110
Abu Firas (932–968). Al-Mutanabbiyning zamondoshi va she’riyat
maydonidagi asosiy raqibi risar shoir Abu Firas edi. U Mosulda tug‘ilgan bo’lib,
otasi arablarning Hamdaniylar urug‘idan, onasi esa yunon bo‘lgan. Bo‘lg‘usi shoir
otasidan erta yetim qolgan va xalifalikda Sayf ad-Davlaning sarkardasi bo‘lgan
amakivachchasining tarbiyasiga olingan. Abu Firasning bolaligi Bag‘dod,
Mosul
va xizmat yuzasidan borgan boshqa shaharlarda o‘tgan. Suriyada mustaqil
Hamdaniylar amirligi tashkil etilgach Abu Firas Halabdagi eng taniqli olimlar va
adiblar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lgan va shu yerda tez orada uning
shoirlik iste’dodi ochilgan.
Shoir Sayf ad-Davlaning vizantiyaliklarga qarshi yurishlarida ishtirok etgan
va jasur jangchi sifatida namoyon bo‘lgan. Sayf
ad-Davlaning Abu Firasga
bo‘lgan ishonchi shunchalik katta bo‘lganki, u shoirni Shimoliy Suriya va Ikki
daryo oralig‘i chegarasidagi yaxshi mustahkamlangan qal’a bo‘lmish Manbijga
qo’mondon qilib tayinlagan. Abu Firas vizantiyaliklarning hujumlarini qaytarishi
hamda bo‘ysunmas badaviy qabilalarni tinchitib turishi kerak bo‘lgan.
Abu Firasning keyingi taqdiri fojiali kechgan.
Shoir ikki marta
vizantiyaliklar qo‘liga tushib, asirlikda umumiy hisobda taxminan yetti yilni
(959–966) o‘tkazgan. Shoirning raqiblari hamda uning takabburligi va mustaqil
fe’lidan norozi bo‘lgan shaxslar tomonidan qayralgan Sayf ad-Davla asirni sotib
olishni 966 yilgacha kechiktirgan. Sayf ad-Davla o‘limidan so‘ng (968) Abu Firas
Halabdagi hokimiyatni
kuch bilan egallashga uringan, ammo Sayf ad-Davlaning
o‘g‘li boshchilik qilayotgan qo‘shinga qarshi jangda halok bo‘lgan.
Abu Firas saroy shoiri bo‘lmagan: saroydagi yuksak maqomi uni yuqori
martabali shaxslar oldida mukofot evaziga xushomad qilish zaruratini
qoldirmagan.
Vizantiyada asir bo‘lishidan avval yozgan ilk she’rlarida Abu
Firas jangchi-
shoir sifatida namoyon bo‘lgan. Ritsarlik jasorati va muhabbati – uning
she’rlaridagi asosiy mavzu. Bu davrda ko‘p jihatlar Abu Firasni qadimgi arab
shoirlariga yaqinlashtiradi: tungi visollarni zavq-shavq bilan tasvirlashlar ham,
qasidalarga yozilgan lirik muqaddimalarning qayg‘uli ohanglari ham, nihoyat, o‘z
111
jasorati haqidagi maqtanchoq hikoyalari ham shundan darak beradi.
Abu Firas
qasidalari odatdagi lirik muqaddimali an’anaviy tuzilishga ega.
Abu Firasning ishqiy she’riyatii muhabbat dialogi yoki kechinmalari
tasvirlangan qisqa she’rlar shaklidadir. Abu Firas ko‘pgina she’rlarini do‘stlariga
bag‘ishlagan (do‘stlik haqidagi she’rlar –
ihvaniyat). Yaqinlarining o‘limi
munosabati bilan qisqa va g‘am-g‘ussaga to‘la marsiyalar shular jumlasidandir.
Qasidalarda, ularning mavzusidan qat’iy nazar, shoir o‘z ajdodlarining, o’zi kelib
chiqqan Hamadaniylar urug‘i va tag’lib qabilasining sahiyligi, olijyanobligi va
mardligini kuylagan. U Hamadaniylarni vizantiyaliklarga
qarshi urushdagi
qahramonliklari, bo‘ysunmagan xorijiylarni tinchitgani, xalifaga sodiqligi va
boshqa fazilatlari uchun ulug‘lagan.
Vizantiyaliklarda asir bo‘lib turgan vaqt Abu Firas ijodiga katta ta’sir
ko‘rsatgan. Hayot shoirga faqat afsus va nadomatlar keltirgan. Bir vaqtlar boy,
aslzoda, mansabdor bo‘lgan shoir endilikda tahqirlangan.
Akasi undan yuz
o‘girgan, otasi vafot etgan – shu bois uning asarlari ham g‘amgin nolish hamda
baxtli o‘tmish haqidagi qayg‘uli xotiralarga to‘la. Ammo aynan ushbu davrdagi
she’rlari shoirga munosib shuhrat keltirdi. Vizantiya (Rum) davridagi she’rlar
turkumi «Rumiyat» nomini oldi.
Vizantiyada yozgan she’rlarida shoir Sayf ad-Davlani maqtaydi va saroydagi
badxohlarning tuhmatlarini rad etishni, urug‘doshlik qonunlarini yodga olishni va
uni asirlikdan qutqarishni iltijo qilgan. U qarib qolgan va ko‘rish nasib
qilmaydigan onasiga nazokatli so‘zlar bilan murojaat etgan.
Abu Firas – «kuchli ehtirosli» shoir.
Abu Firas zamondoshlariga
hissiyotlarining chuqurligi va samimiyligi, kechinmalarining nozik jihatlarini
ifodalay oladigan so‘zlarni topa olishi bilan yoqqan. Buning uchun arab
o‘quvchilari shoirning shakldagi ayrim e’tiborsizliklari va mumtoz arab she’riyati
qoidalarini buzganligini kechirganlar.
Dostları ilə paylaş: