104
bostirib kirganligi bois, Kufadan Suriyaga qochgan va badaviylar orasida ikki yil
yashagan. Ko‘chmanchilar ichida yashash ko‘p jihatdan shoirning siyosiy va
badiiy xohish-irodasini belgilab berdi, shuningdek
uning dunyoqarashida chuqur
iz qoldirdi. Qabilada shoir badaviylar xarakterini yaxshi ko‘rib qoldi hamda
badaviylar orasida katta shaharlardagiga qaraganda yaxshiroq saqlanib qolgan
arab adabiy tili borasidagi bilimlarini takomillashtirdi.
928 yil oxirida shoir Bag‘dodga ko‘chdi. Shu davrda yuzaga kelgan uning
dastlabki she’riy tajribalari Bag‘doddagi bilimdon jamoaning e’tiborini tortmadi.
Bag‘dodda karmatlar harakati «tenglashtirish» g’oyalari bilan kambag‘al,
ammo izzattalab yosh shoir oldida katta imkoniyatlar ochar edi.
Shu bois u ana
shu oqimga qo‘shildi. Xalifalikning barcha viloyatlarida qo‘zg‘olonlar bo‘lib
turgan alg‘ov-dalg‘ov o‘sha zamonda shoirni siyosiy maydonda shuhrat topish
imkoniyati o‘ziga tortdi. Buning ustiga, uning dastlabki adabiy tajribalari
muvaffaqiyat qozonmayotgan edi. 933 yilda shoir karmatlar
harakatining ayrim
arboblari bilan tanishdi hamda shia-karmat va’zlari bilan dastlab Kufada, so‘ngra
Suriya badaviylari oldida nutqlar bilan da’vatlar qildi. Al-Mutanabbiyning da’vat
qiluvchi faoliyati tafsilotlari bizga ma’lum emas, ammo, arab biograflarining
guvohlik berishicha, aynan ana shu faoliyat tufayli shoirning «al-Mutanabbiy»
(«Soxta payg‘ambar») laqabi kelib chiqqan. Adabiyotda bugun ham u mana shu
laqabi bilan ma’lum. Shoir o‘zining shia-karmatiya
ruhidagi chiqishlari hamda
badaviylar orasida hur fikr so’lar aytgani uchun, manbalarning dalolat berishicha,
ikki yil qamoqda saqlangan.
Al-Mutanabbiy ijodining 20 yilni (928–948) qamrab olgan birinchi davri
uning Suriya bo‘ylab sayohatlari yillariga to‘g‘ri keladi. «Shamiyat» («Suriya
she’rlari») deb atalgan ushbu davr she’rlarida alg‘ov-dalg‘ov zamonning kuchli
ta’siri seziladi. «Suriya she’rlari» qahramonlik xarakterida yozilgandir. Suriya
davri oxirida muvaffaqiyatsizliklar va umidsizliklar ta’sirida al-Mutanabbiyning
she’riyatiga qayg‘u motivlari paydo bo‘ladi.
Siyosiy
maydondagi
muvaffaqiyatsizliklar
shoirni
shuhratparastlik
fikrlaridan voz kechishga va o‘zini butunlay shoirlik faoliyatiga bag‘ishlashga
105
majbur qildi. U ijodining birinchi bosqichidayoq
qisqa vaqt mobaynida
xalifalikning Suriyadagi sarkardasi Badr ibn Ammarning shoiri bo‘lgan.
Shoirning u bilan «mamlakatda g‘ulg‘ula solayotgan» forslarga bo‘lgan nafrat
yaqinlashtirardi. 948 yilda al-Mutanabbiy Halablik mashhur hukmdor Hamdaniy
Sayf ad-Davla saroyiga ko‘chib o‘tdi. Uning homiyligidan ko‘plab adiblar va
olimlar foydalanardilar. Bu yerda al-Mutanabbiy ijodining yangi davri (948–957)
boshlandi. Biograflarning dalolat berishicha, shoir Sayf ad-Davlaning yaqin do‘sti
bo‘lgan va uning Vizantiyaga hamda badaviy ko‘chmanchilarga
qarshi
yurishlarida unga hamrohlik qilgan.
Bu davr she’rlari «Sayfiyat» to’plamini hosil qiladi va al-Mutanabbiy she’riy
devonining deyarli 1/3 qismini tashkil etadi. Ularning aksariyati Sayf ad-Davlaga
bag‘ishlangan madhiyalardir:
Dostları ilə paylaş: