63
ijod qilgan arab tilshunoslarining antologiyalarida bir
qancha uzra shoirlarining
hayoti va bebaxt muhabbati haqidagi yarim afsonaviy rivoyatlar saqlanib qolgan.
Uzra qabilasidan chiqqan Jamil (vafoti 701 yil) mashhur badaviy liriklardan
biri hisoblanadi. Uning Buseynaga bo‘lgan fojiali muhabbati haqidagi afsona o‘rta
asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, shoir o‘z mahbubasiga ko‘plab
qasidalar bag‘ishlagan, ammo unga sovchi qo‘yishga uringanida, Buseynaning
qarindoshlari uni qattiq g‘azab bilan rad etganlar (badaviylarda o‘z
qabilasidan
bo‘lgan qizga she’r bag‘ishlash va ayniqsa shunday uyatli qilmishdan keyin unga
sovchi yuborish sharmandalik hisoblangan). Buseynani boshqa kimsaga
turmushga beradilar, ammo Jamil mahbubasi bilan ko‘rishishda davom etadi, bu
Buseyna erining qabiladoshlarini g‘azablantiradi. Ularning ta’qibi
tufayli shoir
Yamanga, so‘ngra Misrga qochishga majbur bo‘ladi.
Jamil o‘zining g‘azallari bilan shuhrat qozongan, holbuki uning asarlari
ichida an’anaviy badaviy madhiya va hajviyalar ham bo‘lgan. Jamilning g‘azallari
Buseynaga bag‘ishlangan. Ularda shoir eng alangali ifodalar orqali o‘zining
ehtirosli va sadoqatli muhabbati, mahbubasi uchun barcha to‘siqlarni
yengishga
va hatto hayotini qurbon qilishga tayyorligi haqida so‘z yuritadi.
Uzra yo‘nalishidagi boshqa bir shoir (uning tarixiy haqiqiyligi, aftidan,
uncha shubha uyg‘otmaydi) Amir qabilasidan chiqqan Qays ibn Zarix (VII asr
oxiri) bo‘lgan. U mahbubasi Lubnaga ta’sirli muhabbati bilan tanilgan (shoir uni
ko‘pincha kichraytirgan holda Lubeyna deb ataydi). Qays va Lubnaning
muhabbati, rivoyatga ko‘ra, fojiali shakllandi. Shoirning qarindoshlari
oshiqlarning ajralishini qattiq talab qildilar. Biroq baxtsiz
shoir ayriliqdan keyin
ham badaviylar axloqini buzgan holda o‘z mahbubasini ko‘rishga urindi. Ana shu
bois xalifa Mu’oviya, Lubnaning otasi iltimosini inobatga olib, Qaysni
qonunbuzar deb e’lon qildi va shoirni qabiladan quvib yubordi.
Shoir xalifaning qarorini bilgach, ba’zi ilohiy jihatlariga ega bo‘lgan mungli
she’rini yozgan.
Shaxsi bilan ko‘plab rivoyatlar bog‘liq bo‘lgan uzriy yo‘nalishidagi eng
mashhur shoir Majnun laqabli Qays ibn al-Mulauvah bo‘lgan. Majnunning hayoti
64
va ijodi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy xususiyatga ega. Uning Layliga bo‘lgan
baxtsiz muhabbati haqidagi she’riy
hikoya nafaqat arab, balki Sharqning boshqa
xalqlari adabiyotlarida ham ko‘plab asarlar uchun mavzu bo‘lib xizmat qilgan.
Arab o‘rta asr an’anasi Layli ismi tilga olingan barcha she’rlarni Majnunga
tegishli deb hisoblagani sababli, Majnunning haqiqiy tarjimai holi va she’rlarining
haqiqiyligini aniqlab bo‘lmagan. Nima bo‘lganda ham, Majnun yozgan deb
hisoblanadigan barcha she’rlar uzriy yo‘nalishida bo‘lib, VII–VIII asrlar badaviy
she’riyatiining barcha asosiy jihatlariga ega.
Shoirlarning she’rlariga sharh sifatida yuzaga kelgan Jamil va Buseyna, Qays
va Lubna, Majnun va Layli
haqidagi qissalar keyinchalik, Antaraning afsonalari
singari, o‘ziga xos nasriy janr shaklida mustaqil hayotga ega bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: