154
XIV asr o‘rtalariga boshqa bir misrlik shoir
Ibn Nubata (1287–1366) ijodi
taalluqlidir. U madhiyalar hamda o‘tib ketgan yoshlik haqida qayg‘uradigan,
zamondoshlaridan
shikoyat qiladigan, yaqin odamlarining o‘limidan g‘ussaga
botadigan g‘amgin marsiyalar muallifidir. Uning she’riyatiidagi umumiy
tushkunlik ruhida tartibga solinmagan hissi hamda g‘alayonlar, hukmdorlarning
tez-tez almashinishi (shoir hayoti mobaynida Misrda 20 nafar
Mamluk hukmdor
almashgan) tufayli alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotgan mamlakatdagi hayotning
beqarorligi aks ettirilgan.
Ibn Nubata buyuk shoir bo‘lgan. So‘z yaratish, so‘zlarni o‘ynatish
va ikki
ma’noli iboralarni ishlatishda uning fantaziyasi cheksiz bo‘lgan. Tanazzul
davrining boshqa shoirlari singari Ibn Nubata she’rlari muallifning she’riy
texnikani mukammal egallaganligini namoyish etgan,
ammo unda hech bir
chuqur, yangi fikrlar bo’lmagan.
Dostları ilə paylaş: