142
«yangilanish» davri (XI asrning 1-yarmi – XII asr o‘rtasi) nomini oladi. Bu
davrda Andaluziya she’riyatining mazmuni o‘zgaradi. «Taqlidchilik»
davri
she’riyatining bosh mazmunini Iroq sog‘inchi tashkil qilgan bo‘lsa, «yangilanish»
davri she’riyatida Andaluziyaga bo‘lgan muhabbat o‘z ifodasini topadi.
Andaluziya she’riyatida an’anaviy arab janrlarining barchasi saqlanib qolgan,
biroq madhiya yoki hajviyada Sharqiy Arabiston an’analarining qonunlari
hukmronlik qilsa,
ishqiy lirika, hajviyalar hamda tabiat tavsiflarida an’ana ancha
o‘zgartiriladi.
Arab-ispan she’riyatining eng ko‘p tarqalgan janrlaridan biri vasf edi. Unda
tavsiflashning mazmuni nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Andaluziyalik
shoirlar muhabbatining predmetini gullar bilan burkangan Ispaniyaning go‘zal
dalalari, daryo, ko‘l, tog‘, bog‘ va xiyobonlari tashkil qiladi. Arab adabiyotida ilk
bor dengiz va unda suzib yurgan kemalarni keng tavsiflash paydo bo‘ladi.
«Yangilanish» davri shoirlarining e’tiborini Ispaniya shaharlaridagi go‘zal
me’moriy inshootlar, naqsh bilan
bezatilgan qimmatbaho qurollar, gullar va
qimmatbaho matolar, arab-ispan feodal podsholiklari saroylarining ziyofatlar,
musiqa
va raqslar, o‘yin-kulgi va ko‘ngilxushliklarga to‘la hayoti tortadi.
Andaluziya shoirlari o‘z she’rlarida ularga faqat adabiy asarlar orqali ma’lum
bo‘lgan sahro an’anaviy tasvirlarini Ispaniya tabiatining yorqin manzaralari bilan
mohirona birlashtiradilar.
Xuddi Sharqda bo‘lgani kabi, ishqiy lirika Andaluziya she’riyatida ham
muhim o‘rin tutadi. Buning ustiga, Ispaniyada muhabbatning platonik, uzriy
hissiy yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin. May va ziyofat quvonchlarini kuylash ham
Andaluziya shoirlarinnig xush ko‘rgan mavzularidan biriga aylandi.
Arablarning Ispaniyadagi
mavqei mustahkam emasligi, nasroniy davlatlar
bilan doimo kurash olib borishga majburligi Andaluziya she’riyatining umumiy
ruhiga
katta
ta’sir
ko‘rsatgan.
Shubhasiz,
Andaluziya
she’riyatida
ispaniyaliklarning dahshatli hujumi sadosi sifatida
sharqiy arablar uchun xos
bo‘lmagan mavzu – yo‘qolib ketgan sulolalar va shaharlar haqidagi marsiyalar
paydo bo‘ladi. Allohga va sharqiy viloyatlardagi musulmonlarga qaratilgan
143
cheksiz o‘tinchlar arab-ispan shoirlarining she’rlarini to‘ldiradi.
Islomgacha
bo‘lgan she’riyat davri arab adabiyotidayoq doimiy ravishda takrorlangan
borliqning o‘tkinchiligi motivlari Ispaniya arablarining fojiaviy taqdiri fonida arab
adabiyotining eng yaxshi lirik asarlari darajasida turgan Andaluziya she’rlarida
umuminsoniy ohangga ega bo‘ladi.
Kordova xalifaligining so‘nggi yillaridagi yozuvchilar qatoriga shoir va olim
Dostları ilə paylaş: