O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Agar davlat uni yordamga chaqirsa, u unga yordam beradi, 
Chunki u qilich, qo’l va yurakdir. 
«Shomiyat»ni 
to‘ldirgan shuhratparast maqtanchoqlik o‘rnini, al-
Mutanabbiyning fikricha, arab vatanparvarligi g‘oyasini ifodalagan hamda jangchi 
fazilatlariga ega bo‘lgan hukmdorni maqtash egallaydi. Al-Mutanabbiyning qat’iy 
fikricha, aynan Sayf ad-Davla arablarning sobiq shon-sharafini tiklashi hamda 
ularni qudratli davlatga birlashtirishi kerak edi. Ushbu qasidalarda shaxsiy 
muvaffaqiyat motivlari umumarab g‘oyalarini amalga oshirish haqidagi orzular 
oldida keyingi o‘ringa ko‘chgan. Boshqa bir qasidasida al-Mutanabbiy Sayf ad-
Davlaning vizantiyaliklarga qarshi yurishi haqida o’z qasidasida hikoya qiladi. 
Biroq Sayf ad-Davla al-Mutanabbiyning umidlarini oqlamadi, parchalanib 
borayotgan davlatni birlashtirish va arablarning eski obro‘sini tiklash uning 
qo‘lidan kelmadi. 
Sayf ad-Davla saroyida al-Mutanabbiy doimiy ravishda o‘zining g‘oyaviy 
raqiblari va adabiyotdagi raqiblari, jumladan, taniqli shoir Abu Firas bilan kurash 
olib borishiga to‘g‘ri keldi.


106 
Al-Mutanabbiyning saroydagi raqiblariga qarshi e’tirozi oxir-oqibatda 
ularning biri bilan bevosita to‘qnashuviga olib keldi. Kunlardan bir kun Sayf ad-
Davla huzuridagi oqshomgi suhbat chog‘ida Ibn Xalavayx al-Mutanabbiyga 
tilshunoslik xususiyatiga ega bo‘lgan e’tiroz bildirdi. Bunga javoban shoir: «Axir 
sen arab emas, fors bo‘lsang... Arab tilini qaerdan ham bilarding!», – degan. 
G‘azablangan Ibn Xalavayx al-Mutanabbiyning boshiga og‘ir kalit bilan bir 
urgan. Sayf ad-Davla esa saroy a’yonlari shoirga qarshi qayrab qo‘ygani uchun 
uning yonini olmagan. Shundan keyin o‘ziga bino qo‘ygan al-Mutanabbiy 
Halabni tark etishga majbur bo‘lgan. U Misrga hamadoniylar bilan Suriya tufayli 
dushmanchilik qilayotgan Kafur rahbarligidagi Ixshidiylar saroyiga jo‘nab ketgan. 
Kafur huzurida shoir saroy shoiri vazifasini bajargan va o‘zi suymagan 
hukmdor oldida har tomonlama xushomad qilishga majbur bo‘lgan. «Men senga 
bo‘lgan muhabbatimni yengishga harakat qilaman, ammo muhabbatim menga 
qaraganda kuchliroq» deb xushomad bilan murojaat etgan edi shoir Kafurga 
o‘zining Misrda yaratilgan «Kafuriya» turkumidagi qasidalaridan birida. Ba’zi 
manbalarning guvohlik berishicha, al-Mutanabbiy Kafur uni viloyatlardan biriga 
hokim etib tayinlashidan umidvor bo‘lgan, ammo uning bunday shuhratparast 
umidlari bu yerda amalga oshmagan. Kafur shoirga quyidagicha hazil gap 
qilganligi aytiladi: «al-Mutanabbiy yoshligida Muhammad bilan teng payg‘ambar 
bo‘lishni istagan. Endi esa u Kafur bilan birga hukmdorlik qilmoqchi». O‘z 
homiysidan xafsalasi pir bo‘lgan al-Mutanabbiy yashirincha Misrdan qochadi va 
Kafurga nisbatan bir nechta zaharxanda hajviya yozadi.
Oxirgi 
yillarni (962–965) al-Mutanabbiy Iroq 
va Eron bo‘ylab 
sargardonlikda o‘tkazgan. Shoir Bag‘dodda, Janubay Eronda – Buidlar vaziri Ibn 
al-Amid qarorgohida ikki marta, nihoyat, Sherozda, ya’ni taxminan yarim yil 
mobaynida Buid hukmdori Adud ad-Davlaning saroy shoiri bo‘lgan joyda 
yashagan. Shu bois ijodidagi oxirgi davr she’rlari «Adudiya» deb nomlangan. 
Jonajon Iroq sog‘inchi shoirni Sherozni tark etishga majbur qilgan va 965 yil 
sentyabr oyida Bag‘dodga ketayotganida o‘z qasidalaridan birida opasining 


107 
ustidan kulgan shaxs tomonidan o‘ldirilgan. Shoirning Vatani Suriyaga bo‘lgan 
sog‘inch to‘la eng yaxshi qasidalari Sheroz davriga to‘g‘ri keladi. 
Al-Mutanabbiyning xarakteri alg‘ov-dalg‘ov sharoitdagi davrda shakllangan. 
U shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik illatiga chalingan edi: 
Men qabilam bilan faxrlanmayman, u men bilan faxrlanadi. 
Men bobolarim bilan emas, o’zim bilan g’ururlanaman. 
 
Al-Mutanabbiy butun umri davomida xatib yoki siyosiy arbob roli haqida 
orzu qilgan, doimo ulkan rejalar, amalga oshmas umidlar bilan yurgan. Natijada 
tez orada afsuslanib qolgan. 
Sayf ad-Davla va vizantiyaliklar o‘rtasida urush bo‘lgan davrda dinga 
nisbatan betaraf bo‘lgan al-Mutanabbiy vatanparvarlik mulohazalari nuqtai 
nazaridan o‘zining islomga tarafdor ekanligini ko‘p bora aytgan. Arab bo‘lmagan 
shoirlarning hujumlaridan o‘zini himoya qilgan shoir ularning forslar, yunonlar, 
suriyaliklarning madaniy jihatdan ustunligi haqidagi so‘zlarini rad etgan hamda 
arablarning (ayniqsa, Janubiy Arabiston yigitlarining) harbiy jasorati, saxovati, 
yuksak aqliy qobiliyatlarini ko‘rsatgan holda ularning ma’naviy xislatlarini har 
tomonlama maqtagan: 
Kimki kuch bilan biror narsani qo’lga kiritsa, 
U hech qachon iltimos qilmaydi. 
Al-Mutanabbiyning she’riy asarlarining aksariyat qismini madhiyalar tashkil 
qiladi. Shoir o‘z davridagi boshqa shoirlar kabi nomunosib shaxslarni maqtashga 
majbur bo‘lgan hamda maosh izlab saroylar ostonalariga bosh urishdan 
qaytmagan. Al-Mutanabbiy madhiyalarining tuzilishi an’anaviydir. Dastlab lirik 
muqaddima keladi, unda shoir badaviy qizlarning go‘zalligini kuylaydi, 
badaviylar turmushini, ot yoki atrof tabiatni tasvirlaydi. So‘ngra o‘z maqtovlarini 
boshlaydi. 


108 
Al-Mutanabbiyning «Shomiyat» va «Sayfiyat» turkumidagi madhiyalari 
tuzilishi jihatdan o‘zaro farq qiladi. Birinchisi ko‘pincha o‘zini maqtashdan – 
faxrdan boshlansa, ikkinchisi, aksincha, ko‘pincha umuman lirik muqaddimaga 
ega bo‘lmagan va bevosita Halab hukmdorini ulug‘lashdan boshlangan. 
Saroy she’riyati qonunlariga qarama-qarshi o‘laroq, al-Mutanabbiy 
madhiyalarida (ayniqsa dastlabkilarida) shoir shaxsi orqa o‘ringa o‘tmagan – 
shoirning his-tuyg‘ulari, kechinmalari ularda katta o‘rin tutgan. Deyarli barcha 
qasidalarida al-Mutanabbiy o‘zining jasurligi, shoirlik iste’dodi, she’rlarining 
zo‘rligi, mashhurligi haqida faxrlanib yozgan («Men uyqu vaqtida atrofida ajoyib 
she’rlar to‘lib-toshadigan odamman!» – deb yozadi shoir). 
Al-Mutanabbiy hajviya janriga juda kam murojaat etgan va odatda nihoyatda 
g‘azablangan taqdirdagina foydalangan. Shu bois uning hajviy she’rlari nihoyatda 
zaharxanda. 
Har xil turdagi tavsiflar al-Mutanabbiy qasidalarida ancha ko‘p uchraydi. 
Madhiyada ular go‘yoki asosiy mavzu uchun fon yaratadi, muayyan ustqurma 
vazifasini bajaradi. 
Biroq badaviy she’riyatdan farqli ravishda, al-Mutanabbiyning tavsiflari 
doimo qat’iy belgilangan badiiy qimmatga ega. Agar al-Mutanabbiy hayvonni 
tasvirlasa, bu yo ulug‘vor sher, yo qudratli ot, yo chidamli tuya, qisqasi, kuchli va 
ulug‘vor hayvonlar bo‘ladi, ya’ni ularning xislatlarini maqtalayotgan shaxs 
jihatlariga qiyoslash mumkin bo‘ladi. Garchi shoir odatdagi qadimgi arab 
obrazlaridan foydalansa ham, uning tavsiflari shoirning kuzatuvchanligi va she’riy 
his-hayajoni tufayli yangilik va yorqinlik kasb etadi. 
Al-Mutanabbiyda haqiqatan ham epik xususiyatga ega bo‘lgan jang 
manzaralari, ayniqsa, ko‘p va bo‘yoqdordir. Ular Abu Tammomning eng yaxshi 
tavsiflaridan qolishmaydi. Arab tanqidchiligi barcha zamonlarda ularni obrazliligi 
jihatidan nuqsonsiz deb hisoblagan. 
Al-Mutanabbiy 
bir 
qancha 
marsiyalar 
ham 
yozgan. 
Ular, 
arab 
tanqidchilarining fikricha, badiiy jihatdan uning madhiyalari va hajviyalaridan 
past darajada turgan. Marhum haqidagi xotiralarda marsiyaviylik g‘am-g‘ussa 


109 
tonini qahramonlik she’rlariga o‘rgangan shoir unchalik yaxshi aks ettira 
olmagan. Marsiyalarda shoir yo taqdir va o‘lim haqidagi falsafiy, tushkun 
mulohazalarga berilgan, yo ko‘proq madhiyalarda qabul qilinganidek, marhumni 
maqtashga o‘tgan. 
Al-Mutanabbiy ijodi badaviy she’riyati an’analari bilan ham, «qadimgi 
davrga qaytish» she’riyati bilan ham chambarchas bog‘liq.
Noyob shoirlik iste’dodi, kuzatuvchanlik va aql jonliligi al-Mutanabbiyga 
badaviylik she’riyatidagi cheklanishlarni va ko‘plab taqlidlarni yengishiga 
yordam bergan. Uning she’rlari mazmunini zamon, insonning xarakteri tashkil 
qilgan, buning oqibatida ularda shoirning hayotiy kuzatishlari ham, ko‘pgina 
amaliy g‘oyalari ham badiiy ifodasini topgan. Al-Mutanabbiy arab shoirlik 
texnikasining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanib, o‘lib borayotgan mumtoz 
qasidaga yangi hayot bag‘ishladi, ohangdorlik va kuch berdi. U alohida baytlarga 
shu qadar katta she’riy mazmun bera olganki, ularning aksariyati keyinchalik 
ajoyib hikmatlar va maqollar tarzida mustaqil hayot kechira boshladi. 
Arablar barcha zamonlarda al-Mutanabbiyning shoirlik mahoratini yuksak 
qadrlaganlar. Uning qasidalarida an’anaviy she’riyat tarafdorlarini badaviy ruh 
o‘ziga tortgan, ular hatto shoirni aytish qiyin bo‘lgan, «keskin» tovush birikmalari 
va og‘ir qofiyalari uchun kechirganlar. «Yangilanish» tarafdorlarini uning ijodida 
obrazlarni tuzish mahorati, ularning harakatchanligi, inson xarakteriga qiziqish 
o‘ziga tortgan. Ikkala oqim tarafdorlariga shoir she’rlaridagi lo‘ndalik, shakl 
yaxlitligi, iboralarning aniqligi, she’rning musiqaviyligi ma’qul kelgan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin