Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar
1. Andaluziya adabiyoti va san’atining rivojlanishidagi o‘ziga xos
xususiyatlar.
2. Andaluziyaning «taqlidchilik davri» shoirlaridan kimlarni bilasiz?
3. «Yangilanish davri» she’riyati.
4. Ibn Xamdis she’riyatida Ispaniya tabiati vasfi.
5. Lisoniddin al-Hatib – olim va adib.
6. Zajal janri Ibn Kuzman ijodida.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. Andaluziya adabiyoti bosqichlari.
2. Andaluziya adabiyotida «Taqlid davri».
3. Andaluziya adabiyotida «Yangilanish davri».
IX BOB. KECH O‘RTA ASR ARAB ADABIYOTI
(XIII–XVIII ASRLAR)
9.1. SHE’RIYAT
Darsning maqsadi: Bu davrda adabiyot Misrga ko’chdi. U yerda faoliyat
ko’rsatgan shoirlar ijodi bilan tanishtiriladi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Tanazzul, tashtir, taxmis, al-Busiriy, “Qasidat
al-burda”, Ayubiylar, daydi adiblar.
XII asr oxiridan XVIII asr oxirigacha davom etgan arab adabiyoti
rivojlanishining uzoq davrini tanazzul davri deb atash qabul qilingan. Ammo bu
fikrga faqat ikkita juda muhim shart bilangina qo‘shilish mumkin.
Avvalo ushbu yetti asr davomida arablar har doim ham madaniy holatda
bo‘lmaganlar. Tanazzul haqidagi tasavvur faqat xalifalikning Sharqiy
150
viloyatlariga (birinchi navbatda Iroqqa) taalluqlidir, chunki ular XI asrda
saljuqiylar istilosidan jabrlanganlar, so‘ngra XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan
butunlay barbod etilganlar hamda o‘rta asrlarning oxirlarigacha o‘zlarini o‘nglay
olmaganlar.
XIII asrdan boshlab Eron va O‘rta Osiyoda (arab bo‘lmagan aholi yashovchi
hududlarda) fors va turkiy tildagi adabiyotlarning tiklanishi ham arab
adabiyotining keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Zero, sharqiy viloyatlardan
chiqqan adiblar, ayniqsa forslar, qadimdan bu yerda katta o‘rin tutganlar.
Biroq xalifalikning sharqiy viloyatlari, birinchi navbatda, mamluklar
zamonidagi Misrdan farqli o‘laroq, g‘arbiy viloyatlaridagi iqtisodiy va madaniy
rivojlanish XV asrgacha davom etgan. Mamluk hukmdorlar (1250–1517) o‘rniga
kelgan ayubiylar mo‘g‘ullar hujumini qaytara oldilar va salibchilarni mag‘lub
etdilar. Ular davrida (ayniqsa XIII–XIV asrlarda) Misr iqtisodiy va madaniy
jihatdan yuksaldi. Aynan shu davrda arablarda shahar adabiyoti janri (novella,
xalq romani) gullab-yashnadi. Faqat XVI asr boshida, turklar istilosi natijasida
arab viloyatlarida yuzaga kelgan chuqur iqtisodiy va madaniy turg‘unlik oqibatida
Misrda adabiy tanazzul boshlangan va u XIX asrgacha to‘xtamagan.
Ikkinchidan, tanazzul davri faqat saroy adabiyotiga nisbatan ishlatilishi
to‘g‘ri bo‘ladi. Tabiiyki, bu ma’lumotli tabaqalar adabiyoti saroydagi arablarga
qarashli bo‘lmay qoldi chunki hokimiyatni arab she’riyatini tushunmaydigan va
rivojlantirmagan turklar va mo‘g‘ullar egallab olgan davrda tanazzulga uchradi.
Biroq aynan shu davrda shahar adabiyotining yuksalishi kuzatildi, xalq
badiiy nasrining yangi janrlari yuzaga keldi va rivojlandi, uning an’analari
XVIII asr oxirigacha uzilmadi va keyinchalik yangi adabiy yuksalish davrida
hozirgi zamon arab nasrining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Tanazzul davri shaklllanushi adabiyotning rivojlanishiga xalal beradigan
o’ziga xos turg‘unlikni keltirib chiqardi. Jamiyatning badiiy ongi deyarli
rivojlanmadi, an’anaviy shakllarga sodiqlik shoirlarga ham, o‘quvchilarga ham bir
xilda xos edi. Shoirning ijtimoiy maqomi o‘zgardi. Endi u hayot uchun zarur
mablag‘ni saroy shoiri sifatida adabiyot yordamida topa olmas, u yo
151
hunarmandchilik va mayda savdo bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan, yo
maqomalarda juda go‘zal ifodalangan daydi adibga aylangan edi. Shoirlar ham,
ularning mahsuloti ham ko‘p bo‘lgan, ammo nihoyatda bir xil tusda bo‘lgan. Bu
esa bir qator hollarda ushbu davr she’riyatini ifodalashda ularning nomlarini
keltirish bilan cheklanishga majbur qiladi.
Gullab-yashnash davri (X–XII asrlar) arab she’riyatidayoq kelajakdagi
tanazzul belgilari bo‘lgan. Hattoki mumtoz she’riyat cho‘qqilari bo‘lmish al-
Mutanabbiy va al-Ma’arriy ham, o‘z zamonasiga moslashib, ba’zan mazmunga
zarar yetkazadigan nafis shaxsiy usullarni ixtiro qilganlar. Maqomalarning
mualliflari she’riy nasrni yanada ko‘proq ishlatganlar. Biroq, agar ushbu janrning
al-Hamadoniy va al-Haririy singari buyuk ustalarida uslubning ortiqcha
jimjimadorligi muayyan darajada ularning bosh qahramoni bo‘lgan ma’lumotli
daydi adibning obrazini ochishga yordam bergan bo‘lsa, ko‘plab taqlidchilar
ijodida ushbu qahramon obrazi hayot bilan har qanday aloqasini yo‘qotgan va
adabiy qolipga aylangan edi. Har qanday she’riy iste’dodning yagona mezonini
o‘tmishda o‘tgan shoirlar she’riyatini yaxshi bilish va ularning usullaridan
foydalanish tashkil eta boshladi.
XIII–XVIII asrlar she’riyati taqlidiy xususiyatga ega. Unda shaklning
balandparvoz rangdorligi va jimjimadorligiga bo‘lgan did tarbiyalandi. Tilni va
vaznni nihoyatda yaxshi egallagan shoirlar o‘z asarlarining ma’nosi haqida ko‘p
o‘ylamadilar. Ular majozlar, g‘ayri oddiy qiyoslashlar bilan qiziqdilar (har bir
she’r muayyan istioraning misoli bo‘ladigan qasidalar paydo bo‘ladi), she’rlarini
ishoralar, ikki ma’noli va topishmoqli iboralar bilan to‘ldirdilar. Shu bilan birga
tanazzul davri she’riyatiga so‘zlashuv tili shakllari va lug’ati, shuningdek kelib
chiqishi arabiy bo‘lmagan so‘zlar kirib bordi. Bu davrda har xil mayda she’riy
shakllar – topishmoqlar, boshqotirma she’rlar va muammolar keng tarqaldi.
Tabrik xususiyatiga ega bo‘lgan qasidalar yozilib, ularda baytlardan biridagi
harflar soni tabriklanayotgan inson tug‘ilgan kuniga yoki ulug‘lanayotgan voqea
sanasiga mos keldi. Har xil she’riy hazillar juda mashhur bo‘ldi.
152
Aholi orasida eng yaxshi qabul qilingan she’riy usullardan biri tashtir
(«ikkita yarimga bo‘lish») hamda taxmis («besh qismga bo‘lish») bo‘lib qoldi.
Tashtir usuli mohiyati shundan iboratki, she’rdagi baytlar o‘rtasiga shoir ikkita
yangisini qo‘shadi va shu tariqa asar ikki baravar ko‘payadi. Taxmisda shoir har
bir baytga uchta yangi misra qo‘shadi, natijada she’r bandlarga bo‘lingan shakl
oladi. Har bir band esa beshta misradan iborat bo‘lib qoladi.
Sharqiy arab viloyatlarida ilgari arablarga notanish bo‘lgan bandli
she’riyatning tarqalishi Ispaniyada yaratilgan arab yangi she’riyati janri ta’sirining
natijasi bo‘ldi. Ispaniyadan sharqiy viloyatlarga muvashshax shakli keldi.
Muvashshax sharqiy viloyatlarga ko‘chib o‘tgach Andaluziya she’riy janrining
yangiligi va bevositaligini yo‘qotdi hamda shaklan she’riy usulga aylandi. Zajal
ham Sharqiy arab viloyatlariga Ispaniyadan olib kirilgan va bu yerda keng
yoyilgan.
Shunday qilib, yuqorida aytilganidek, XII asr oxirida xalifalik adabiy
hayotining markazi Misrga ko‘chdi. Bu yerda, ayubiylar, so‘ngra Mamluk
sultonlari saroyida bir qator arab shoirlari xizmat qildilar.
XIII asr Misr shoirlari orasida makkalik Bahovuddin Zuhayr (1186–1258)
katta o‘rin tutdi. U hayotining katta qismini Misrda sulton as-Solih Ayub huzurida
yashadi va sadoqati uchun vazir lavozimiga tayinlandi. Bahovuddin Zuhayrga
go‘zal qofiyalarga boy, ustalik bilan tanlangan istioralar va majozlarga ega
bo‘lgan ishqiy she’riyati shuhrat keltirdi. Tanazzul davrida yashagan boshqa
shoirlardan farqli o‘laroq, Bahovuddin Zuhayr badiiy san’atlar bilan she’rni
to‘ldirib tashlashdan qochgan, uning she’rlari oddiy va samimiyligi bilan ajralib
turgan, madhiyalari esa qo‘pol xushomaddan xoli bo‘lgan.
Kech o‘rta asr arab adabiyotida misrlik al-Busiriy (1213–1295) o‘zining
diniy madhiyalari bilan shuhrat topgan. Uning “Burda qasidasi” («Qasidat al-
Burda») asari arablar tomonidan juda yaxshi qabul qilingan. U Ka’ab ibn
Zuhayrning madhiyasiga taqlidan yozilgan bo‘lib, Muhammad Payg‘ambarni
ulug‘lashga bag‘ishlangan. Qasida nomi payg‘ambar o‘z chakmonini uning ustiga
tashlagandek ko‘ringan falaj kishining mo‘jizaviy da’vo topgani haqidagi afsona
153
bilan bog‘liq. Qasida uch qismdan iborat an’anaviy lirik muqaddima, pandnoma
qism va madhiya. U quyidagi bayt bilan boshlanadi:
Payg’ambarlarning qay biri sen bilan tenglasha oladi?
O falak, sendan ham poyonsiz narsa bormi?
Uning barcha qismlari oddiy, tanazzul davri diniy she’riyatiga xos bo‘lgan
tasavvufiy ma’nolarda yozilgan. «Burda qasidasi» diniy ahamiyatga ega bo‘lib,
mo‘min-musulmonlar uning matnidan olingan parchalarni tumor qilib olib
yurganlar. Ta’kidlash lozimki, al-Busiriy asarlari, xuddi Bahovuddin Zuhayr
she’rlari kabi ko‘plab lahjalarga ega.
XIV asr boshiga kech o‘rta asrning eng mashhur shoirlaridan biri Safiaddin
Dostları ilə paylaş: |