60
Zur-Rumma zamondoshlari bo‘lgan ota-o‘g‘il – al-Ajjaj va Ru’ba nomlari
bilan bog‘liq bo‘lganidek, arab adabiyoti tarixchilari Zur-Rummaning nomini arab
she’riyatidagi eng qadimgi shakllardan biri bo’lgan urjuza she’riy
shaklining
tiklanishi bilan bog’laydilar.
Urjuza – rajaz o‘lchamida yozilgan she’r. Zur-
Rumma urjuzalarining xususiyatini ichki qofiyadoshlik tashkil qiladi (ya’ni
yagona qofiya nafaqat ikkinchi misralar oxirida, balki birinchi misralar oxirida
ham keladi).
Islomgacha bo‘lgan urjuzalar odatda badaviylar
turmushini tavsiflashga
bag‘ishlangan va bir qancha baytlardan ortiq bo‘lmagan. Faqat al-Ajjajgina urjuza
shaklidan barcha an’anaviy janrlarda katta qasidalar yozish uchun foydalangan.
Katta urjuzalar yaratishda yuzaga keladigan texnik qiyinchiliklar ko‘pincha
shoirni so‘zlardan odatdagidan boshqa ma’noda foydalanishga, ichki qofiyaga
rioya etish uchun grammatik shakllarni buzishga majbur qilgan.
Zur-Rumma
shoirlik faoliyatining dastlabki bosqichlarida urjuza yaratish bilan ayniqsa ko‘p
qiziqqan.
Al-Axtal, al-Farazdaq va Jarir xalifalar saroyida turli qabila va firqalarning
manfaatlarini himoya qilganlar. Biroq islom dini tarqalishi davrida umaviylarga
ochiqchasiga qarshi bo‘lgan siyosiy va diniy guruhlar
qarashlarining ifodachisi
bo‘lgan shoirlar ham yashab o‘tganlar. Masalan, Ubaydulloh ibn Qays ar-Rukayat
(vafoti 694) quraysh qabilasidan bo‘lib, ibn az-Zubayrning tarafdori bo‘lgan. U
umaviylarni
qurayshiylarga
xiyonatda,
poytaxtni
Hijozdan
Suriyaga
ko‘chirganlikda va Janubiy Arabiston qabilalariga suyanishda ayblagan.
Ubaydulloh zubayriylar va shialarga bir qancha madhiyalar bag‘ishlagan. Shoir
at-Tirimmax ibn Hakim (vafoti 718 yil) xorijiylarni ulug‘lagan, al-Kumeyt ibn
Zayd al-Asadiy (679–743) shia shoiri bo‘lib, hoshimiylar va Ali urug‘iga maqtov
madhiyalari bag‘ishlagan.
Dostları ilə paylaş: