O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ba’zan mashg‘ulotlarni tashkil etishga alohida yondashishni talab qiladi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə7/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
фарида

Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ba’zan mashg‘ulotlarni tashkil etishga alohida yondashishni talab qiladi. Masalan, ishning hajmiga qarab bitta mavzuni bir mashg‘ulotda emas, balki 2-3 mashg‘ulotda tushuntirib berish mumkin. Loy va plastilindan biror predmet yasash va uni guash bilan bo‘yash uzoqroq - 30-35 daqiqa davom etadigan mashgulot o‘tkazishni talab qiladi.

Yasalgan o‘yinchoqni namoyish qilish uchun o‘zi aylanadigan doirachadan iborat taglik yasash zarur. Bu taglik predmetni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi.

Loy yoki plastilindan obraz yaratish bola uchun rasm chizib obraz yaratishga qaraganda osonligini hisobga olib, ko‘p predmetlar tasvirini plastik shaklda yasashdan boshlagan ma’qul. Shundan keyin o‘sha buyumning qog‘oz ustidagi tasvirini qalam yoki bo‘yoq bilan chizib ifodalashga o‘tish mumkin.

Bolalar bog‘chalarida olib borilgan tadqiqotlar va amaliy ishlar bolalarga berilgan ta’lim natijasida ular bog‘cha yoshidan boshlab ifodali obrazlar yarata olishini ko‘rsatadi. Chunki loy va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasayotganda ular haykaltarosh singari harakat qilib, ko‘pgina tasviriy vositalardan va texnik usullardan foydalanadilar (hajmni, harakatni ifodalaydilar, qo‘shimcha detallarni ishlatib mazmunni boyitadilar), lekin bu ishlarni ularning har biri o‘ziga xos tarzda bajaradi. Bu har bir bolaning bilimi va mahorat darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ular bajargan ishlardagi shakl soddalashtirilgan bo‘ladi: bolalar odamning boshini yumaloq shar shaklida, oyoq va qo‘llarini esa silindr ko‘rinishida yasaydilar. Bola qo‘shimcha detallarni tasvirlashga kirishar ekan, ularning ifodalilik darajasiga qarab o‘tirmasdan, deyarli farqiga bormay ishlataveradi. Goho figuraning asosiy qismi qolib, ikkinchi darajali qismlarini yasashga kirishib ketadi.

Bolalar yasaydigan o‘yinchoqlarning mazmuni ham o‘ziga xos bo‘ladi. Agar haykaltaroshlar ishining mazmuni asosan jonli mavjudotlarni yasashdan iborat bo‘lsa, bolalar o‘z atroflaridagi predmetlarning deyarli barchasini yasashga urinaveradilar. Buning sababi shuki, bog‘cha bolalari uchun ko‘pincha predmetni plastik tarzda ifodalashning mazmuni unchalik tushunarli bo‘lmaydi, ular hali plastik shakllar go‘zalligini his qila olmaydilar. Ular loydan yoki plastilindan biror narsa yasayotgan vaqtlarida ko‘pincha bitta maqsadni biror predmetni yasab, keyin uni o‘ynab o‘tirish mumkin bo‘lishini o‘ylaydilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘rgatish va rahbarligi bilan yog’och qalamdan foydalanadilar, karkaslarni bilib tanlaydilar va ularni faqat qismlarni biriktirish uchun emas, balki shaklning xarakterli xususiyatlarini ifodalash uchun ham qo‘llaydilar.

Bolalar bilan ishlashda loy va plastilindan uch xil: predmetli, syujetli va dekorativ o‘yinchoqlar yasaladi. Bularning har biri o‘z xususiyatlari hamda vazifalariga ega va ular topshiriq bo‘yicha ham, bolalar topgan mavzular bo‘yicha ham yasalishi mumkin.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin