To’xtanglar, yorim manzilin eslab, biroz yig’laylik. Duxul va Xovmala vodiysi aro. Yorim izlarin olib ketmabdi, Janubu shimoldan esgan ul sabo. Johiliya davridagi arab she’riy uslubining o‘ziga xos jihati lo‘ndalik va
kinoyadir. Arab shoirlari tinglovchilar o‘z xayolotlari yordamida qo‘shishlari
mumkin bo‘lgan barcha jihatlarni tashlab ketganlar. Bu ularning asarlariga
lo‘ndalik va harakatchanlik bag‘ishlagan, tinglovchiga esa obrazni oson va tez
idrok etish imkonini bergan. Xususan, islomgacha bo‘lgan shoirlar ko‘pincha
tashbihdan foydalanganlar.
Dastlab, aftidan, ibtidoiy man etish zaminida yuzaga kelgan bu usulning
ifodaliligiga sifat narsaning o‘ziga xos jihatini belgilab, ayni vaqtda narsaning o‘zi
uchun ifoda bo‘lib xizmat qilishi orqali erishilgan.
Umuman olganda, hayot ifodasining jamlanganligi – islomgacha bo‘lgan
she’riyatning asosiy xususiyatlaridan biri. Johiliyat davri shoirlari bir necha o‘n
baytda butun boshli poetik manzarani ifodalay olganlar, ushbu manzaralarning
tezkor ketma-ketligida badaviylar hayotining turli tomonlari o‘z aksini topgan.
Islomgacha bo‘lgan davrdayoq ikki yo‘nalish yuzaga kelgan bo‘lib, ular
keyinchalik arab she’riyatida ko‘p asrlar mobaynida saqlanib qolgan. Ulardan
birini shartli ravishda badaviylik she’riyati deb, keyinroq ichki qabilaviy aloqalar
susaygan va feodallashuv kuchaygan davrda yuzaga kelgan yo‘nalishni saroy
she’riyati deb atash mumkin.
Badaviy shoirlar asosan urug‘ zodagonlariga mansub bo‘lganlar. Ko‘pincha
ular, al-Muxalhil yoki Imru-l-Qays kabi qabila boshliqlari bilan yaqin qarindosh
bo‘lganlar va hokimiyat uchun kurashda ishtirok etganlar. Eng taniqli badaviy
shoirlarga quyidagilar kirgan: Imru-l-Qays, Tarafa, Zuxayr, Amr ibn Kulsum, al-
Xaris ibn Xilliza, Antara.