Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar
1. Tarassul – epistolyar janr asarlari.
2. Al-Hamadoniyning maqomalari.
3. Antara haqidagi roman.
4. Antaraning hayoti haqidagi ma’lumotlar.
5. X–XI arslarda arab badiiy nasrining rivojlanishi.
6. Al-Haririy maqomalari.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. Shaxsiy va rasmiy yozishmalar.
2. Maqoma janrining paydo bo’lishi.
3. Maqoma qahramonlari.
VIII BOB. VIII–XV ASRLARDAGI ARAB-ISPAN
(ANDALUZIYA) ADABIYOTI
8.1. TAQLID DAVRI ADABIYOTI
Darsning maqsadi: Taqlid davrida ijod qilgan arab-ispan shoirlari ijodi
bilan tanishtiriladi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: taqlid davri, “Noyob marjon”, Amiriylar
sulolasi, sargardonlik yillari, Pirineya yarim oroli, berberlar, Kordova.
O‘rta asr arab madaniyati va adabiyotining markazlari nafaqat sharqiy
viloyatlar (Iroq, Suriya va Misr), balki xalifalikning shimoliy-g‘arbiy chekkalari –
arab Ispaniyasi (Andaluziya)ning gullab-yashnayotgan shaharlarida ham bo‘lgan.
Arab istilochilari Pirineya yarimorolida bo‘lgan VIII asr mobaynida berberlar va
mahalliy arablashgan vesgot aholisi bilan birgalikda Andaluziyani arab
136
dunyosining eng rivojlangan viloyatlari bilan bir qatorga olib chiqqan yuksak
madaniyatini yarata oldilar.
Arablar Ispaniyaga VIII asrning ikkinchi o‘n yilligida kelganlar. Ular
shimoliy Afrikani zabt etib, u erlik berber qabilalari yordamida uch yil ichida
(711–714) Pireney yarimorolining katta qismini istilo etdilar. Ispanlar faqat
shimolda, Assuriya tog‘laridagina mustaqilligini saqlab qolib, kichikroq ispan-
vesgot qirolligini tashkil qila oldilar. 756 yilda Ispaniyada Bag‘dod xalifalaridan
amalda mustaqil bo‘lgan va markazi Kordovada joylashgan amirlik tashkil topdi.
Davlat boshlig‘i umaviylar sulolasidan chiqqan Abdurahmon I bo‘ldi. 929 yilda
amir Abdurahmon III xalifa maqomini oldi va bu bilan Abbosiylardan
mustaqilligini e’lon qildi.
Andaluziyaning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga uning qulay geografik
joylashuvi yordam bergan. Sharq va Janubiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida
savdo va madaniy ayirboshlashda vositachilik qilish vazifasi uning chekiga tushdi.
Juda yaxshi tabiiy sharoitlar bu yerda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon bergan.
Andaluziya
shaharlarida
hunarmandchilik
gullab-yashnagan.
O‘zaro
musobaqalashgan
amirlar
o‘z viloyatlarining poytaxtlarini
madaniyat
markazlariga aylantirishga harakat qilganlar, masjidlar, saroylar qurdirganlar,
maktab va kutubxonalarga asos solganlar. Andaluziyaning Kordova, Granada,
Sevilya, Toledo kabi shaharlari yirik ilmiy markazlarga aylangan. Ularning
universitetlari va boshqa o‘quv yurtlariga islom olamining barcha hududlaridan va
hatto Yevropadan talabalar oqib kelar edilar. Arablar o‘zlari bilan Ispaniyaga arab
tili hamda xalifalikning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan madaniy an’analarni
olib kirdilar. Andaluziyaning tub aholisi, qisman arablashgan holda, arablarning
tilini qabul qildi. Xalifalikning sharqiy hududlari bilan keng aloqalar olib borildi.
Arablar bilan birga Ispaniyaga arab adabiyoti ham kirib keldi. Bu adabiyot
muayyan bosqichda xalifalikning sharqiy viloyatlari adabiyotidan ajralib, mustaqil
hayot kechira boshladi. Ispaniyadagi arab adabiyotining rivojlanish tarixini uch
bosqichga bo‘lish mumkin: «taqlidchilik davri» (X asr oxirigacha); «yangilanish
davri» (XI asr boshi – XII asr o‘rtasi); va «tanazzul davri» (XII–XV asrlar).
137
Arab tanqidchiligida «taqlidchilik davri» nomini olgan birinchi bosqich
deyarli uch yuz yilni VIII-X asrlarni qamrab oladi. U asosan Kordova
xalifaligining gullab-yashnagan davriga to‘g‘ri keladi. Kordovaning ma’rifatli
hukmdorlari VIII asr o‘rtasidan boshlaboq adabiyotning an’anaviy shakllarda
rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatladilar. Bu davrda arab istilochilari
orasida qabilaviy qahramonliklar kuylangan, halok bo‘lganlar haqida qayg‘urilgan
yoki tashlab ketilgan vatan sog‘inchi ifodalangan kichik qasidalar rivojlantirilgan.
Andaluziyaning «taqlidchilik davri» shoirlari Bag‘dod shoirlarining an’analariga
og‘ishmay rioya etishga harakat qilganlar, zero ularning asarlari bular uchun
badiiy etalon vazifasini bajargan.
Andaluziya adabiyotining bizgacha yetib kelgan asarlarining eng
dastlabkilari VIII asr o‘rtalariga taalluqlidir. Bizga Abbosiylar ta’qibidan qochgan
va Andaluziyada mustaqil umaviylar davlatiga asos solgan umaviy amir
Abdurahmon I Kelgindining she’rlari ma’lum. Ushbu she’rlar jonajon vatan
haqidagi sog‘inch hislariga to‘liq.
Andaluziya adabiyoti va san’atining rivojlanishida Kordovaga Bag‘doddan
kelgan fors Ziryab (789–857) katta rol o‘ynagan. U musiqachi, qo‘shiqchi va
aktyor bo‘lib, sharqiy arab adabiyotidagi she’rlarni musiqa bilan birga ijro etish
madaniyatini Ispaniya zaminiga olib kirgan. Shu vaqtdan boshlab Andaluziya
she’riyati musiqa bilan chambarchas bog‘liq ravishda rivojlangan.
Kordova «taqlidchilik» adabiyotining gullab-yashnashi X asrlarga to‘g‘ri
keladi. G‘arbiy Yevropa hali madaniy rivojlanishning juda past darajasida bo‘lgan
hamda yagona savodli tabaqa ruhoniylar bo‘lgan o‘sha davrda Ispaniya nihoyatda
katta iqtisodiy va madaniy yuksalishni boshidan kechirardi. Bag‘dodda kuchayib
borgan siyosiy va diniy reaksiya Andaluziyaga ta’sir etmadi. Ma’rifatli kordovalik
xalifalar Abdurahmon III (912–961) va al-Hakam II (961–976) keng
miqyosdagi qurilish faoliyati bilan shug‘ullandilar, fan va san’atga homiylik
qildilar. Xalifa al-Hakam II Kordovada ko‘plab maktablar ochdi, Kordova
universiteti Ispaniyadan uzoq-uzoqlarda ham ma’lum bo‘lgan. Xalifaning
kutubxonasi esa, arab manbalarining dalolat berishicha, 400 mingga yaqin
138
qo‘lyozmalarga ega bo‘lgan. X asrda Andaluziya adabiyotining rivojlanishida
Kordovaning boy homiylari tashkil qilgan adabiy to‘garaklar juda katta rol
o‘ynagan. Kordova xalifalarining vaziri qudratli al-Mansur (Yevropada «al-
Mansor») qoshida ochilgan to‘garak ayniqsa mashhur bo‘lib ketgan.
Arab tanqidchiligida «taqlidchilik» adabiyotining eng katta siymosi deb haqli
ravishda Abdurahmon III ning shoiri kordovalik Ibn Abdu Rabbixiy (860–940)
hisoblanadi. U «Noyob marjon» («al-Ikd al-Farid») adabiy antologiyasining,
shuningdek an’anaviy janrlar (ishqiy lirika, madhiyalar, marsiyalar va
boshqalar)ga taalluqli bo‘lgan bir qator she’rlar muallifidir. «Noyob marjon» 25 ta
bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 12 tasi qaysidir qimmatbaho tosh nomi
bilan nomlangan. U Ibn Qutaybaning «Ma’lumotlar manbalari» («Uyun al-
axbar») asaridan foydalangan holda yozilgan hamda xalifalikning sharqiy
viloyatlari adabiyotlari haqida bir qator ma’lumotlarga ega. Muallif turli-tuman
ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-adabiy va hatto axloqiy masalalarga to‘xtalgan. Ibn Abdu
Rabbixiyning «Noyob marjon» asari Ispaniyada ham, xalifalikning sharqiy
viloyatlarida ham juda mashhur bo‘lgan. Kitob shu qadar qiziqarli bo‘lganki,
yuqorida aytilganidek, uni ilmiy va badiiy nasr chegarasida bo‘lgan adaba janriga
kiritish mumkin.
Ibn Abdu Rabbixiy yoshlik yillarida ishqiy mazmundagi bir qator she’rlar
yozgan, ammo umri oxirida, xuddi Abu Nuvas kabi, o‘zining axloqsizligidan
afsuslanib, yoshligida yozgan har bir lirik she’ri evaziga xuddi o‘sha qofiya bilan
«poklanish» uchun yozilgan «diniy» mazmundagi she’rlar to‘plamini tuzdi.
Andaluziyaning «taqlidchilik davri» shoirlaridan yana bir mashhuri Ibn
Xaniy bo‘lgan (938–973). Arab tarixchisi Ibn Xalliqon uni hattoki al-Mutanabbiy
bilan yonma-yon qo‘ygan. Ibn Xaniy o‘zining shialarga xayrixohligi, shuningdek
jasoratli mubolag‘alari, maqtalayotgan shaxsni xudoga qiyoslagani bilan jonajon
Sevilyada mo‘min-musulmonlarning g‘azabini qo‘zg‘atdi va Shimoliy Afrikaga
ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bu yerda uni fotimiylar xalifasi al-Mansurning
o‘g‘li, fotimiylar Misrni zabt etgandan keyin mamlakat hukmdori bo‘lgan al-
139
Mu’izz o‘ziga yaqinlashtirdi. Ibn Xaniy o‘z homiysi huzuriga ketayotganida 35
yoshida noma’lum qotil qo‘lida halok bo‘ldi.
Ibn Xaniy qalamiga oltmishga yaqin qasida, asosan odatdagi janrlar
sxemasida yozilgan madhiyalar mansubdir. Ularning o‘ziga xos yagona jihati deb
tushkun kayfiyatdagi falsafiy asarlarini hisoblash mumkin. Ibn Xaniy she’rlari
shoirlik mahorati nuqtai nazaridan ham ancha oddiy. Shoirnig qasidalarida badiiy
san’atlar ko’p ishlatilgan, quyida tashbih san’atiga oid yozilgan misollarni
keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |