47
shoirning Muhammadga murojaat qilib sodir etgan gunohlarini kechirishni
so‘ragani va payg‘ambarga maqtovlari keltirilgan:
Haqiqatda ham Allohning elchisi bu
Haq yolini yorituvchi yaraqlagan qilichdir
An’anaviy lirik muqaddima, xuddi an’anaviy tuya tavsifi singari, islomgacha
bo‘lgan shoirlarning qasidalaridagi tegishli qismlardan deyarli farq qilmaydi.
Biroq biz ularda tabiat va hayotni idrok etishdagi yangilikni uchratmaymiz.
Islomgacha bo‘lgan she’riyat an’analariga sodiqlik Ka’ab qasidasining asosiy
qismida ham seziladi. Masalan, Muhammadga qarata aytilgan gunohlarni
kechirish haqidagi iltimoslar bor. Ka’ab Muhammadning donoligini maqtaydi.
Kechirishini so‘rab duo qiladi, his etayotgan azoblaridan shikoyat qiladi.
Ka’ab ibn Zuhayr qadimgi arab shoirlarining usullariga qat’iy amal qiladi.
Ilk islom shoirlari qatoriga
Hasan ibn Sobit (taxm. 563–674) ham kiradi.
Uning hayot yo‘li islom dini yuzaga kelgan davr shoirlariga juda xosdir. Hasan
ibn Sobit bir vaqtlar Yamandan ko‘chib o‘tgan Hijozdagi xazraj qabilasining
zodagon oilasidan chiqqan. Yoshlikda u she’r to‘qiy boshlagan va shoirona
so‘zlari bilan o‘z qabiladoshlarini ularning aus qabilasiga qarshi kurashida
qo‘llab-quvvatlagan. Keyinchalik u Hasaniylar saroyiga ko‘chib, saroy shoiriga
aylangan. Ammo u Hasaniylarning raqiblari – Xira hukmdorlariga ham maqtovlar
bag‘ishlagan. Yoshi o‘tganda islom dinini qabul
qilgan Hasan ibn Sobit
Muhammad va uning xalifalarining sadoqatli shoiriga aylandi.
Qabila shoirining ana shunday saroy shoiriga, so‘ngra esa islomning
ashaddiy himoyachisiga aylanishi VI–VII asrlarda urug‘-qabilachilik tashkilotidan
kuchli markazlashgan davlatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Arabiston
boshidan o‘tkazgan tadrijiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Hasan ibn Sobitning shoirlik faoliyati dastlabki bosqichda islomgacha
bo‘lgan boshqa shoirlarning ijodidan farq qilmagan. U qabilalararo kurashning
faol ishtirokchisi bo‘lib, o‘z qabilasining himoyachisi sifatida maydonga chiqqan,
48
qabila jasoratini va o‘z qahramonliklarini sharaflagan. Hasan ibn Sobit Xasaniylar
va Laxmiylar poytaxtlarida bo‘lgan davrda nihoyatda xushomadgo‘y va olg‘ir
saroy shoiriga aylanadi. Uning qasidalari avvalgidek an’anaviy
xususiyatga ega
bo‘lib, eski davr asarlaridan o‘zi yozgan shoirlik qismi bilan ajralib turadi. Ushbu
qismida u maqtalayotgan shaxsning qahramonliklari va shaxsiy xislatlarini
balandparvoz ifodalar orqali tavsiflaydi.
Shoirning islomni qabul qilishi va Muhammadning shoiriga aylanishi uning
tadrijiy rivojlanishidagi tabiiy yakun bo‘lgan. Hasanning Muhammad va uning
salaflari sha’niga yozgan madhiyalari Arabiston hukmdorlarini sharaflab yozilgan
madhiyalaridan ko‘p ham farq qilmagan. Ularda faqat mukofot so‘rab xiralik
bilan qilingan iltimoslar bo‘lmagan. Zero, islomni himoya qilish ishi shoir uchun
o‘z-o‘zicha sharafli ish bo‘lgan. Ushbu qasidalarda
Muhammad but-sanamlarga
sig‘inuvchilarga qarshi kurashchi, yangi dinning sobit targ‘ibotchisi sifatida
ulug‘langan:
Payg’ambar bu to’gri yolning chirog’i
U xuddi, o’tkir yaraqlagan qilich kabi nurlanadi
U bizni do’zax olovidan himoya qildi va jannat haqida xabar berdi
U bizga islomni berdi va biz Allohga sajda qilamiz.
Hasan ibn Sobit madhiyalarining tuzilishi islomgacha bo‘lgan shoirlar
asarlaridan biroz farq qilgan. An’anaviy lirik muqaddimani Hasan eng kam
darajagacha qisqartiradi va asosiy mavzuga maxsus kirish iborasi – «buni qo‘ya
turaylik» iborasi bilan o‘tadi. Bu bilan u lirik muqaddimaning majburiyligi sun’iy
ekanligini o‘zi ham tushunishini ko‘rsatadi, go‘yoki Hasan ibn Sobit turli kirish
tavsiflaridan
ham qochadi, bu esa uning qasidasiga maqsadga qaratilganlik va
mantiqiylik tusini beradi.
Hasan ibn Sobit, shuningdek, shaklan an’anaviy hajviyalar ham yozgan.
Ammo ularda shoir dastlabki yillarda islomning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatgan
49
majusiy-qurayshiylarga hujum qilgan, ularning bilimsizligi, baxilligi, qo‘rqoqligi
va boshqa qusurlari ustidan kulgan.
Hasan
ibn Sobitda, xuddi boshqa ilk islom shoirlaridagi kabi, islomning
ta’siri she’rlarining ruhida, yangi falsafiy va axloqiy (gunohlardan poklanish va
gunohlar uchun jazo olish, hayotning mazmunini yangicha tushunish) g‘oyalarida
seziladi.
Dostları ilə paylaş: