O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
I BOB. QADIMGI ARAB ADABIYOTI
(V–VII asrlar) 
1.1. QADIMGI ARAB SHE’RIYATI 
Darsning maqsadi: talabalarni islomdan avvalgi davrda ijod etgan shoirlar 
hayoti va ijoda bilan tanishtirish. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: «al-Mu’allaqat», qasida, hijo, riso, faxr, 
hamriyot, tardiyot, roviy, vasf, nasib. 
 
Markaziy va Shimoliy Arabistonning tepaliklar hamda qurib qolgan 
daryolarning o‘zanlari kesib o‘tgan cho‘llarida qadimdan badaviy chorvadorlar 
ibtidoiy urug‘chilik tuzumi sharoitida ko‘chmanchi hayot kechirganlar. 


10 
Arabistoning nisbatan zich joylashgan aholisi (ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jaligi 
sharoitida) hamda yaylovlar va suv manbalarining yetishmasligi, ularning urug‘ 
va qabilaga mansubligi doimo qabilalar o‘rtasida qonli urushlar keltirib chiqargan. 
VI–VII asrlarga kelib Arabistonning markaziy va shimoliy viloyatlarida 
ibtidoiy urug‘chilik tuzumining parchalanish jarayoni ancha chuqurlashib ketgan 
edi. Deyarli barcha qabilalarda jamoa yaylovlarini, podalar va suv havzalarini 
egallab olgan imtiyozli oilalar va qabila zodagonlari ajralib chiqqan edi. Eski 
qabila ichidagi birlik qabilaning oddiy a’zolari bilan ajralib chiqqan yuqori tabaqa 
o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli parchalanib borardi. Qabila ichidagi nizolarning 
qurboni bo‘lgan ko‘plab quvg‘inlar qaroqchilar guruhlarini tashkil qilar hamda 
o‘troq qishloqlarga va, hattoki, qadimgi urug‘-qabila qonunlarini buzgan holda 
o‘z qabiladoshlariga hujum qilardilar. Ijtimoiy nizolar va qabilalararo 
urushlarning keskinlashuvi vaqti-vaqti bilan arab ko‘chmanchilarini yarimorol 
hududini tashlab ketishga majbur qilardi.
Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya va Eron o‘z chegara hududlarini 
badaviylar hujumlaridan saqlashga urinib, Suriya va Ikki daryo oralig‘iga 
chegaradosh cho‘llarda ko‘chib yurgan arab qabilalarini o‘z xizmatlariga qabul 
qilar, ulardan chegara qo‘shinini tashkil etardilar. Masalan, Falastin va Suriya 
cho‘li chegaralarida – V asr oxiriga kelib poytaxti Jillik shahrida joylashgan 
kichikroq Hasaniylar podsholigi, Ikki daryo oralig‘i va Suriya cho‘li chegarasida 
esa – IV asr boshiga kelib markazi Xira shahrida joylashgan Laxmiylar podsholigi 
shakllandi. Xira (Eronga tayangan) va Jillik (Vizantiya vassallari) hukmdorlari 
o‘zaro uzluksiz urush olib borardilar. Bu urush islom dini qaror topishi bilangina 
yakunlangan. Ushbu kurash davomida ikkala taraf ham Shimoliy va Markaziy 
Arabistonning badaviy qabilalaridan foydalanishga urinardilar. 
Urug‘-qabilachilik munosabatlari johiliya she’riyatining yorqin va o‘ziga 
xos, shu kunlargacha o‘zining hissiy ta’sirini saqlab qolgan she’riyat sifatida 
shakllanishiga tarixiy zamin bo‘ldi. 
Bizga ma’lum eng qadimgi arab shoirlarining ijodi V asr oxirlariga to‘g‘ri 
keladi. Taxminan shu paytdan e’tiboran va VII asr o‘rtalarigacha Shimoliy 


11 
Arabistonda obrazlar boyligi va shaklining nihoyatda mukammalligi bilan ajralib 
turuvchi she’riyat gullab-yashnadi.
O‘rta asr arablari o‘zlarining qadimgi shoirlari iste’dodini yuksak 
qadrlaganlar. Arab tilshunoslari eng mashhur badaviy shoirlarning asarlarini 
to‘plaganda namoyon etgan g‘amxo‘rlik ham ana shundan dalolat beradi. Ular 
ushbu asarlardan antologiyalar tuzganlar va ularga sharhlar yozganlar. 
Xalifalikning katta shaharlarida istiqomat qilgan va sahrodagi hayot haqida 
ko‘pincha birovlardan eshitgan o‘rta asr arab saroy shoirlari islomgacha bo‘lgan 
«qahramonona» davrni har tomonlama ideallashtirar va o‘zlarining she’riy 
asarlarida Johiliya davri shoirlari asarlarining mazmun-mohiyati va badiiy 
usullariga ergashardilar. 
Qadimgi arab shoirlarining ijodi og‘zaki bo‘lgan: odatda ular she’riy 
badihago’ylik iste’dodi bilan shuhrat qozonganlar. Badaviy jangchida she’r yozish 
mahorati jasurlikdan kam qadrlanmagan. She’r yozish san’ati avloddan avlodga 
o‘tib kelgan. Ba’zi oilalar va urug‘lar doimo o‘z oralaridan ajoyib shoirlarni 
ko‘tarib chiqqanlar. Shoir jamiyatda yuksak maqomga ega bo‘lgan, chunki u 
qabilaning qahramonona an’analari kuychisi va saqlovchisi bo‘lgan; qabila dono 
so‘z bilan o‘z sha’nini himoya qila oladigan va o‘tkir hajv bilan dushmanga 
tashlana oladigan shoirni qadrlagan. Chegaradosh arab podsholiklarining 
hukmdorlari o‘z mavqeini mustahkamlash uchun ularni o‘z poytaxtlariga jalb 
etishga harakat qilganlar. 
Islomgacha bo‘lgan she’riy asarlar shakliy jihatdan mukammalligi bilan farq 
qilib turgan, bu esa she’riy tilning uzoq vaqt mobaynida rivojlanganidan dalolat 
beradi. Turli shoirlarning asarlari sheva xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramay, 
islomgacha bo‘lgan she’riyat tili yagonadir. Ushbu VI–VII asrlar she’riy tilining 
umumiyligi ko‘chmanchilarning yarimorol bo‘ylab doimiy ravishda ko‘chib 
yurishi hamda keng miqyosdagi qabilalararo madaniy ayirboshlashning natijasi 
bo‘lgan. 
Johiliya davri she’riy asarlari bizgacha kech yozilgan yozuvlarda yetib 
kelgan. Ularni ko‘p avlodlar davomida minglab she’rlarni yod biluvchi roviylar 


12 
og‘zaki berib kelganlar. VIII asr o‘rtalaridan boshlabgina o‘sha davr lisoniy va 
badiiy mezonlari nuqtai nazaridan eng noyob shoirlarning asarlari yozib olina 
boshlangan. Albatta, tildan-tilga o‘tish jarayonida she’rlar jiddiy ravishda 
o‘zgargan. Biroq qadimgi arab she’riyatining she’riy shaklidagi qat’iy 
an’anaviylik saqlab qolingan. Qadimgi arab shoirlari asarlarining juda katta qismi 
mutlaqo yo‘qolib ketgan. 
Qadimgi arab she’riyatining eng ko‘p shuhrat qozongan asarlari bo‘lmish 
Mu’allaqalar islomgacha bo‘lgan eng mashhur shoirlar (Imru-l-Qays, Tarafa, 
Zuxayr, al-Xaris ibn Xilliza, Amr ibn Kulsum, Antara, Labid)ga mansub bo‘lib, 
VIII asrda Xammad ismli roviy tomonidan «Mu’allaqat» nomli alohida to‘plamga 
jamlangan. («al-Mu’allaqat», so‘zma-so‘z tarjimasi «durlar misoli ipga tizilgan») 
Ikkinchidan “Mu’allaqat” tilshunos al-Mufaddal ad-Dabbiy (VIII asrning ikkinchi 
yarmi) tomonidan to’plamda to’plangan IX asr shoirlari Abu Tammom va al-
Buxturiylar to‘plagan to‘plamlari bir xil nomga ega bo‘lib, «Jasorat haqidagi 
she’rlar to‘plami» («Devon al-Xamosa») deb atalgan. Islomgacha bo‘lgan shoirlar 
asarlarining kattagina qismi va ularning parchalari tilshunoslar Ibn Qutayba (828–
889) tomonidan «She’r va shoirlar kitobi» nomli biografik lug‘atga hamda Abul 
Faraj al-Isfaxoniy (897–967) tomonidan «Qo‘shiqlar kitobi» (“Kitab al-Ag’aniy”) 
antologiyasiga kiritilgan. 
Aynan islomgacha bo‘lgan davrda arab she’riyatining asosiy usullari ishlab 
chiqilgan. Shubhasiz, bizga ma’lum bo‘lgan yetuk she’riy asarlarning paydo 
bo‘lishidan avval she’riyat uzoq rivojlanish davrini bosib o‘tgan. Ushbu 
jarayonning birinchi bosqichi saj, ya’ni qofiyadosh nasriy nutq, oxirgi undoshi 
qofiyalanib keladigan «og‘zaki qatorchalar» bo‘lgan. 
Odatda mumtoz arab she’rlari ko‘pincha qofiyasi bo‘yicha nomlanadi 
(masalan, «lomiya» – barcha baytlar «lom» harfi bilan tugaydigan she’r).
Islomgacha bo‘lgan davrda 50–100 baytdan iborat bo‘lgan qasidalar 
yozilgan.. U XX asrgacha saqlanib qolgan. Islomgacha bo‘lgan she’riyatda 
ma’lum bo‘lgan qit’a – umumiy mavzudagi va sodda tuzilishga ega bo‘lgan 7–


13 
10 ta baytdan iborat kichikroq she’r ma’lum edi. Qit’a mustaqil asar yoki 
qasidaning parchasi bo‘lishi mumkin. 
Badaviylar hayotining turli vaziyatlariga bag‘ishlangan qasidaning qismlari 
muayyan tartibda bir-birining ortidan kelardi. Shoir iste’dodining mezoni har bir 
baytning badiiy kamoloti bo‘lgani sababli, u baytlar va qasidaning ayrim qismlari 
o‘rtasidagi ma’no jihatdan aloqadorlik haqida qayg‘urmagan. Bayt esa odatda 
yakunlangan mantiqiy parcha bo‘lgan.
Arab qasidasi odatda sahroda tuya yoki ot ustida borayotgan shoir o‘z 
hamrohlariga bir vaqtlar o‘zi bo‘lgan va hali badaviylar qo‘nog‘ining izlari 
saqlanib qolgan joyda biroz to‘xtashni taklif qilishi bilan boshlanadi. Tashlab 
ketilgan uyning ko‘rinishi shoirda o‘tmishga aylangan baxtli onlar, mahbubasi 
bilan bo‘lgan uchrashuvlar va undan ayrilgani haqida qayg‘uli xotiralarni yuzaga 
keltiradi. Shoir bu yerda hayotidagi eng yaxshi damlarini birga o‘tkazgan 
mahbubasi haqida so‘z yuritadi. Uning tashqi qiyofasi, kiyim-boshi va zebu-
ziynatlarini tasvirlaydi. 
Qo‘qqisdan shoirning e’tibori uning sobiq hamrohi – oti va tuyasiga 
ko‘chadi. Shoir bu hayvonni batafsil ta’riflaydi. Oyoqlarining tezligi, kuchi va 
chidamliligini maqtaydi. So‘ngra tabiat manzaralari (bo‘ron, sel tasvirlari yoki ov 
manzaralari) keladi. Nihoyat, shoir qasidaning bosh mavzusiga o‘tadi: dushman 
ustidan kuladi, uni jangga chorlaydi, o‘z qahramonliklarini yoki qabilasining 
shonli ishlarini kuylaydi, dohiy yoki qahramonning jasorati va donishmandligini 
maqtaydi, keyingi davrlarda esa hukmdorini sharaflaydi. 
Shunday qilib, qasida mazmuni o‘zaro farq qiladigan bir qancha qismlardan 
iborat bo‘lgan.
Islomgacha bo‘lgan davrlarda she’riy janrlar hali qasidadan ajralib 
chiqmagan edi. Mazkur syujetlardan biriga bag‘ishlangan hamda yo ekspromt, yo 
qasidaning ajralgan qismini tashkil etgan qisqa qit’alarni hisobga olmaganda, 
barcha she’riy janrlar qasida tarkibida janr shakllari ko‘rinishida birgalikda 
mavjud bo‘lgan. Shu bois, qasidani, janr nuqtai nazaridan, sinkretik asar deb 
hisoblash mumkin.


14 
Faqat mustaqil janrlar sifatida rivojlangan hijo (hajviya) va riso (marsiya) 
islomgacha bo‘lgan davrdayoq ko‘p yoki oz darajada tugallangan shaklga ega 
bo‘lgan. 
Islomgacha bo‘lgan davrda eng ko‘p tarqalgan janrlardan biri hijo bo‘lgan. 
Uning mazmuni doimo shoir va qabila dushmanlarini qoralashdan iborat bo‘lgan. 
Shoir o‘z qabilasining sha’nini nafaqat jang maydonida qo‘lida qurol bilan, balki 
she’riy mushoirada she’r bilan ham himoya qila olishi kerak bo‘lgan. Badaviy 
qabilalar deyarli har doim urush holatida bo‘lgani sababli hijo janri juda keng 
yoyilgan. 
Hijo dushmanga qarshi qaratilgan tajovuzkorona hayqiriqlarda rivojlangan. 
Badaviy shoir qoralash orqali odamlarda dushmanga nisbatan nafrat uyg‘otgan. 
Bunda u qo‘pol va hatto kamsitish iboralaridan ham foydalangan. Hijo yordamida 
shoir, dushman qabilasini haqoratlash bilan bir qatorda, dushman shoirlarining 
hujumlarini ham qaytargan va o‘z qabilasining sha’nini himoya qilgan. Ba’zan 
badaviy shoir hokimiyat uchun kurashayotgan qabila boshliqlarining bahsida ham 
ishtirok etgan, ulardan birini maqtagan va boshqasining ustidan kulgan. 
Boshqa bir janrning nomi – riso – ko‘pincha Yevropa adabiyotida unchalik 
to‘g‘ri bo‘lmagan «marsiya» so‘zi orqali tarjima qilinadi. Riso o‘lganlarning 
xotinlari qabiladoshlari oldida oshkora aytib yig‘lashlari kerak bo‘lgan dafn 
marosimiga muvofiq marosim aytuvlaridan kelib chiqqan. 
Risoda badaviy shoir o‘z qarindoshi yoki do‘stining o‘limidan chekayotgan 
azoblarini tasvirlagan, yuksak darajadagi qiyoslash va bo‘rttirishlardan 
foydalanib, vafot etgan shaxsning qadr-qimmatini har tomonlama ulug‘lagan.
Shoira al-Xansa vafot etgan akasi Saxraga atab, ko’plab marsiyalar yozgan. 
Islomgacha bo‘lgan she’riyatning eng ko‘p tarqalgan janr shakllaridan biri 
faxr («o‘zini maqtash») bo‘lib, u badaviy shoir qasidasining asosiy tarkibiy 
qismini tashkil qilgan. Faxrda badaviy shoir o‘z qahramonliklari va o‘z urug‘ining 
g‘alabalarini, ajdodlarining buyukligini, ezgu ishlarini, jasorati va saxovatini 
maqtagan hamda o‘z qabilasining qudratini, aholisining ko‘pligini bo‘rttirilgan 
shaklda ifodalagan. 


15 
Faxrda qabila qahramoni go‘yoki butun qabila bilan uyg’unlashtiriladi. Shoir 
qahramonni ideallashtirib, qabilaning barcha buyuk ishlari va ideallari sohibi, 
qabila manfaatlarining namoyon bo‘lishi sifatida ifodalaydi, uni qabiladoshlari 
ongida ulug‘laydi. Faxrdagi bo‘rttirilgan obrazlar va tantanavor intonatsiyalar uni 
tinglovchilarda qabilaviy vatanparvarlik hissini yuzaga keltirgan. Faxrda (risoda 
ham) muayyan darajada qahramonlik qasidalarining kurtaklarini ko‘rish mumkin. 
Islomgacha bo‘lgan davrda qasidachilik rivojlanmagan. Bu arab qabilalarining 
bir-biridan ajralganligi, umumxalq hayotining yo‘qligi bilan izohlanadi, zero har 
qanday xalq qasidaining mazmunini umumxalq hayoti tashkil qiladi. Bunda 
islomgacha bo‘lgan arablarning majusiy dinlarida rivojlangan mifologiya 
(afsona)ning, ya’ni qahramonlik qasidalari yuzaga kelishining eng muhim shart-
sharoitlaridan birining yo‘qligi ham ta’sir qilgan. Keyinchalik, VII asr o‘rtalarida 
ham Arabistonning birlashuvi nihoyat diniy asosda yuz bergach, qahramonlik 
qasidaisi endi shakllana olmagan. 
Faxr bilan uzviy bog’liq bo’lgan boshqa bir janr – madhdir («maqtov», 
«madhiya»). Qadimgi arab badaviy she’riyatida faxr bilan madhiya o‘rtasida 
chegara o‘tkazish juda qiyin. Faxr singari madhiya ham mustaqil ko‘rinishda 
uchramagan, ammo u qasidaning asosiy qismini tashkil qilgan. Madhiyada shoir 
odatda qabila boshliqlari va qahramonlari yoki mayda arab podsholiklarining 
hukmdorlari qilgan g‘alabalar va ezgu ishlarni maqtagan. Feodal hukmdorlarga 
yoqish va ulardan hadya olish umidida ularni ulug‘lagan keyingi saroy 
shoirlaridan farqli o‘laroq, islomgacha bo‘lgan badaviy shoirlar madhiya 
yordamida o‘z qabilasining sha’nini mustahkamlashga harakat qilganlar, xolos. 
Johiliya davri she’riyatida turli tavsiflarni ifodalovchi vasf hamda ishqiy 
lirika – nasib katta o‘rin egallagan.
Vasfda islomgacha bo‘lgan shoirlar Arabistonning sahro tekisliklarini, uning 
qizdiruvchi quyoshini, bo‘ronlari va unumdor yomg‘irlarini, sahroning kambag‘al 
nabototi va hayvonotini, ot va tuyani, go‘zal joylarini, vayron bo‘lgan aholi 
yashash joylarini va tark etilgan qo‘noqlarni tasvirlaganlar. Ular jangu-jadallar, 
qabila yig‘inlari, an’anaviy o‘yinlari hamda siyosiy va madaniy hayotdagi boshqa 


16 
hodisalarni batafsil hikoya qilganlar. Tabiatni va turli voqealarni bunday 
tavsiflash ayni vaqtda lirik va epik xususiyatga ega bo‘lib, mustaqil ko‘rinishda 
juda kam uchraydi. Odatda u qasidaning katta qismini tashkil etadi. Tinglovchida 
muayyan kayfiyat yaratadi va asarning asosiy mavzusiga olib kiradi. Turli xil 
tavsiflar islomgacha bo‘lgan deyarli barcha qasidalarda uchraydi.
Nasib – qasidaning lirik muqaddimasi bo‘lib, unda shoir o‘z hissiyotlari va 
rashki, mahbubasidan ajralib chekkan azoblari va muhabbat quvonchlari haqida 
hikoya qiladi. Ushbu janrning rivojlanishi badaviy shoirning qahramonliklariga 
sabab bo‘lgan mahbubasini ulug‘lash bilan bog‘liq. 
Islomgacha bo‘lgan davrdagi muhabbat she’riyatiidayoq ikkita yo‘nalish – 
badaviy va saroy yo‘nalishlari ko‘zga tashlana boshlagan. Badaviy shoirlarning 
muhabbat she’riyati oshkora ehtirosli bo‘lgan. Ammo unda hali Vizantiya va Eron 
madaniyatining ta’siriga uchragan va saroy hayotidagi to‘kin-sochinlikdan 
«buzilgan» shoirlarda ko‘zga tashlanadigan shahvoniy behayolik yo‘q edi. 
Qadimgi arab she’riyatida muhabbat mavzuidagi she’rlar juda kam uchraydi. 
Muhabbat haqidagi baytlar qasida tarkibiga o‘zini hurmat qiladigan hech bir shoir 
qasidaning asosiy mazmuniga o‘tishdan avval to‘xtalmay o‘tmaydigan lirik 
muqaddimaning elementi sifatida kiradi. 
Islomgacha bo‘lgan she’riyatning janrlaridan yana biri may (sharob) 
haqidagi she’rlar – hamriyot. Xuddi nasib singari, hamriyot ham islomgacha 
bo‘lgan davrda mustaqil ko‘rinishda juda kam uchragan va odatda qasida 
tarkibiga kirgan.
Nihoyat, alohida baytlar va kichik she’rlar shakliga ega bo‘lgan hikmatlar – 
turli xil ezgu fikrlar va pand-nasihatlar ajratiladi. Hikmat, xuddi maqol singari, 
hayotning u yoki bu munosabatlari yoki sharoitlarini obrazlar qisqa shaklda 
umumlashtirgan. Hikmat qadimgi arablarda ijtimoiy axloq normalarini 
ifodalashning asosiy usuli bo‘lgan.
Ma’lum ma’noda, hikmatni bizning odatdagi maqol va rivoyatlarimizdan bir 
oz ulug‘vorroq fikrga egaligi va she’riy xususiyati, har qanday hazil va nasrning 
yo‘qligi bilan ajralib turadigan she’riy shakldagi qisqa pandlar bilan qiyoslash 


17 
mumkin. Johiliya davri shoirlarining ba’zi hikmatlarida inson hayotining 
o‘tkinchiligi motivlari namoyon bo‘ladi. 
Islomgacha bo‘lgan she’riyat alohida g‘oyaviyligi va mavzularining boyligi 
bilan ajralib turmaydi. Badaviylar hayotining bir tarzdaligi va yangi 
taassurotlarning yo‘qligi shoir xayolotini cheklar hamda odatdagi obraz va 
assotsiatsiyalar doirasidan chiqishiga qo‘ymas edi. Shu bilan birga, ko‘chmanchi 
turmushining oddiyligi, uning tabiatga yaqinligi hamda sahrodagi hayot 
qiyinchiliklarini doimiy ravishda yengish va yashab qolish uchun kurashda 
nafaqat o‘z kuchiga, balki qabiladoshlar yordamiga ham tayanish zarurligi 
badaviyning kuzatuvchanlik qobiliyatini kuchaytirdi.
Badaviy shoirlar o‘z qabilalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganlar. Ular 
ideal haqidagi tasavvurlarida va hayotni estetik baholashda hech qachon 
umumqabilaviy tasavvurlar doirasidan tashqari chiqmaganlar. Shoirning urug‘ va 
qabila bilan bunday ruhiy birligi, hatto uyg‘unligi uning dunyoni his qilishini 
belgilab bergan. Islomgacha bo‘lgan she’riyatda shoir shaxsi va uning 
kechinmalari, ruhiy holatining sub’ektiv sabablari haqida xulosa chiqarishga 
imkon beradigan she’rlar kam. Barcha shoirlar uchun umumiy bo‘lgan tashlab 
ketilgan qo‘noq ko‘ringanida g‘am-g‘ussaga botish – shoir shaxsiy kechinmalari 
va hayotiy muvaffaqiyatsizliklarining oqibati emas, balki an’anaviy qolip bo‘lib, 
busiz mazkur qasidani tinglovchilar va shoirlar tasavvur qilmaganlar. 
Badaviy shoir tinglovchilarni fantaziyasining parvozi, fikrining o‘ziga 
xosligi yoki qandaydir umumlashtirish bilan qoyil qoldirishga urinmagan. U faqat 
an’anaviy shaklni rivojlantirib, o‘zidan oldin o‘tgan shoirlar va raqiblardan 
tasvirlashning haqqoniyligi, ifodaliligi va lo‘ndaligi bilan ustun kelishga intilgan. 
Hayotiy haqiqatga intilish fakt, hodisa yoki narsani iloji boricha aniq 
ifodalashga urinishda namoyon bo‘lgan. Islomgacha bo‘lgan shoirlar she’rlaridagi 
obrazlar odatda qiyoslash yordamida yaratilgan. Buning uchun material esa 
atrofdagi hayotdan olingan. Shubhasiz, tashqi o‘xshashlik asosiga quriladigan 
ushbu qiyoslashlar ba’zan yorqin tavsiflarga o‘sib o‘tadi hamda arablargacha 
bo‘lgan she’riyatning asosiy go‘zalligini tashkil qiladi. 


18 
Imru-l-Qays mu’allaqasidan misol keltiramiz. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin