O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə13/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
фарида

Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.

To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.

Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.

Bolalar e’tibori predmetning ba’zi jihatlariga jamlanadi va ularni analiz (butunni bo‘laklarga ajratish) va sintez (ayrim xususiyatlarni predmetning yaxlit qiyofasiga birlashtirish)ga qaratiladi. Mana shu ikki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi predmetni tasvirlashdan oldin uning qiyofasini o‘rganishda pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Qo‘llarning predmet sirtidagi harakati bolalarning idrok etishlarini ta’minlaydi, ularning o‘sha predmetning shakli, xossalari haqidagi, keyinroq esa xossalar tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi. Predmet tasvirini hosil qilishga qaratilgan bu harakat predmetni kuzatish tarkibiga kiradi, uning yo‘nalishi bolaning keyinchalik predmetni tasvirlashdagi qo‘l harakatlariga o‘xshaydi. Bola loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishganida qanday harakatlar qilishi kerakligini to‘liq tasavvur etadi. Asta-sekin bolalarda predmetlarni kuzatishning umumlashgan usullari, demak, o‘sha predmetlarni tasvirlashning umumlashgan usullari ham shakllanib boradi.



Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashdan oldin predmetni kuzatishga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Chunki predmet hajmli qilib yasaladi. Shuning uchun sensor harakatlar xarakteri predmetning massasini, xossalarini – zichligini, shaklini faol sezishni o‘z ichiga olmog‘i kerak. Bunda qo‘llarning predmet bo‘ylab harakati har doim o‘sha predmetning shakliga bog‘liq bo‘ladi: kub yoki sharni kuzatishda qo‘llar turlicha harakat qiladi. Kubni kuzatishda uning qirralari harakatni to‘xtatadi va uning yo‘nalishini o‘zgartiradi, sharni kuzatishda esa harakat uzluksiz davom etadi.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashga kirishishdan oldin predmetni kuzatishning yuqorida taklif qilingan tizimi mashg‘ulotlar, o‘yinlar yoki maxsus mashqlar davomida amalga oshiriladi. Bunda predmetni kuzatishni, ya’ni uni faol idrok etish va ko‘rishni bolaga u ikki yoshga to‘lganidan keyin o‘rgatish kerak. Bu yoshdagi bolalar bilan individual va jamoaviy ish olib boriladi: 2-3 yoshli bolalarga predmetni yaxlit idrok etishni, shuningdek, uning ayrim xossalarini ajratishni o‘rgatish kerak. Tarbiyachi bunday mashqlarda predmetning sifatini ifodalaydigan obrazli so‘zlarni tanlab ishlatadi. Masalan, u bolalarga qo‘llarida olmani ushlab turib, uning massasini, zichligini (olmaning og‘irligi, kattaligi, dumaloqligini) sezishni tavsiya etadi; predmet bilan tanishilgach, bolaning o‘zi xuddi ana shunday dumaloq olma (yoki xuddi mana shunday dumaloq koptok va hokazo) yasashi kerak. Predmetni tasvirlashdan oldin uni kuzatishda bolaning diqqatini o‘sha predmetga qaratish, uni mazkur predmetning aniq xossalari bilan tanishtirish, ya’ni bolaning sensor tajribasini shakllantirish zarur.

To‘rt va besh yoshli bolalarga tarbiyachi predmetni (avvalo uning shaklini) yaxlit holda idrok etishni, keyin o‘sha predmetning xususiyatlarini tasvirlashga imkon beradigan xossalarini idrok etishni o‘rgatadi. Predmetni kuzatishni shunday tashkil qilish kerakki, har bir bola faqat predmetni o‘z qo‘lida ushlab ko‘rish emas, balki uni qo‘li bilan siypalash imkoniyatiga ham ega bo‘lsin. Bu ishni qanday bajarishni tarbiyachi ko‘rsatib beradi: katta kishining qo‘li sekin harakatlanadi, bola uni ko‘rib turib predmetning shaklini idrok etishni o‘rganishi kerak.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda bolalar ko‘pincha hajmli predmet bilan ishlaydilar. Bu predmet shaklining asosi geometrik jismdan iborat bo‘ladi.

Shuning uchun kichik guruhlarda bolalarni shar, kub, o‘rta guruhlarda konus, oval, silindr singari etalonlar bilan tanishtiriladi.

4-5 yashar bolalarni silindr, konus, shar va oval kabi shakllar bilan

“Topshiriq”, “Yashirin narsani top”, “Guruh xonasi bo‘ylab sayohat”, “Xuddi shu shakldagi narsani top”, “Mo‘jizali xaltacha”, “Toping, bu nima?” singari didaktik o‘yinlar orqali tanishtirish eng ma’quldir.

Masalan, «Mo‘jizali xaltacha» yoki »Toping, bu nima?» o‘yinlarida xo‘l mevalar (limon, olma, apelsin, nok, olxo‘ri) va sabzavotlar (kartoshka, piyoz, sabzi, bodring)dan foydalanish mumkin. Bolalar bularni faqat qo‘llari bilan faol kuzatish bilan cheklanmay, hidlab va yeb ko‘rishlari, hamma yog‘ini aylantirib tomosha qilishlari ham kerak. O‘yinni takror o‘tkazishda taqqoslash uchun geometrik jismlar: shar, konusdan foydalanish mumkin. Dastlab bola o‘zi uchun mevalardan birini tanlaydi, keyin shunga muvofiq geometrik shaklni topadi va ular nimasi bilan bir-biriga o‘xshashligini va nimasi bilan farqlanishini so‘zlab beradi. Predmetlarni shu tariqa yaxshi ko‘zdan kechirilgach ularni yasashga kirishiladi.

O‘rta guruhda bolalarni predmetlarning fakturasi bilan tanishtirish mumkin.

Bolalar bir qancha o‘yin va mashg‘ulotlarda taktil sezishni, harorat va bosimini idrok etishni mashq qiladilar. Masalan, har bir bola bilan individual tarzda «Predmetlarni guruhlar bo‘yicha tanla» o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yin: 1) barcha yumshoq predmetlarni va barcha qattiq predmetlarni; 2) issiq va sovuq predmetlarni, 3) og‘ir va yengil predmetlarni alohida-alohida jamlashdan iboratdir. O‘yinning maqsadi bolalarda predmetlarning xossalari to‘grisidagi bilim va tushunchalarni mustahkamlashdir.

O’yin quyidagicha o‘tkaziladi. Stol ustiga bolaning ro‘parasiga har xil o‘yinchoqlar: ko‘zgu, yog‘och qo‘g‘irchoq, yumshoq materialdan tayyorlangan qushcha, porolondan tayyorlangan oq qush, metall dazmol, plastmassa piola, so‘ta, limon (yoki boshqa’ qattiqligi, yumshoqligi, issiq o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladigan predmetlar) yoyib qo‘yiladi. Bola bir predmetni qo‘liga olib uni siypalab ko‘radi va uning nomini aytib, tegishli (og‘ir, yengil va hokazo) predmetlar guruhiga qo‘shib qo‘yadi.

«Ko‘ylak, palto nimadan tikilgan?», «Turli predmetlar to‘g‘risida suhbat» o‘yinlari ham xuddi shu yo‘sinda o‘tkaziladi. Bolalarga sirti g‘adir-budur, past-

baland predmetni topish topshirig‘i beriladi. Tarbiyachi topshiriqning bajarilishini albatta tekshirib ko‘radi.

Yil oxiriga borib o‘rta guruhda bolalarni predmet xususiyatini aks ettirish bilan tanishtirish mumkin. Shu maqsadda bolalarga yog‘och qalamlar, qilli cho‘tkalar, har xil teshikli naychalarni berib, u yoki bu sirtni hosil qilish usuli ko‘rsatiladi.

Tirik obyektlar masalan, toshbaqa, quyon, baliqchalar, qushlarni muntazam kuzatish yaxshi omildir. Bolalar jonivor gavdasining shaklini ko‘zdan kechiradilar, uning qiyofasini yaxshiroq tasavvur qiladilar. Ular jonivorlarni ovqatlantiradilar, parvarishlaydilar. Jonivorlarni ko‘zdan kechirishga barcha bolalarni jalb qilish zarur. Goho bu ishga bir nechta mashgulotni bag’ishlash ham mumkin. Masalan, toshbaqani ko‘zdan kechirishda bolalar e’tiborini uning tashqi ko‘rinishiga qaratish, keyin toshbaqani guruhda qoldirish kerak.

Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar toshbaqaning shakli, bu jonivor gavdasining qismlari haqida mufassal gapirib beradilar, toshbaqani yana bir marta ko‘zdan kechiradilar, kosasini silab ko‘radilar, toshbaqa yurayotganida oyoqlarini qanday qo‘yishini, qanday qilib yashirishini ko‘radilar. Shundan keyin loy yoki plastilindan toshbaqa yasaydilar.

Kichik va o‘rta guruhlardagi bolalar loy va plastilindan o‘yirchoqlar yasashdagi elementar jarayonlar hisoblangan asosiy harakatlarni hamda ularning aniq nomini: yoyish, yumaloqlash, cho‘zish, ezish, bukish, birlashtirishni bilib olishlari kerak.

Ba’zan predmetning u yoki bu shaklini yasalayotganda masalan, oval shaklidagi narsalarni (tuxum, bodring, kartoshkani) yasashda bir necha usullarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bunda avval loyni yumaloqlanadi, keyin biroz ezib va cho‘zib aniqroq shaklni hosil qilish uchun unga barmoqlar bilan ishlov beriladi.

Bolalarga bunday texnik usullar individual va guruhiy tarzda o‘rgatilishi mumkin. Bu ishni ertalab hamda kechqurun bajarish yaxshi natija beradi. Bolalarga u yoki bu predmetni yasashni taklif qilinadi va har bir texnik usul alohida-alohida ko‘rsatib beriladi. Tarbiyachi uning qanday atalishini albatta aytadi. O‘sha buyumni qaytadan yasashda boladan o‘zi bajarayotgan ishni, bunga qanday erishgani so‘raladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar predmetni kuzatishning umumlashtirilgan usullarini o‘rganib olgach, o‘yinchoqlar yasashning texnik masalasi osonlashadi, chunki bu usullar bolalarga tasvirlashning istalgan usulini mustaqil va ongli tanlash hamda qo‘llash imkonini beradi.

Shunday qilib, predmetni sensor kuzatishni tashkil etish tarbiyachini o‘yinchoq tasvirini yaratish jarayonini ko‘rsatib berishdan ozod qiladi. Ilgari bu ish predmetni idrok etish bilan uni yasash o‘rtasidagi bog’lovchi vosita bo‘lib xizmat qilar edi.

Olti yoshli bolalar guruhida predmetni kuzatish jarayoniga o‘rgatish yil boshidan boshlanadi. Shu maqsadda, masalan: «O‘yinchoq o‘zi haqida nimalarni so‘zlaydi?» «Predmetni paypaslab top», «Bu qanaqa mo‘ynaligini bilasanmi?», «Top-chi, bu nima?», «Nimasi o‘xshaydi va nimasi farq qiladi?» kabi o‘yinlardan foydalaniladi.

Bu mashg‘ulotlarning dastur materiali harakatning to‘rt bosqichli izchil harakatlar orqali faol idrok etish jarayonini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ana shu o‘rgatish individual va guruhiy mashg‘ulotlarda amalga oshadi.

Bolalar predmetlarni kuzatish bilan faqat maxsus mashg‘ulotlarda, faol idrok etishni o‘rganishda emas, balki o‘yinchoqlar yasash jarayonida shurullanadilar. Bu esa ularga sezish va ko‘rish yordamida tasvirlanayotgan predmetning fazoviy xossalarini tabiiylik bilan taqqoslash imkonini beradi.

Bolalarga predmetni kuzatish ishini o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida maxsus mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar o‘tkazish zarur bo‘lsa, bolalar mazkur jarayonni o‘zlashtirgach, ular uchun o‘yinchoq yasashdan oldin tabiiysi (natura) bilan sezish va ko‘rish orqali tanishish kifoyadir.

Maktabga tayyorlov guruhida bolalarga notanish predmetni sezib kuzatishsiz, faqat uni ko‘rib tahlil qilish bilan yasash mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Katta guruh va tayyorlov guruhidagi bolalar tekis va hajmli geometrik shakllarni bir-biridan farq qiladigan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun katta guruhda masalan, «Tekis va hajmli jismlarning shakli to‘g‘risida» suhbat va o‘yinlarni tashkil qilish mumkin.

Ishning navbatdagi bosqichi bolalarning turli geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimini mustahkamlashni, predmetlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash mashqlarini o‘z ichiga oladi. Shu maqsadda «Bu geometrik shaklga o‘xshagan predmetni top», «Predmetni ushlab ko‘rib uning shaklini va nomini ayt», «Mo‘jizali xaltacha», «Mana bu shaklga o‘xshaydigan predmetlar nomini kim ko‘proq ayta oladi?», «Nimasi o‘xshaydi va nimasi farq qiladi?» kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.

Yilning o‘rtalariga borib bolalar barcha geometrik jismlar nomini nisbatan oson o‘zlashtiradilar va ularni boshqa predmetlar bilan taqqoslashda predmetning geometrik jismga o‘xshashliginigina emas, farqini ham ko‘radigan bo‘ladilar.

Predmetlarni kuzatish bo‘yicha mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkazish bilan bir vaqtda ularni yasashga ham kirishiladi. Katta guruhlarda bolalarning sensor tajribasini ularga predmet tasvirini o‘z xotiralari bo‘yicha yaratish topshirigini berish imkonini vujudga keltiradi.

Syujet xarakteridagi topshiriqlar bolani tasvirlangan predmetni shunchaki takrorlashga emas, balki o‘sha predmetning fazodagi holatini, boshqa predmetlarga munosabatini anglashga, uning tasviriga qandaydir o‘zgartishlar kiritishga ham majbur qiladi. Bu esa o‘z navbatida tasavvurning

harakatchanligini, idrok etilgan narsalarni mustaqil va ijodiy tarzda qo‘llash, oldingi mazmunga tayanib, keyingi mazmundan boshqa idrokning yangi usullarini topish imkonini beradi.

Yetti yashar bolalarga predmetni kuzatish hamda geometrik shakllarni bilish harakatlarini mustahkamlovchi qator takroriy topshiriqlarni berish mumkin. Bunda «Topishmoqni toping», «Men kimman?», «Bu nimaning mo‘ynasi?», «O‘yinchoqlar magazini», «Kim ko‘proq narsani ko‘ra oladi?»,

«Har bir figurani o‘z joyiga qo‘yish» va boshqa o‘yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi.

Masalan, «Bu nimaning mo‘ynasi» o‘yinining maqsadi bolalarga

mo‘ynaning xususiyatini barmoq uchlari bilan, qo‘l kafti bilan silab ko‘rib, idrok etishni, uning etalon nomlarini — kalta, mayda, qattiq, mayin, hurpaygan uzun, cho‘tkasimon, yumshoq, nozik, to‘lqinsimon, silliq, issiq, sirpanchiqligini mustahkamlashdir. Bolalar mo‘ynani ushlab ko‘rish asosida uni yaxshiroq idrok etadilar va u yoki bu mo‘yna to‘g‘risida so‘zlab beradilar, uning sifatini belgilaydilar.

O‘yinlardan tashqari, predmetlarni solishtirib, bolalarda kuzatuvchanlik, predmetlarni ko‘rib idrok etish malakalarini shakllantiradigan maxsus mashg’ulotlar ham o‘tkazish mumkin. Ularning mavzusi taxminan quyidagicha bo‘ladi: «Zag‘izg‘on va qarg‘a», «Qizilishton va olaqarg’a», «Chumchuq va chittak», «Tipratikon va toshbaqa» va hokazo. Chunonchi, qizilishton va olaqarg’a taqqoslanadigan mashg‘ulotda quyidagi masalalar hal qilinadi: bolalarning qushlar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; qush tanasining shaklini va boshqa a’zolarini sezib kuzatish bo‘yicha ilgari o‘zlashtirilgan umumlashgan malakalarni qo‘llashga o‘rgatish; qushlarning tashqi umumiy belgilarini (gavdasi oval shaklida, boshi shar shaklida ekanini, tumshug‘i, tirnoqli panjalari, qanotlari borligini) ko‘rishga o‘rgatish; har bir qushning o‘ziga xos individual xususiyatlarini tushuntirish.

Taqqoslash uch belgi: shakl, rang va kattalik bo‘yicha o‘tkaziladi. Bolalar qushlarning turmush tarzi va shunga bog‘liq holda ularning gavdasi, oyoq panjalari va tumshuqlarining tuzilishi to‘g‘risida ham so‘zlab beradilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar predmetlarning faqat ayrim xususiyatlarini emas, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarni (mutanosiblikni, tuzilishini) ham ko‘ra bilishlari, jonivorlarning xuddi shu zotiga xos xarakterli belgilarni ifodalay olishlari kerak. Shuning uchun naturani batafsil va sinchiklab o‘rganish zarur.

Bu o‘rganish qushlarni kuzatish ishlari tizimiga va umuman predmetlarning tuzilishi to‘g‘risida ilgari hosil qilingan tushunchalarga tayanadi. Bolalar har bir predmet umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan qandaydir predmetlar guruhiga taalluqli ekanini biladilar. Masalan, barcha qushlarning gavdasi oval shaklida, biroz uzunchoq bo‘ladi. U biroz kengroq, torroq, qisqaroq, uzunroq bo‘lishi ham mumkin, lekin shaklining asosiy tuzilishi saqlanib qoladi. Bolalar mana shu shaklni ajrata olishlari, geometrik shakl — har qanday predmet shaklini belgilash uchun asos ekanligini va bir turdagi predmetlar guruhining bir-biriga o‘xshashligini bilishlari kerak. Buning natijasida bog‘cha bolalarida predmetlarning, masalan, qizilishton va olaqarg’a gavdasining tipik tuzilishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g’risida umumlashgan tasavvurlar rivojlanib boradi.

5-6 yoshli bolalar o‘zlashtirgan bir predmetni tasvirlash usuli o‘xshash guruhdagi har qanday predmetni tasvirlash imkonini beradi.

Shunday qilib, aytish mumkinki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning predmetni idrok etish kuzatish bosqichlarining bir-biriga qo‘shilib ketishi bilan xarakterlanadi. Lekin o‘sha predmet bolalarga notanish yoki predmet to‘g‘risidagi bilimni aniqlash zarur bo‘lsa, muntazam va izchil kuzatish jarayoni ko‘p vaqtni oladi.

7 yoshli bolalarda ko‘rish va harakat-sezgi idroki rivojlanishi bilan predmetlar, ularning xususiyatlari va tasvirlash usullari to‘g’risidagi tushunchalar zahirasi hosil bo‘ladi.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin