Al-Hamadoniy (969–1007). O‘zining qisqa hayoti mobaynida Badiuzzamon
Eronning ko‘plab viloyatlariga sayohat qilgan, O‘rta Osiyoda bo‘lgan. U hamma
joyda o‘zining ko‘plab risolalarida o‘z zamonining murakkab «rang-barang»
uslubini nihoyatda mukammal egallaganligini ko‘rsatgan uslubchi tilshunos
sifatida shuhrat qozongan. Nishopurda u turli xil uslublar yordamida mushoirada
mashhur tilshunos va adib Abu Bakr al-Xorazmiyni yenga olgani ma’lum. Lekin
Badiuzzumonga shuhratni uning ilmiy asarlari emas, balki ko‘plab she’riy
122
kiritmalari bo‘lgan balandparvoz, qofiyali nasrda yozilgan qisqa hikoyalari –
maqomalari keltirgan.
Qadimgi arablar «maqom» yoki «maqoma» so‘zi orqali qabila to‘planadigan
joyni ifodalaganlar. Keyinchalik bu atama bilan nafaqat to‘planish joyi, balki
odamlar majlisi, so‘ngra esa ushbu majlisda olib boriladigan suhbatlar ham
ifodalanadigan bo‘lgan. Islom tarqalayotgan davrda xalifalar va ularning yaqinlari
doirasida olib boriladigan nasihat xususiyatiga ega bo‘lgan suhbatlar ham
maqoma deb atalgan. Vaqt o‘tishi bilan suhbatlarning xususiyati o‘zgargan.
Shaharlar rivojlangani sayin arab tili va she’riyati bilan qiziquvchi odamlar doirasi
kengayib borgan hamda olimu-shoirlar o‘zlarining adabiy qobiliyati va
tilshunoslik sohasidagi bilimlarini namoyish etishi mumkin bo‘lgan adabiy
to‘garaklar borgan sari ko‘paygan. Taxminan X asrdan boshlab «maqoma»
atamasi uslub bo‘yicha nafis, jimjimador latifalarni ifodalash uchun qo‘llanila
boshlagan. «Maqoma» so‘zi ma’nosining tadrijiy rivojlanishi ushbu janr go‘zal
so‘z ishqibozlarining adabiy suhbatlarida yuzaga kelgan hamda dastlab og‘zaki
hikoya ko‘rinishida mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Faqat keyinroq, aftidan al-
Hamadoniy ijodida, u to‘liq adabiy shaklga kirgan. Yangi janr asosan ma’lumotli
shaharliklar va feodal «ziyolilar» orasida yoyilgan hamda juda o‘ziga xos shaklda
namoyon bo’lgan.
Xalifalikdagi hayot sharoiti, ayniqsa XI asrdan boshlab, ma’lumotli
insonning adabiy faoliyati uchun qulay bo‘lmagan. Adibning mehnat bozori
borgan sari toraygan. Xalifalikning ayrim viloyatlarida hokimiyatni qo‘lga olgan
arab bo‘lmagan hukmdorlar arab adabiyotiga befarq bo‘lganlar va uning
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamaganlar. Bu narsa adibning imkoniyatlarini
cheklagan. U pul topish maqsadida shahardan shaharga sayohat qilgan, o‘z
asarlari va badiiy badihalari bilan boy homiylar boshchilik qiladigan adabiy
to‘garaklarda, shuningdek shahar bozorlari, qahvaxonalari va shu kabilarda so‘zga
chiqqanlar. Ma’lumotli daydilarning ushbu tipi maqomalarda mustahkamlab
qo‘yilgan.
123
Bizgacha yetib kelgan maqomalarning dastlabkilari al-Hamadoniyning
e’tiroficha, 400 ga yaqin maqoma yaratgan bo‘lib, ularning atigi 51 tasi saqlanib
qolgan.
Al-Hamadoniy maqomalarining bosh qahramoni sifatida epchil, tadbirkor va
ayni vaqtda beg‘am adib Abul Fath al-Iskandariy qatnashadi. U hikoyadan
hikoyaga o‘tgan sari o‘z kasbini o‘zgartiradi va yashash uchun mablag‘ni hiyla,
ba’zan esa firibgarlik bilan topadi.
Al-Hamadoniy maqomalarida hikoya savdogar Iso Ibn Hoshim nomidan
yuritiladi. Uni savdo ishlari va taqdir xalifalikning turli shaharlariga tashlaydi. U
«She’riy maqoma» asarida o‘zi haqida shunday deydi: «Taqdir meni Jurjonning
eng uzoq qismiga tushmagunimcha bir joydan ikkinchi joyga tashlayverdi. Men
taqdirga bardosh berdim: yer sotib oldim, unga qattiq ishlov berdim; savdo uchun
zarur mollar sotib oldim, savdo ishlarining asosiy joyiga aylangan do‘konga ega
bo‘ldim, do‘stlar orttirdim. Uyimga faqat tong va tunni ajratdim, do‘konga esa
qolgan barcha vaqtimni o’tkazdim. Iroq, Eron yoki Kavkazning qaysi shahrida
bo‘lmasin, Iso ibn Hoshim Abul Fathning navbatdagi qilmishlariga tasodifan
guvoh bo‘lib qoladi, uni taniydi va fosh qiladi. Biroz vaqt savdogar ana shu
tanishini yo‘qotadi va keyingi hikoyada u bilan yana uchrashadi.
Maqomalar o‘rtasida syujet birligi yo‘q. Ularni har bir hikoyada muqarrar
paydo bo‘ladigan va kitobxonni navbatdagi nayrangi bilan qoyil qoldiradigan
qahramon birlashtiradi. Har bir hikoyada Abul Fath yangi qiyofada namoyon
bo‘ladi: u mo‘minlarni Vizantiyaliklarga qarshi kurashga da’vat etuvchi notiq,
goh o‘liklarni tiriltirish va yo‘qolgan narsalarni topish qo‘lidan kelishiga
ishontiradigan ko‘zboylalamachi, goh qashshoq tilamchi, goh bozorda qog‘oz
yozuvchi, goh imom, goh nihoyat bu dunyo ne’matlaridan tiyilishga chaqiruvchi
darvesh sifatida namoyon bo‘ladi. Pardoz va kiyim-boshi Abul Fathni tanib
bo‘lmas darajada o‘zgartiradi hamda faqat qoyil qolarli darajadagi epchilligi va
ajoyib adabiy iste’dodi Iso ibn Hoshimga uni fosh etish imkonini beradi.
Ma’lum yengiltakligiga qaramay, maqomalarning bosh qahramoni – Abul
Fath o‘z holatini yetarlicha hushyor baholaydi hamda hayot tarzini jamiyatdagi
124
ahvol bilan oqlaydi. «Pastkashlik va sharmandalikdan qo‘rqma, – deydi u
maqomalardan birida, – zero seni shunga majbur qilgan zamon sendan ham
yomondir. Agar uning tubanligiga qarshi kurashadigan bo‘lsang, uni yengmaysan.
Farzand o‘z otasidan donoroq bo‘lishga majbur emas».
Abul Fathning yashash uchun kurashdagi ixtirochiligi cheksiz. U barcha
notiqlik va artistlik qobiliyatlarini ishga soladi, kerak bo‘lsa o‘z tinglovchilarini
yig‘latadi yoki qo‘rqitadi, nihoyatda kuchli aql-farosati bilan hayron qoldiradi
yoki cheksiz maqtanchoqligi bilan alday oladi. Abul Fathning hayotdagi shiori
bo‘lib uning quyidagi so‘zlari xizmat qiladi: «Odamlar orasidagi hayoting
batamom hiyla va nayrangga bag‘ishlansin. Baxt hech qachon doimiy bo‘lmaydi
va men ham unga taqlid qilishga harakat qilaman… Men – buqalamunman, doimo
rangimni o‘zgartirib yuraman. Men o‘z ismim va shajaramni o‘zgartirib, vaqtga
moslashaman, bugun kechqurun nabatiyga, ertaga tongda esa haqiqiy arabga
aylanaman».
Garchi Abul Fathning nayranglari har doim ham kutilgan natija bermasa ham
quvnoq qashshoq ko‘nglini cho‘ktirmaydi. Har qanday vaziyatda u tiyrak va
hayotdan mamnun bo‘lib qolaveradi. «Taqdir, – deydi u, – yolg‘onchi ro‘yo. U
qanday aylansa, sen ham shunday aylanib-o‘rgil». «Goh taqdir menga yomonlik
qiladi, goh mening tiyrakligim uni yengishimga yordam beradi».
Al-Hamadoniyning maqomalari odatda pand-nasihat xususiyatlariga ega
bo‘lib, muayyan xulosaga ega bo‘lsa-da, ularda muallifning kitobxonni kuldirish,
yoki qahramonning shoirlik mahoratidan dalolat beruvchi qandaydir kulgili voqea
bilan zavqlantirishga aniq intilayotgani sezilib turadi.
Al-Hamadoniyning maqomalari mazmunan bir xil emas. Ularda Bag‘dod
hayotidan sahnalar keltiriladi, boshqalarida shoir Zur Rumma yoki siyosiy arbob
Sayf ad-Davla singari qahramonlar qatnashgani bois, tarixiy hikoya ko‘rinishiga
ega. Ayrim maqomalar murakkab, ko‘p bosqichli tuzilishga ega (masalan, «sher
haqidagi maqoma»), ayni vaqtda boshqalariga faqat qiziqarli voqea asos qilib
olingan.
125
Uslubiy
jihatdan
olganda,
al-Hamadoniy
maqomalari
xalifalikdagi
ma’lumotli odamlarning adabiy didlariga mos kelgan. Ular qofiyali nasrda
yozilgan bo‘lib, arab badiiyatining murakkab san’atlari bilan nihoyatda to‘lib
toshgan. Bu esa ularni faqat tor darajadagi adabiyot bilimdonlari uchungina
tushunarli qilgan.
Dostları ilə paylaş: |