67
o‘zining «Balog’at yo‘li» («Naxj al-balag’a») to‘plamiga jamlangan nutqlari,
xutbalari, parchalari e’tiqodli targ‘ibotchining ko’tarinkilik ruhi bilan sug‘orilgan,
ilk musulmon diniy notiqligining go‘zal namunasidir. Ali o‘z fikrlarini nafis
hikmatlar shaklida ifodalaydi. Uning xalqqa qaratilgan nomalari va xutbalari –
ifodali, lo‘nda bo‘lib, fikr ravshanligi obraz va fantaziyalarning yorqin va jonliligi
bilan uyg‘unlashgan. Bularga qo‘shimcha qilib, targ‘ibotchining katta uslubiy
mahoratini keltirish lozim: vasf va isteoralarning, badiiy misollarning xilma-
xilligi, qofiyali nasrdan
mahorat bilan foydalanish, kuylanuvchanlik va hokazo.
Ash-Sharif ar-Radiy she’riyatidan namunalar:
Orzular ro’yobga chiqmasa ham, umid qoladi,
Albatta, u bizni baxtni qidirishga ruhlantiradi
Yoshligi haqida:
O, yoshligim mening, men seni hech ham esdan chiqarmayman,
Biroq uni esidan chiqaradigan odamlar ham bor.
Arablar
Ziyod ibn Abihi (vafoti 675 yil)ni ham notiqlik san’atining ustasi
deb hisoblaydilar. U xalifa Ali davrida Forsda noib lavozimini egallagan.
Keyinchalik esa umaviylar xalifasi Mu’oviya tomonidan xalifalikning deyarli
barcha sharqiy viloyatlariga noib etib tayinlangan. Ziyod ibn Abihi ko‘plab
nutqlar muallifi bo‘lgan.
Ziyod ibn Abihining nutqi Basra ahliga qaratilgan bo‘lib, umaviylar
hokimiyatiga bo‘ysunishga da’vat qo‘zg‘olonchilarga qaratilgan tahdidlardan
iborat. Ziyodning ushbu ehtirosli nutqi faqat umumiy g‘oya
bilangina birlashgan
va o‘zaro yaxshi bog‘lanmagan parchalardan iborat. Umuman olganda, ushbu
nutq – diniy va’z bilan yangi hokimiyatning vazifalarini tushuntiruvchi davlat
arbobining nutqi o‘rtasidagi narsa. Unda tahdidlar, va’dalar, qasamlar va ritorik
68
savollar – notiqning temperamenti o‘z ifodasini topgan
hayajonli ovozlar bilan
almashadi.
Rasoil janriga turli-tuman rasmiy ish yuritish va diplomatik hujjatlar, ilmiy
va ilohiy asarlar, siyosiy chaqiriqlar va va’zlar, xususiy yozishmalar va
boshqalarni kiritganlar. Arablar istilosining dastlabki bosqichlarida xalifalik
hukmdorlari forslar,
yunonlar, koptlarning xizmatlaridan foydalanishga majbur
bo‘lganlar va barcha hujjatlar tegishli tillarda tayyorlangan. VIII asrdan boshlab
butun xalifalik hududida asta-sekin arab tiliga o‘tildi. Rasoil janrining asoschisi
deb arab tanqidchiligi
Abdulhamid al-Katibiy (vafoti 750 yil) hisoblaydi. U
kelib chiqishi bo‘yicha fors bo‘lib, oxirgi umaviy xalifa
Marvan II ning kotibi
bo‘lgan.
Abdulhamidning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida u xalifa
Marvan II ning o‘g‘liga otasi nomidan yozgan hamda qurolli kuchlarni tashkil
qilish va harbiy taktika bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan noma mavjud.
Abdulhamidning boshqa bir nomasi adiblarga yo‘riqnomadir. Unga muallif
nafaqat badiiyat qonunlarining tavsifini, balki axloqiy tavsiyalarni ham kiritgan.
Abdulhamidning nomalari ularni badiiy nasrga kiritish imkonini beruvchi bir
qator xususiyatlarga ega. Abdulhamidning nomalariga tuzilishining mantiqiyligi,
uslubining go‘zalligi, ritmiklik va ohangdorlikdan tashqari, uning asarlarini go‘zal
adabiyotga yaqinlashtiruvchi o‘ziga xos jihatlar – obrazli tuzilish, istiora va
majozlarga boylik xos.
Abdulhamid Abdulloh
ibn al-Muqaffadan tortib, al-Jahizgacha bo‘lgan
keyingi asr arab adiblariga ta’sir ko‘rsatgan arab badiiy nasrining asoschilaridan
birigina emas, shuningdek, u arab badiiy uslubiyotining ayrim qonunlarini
ifodalashga uringan o‘rta asr arab she’riyatining birinchi nazariyotchisidir.
Dostları ilə paylaş: