Mu’tamiddir (1040–1095). Sevilyaning Abbosiylar davridagi amirining o‘g‘li,
keyinchalik o‘zi ham taxtni egallagan al-Mu’tamid jadal tashqi siyosat yuritgan,
o‘z mulkini ancha kengaytirgan va hatto Kordovani zabt etgan. Biroq al-
Mu’tamidning Kastiliya qiroli Alfons VI oldidagi qo‘rquvi uni yordam so‘rab,
145
Marokashning al-Moraviylar sulolasining hukmdori bo‘lgan Yusuf ibn Tashifinga
murojaat etishga majbur qilgan. U, o‘z navbatida, ispan hujumini to‘xtatgan,
ammo ayni vaqtda al-Mu’tamid mulkini ham egallab olgan. Toj kiygan shoirni esa
Marokashdagi Agmat degan joyga surgun qilgan. Shoir u yerda asirlikda vafot
etgan.
Tarixda al-Mu’tamid mehmonnavoz va sahiy homiy sifatida qolgan. Uning
saroyiga butun Andaluziyadan adib va olimlar oqib kelgan. Shoirning Agmatda
qamoqda bo‘lgan davrda yozgan she’rlari saqlanib qolgan. Bu she’rlarning asosiy
mavzui – shoir his qilgan tahqirlashlar haqidagi hikoyalar, baxtli o‘tmishiga oid
xotiralardir.
Al-Mu’tamidning she’rlari go‘zalligi va soddaligi bilan ajralib turadi.
Obrazlarning yangiligi va odatdan tashqariligi muallifni Andaluziya she’riyatining
eng yorqin vakillaridan biri deb hisoblashga imkon beradi.
Sevilyada al-Mu’tamid saroyida sitsiliyalik shoir Ibn Xamdis (1055–1132)
yashab ijod etgan. Vatanini 1078 yilda normandlar istilo qilganidan so‘ng tashlab
ketishga majbur bo‘lgan shoir al-Mu’tamidning yaqin do‘stlaridan biriga aylangan
va amir vafot etgunicha u bilan birga qolgan. Ibn Xamdis umrining oxirgi yillarini
Tunisda La-Mayorka orolida o‘tkazgan.
Ibn Xamdis Ispaniya tabiatining kuychisi bo‘lgan. Ispaniya manzaralari, ov
sahnalari uning she’rlari mazmunini tashkil qilgan. Tabiat manzaralarini
ifodalashda Ibn Xamdisning fantaziyasi chegara bilmagan.
Subhi sodiqda biz bog’ga tashrif buyurganda
U yerdagi irmoq sohillari yalang’ochlangan qilich kabidir.
Quyosh haroratining daraxt shohlari orasidan tushgan
Nurlari (bog’ni) sayqallayotgandek.
Ko’tarilgan ajoyib yarim oyga boq
Uning nuri qora zulmatni yorib chiqmoqda.
U xuddi kumushdan yasalgan o’roq kabi,
146
Bog’lardagi nargis gulini o’rmoqda.
Uning she’rlarida ko‘pincha tabiat mavzusi bilan may mavzusi ham qo‘shilib
keladi.
Ibn Xamdis ishqiy hamda zohidlik xususiyatga ega bo‘lgan she’rlar
(zuhdiyat) yozgan. Uning ushbu janrdagi she’rlarida sharqiy arab she’riyatining
(Umar ibn Abu Rabi’a, Abul Ataxiya) ta’siri seziladi. Ibn Xamdis she’riyati
go‘zal va mazmundor bo‘lib, uning obrazlari tekis va ifodali, tili sodda va aniqdir.
Tabiat manzaralarining mohir ifodachilaridan yana biri Ibn Hafaja (1058–
1138) bo‘lgan. Uning laqabi al-Jannan bo‘lib, bog‘bon degan ma’noni bildirgan.
U al-Sira shahrida tug‘ilgan. Ispaniyaning eng go‘zal viloyatlaridan biri – jonajon
Valensiya tabiati shoir uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai bo‘lgan. Ibn Hafaja
nima yozsa ham – madhiyami yoki marsiya – tabiat mavzui ularda albatta mavjud
bo‘lgan. Shoir sharqiy arab she’riyatining qoliplaridan foydalanishga moyil
bo‘lsa-da, uning kuzatuvchanligi va ifoda shakli Ibn Hafaja tavsiflarini
Andaluziyaning keyingi avlod shoirlari uchun namunaga aylantirgan. Ibn Hafaja
she’rlarida Andaluziya ko‘z o‘ngimizda gullab-yashnayotgan bog’ sifatida
namoyon bo‘ladi. Uning tinchligi va go‘zalligini faqat bo‘ronlargina vaqtincha
buza oladi.
XII asrdan boshlab arab-ispan adabiyoti asta-sekin tanazzulga uchray
boshlaydi. Al-Moraviylar va al-Mohadiylarning Ispaniyaga bostirib kirishi arab
podsholiklari siyosiy mustaqilligini yo‘qotishiga va Andaluziya Mag‘rib
davlatining viloyatiga aylanishiga olib keldi. Bir vaqtlar bo‘lgan aqliy va diniy
toqatlilikdan asar ham qolmadi. Mosarablar (arabcha so‘zlashuvchi nasroniylar)
Andaluziyadan quviladilar. Mutaassib berber lashkarboshilari dastlabki islomning
«soddaligi» va «pokligi»ni tiklashga intilib, ajoyib me’moriy inshootlarni vayron
qiladilar, «bid’at» deb e’lon qilingan kitoblarni yoqadilar.
Berberlarning Ispaniyadagi istilolari ilgari saroy she’riyati gullab-yashnagan
muhitning yo‘qolishiga olib kelgan. Afrika hukmdorlari arab tilini yaxshi
bilmaganlar va ularning qarorgohlarida nozik arab-ispan she’riyatini ko‘pchilik
147
tushunmagan. Shu bois asta-sekin saroy shoiri tipi yo‘qolib borgan. Buning
o‘rniga oddiy xalq orasidan tinglovchilar va qadrlovchilarni izlovchi hamda ular
bilan shahar lahjasida so‘zlashuvchi sayyor shoirlar paydo bo‘lgan. XI asr oxiri va
XII asrning birinchi yarmida xalq tilidagi she’riyat keng tarqaldi. Mumtoz
she’riyatning barcha nozik tomonlarini bilmagan va ko‘pincha ikki-uch tilda (arab
tilining Andaluziya lahjasida, berber va roman tillarida) so‘zlagan keng aholi
qatlamlari orasida lahjada yozilgan she’rlar mashhur bo‘lgan. Zajal nomli strofik
she’riyat eng ko‘p tarqalgan. Zajal tuzilishiga ko‘ra muvashshahga juda o‘xshab
ketgan. Dastlabki ikki she’r asarning o‘lchami va asosiy qofiyasini belgilab
bergan. So‘ngra har birida bir xil sondagi she’rlar bo‘lgan (to‘rttadan o‘n
ikkitagacha) va yagona qofiyaga 5–9 band keladi. Har bir bandning faqat oxirgi
baytigina dastlabki ikki kirish bayti bilan qofiyalangan.
Zajal yaratishda kordovalik daydi shoir va musiqachi ibn Kuzman (1080–
1160) yuksak cho‘qqiga erishgan. U o‘zining qo‘shiqlari bilan Andaluziyaning
turli shaharlarida sahnaga chiqib, erkin va ancha badaxloq hayot kechirgan. Ibn
Kuzman zajallarida mumtoz qasidaning hech bir jihati (sahro tavsifi ham, boshqa
joyga ko‘chishlar ham, tuyalar ham) yo‘q, ularda Qur’on ruhi ham sezilmaydi
(shoir islomga ancha istehzoli munosabatda bo‘lgan, shu bois jazolangan va hatto
qamoqda o‘tirgan). Ibn Kuzman zajallari odatda ikki qismdan iborat: birinchisi –
yorqin elementlarga ega bo‘lgan muhabbat haqidagi kirish qismi, ikkinchisi –
albatta xayriya so‘ralgan madhiya.
Ibn Kuzman zajallari qadimgi roman she’riyatidan kelib chiqqani shubhasiz.
Ibn Kuzmanning zajallari ham musiqa bilan chambarchas bog‘liqdir. Arab-ispan
she’riyatining trubadurlar she’riyatiga ta’sirining miqdori va xususiyatini aniqlash
qiyin, ammo ta’sir etganligi shubhasiz.
Tanazzul davrining eng mashhur shoirlaridan biri hayotining oxirida islomga
kirgan sevilyalik yahudiy Ibrohim ibn Sahl (1208–1251) bo‘lgan. Uning qalamiga
mansub bir qator ajoyib ishqiy she’rlarda yengillik va oddiylik jasorat va
obrazlarning go‘zalligi bilan uyg‘unlashgan.
148
Andaluziya adabiyotida buyuk faylasuf va alloma ibn Tufayl (vafoti
1185 yil)ga tegishli «Yakzon o‘g‘li Hayya haqidagi roman» nomli ajoyib falsafiy
asar alohida o‘rin tutadi. Mazmuni bo‘yicha o‘ziga xos bo‘lgan, inson aqlining
ulug‘vorligi, komil insonning shakllanishi va oliy haqiqatni bilish yo‘llari haqida
hikoya qiluvchi ushbu roman-rivoyat ko‘proq falsafa tarixiga kiradi. Biroq
romanning qisqacha mazmuni (inson go‘dakligida kimsasiz orolga tashlab
ketilgan bo‘ladi va tabiat bilan yolg‘iz qolib, o‘z aqlining kuchi bilan hayot
qonunlarini bilib oladi) ushbu asarni arab badiiy nasrning xazinasiga kiritgan.
Andaluziyaning yana bir buyuk yozuvchisi va shoiri Granada amirlarining
vaziri tarixchi Lisoniddin ibn al-Xatib (1313–1374) bo‘lgan. U bid’at deb
topilgan nazariyalari uchun qamab qo‘yilgan Fesedagi qamoqxonada qotil qo‘lida
jon bergan. Lisoniddin bir qator tarixiy asarlar, risola va she’rlar yozgan bo‘lib,
uning muvashshahlari ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ibn al-Xatibning o‘lim oldidan
yozgan hamda kutilayotgan o‘lim hissi va Granada aholisini ispaniyaliklarning
to‘liq g‘alabasidan ancha avval qamrab olgan chorasizlik hislarini aks ettirgan.
Ibn al-Xatib nasriy asarlarining uslubi Andaluziya adabiyotining tanazzul
davriga nihoyatda xosdir. Unda Sharqiy Arabiston adabiyotining tanazzul davri
bilan ko‘p o‘xshashliklar bor: xuddi o‘sha balandparvozlik, sun’iylik va ko‘p
so‘zlash, xuddi o‘sha so‘zni murakkab istiora va badiiy asarlar bilan bejashga
intilish, o‘sha-o‘sha iqtiboslarga, tarixiy voqealarga, qofiyali nasrga o‘chlik va
hokazo.
Andaluziya adabiyoti, shubhasiz, o‘rta asr arab madaniyati tarixidagi go‘zal
sahifalardan biridir. Arab-ispan shoirlar Abu Tamman, al-Mutanabbiy, al-
Ma’arriy kabi Sharqiy Arabiston shoirlaridan she’rlarining teranligi va falsafiyligi
bo‘yicha orqada qoladi, ammo g‘oyalarining ravshan bayon etilganligi, nozikligi,
go‘zalligi, shoirona fantaziyasi, tilining ravonligi va yengilligi bilan, shubhasiz,
ulardan ustun turadi.
Ispaniya tarixidagi arab davri – G‘arb va Sharqning adabiyotlari bir-biriga
keng va chuqur ta’sir etgan davr. Andaluziya orqali Yevropaga qadimgi Sharq,
antik va bevosita arab madaniy an’analari kirib borgan. Ispaniya arablari Sharq va
149
G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashuvda o‘ynagan vositachilik rolining ahamiyati
nihoyatda katta bo‘lib, u jahon madaniyati rivojlanishiga samarali ta’sir
ko‘rsatgan.
Dostları ilə paylaş: |