharif ar-Radiy marsiyalar ham yozgan. Ularning ba’zilari
diniy shia
xususiyatiga ega bo‘lgan va «Karbalo jafokashi» Husaynga bag‘ishlangan.
Shoir o‘zini maqtab yozgan ko‘p she’rlarida o‘zining qadimiy va taniqli
urug‘ini ulug‘lagan, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xalal bergan taqdirdan
achchiq shikoyat qilgan va o‘z shuhratparastligini yashirmagan.
Arablar «badaviylikni» abbosiylar zamonidagi san’atning
nazokati bilan,
she’riy mahoratini, qadimgi arab she’riyatining nozik tomonlarini, uslubiy usullar
xilma-xilligi va badiiyyatini yumshoqlik va musiqiylik bilan uyg‘unlashtira olgan
ash-Sharif ar-Radiyning shoirlik mahoratini yuksak qadrlaydilar.
Dostları ilə paylaş: