95
Ibn ar-Rumiy noyob tasviriy iste’dodga ega bo‘lgan. Uning badiiy tasvirlari
(...jarayonlarini, harakatlarni, tabiat go‘zalliklarini,
turli-tuman hodisalarni
tavsiflashi) shoirning nihoyatda kuzatuvchanligidan, tasvirlanayotgan narsalarning
shakli va rangini his qila olishidan dalolat beradi.
Zamondoshlari bo‘lgan va o‘z she’rlarini atayin murakkablashtirgan hamda
fikrlarini har doim ham tushunarli bo‘lmagan shamalar bilan ifodalagan boshqa
shoirlardan (Abu Tammomdan) farqli o‘laroq, Ibn
ar-Rumiy aniq-ravshanlik va
batafsillikka intilgan. U o‘z zamonidagi boshqa shoirlar kabi har bir baytning
an’anaviy ma’no mustaqilligidan voz kechgan. Bu esa qasidaning ifodalash
imkoniyatlarini kengaytirgan va unga mazmuniy yaxlitlik bag‘ishlagan.
Dostları ilə paylaş: