O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Dekorativ o‘yinchoqlar yasash



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə10/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
фарида

Dekorativ o‘yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir. Qo‘g‘irchoq, hayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan shakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tasavvur va fantaziyasini kengaytiradi. Turli xalqlarning kulollari yaratgan chiroyli idishlar bolalarga juda yoqadi. Bolalar oddiy, ba’zan g‘alati shakldagi krujkalarni, tuzdonlarni, gultuvak vazalarini maroq bilan tomosha qiladilar.

Katta guruhdagi bolalar xalq ustalarining mayda dekorativ plastikalarini ko‘rib o‘yinlar, xonani bezatish va sovg’a uchun qiziqarli buyumlar yasashlari mumkin. Ular qo‘g‘irchoqlar uchun munchoq va taqinchoqlarni juda yaxshilab va maroq bilan yasaydilar, dekorativ idishlar: tuzdonlar, tuxumlar uchun tagliklar va bahorgi gullar uchun kichkina vazalar, stakanlar va qalamlar uchun patnislar yasashni bajaradilar. Bu buyumlar barg, gul, hayvonlar shaklida bo‘lishi va ularni guash yoki guash bilan bezash mumkin. Qanotlari va dumi chiroyli bezalgan dekorativ qushlarni ham o’yinchoq yasashning mana shu turiga kiritish kerak.

Dekorativ o‘yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o‘ylashni, eskizlarni rasm holida tayyorlab olishni, predmetning shakli va bezaklarini shartli hal qilishni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan, tuzdon gul shaklida, qush yoki qo‘ng’iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllar (doira, kvadrat, romb, uchburchak va hokazolar)ni, o‘simlik shakllari (ho‘l meva, barg, o‘t, gul va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan ornament qilib bezatilishi mumkin.

Bolalarga dekorativ plastinka va boshqa devor bezaklarini ornament bilan chiroyli qilishni tavsiya etish foydalidir.

Dekorativ plastinkani ishlash orqali bolalar asboblardan foydalanishni, o‘yinchoq yasashning har xil usullarini, eng muhimi bo‘shliqni chiroyli dekoratsiyalar bilan to‘ldirishni o‘rganadilar. Ba’zi elementlarni naycha, kvadrat, uchburchak va boshqa shakldagi maxsus qalam bilan bajarish mumkin. Mixlar va turli shakldagi qalpoqchali vintlardan shunday asbob sifatida foydalansa bo‘ladi. Loydan yasalgan plastinkaga uchli yog‘och qalamlar bilan naqsh chiziladi. Keyin uni guash bilan bo‘yaladi yoki dekorativ o‘yinchoq yasashning eng murakkab turi — relyef tushiriladi. Bunda plastinkaga rasm chiziladi, keyin rasm bo‘ylab ornamentlar o‘yiladi. Ular plastinkaning umumiy sirtidan biroz bo‘rtib turadi. Bu ish qo‘l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolani barmoqlar; uchi bilan ishlashga o‘rgatadi, qo‘l barmoqlarining bukiluvchan va shakllarni yaxshiroq sezadigan qiladi.

Odatda bolalar bog‘chasida o‘yinchoqlar uchun loy va plastilindan foydalaniladi.

Bolaga o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatishda loy asosiy material bo‘lishi kerak. Chunki u plastik, bir tusli, chiroyli material sifatida bolaga predmetlar shaklining yaxlitligini tushunish imkonini beradi. Bola loyning bitta zuvalasidan juda ko‘p o‘yinchoqlar va bir necha o‘yinchoqlardan iborat kompozitsiyalar tayyorlashi mumkinki, bu ishni plastilin bilan bajarib bo‘lmaydi. Loy plastilinga qaraganda yana bir afzallikka ega; loydan yasalgan buyumlarga keyin mufel pechida yana ishlov berish yoki yaxshi quritilgandan so‘ng guashga tuxum sarig‘ini qo‘shib bo‘yash mumkin.

O‘yinchoqlar yasashda plastilindan foydalanish odatda kichik shakllarni rangli qismlar bilan ifodalashga olib keladi. Bu doimo maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, u shaklni yaxlit idrok etishga xalal beradi. Chunki, tarbiyachi bolaga qiziqarli o‘yinchoqlar turkumini yasash uchun yetarli bir rangli katta plastilinni berish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u rangli material, rang esa qo‘shimcha tasviriy vosita sifatida ko‘pincha bolani asosiy narsa - shaklni tasvirlashdan chalg‘itadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’im muassasasi dasturining muhim vazifasini bajarishni - bolalarga predmetlarning asosiy shaklini ko‘rish va yaratishni o‘rgatish ishini qiyinlashtiradi.

Shuni ham nazarda tutish kerakki, 2-4 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot oldidan bu material biroz isitilsa-da, ishlov berish qiyinlik qiladi. Plastilindan 57 yoshli bolalar bilan ishlashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki ularning qo‘llaridagi mayda muskullar yetarli darajada rivojlangan, ularda predmetning kichik detallarini ifodalash: figuralarning kiyimlarini, syujetli o‘yinchoqlardagi o‘simliklar shaklini bezash istagi bo‘ladi. Biroq katta guruhda ham plastilindan ayrim mashg‘ulotlardagina foydalanish lozim.

Shunday qilib, loy - bolalar bilan olib boriladigan ishlarda asosiy materialdir. Xo‘sh, o‘yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uchun loyni qayerdan olish kerak?

Loyni bevosita yerning o‘zidan olish mumkin. Soz tuproqli, balchiq loy, daryo va ariqqa yaqin joylarda tayyor holda uchraydi. Shuning uchun loyni yozda bolalar bog‘chasi bog‘ hovliga ko‘chib borgan paytda qidirish kerak.

Ko‘p tarbiyachilar loy topolmay qiynaladilar. Loyni tayyorlashdan cho‘chiydilar. Aslida bu unchalik qiyin ish emas. Bir marta yaxshi loy qorib qo‘yilsa, u butun yil davomida ishlatishga yarayveradi.



Agar quruq toza bo‘lsa, kesak va guvalalarni bolg‘acha bilan maydalab, idishga solib ustiga suv quyiladi, bunda tuproqning usti quruq qolishi kerak.

Bolalar ilgari yasagan va mufel pechlarida pishirilmagan o‘yinchoqlardan ham, agar ularni saqlash zarur bo‘lmasa, xuddi shu tartibda loy qilinadi. Tuproq suvni obdon shimib olgach (oradan bir-ikki kun o‘tgach), uni yog‘och bilan aralashtiriladi, yana biroz suv quyilib qo‘l bilan ezg‘ilanadi va xamirdek loy tayyorlanadi (tayyorlov guruhida bu ishni bolalarning o‘zlari bajarishi mumkin). Tayyorlangan loyni polietilen idishga solib qo‘yiladi. Agar bunday idish bo‘lmasa, loyni bir parcha polietilen plyonkasiga o‘rub, havo o‘tmasligi uchun mahkam bog’lanadi va uni yashik, bochka, chelak yoki boshqa shunga o‘xshash idishga solib qo‘yiladi. Shunday holda loyni butun yil davomida saqlash mumkin. Vaqt-vaqtida uni tekshirib, ustiga suv sepib turiladi.

Tuproqqa cho‘p-xaslar, toshlar yoki metall zarralari aralashib ketgan bo‘lishi mumkin. Bunda uni «tozalanadi». Bu ish quyidagicha bajariladi. Tuproqni bolg‘acha bilan urib maydalanadi. Idishga solib, ustidan to ataladek massa hosil bo‘lguncha suv quyiladi. So‘ngra boshqa idishga ana shu massani elakdan o‘tkazib qo‘yiladi. Elakda tutilib qolgan ax-latni tashlab yuboriladi.

Suyuq loyni qotirish uchun issiq joyga qo‘yiladi. Bunday tuproqni tozalash ishi uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Shuning uchun uni yoz vaqtida bajargan ma’qul.

Loydan o‘yinchoqlar yasashda haykaltaroshlarning qalamchalaridan foydalanish kerak. Bunday qalamchalar yog‘ochdan yoki metalldan yasalgan bo‘lishi mumkin. Yog‘och qalamchalarni qo‘lda yasab olsa ham bo‘ladi. Eng oddiy qalamchalar - bir uchi o‘tkirlangan va ikkinchi uchi dumaloqlagan, kurakcha hamda sirtmoq shaklidagi cho‘plardan iboratdir.

Qo‘l bilan bajarish qiyin detallarga ishlov berishda qalamchalardan foydalaniladi; ular yordamida shakldagi ortiqcha loylar olib tashlanadi, unga izlar tushiriladi.

Bola ishining sifati uning ish o‘rni qanday tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun kichikroq (kvadrat yoki doira shaklidagi) taxtalar kerak. Ularni stol ustiga joylashtiriladi. Taxtaning o‘lchami yasaladigan o‘yinchoqning hajmiga qarab belgilanadi. Agar o‘yinchoqning kattaligi 10-15 sm bo‘lsa, taxtaning o‘lchami 22X35 sm bo‘ladi. Yasalayotgan o‘yinchoq bundan ham katta bo‘lsa, shunga qarab taxtaning ham kattarog’idan foydalaniladi.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin