O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

al-Munzir (580–602) saroyida o‘tkazgani ma’lum. 
Obro‘sini mustahkamlashga intilgan an-Nu’man o‘z ajdodlari singari
ko‘plab taniqli shoirlar (Labid, al-A’sha, Hasan ibn Sobit – Muhammad 
payg‘ambarning bo‘lg‘usi shoiri) va ular qatori An-Nabig’ani saroyga 
yaqinlashtirgan. 
Shimoliy Arabistonda VI asr oxirida siyosiy vaziyat beqaror bo‘lgan. Doimiy 
ravishda bo‘lib turgan qabilalararo to‘qnashuvlar qabilalarni kuchli homiylar 
izlashga majbur qilgan. An-Nabig’a o‘z qabilasining manfaatlarini himoya 
qilishga hamda Xira va Hasaniylar hukmdorlarini o‘z tomoniga tortishga urinib, 
doimo «yuksak» homiylarning tilini topishga majbur bo‘lgan. Masalan, taxminan 
587 yilda u an-Nu’manni tark etgan va Hasaniylar saroyiga ko‘chgan. 
Keyinchalik u yana Xiraga qaytgan, hayotining so‘nggi yillarini esa o‘z qabilasida 
o‘tkazgan. An-Nabig’a Xira va Hasaniylar hukmdorlariga ko‘plab madhiyalar 
bag‘ishlagan va bu bilan saroy madhiya she’riyati janriga asos solgan. Shu kundan 
boshlab shoir o‘z qabilasining sha’nini kuylashga qaraganda ko‘proq mukofot 
evaziga o‘zining qudratli homiylarini ulug‘lagan. 
Arablar An-Nabig’ani siyosiy lirikaning asoschilaridan biri deb ham 
hisoblaydilar. Chunki shoir o‘z qabilasining ishlarida faol ishtirok etish va uning 
manfaatlarini saroyda himoya qilish orqali qabiladoshlari va ularning ittifoqchilari 
uchun o‘ziga xos siyosiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan bir qator qasidalar yaratgan. 
Ularda shoir abs va zubiyan qabilalarini kelishmovchiliklarga chek qo‘yish, 
ittifoqdoshlikka sodiqlikni saqlash va ittifoqqa boshqa qabilalarni jalb etish, bu 
bilan dahshatli dushman – Hasaniylar davlati oldida kuchli bo‘lishga chorlagan. 


37 
Arablar An-Nabig’aning an-Nu’manga bag‘ishlangan va mu’allaqalarga kiritilgan 
madhiyasini uning badiiy jihatdan eng yaxshi qasidasi deb hisoblaganlar.
Madhiyada shoir an’anaviy muqaddimadan so‘ng tezyurar tuyada yurishini 
tavsiflaydi, tuyani kiyikka o‘xshatadi va asta-sekin ov haqidagi hikoyaga o‘tadi. 
Kutilmaganda shoir Xira hukumdorining qudrati, sahiyligi va donoligini 
maqtashga o‘tadi, uni goh podsho Sulaymon, goh toshqin vaqtidagi keng va 
ayqirgan Frot daryosiga qiyoslaydi. U, shuningdek, qushlar galasi sonini 
chamalab aniqlay oladigan ayol haqidagi rivoyatni keltiradi. Bu bilan an-Nu’man 
ham ana shunday ziyrak, adolatli va shoirga nisbatan rahmdil bo‘lishga ishora 
qiladi. 
Qabila sha’nini himoya qiluvchi badaviy shoirlarning madhiyalaridagi 
soddalikka qarama-qarshi o‘laroq, An-Nabig’a madhiyalari balandparvoz, 
maqtalayotgan shaxsga qaratilgan maqtovlar esa me’yoridan ortiqdir. 
An-Nabig’a nihoyatda mohir tavsiflovchi bo‘lgan. Vasf har bir qasidasining 
majburiy elementini tashkil etadi. An-Nabig’aning tavsiflari go‘zal bo‘lib, jonli 
tafsilotlarga to‘lib-toshgan. An-Nabig’a yovvoyi buqa yoki tuyani tasvirlaydimi, 
o‘z mahbubasi yoki qushlar galasini tasvirlaydimi, uning ta’rifu-tavsifi, garchi 
asosiy mavzuga bevosita aloqasi bo‘lmasa ham, uzviy bo‘lib qasidaning asosiy 
g‘oyasini yorqinroq ifoda etishga xizmat qiladi. Masalan, qasidalarining birida 
Hasaniylar hukmdori Amrni va uning yengilmas jangchilarini maqtab, shoir shu 
joydayoq jang guvohi bo‘lgan qushlar galasini ifodalaydi. 
An-Nabig’a o‘zining tashvish va qayg‘u holatini tabiatni tasvirlash orqali 
mahorat bilan ifodalaydi. 
An-Nabig’a islomgacha bo‘lgan boshqa shoirlar kabi, qiyoslashga ayniqsa 
ko‘p murojaat etgan va qiyoslash sifatida qasidaga katta manzaralar, butun boshli 
rivoyatlar va shu kabilarni kiritgan.
An-Nabig’aning tili doimo tasvirlanayotgan voqealarga mos keladi. Shoir 
bunga so‘zlarni puxta tanlash orqali erishgan. Masalan, ovni tasvirlashda An-
Nabig’a ishlatgan hijo nafis, hukmdorga qaratilgan maqtovlar doimo 
balandparvoz ifodalar bilan berilgan, tabiat manzaralari oddiy tilda tasvirlangan. 


38 
Bu esa ushbu manzaralarni jonli va joizibador qiladi. Mahbubasi haqidagi 
she’rlarda shoir «nozik jaranglovchi» so‘zlardan foydalanadi, jasoratni kuylovchi 
baytlarda «zarbli» ohanglar yangraydi va h.k.
Ijodi zamondoshlari orasida mashhur bo‘lgan va o‘rta asr arab 
tanqidchiligida yuksak baholangan islomgacha bo‘lgan taniqli shoirlarga, 
shuningdek, shoir al-A’sha (vafoti taxm. 629 yil) va hajviy al-Xutey’a (vafoti 
679 yil) kiradi. 
Al-A’sha An-Nabig’aning shoirlik she’riyati an’analarini davom ettirgan. U 
Old Osiyo davlatlari (Iroq, Suriya, Eron va boshq.)ning deyarli barcha 
poytaxtlariga borgan va hamma yerda saroy shoiri sifatida so‘zga chiqqan. Al-
A’shaning qasidalarida, odatdagi elementlardan tashqari ziyofat tasvirlari va 
sharob maqtovlari batafsil keltirilgan. Al-A’sha qasidalarining sharobga 
bag‘ishlanganlarida Tarafa va Antara qasidalarining tegishli joylari singari, sharob 
she’riyati (xamriyat) janrining kurtaklari bo‘lgan. Bu janr al-Axtal va Abu Nuas 
ijodida to‘liq shakllangan. Tanqidchilar doimo shoir ijodida tabiatning ajoyib 
tavsiflariga urg‘u berganlar. Ularga ko‘plab tajassum etish (jonlantirib 
tasvirlash)lar jonli tus bergan. 
Abs qabilasidan chiqqan al-Xutey’a biroz boshqacharoq hajviy shoir 
bo‘lgan. «Abadiy quvg‘in»da bo‘lgan bu shoirning zaharxanda she’rlari har doim 
ham shoirning homiylariga yoqavermagan va uning doimiy darbadarligiga sabab 
bo‘lgan. Al-Xutey’a she’riyatida qabila vatanparvarligi deyarli sezilmaydi. Shoir 
har qanday kuchli va o‘zi uchun foydali insonni maqtayvergan. Shu bilan birga, 
shafqatsiz zaharxandalik ortida ba’zan homiyning yaxshiligiga tobe insonning 
alami seziladi.
Al-Xutey’aning hajviyasi – achchiq, ammo unda qo‘pollik yo‘q. Uning kuchi 
shoirning o‘tkir nigohi va inson nuqsonlarini nozik his qila olishidadir.
Islomgacha bo‘lgan she’riyat arab adabiyoti tarixidagi eng ajoyib 
sahifalardan biridir. Ammo islomgacha bo‘lgan nasr (nasr) haqida bunday deya 
olmaymiz. Har holda uning bizgacha yetib kelgan namunalari katta badiiy 


39 
qiziqish uyg‘otmaydi va biz uchun ko‘proq tarixiy-madaniy nuqtai nazardan 
muhimdir.
Manbalarning guvohlik berishicha, qadimgi arablarda turli maqollar, 
hikmatlar va masallar juda mashhur bo‘lgan. Ularning aksariyati, arab an’anasiga 
muvofiq, qadimgi arab afsonaviy donishmandi Luqmon tomonidan yaratilgan. 
Qabilalar vakillari o‘rtasidagi turli musobaqalar hamda siyosiy va diniy 
xususiyatga ega bo‘lgan har xil ommaviy chiqishlar notiqlik san’ati rivojlanishiga 
yordam bergan. Ushbu san’at islomgacha bo‘lgan davrdayoq muayyan uslubiy va 
kompozision qoidalarga bo‘ysungan. Badaviylar va saroy muhitida arablar 
tarixining qahramonona voqealari haqidagi epik hikoya va rivoyatlar yurgan. Ular 
keyinchalik urushlar haqidagi afsonalarda o‘z aksini topgan va qadimgi arab 
she’riyati antologiyalaridagi sharhlar sifatida qayd etilgan.
Islomgacha bo‘lgan davrdagi arab epik rivoyatlari va afsonalari uning bir 
qismi keyinchalik yaratilgan to‘plam – Abu Ubaydning (728-825) «Arablar 
kunlari» («Ayyam al-arab») to‘plamiga kirgan. Ularda badaviy qabilalar 
o‘rtasidagi muhim janglar hamda ayrim badaviy jangchilar o‘rtasidagi 
to‘qnashuvlar haqida so‘z yuritiladi. «Arablar kunlari» rivoyatlarining ba’zilari 
Ibn Abd Rabbixa, Ibn al-Asir va boshqa o‘rta asr arab tarixchilari, geograflari va 
antologiya tuzuvchilarining kitoblariga kirgan. Ana shunday rivoyatlarning 
ikkitasi («Al-Basusaning tuyasi tufayli kelib chiqqan urush» va «Daxis va al-
Gabra urushi»)ning mazmunini yuqorida qisqacha bayon etdik. Qizig‘i shundaki, 
qadimgi arab rivoyatlari butun o‘rta asrlar mobaynida og‘zaki berib kelingan va 
ko‘plab kech o‘rta asr xalq romanlari ular asosida yuzaga kelgan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin