158
2. Al-Busiriy hayoti va ijodi.
3. Ibn al-Faridning sufiyona qarashlari.
X BOB. KECH O‘RTA ASR NASRI
10.1. «MING BIR KECHA» («ALF LEYLA VA LEYLA»)
Darsning maqsadi: mazkur qismda kech o’rta
asrning adiblari, “Ming bir
kecha” asari va undagi ba]zi ertaklari haqida so’z boradi.
Tayanch so‘zlar va iboralar: Ijodkorlik san’ati, insho janri, al-
Qalqashandiy, “Ming bir kecha.”, “Xazor afsona”.
Kech o‘rta asr adabiyoti turli-tuman an’analar, ilmiy va badiiy nasr asarlariga
boydir. Bu davrda insho janri yanada rivojlandi. Pandnoma xususiyatiga ega
bo‘lgan ko‘plab asarlar,
risolalar, tarixiy manbalar paydo bo‘ldi. Ushbu
asarlarning barchasidagi uslub balandparvozlik va ortiqcha jimjimadorlikdan
iborat bo‘lgan. Adiblar qofiyali nasrga ishqiboz edilar va zamondoshi bo‘lgan
shoirlar singari, o‘z
asarlarini badiiy asarlar, kamyob so‘zlar, so‘z o‘yinlari bilan
bezashga urinardilar, ko‘plab iqtiboslar keltirardilar. XIII–XVIII asrlarda turli xil
antologiyalar, ma’lumotnoma va ensiklopediyalar keng tarqaldi.
Kech o‘rta asrning eng mashhur
adiblaridan biri misrlik al-Qalqashandiy
(1355–1418) edi. U o‘z davri uchun juda xos bo‘lgan, bir qator yarim ilmiy, yarim
badiiy mazmundagi asarlarning muallifidir. Uning «Ijodkorlik san’atida ojizlar
uchun bilimlar chirog‘i» nomli asari kotiblarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z
davrining ma’lumotli amaldori bilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega
edi. Unda adabiyot tarixiga oid ma’lumotlar, yozuvchilik hunari bo‘yicha
ko‘rsatmalar, diplomatik yozishmalarga oid qoidalar,
muhim tarixiy va siyosiy
ma’lumotlar, shuningdek insho janrining eng yaxshi namunalari keltirilgan edi.
Al-Qalqashandiy asarlarining uslubi atayin murakkablashtirilgan bo‘lib, ular
badiiy san’atlar, tajnislar va shu kabilarga to‘lib toshgan. Kech o‘rta asr
adabiyotida arablar yashaydigan viloyatlarda, ayniqsa, Misrda maishiy va
fantastik novellalar keng tarqaldi. Ularning asosida
tarixiy shaxsning haqiqiy
159
taqdiri yoki muhim tarixiy voqea yotardi. Aynan kech o‘rta asr davrida «Ming bir
kecha» nomli mashhur to‘plam oxirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi, Antara haqidagi
xalq romanining oxirgi varianti hamda ko‘plab qahramonlik qasidalari shakllandi,
ular arab mamlakatlarida (ayniqsa Misrda) keyingi asrlarda nihoyatda mashhur
bo‘lib ketdi. Ko‘pincha xalq romanlari deb
ataluvchi ushbu qahramonlik
qasidalari professional hikoyachilar – muhaddislar tomonidan she’riy qismlari
musiqa asbobi jo‘rligida aytish bilan kechgan va og‘zaki ijro etib kelingan. Xalq
romanlari biz uchun katta madaniy-tarixiy qiziqish uyg‘otadi.
Og‘zaki hikoya qilish an’anasi arab mamlakatlarida eng so‘nggi vaqtlargacha
saqlanib qolgan va hatto, kitob bosishning tarqalishi ham uning yo‘q bo‘lishiga
olib kelmagan. Yuqorida eslab o‘tilgan «Ming bir kecha» va «Antaraning hayoti»
bilan
bir qatorda, Qohira aholisi orasida afsonaviy va yarimafsonaviy jangchilar
hamda shonli arab qabilalarining qahramonliklari tasvirlangan ko‘plab xalq
romanlari (Abu Zayd, Bey bars, Zul Himma,
Sayf ibn zi-Yazoniyning
«Hayotlar») shuhrat qozongan edi. Ushbu xalq romanlarining hajmi shunchalik
kattaki, uni aytuvchilar ulardan biriga «ixtisoslashganlar» va odatda qat’iy
belgilangan dasturni ijro qilganlar.
Xalq romanlari turli zamonlarda yaratilgan. Ular ko‘p asrlar mobaynida
qayta-qayta avloddan-avlodga berib kelingan hamda
xattotlar va ijrochilar
tomonidan ularga bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda yozilmagunicha sayqal
berilgan.
Dostları ilə paylaş: