22
She’rning ifodaliligini kuchaytirish uchun al-Muhalhil so‘zlarda majozlardan
foydalangan. Ular she’rga g‘am-alamli ohangdorlik bag‘ishlagan. Natijada u dafn
marosimidagi yig‘ini eslatgan.
Takrorlanuvchi baytlar, shaklan dafn marosimlaridagi qo‘shiqlarga borib
taqaladi.
Al-Muhalhil she’riyati hali sodda. Unda keyinchalik an’anaviy bo‘lib qolgan
murakkab kompozisiya yo‘q. Bunday kompozisiyalarni biz ancha keyin yashab
o‘tgan johiliyat davri shoirlarida ko‘ramiz.
O‘rta asrlarda yashagan arablar islomgacha bo‘lgan shoirlardan eng
mashhuri deb Imru-l-Qaysni (taxminan 500 – VI asr o‘rtalari) hisoblaganlar. U
zodagonlardan bo‘lgan. Qabilalar ittifoqining dohiysi Kuleyb shoirning tog‘asi
bo‘lgan; shoir al-Muhalhil ham unga qarindosh bo‘lgan. Imru-l-Qaysning otasi
Asad qabilasining qudratli boshlig‘i, shafqatsiz va adolatsiz inson bo‘lgan.
Qabiladoshlari mutlaq hokimiyatga da’vo qilgan ana shu qabila boshlig‘ini
o‘ldirganlar.
An’anaviy tarjimai holda shoirning bolaligi va yoshligi boylikda o‘tganligi,
bu esa odatdagi shafqatsiz badaviy turmush sharoitida yashagan qabila
boshliqlarining vorislariga aslo xos bo‘lmaganligi aytiladi. Bolalikdan Imru-l-
Qays katta shoirlik qobiliyatini namoyon etgan va she’rlarida o‘z o‘yin-
kulgularini ifodalagan. Otasi dastlab uni she’r yozishdan voz kechtirishga uringan,
ammo pirovardida o‘g‘lini uydan quvib yuborgan. Bu hol she’riy ijod
shahzodalarga nomunosib mashg‘ulot ekanligi haqida yangicha tasavvur paydo
bo‘lganidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: