58
kabilarni ta’kidlash bilan cheklanmagan, balki bunyodkorlik
faoliyatini suv
sug’orish inshootlari qurishi, bog‘ yaratishi va hokazolarni ham ularning xizmati
sifatida ko‘rsatgan.
Zamondoshlari orasida Jarirning hajviy she’rlari alohida muvaffaqiyat
qozongan. Jarir o‘z raqiblari bo‘lgan boshqa qabila shoirlariga, jumladan al-Axtal
va al-Farazdaqqa qarshi hujumlarida tengsiz bo‘lgan. Qizg‘in she’riy bahsda u
raqibining hajviy she’rini biroz to‘ldirib, muallifning o‘ziga qarshi qarata olgan.
Jarir qo‘pollik ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuhmat ham
ishlatishdan hazar qilmagan, u
raqib qabilasi va urug‘i ustidan mag‘zava to‘kkan, uning ota-onalarini sharmanda
qilgan, unga turli xil noinsofliklarni ayb qilib qo‘ygan.
Al-Farazdaqni tahqirlashga harakat qilib, shoir uni temirchining o‘g‘li deb
ataydi (temirchilik hunari badaviylarda nojo‘ya mashg‘ulot hisoblangan) hamda
shu joyning o‘zidayoq temirchilik uskunalarini zaharxanda bilan sanab o‘tgan.
Jarir al-Axtalga hujum qilar ekan, musulmon hukmdor qoshidagi shoir sifatida
musulmon shoirga munosib javob bera olmagan al-Axtalning
mushkul ahvolidan
foydalanib, tag‘libiylarni nasroniy bo‘lganliklari, cho‘chqa go‘shti yeb, sharob
ichganliklari uchun ularning ustilaridan mag‘zava to‘kadi. Jarir al-Axtarni
tahqirlash uchun uning ismini Uxaytal (Axtalning kichraytirilgani) deb atayin
buzib aytadi, buning ma’nosi esa «ahmoq», «har xil bo‘mag‘ur narsalarni
gapiruvchi»dir. Xalifa Abdul Malikning e’tiborini qozonish uchun shoir sotqinlik
qiladi – o‘z qabiladoshlari qo‘llab-quvvatlagan
Ibn az-Zubayrga qarshi
haqoratomuz hujum qiladi.
Jarir madhiya va hajviyalardan tashqari ko‘plab marsiya va lirik she’rlar ham
yozgan. Jarir she’riyatii shaklan an’anaviy, ammo, boshqa zamondoshlarida
bo‘lgani kabi, shoirning islomgacha bo‘lgan davrdagi kabi sevgan kishining ichki
kechinmalarini – xavotir, g‘am-g‘ussa, hijron kabi his-tuyg‘ularni ifodalashi bilan
ajralib turadi.
Jarir she’rlariga ajoyib nafislik va ohangdorlik xos. Ular nozik va kutilmagan
istioralar, ritmik takrorlarga to‘la. Ularda al-Farazdaq she’rlaridagi balandparvoz
59
ulug‘vorlik, chuqurlik va bo‘yoqdorlik yo‘q, ammo ularda raqibida bo‘lmagan
jihatlar – ravshanlik va odatdagidan tashqari musiqiylik bor.
O‘rta asr arab tanqidchilari, al-Farazdaq va Jarirni qiyoslab,
birinchisining
she’rlari sun’iyroq va tantanavorroq, ikkinchisiniki esa tabiiyroq va erkinroq deb
topganlar. Bu xususda «Qo‘shiqlar kitobi»ning tuzuvchisi Abul Faraj al-Isfaxoniy
quyidagi latifani aytib ketgan. Bir kun shuhratparast Jarir tilshunoslardan biridan
so‘rabdi: «Kim yaxshiroq shoir, menmi yoki al-Farazdaq» – «Sen, – deb javob
beribdi
tilshunos, – al-Farazdaqdan oddiy odamlar nazarida ustunsan, ammo
olimlar nazdida sening she’rlaring al-Farazdaqnikidan ortda qoladi». Jarir:
«G‘alaba! – deb qichqiribdi, – Allohga hamdu sanolar bo‘lsinki, mening ahvolim
yaxshiroq ekan, chunki yuz nafar odam orasidan bitta ham olim topishing qiyin!».
Dostları ilə paylaş: