144
nazarida eski amaldorlardan bo‘lib qolgan va quvg‘inga uchragan,
qamoqqa
tashlangan, u yerdan qochgan. Kordova hukmdorlariga yana yaqinlashgan,
nihoyat batamom quvilib, sevilyalik hukmdor al-Mu’tadid huzuriga qochib
ketgan, uning saroyida yuqori lavozim egallagan. Ibn Zaydun an’anaviy janrlarda
she’rlar (madhiyalar,
marsiyalar, ishqiy qo‘shiqlar), shuningdek risolalar ham
yozgan. Masalan, uning qalamiga muhabbat bobidagi bosh raqibi vazir Ibn
Abdusga qaratilgan hajviy risola mansub. Bu risola al-Jaxizning «Kvadratlik va
aylanalik haqidagi risola» yo‘lida yozilgan.
Ibn Zaydunning eng yaxshi she’rlarida umaviylar xalifasi al-Mustaqfiyning
qizi – shoira al-Valladaga bo‘lgan muhabbati kuylanadi.
Arablar orasida uning «Nuniya» qasidasi eng mashhur bo‘lgan.
Ushbu
qasidasida u o‘zining al-Valladaga bo‘lgan muhabbatini hikoya qiladi.
Ibn Zaydun sharqiy arab she’riyatining kuchli ta’sirini sezib turgan. O‘z
she’rlarida u sharq shoirlariga, ayniqsa al-Buxturiyga taqlid qilgan. Undan fikrlar
va obrazlarni olgan, hatto o‘z she’rlariga uning asarlaridan butun boshli baytlarni
kiritgan. Ammo Ibn Zaydun ijodida uchraydigan sof ispan elementlari uning
ijodini arab-ispan «yangilanish» davrining boshiga kiritish imkonini beradi: shoir
Ispaniya tabiatini, Andaluziya shaharlari, ayniqsa Kordovaning go‘zalligini
kuylagan:
O’, go’zal Kordova, men sen tomon intilmayapmanmi?
Sendan uzoq bo’lganimdan qalbim qiynalmadimikin?
Yana sening go’zallik va quvonch baxsh etadigan
Sharif tunlaringni ko’rarmikinman?
Ispaniyada mashhurlikda Ibn Zaydundan
qolishmaydigan yana bir shoir al-
Dostları ilə paylaş: