45
al-Idrisiyning ta’biricha, at-Termiziy “Hadis
bobida iqtido qilinadigan
imomlardan biridir”.
At-Termiziy fiqh-islom qonunshunosligi boblariga moslab tasnif qilgan “as-
Sunan” nomli kitobi tegishli mavzularni o‘z ichiga atroflicha qamrab olganligi
sababli “Al-Jome’ as-Sahih” deb ham shuhrat topgan. Bu asar 1867-68
yillari
Mirtoxda tosh bosmada, 292 (1876-77) yili ikki jild bo‘lib Qohirada nashr etilgan.
Bu asarda takror hadislar uchramasligi, o‘tmish
muhaddislar asarlarida zikr
qilinmagan “Manoqib” va “Tafsiri Qur’on” boblarini kengaytirib berilganligi
mazkur kitobning qimmatini yanada oshiradi. Kitobdagi hadislar 3
guruhga
bo‘linadi: sahih, hasan, zaif. Har bir hadisni zikr qilgach, qaysi
guruhga mansub
ekanligi aytib ketiladi.
Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni al-Buxoriy va Muslimning “Al-Jome’ as-
Sahih” kitoblari olsa, at-Termiziyning “Sunan”i
mazkurlardan keyingi kitob
hisoblanadi.
Imom at-Termiziy o‘zining shoh asarini yozib tugatgach,
uni zamonasining
mashhur ulamolariga ko‘rsatadi va ularining roziligini oladi.
Umrining oxirgi yillariga kelib at-Termiziyning ko‘zlari ojiz bo‘lib qoladi va
279 (892) yili ona shahri Termizda vafot etadi. Imom at-Termiziyning “Sunan”
asaridan tashqari yana quyidagi kitoblar yozgani ma’lum:
1. “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)
2. “Kitob al-ilal” (“Nuqsonlar kitobi”)
3. “Kitob ash-Shamoil an-Nabaviya” (“Payg‘ambarning axloq va odoblariga
oid kitob”)
4. “Kitob az-Zuhd” (“Zohidlik haqida kitob”)
5. “Kitob al-asmo va al-kunya” (“Roviylarning ism va laqablari haqida
kitob”) va boshqalar. At-Termiziy asarlariga ko‘plab sharx va hoshiyalar
bitilgan.