Al-Haririy (1054–1122). Maqoma janri basralik arab mashhur uslubchi al-
Haririy ijodida yanada rivojlantirildi. Ipak sotuvchi savdogar otasidan al-Haririy
minglab xurmo daraxtlari ekilgan katta yerni meros qilib olgan. Bu esa unga
o‘zini adabiy faoliyatga butunlay bag‘ishlash imkonini bergan. Rivoyatlarga
qaraganda, shoir nihoyatda xunuk bo‘lgan. Buni anglagan shoir hatto bitta
she’rida do‘stlariga uning she’r o‘qishini tinglaganda asardan olgan taassurotlari,
xunuk basharasi ta’sirida yo‘qolib qolmasligi uchun, unga qaramaslikni maslahat
bergan.
Al-Haririy juda alg‘ov-dalg‘ov davrda yashagan. Biroq al-Haririy siyosiy
kurashda ishtirok etishdan o‘zini tortgan va hokimiyat vakillari bilan kelishishga
harakat qilgan. U Basrada ancha yuqori lavozim – axborot xizmatining boshlig‘i
lavozimini egallab turgan, Bag‘dodga ko‘p borgan hamda xalifalikning ko‘plab
yuqori martabali shaxslari bilan xat yozishib turgan. U xalifa al-Mustarshid
(Saljuqiylar davlatining susayishi xalifalik hokimiyatining kuchayishiga olib
kelgan)
hamda
Dubays
(Iroqdagi
kichikroq
podsholik
hukmdori)ning
homiyligidan foydalangan. Dubaysni al-Haririy hatto o‘z maqomalaridan birida
ulug‘lagan.
Mumtoz arab tilining ishqibozi va bilimdoni al-Haririy mumtoz adabiy til
normalaridan jonli nutq tomoniga har qanday og‘ishga qarshi chiqqan. Uning
qalamiga mansub tilshunoslikka oid bir qancha asarlarda (masalan, «Marvarid
ovlovchining topgan marvaridi» risolasida) u o‘z asarlariga so‘zlashuv lahjalari va
iboralarini kiritgan yozuvchilarga qarshi chiqadi. Al-Haririy o‘zining «Shiniya»
va «Siniya» kabi risolalarida arab tilini nihoyatda yaxshi bilishini namoyish etgan.
Tilshunoslik bobidagi chuqur bilimlari al-Haririyga maqoma yozishdek qiyin
vazifani uddalash imkonini bergan. Bu esa unga arablar o‘rtasida buyuk adib
126
sifatida tanilishiga yordam bergan. Arab tanqidchiligi al-Haririy maqomalarini
arab uslubiyotining durdonalari deb hisoblaydi. Ular qofiyali bejamdor nasrda
yozilgan bo‘lib, shunday filologik hiylalarga to‘laki, hatto ma’lumotli arablar ham
uni sharhlarsiz tushunmaydilar. Mualliflikni o‘zlashtirib olishda shubha qilingan
al-Haririy sinab ko‘rilgani haqidagi latifa saqlanib qolgan. Ushbu sinov vaqtida
al-Haririy hech qanday asar yarata olmagan. Biroq bu tabiiy holat, zero
maqomalar ustida ishlash jarayonida muallifga har xil adabiyotlar –
ma’lumotnomalar, lug‘atlar va boshqalar zarur. Ammo al-Haririyda sinov vaqtida
bular bo‘lmagan. Al-Haririy maqomalarida ijodiy ilhomga qaraganda ko‘proq
bilimdonlik va mehnatkashlik seziladi.
Al-Haririy qalamiga 50 ta maqoma mansub bo‘lib, ularning to‘plamini
muallif xalifa al-Mustarshidning vaziriga taqdim etgan. Al-Haririy al-
Hamadoniyga taqlid qilib, o‘z maqomalarida qahramon sifatida ma’lumotli va
tadbirkor qashshoq daydi Sarujlik (Shimoliy Ikki daryo oralig‘idagi shahar) Abu
Zayddan foydalangan. Al-Hamadoniy maqomalarida bo‘lgani kabi al-Haririy
maqomalarida ham voqealar sayyoh savdogar nomidan hikoya qilinadi. Ushbu
savdogar shahardan shaharga ko‘chib yuradi va maqomalar qahramonining
navbatdagi hiyla-nayranglariga muqarrar ravishda guvoh bo‘ladi. Al-Xaris ibn
Hammom ismli savdogar obrazi bir qancha juda ifodali jihatlarga ega.
To‘qqizinchi – «Iskandariya maqomi»da, masalan, al-Xaris sayohati vaqtida yangi
shaharga kirib, avvalo shahar qozisi bilan tanishishga urinishi xabar qilinadi.
Bundan maqsad «uning ta’siri qiyin vaziyatlarda tayanch bo‘la olishi va o‘zgalar
yurtida shahar hokimiyatining siquvlaridan qutulish» bo‘lgan. Har bir shaharda
taqdir uni doimo yangi sifatda paydo bo‘luvchi va o‘z ishlarida aql, arab adabiy
tilini juda yaxshi bilishi va shoirlik bobidagi ixtirochiligi bilan ajralib turadigan
Abu Zaydga yo‘liqtiradi.
Al-Haririy maqomalarining asosiy qahramoni ko‘p jihatdan al-Hamadoniy
maqomalaridagi Abul Fathni eslatadi hamda go‘yoki uning keyingi rivoji
hisoblanadi. Ma’lum ma’noda, ushbu obraz ancha xalqchil bo‘lib, arab xalq
latifalarining qahramoni bo‘lgan Juhiy obrazi jihatlariga ham ega. Ular Xo‘ja
127
Nasriddin haqidagi latifalar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. Abu Zayd – ayyor
odam bo‘lib, o‘zining xarakterida hiyla va yaxshilikni, andishasizlik va
oliyjanoblikni birlashtirgan. Har safar odamlar orasida yangi qiyofada paydo
bo‘ladigan Abu Zayd o‘zining o‘ylab topilgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi
hamda tinglovchilarni so‘z ustaligi bilan qoyil qoldirib, maqsadiga erishadi.
Uning maqsadi esa arzimas – ovqat va boshqa shaharga ketish uchun biroz pul
topish. Abu Zayd o‘zining mustaqil maqomini juda yuksak qadrlaydi. Oltinchi –
«Marag‘iy maqomasida» al-Xaris ibn Hammom Abu Zaydning notiqlik san’ati
tanazzulga uchraganidan shikoyat qilayotgan suhbatdoshlariga javoban boshni
aylantiradigan risola to‘qiydiki, unda faqat bayt ostidagi va ustidagi nuqtalari
bilan ajralib turadigan bir xil ko‘rinishdagi ajoyib asar yaratadi
*
. Abu Zaydning
san’atiga qoyil qolgan mahalliy hukmdor unga saroyda katta lavozim taklif etadi.
Ammo Abu Zayd bu taklifni rad etadi: «Men uchun kambag‘al bo‘lib, bir
mamlakatdan boshqasiga o‘tib yurish turli noqulayliklarga ega bo‘lgan
lavozimdan afzaldir. Qanchalik katta lavozimga ega bo‘lmaylik, biz, o‘zgalarning
takabburligi va ta’nalariga chidashga majbur bo‘lamiz. Hech bir hukmdor
xizmatimga munosib mukofot bermaydi. Hech kim o‘z xizmatchilarini himoya
qilmaydi».
O‘n ikkinchi – «Gut (yoki Damashq) maqomasida» kun kechirish uchun
so‘zlar yordamida pul topishga majbur bo‘lgan Abu Zaydning ijtimoiy maqomi
aytiladi. Maqoma qahramoni darvesh niqobiga kirib, Damashqdan Bag‘dodga
ketayotgan sayyoh savdogarlarga ularni «faqat so‘zlar bilan» qo‘riqlashni va’da
qiladi. Butun yo‘l mobaynida Abu Zayd duo qilib boradi. Yo‘l oxirida esa
savdogarlardan pulini olgach, karvonni tashlab, mayxonaga jo‘naydi. Ibn
Hammom oldida o‘zini oqlab, u o‘zining quvnoq, tashvishsiz hayotini himoya
qilib butun boshli qasida aytib beradi, o‘zini «dushmanning taqdiri bilan
quviladigan ehtiyoj farzandi» deb ataydi hamda o‘zining unchalik yaxshi
bo‘lmagan harakatlarini turmush qiyinchiliklari bilan oqlashga harakat qiladi. Abu
*
Arab tilida ayrim harflar bir xil shaklga ega bo’lib, faqat bayt osti va usti nuqtalari bilan ajralib turadi.
128
Zayd o‘z suxandonligidan faqat g‘arazli maqsadda foydalanmaydi, balki
kambag‘allar va adolatsiz xafa qilinganlarni himoya qilish (masalan, aybsiz
qamalganlarni qutqarish, noto‘g‘ri hukm chiqargan qozini aldash, jinoyatchining
afv etilishiga erishish)da ham qo‘llaydi. Abul Fatx kabi Abu Zayd ham o‘z
davriga xos shaxsdir. Ma’lumotli va tadbirkor daydi va tavakkalchi tipi o‘zaro
nizolardan parokanda bo‘layotgan mamlakatdagi voqelik tufayli yuzaga kelgan
edi. «Iskandariya maqomasida» Abu Zayd o‘zi haqida shunday deydi: «Ilgari
mening ma’lumotim menga boylik manbai bo‘lib xizmat qilgan. Lekin hozir
ma’lumotli odam qadrlanmayapti. Ma’lumotlilik eng arzon va hech kimga kerak
bo‘lmagan mol hisoblanadi».
Maqomalar muallifining asosiy qahramon – hozirjavob daydi shoirga
munosabati ham o’zgaruvchandir. Abu Zayd ibn Hammomni ko‘p marotaba alday
olganiga qaramay, hikoyachi nafaqat unga nisbatan adovat his qilmaydi, balki
aksincha, u haqda oshkora muhabbat bilan gapiradi. Abu Zaydning hayotga
moslashganligi, topqirligi, bilimdonligi, hozirjavobligi hikoyachini qoyil
qoldiradi, uning nojo‘ya ishlari, makr-hiylalari xayrixoh ta’nalar, xolos. Biz
maqomalarda
jonga
tegadigan
didaktikani
ham,
pand-nasihatni
ham
uchratmaymiz. Muallifning qahramonga munosabatida inson tabiatining o’ziga
xoslikligi va boy imkoniyatlariga nisbatan mehr his qilinadi. Bu esa, Uyg‘onish
davri
madaniyatiga
juda
xos
jihatdir.
Al-Haririy
maqomalari
al-
Hamadoniynikidan
adabiy
jihatdan
puxtaroq
ishlangani,
tuzilishining
mukammalroq ekanligi, shaklining nozikligi bilan farq qiladi. Al-Haririy
maqomalarining syujeti va tuzilishi odatda muallif o‘zining mohir shoirlik
texnikasini namoyish qila oladigan qilib qurilgan. Masalan, uchinchi – «Dinor
haqidagi maqomasida» juldur kiyimdagi ma’lumotli qashshoqning ko‘rinishidan
ajablangan Ibn Hammom agar u tangani «durdona she’rlar» bilan tarannum etsa,
unga oltin dinor berishini va’da qiladi. Abu Zayd shu yerdayoq to’satdan katta
madhiya to‘qiydi.
129
Abu Zaydning mahoratidan qoyil qolgan Ibn Hammom agar shoir tangaga
haqorat ma’nosida she’r yozsa, yana bir dinor berishini va’da qiladi. Shoir darhol
yangi she’rini aytib beradi.
Muallif shoirning ayni bir narsani bir xilda sharaflash va ustidan kulish
qobiliyatiga qoyil qoladi. Biroq bu yerda o‘z qarashlarini oson o‘zgartiradigan va
turli sharoitlarga moslashuvchi saroy shoirlarining axloqi ongli yoki ongsiz
ravishda parodiya qilinadi.
Al-Haririy Al-Hamadoniyga taqlid qilib, o‘z maqomalarini tegishli epizod
bo‘layotgan joyning nomi bilan ataydi. Eng qizig‘i, bunda ushbu joyga xos
bo‘lgan so‘z va ifodalardan mohirlik bilan foydalanib, shevalarni a’lo darajada
bilishini namoyish qiladi.
A.E. Krimskiyning fikricha, al-Haririy arab adabiyotiga ko‘proq salbiy ta’sir
ko‘rsatgan. Arablar uning maqomalarini o‘rganish davomida badiiylik idealini
tabiiy she’riyatda emas, balki jimjimadorlik va so‘z o‘yinida ko‘rishga
o‘rgandilar.
Biroq, al-Haririy maqomalarining jonli, ba’zan hatto jozibali qahramoni
hamda «mumtoz davrning eng oxirgi taniqli shoiri»ning benuqson she’riy
texnikasi hozir ham arab ma’lumotli kitobxonini qoyil qoldirishda davom
etmoqda.
Dostları ilə paylaş: |