Bitiruv malakaviy ishining o'rganilganlik darajasi.
Tasviriy faoliyat bo‘yicha dastur mazmuni va o‘ziga xos tuzilishini, undagi pedagogik va ilg‘or amaliy yutuqlarni targ‘ibot-tashviqot qilishda, tasviriy faoliyat metodikasini ishlab chiqishda psixologlar, pedagoglar va san’atshunoslarning xizmatlari katta. Jumladan, A.V.Bakushinskiy, Ye.A.Flerina, K.M. Apilov, N. T. Sakulina va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida bayon qilingan.
O`zbеk xalq amaliy san'ati hamda haykaltaroshlik haqida ilmiy tadqiqot olib borgan olimlardan R.Xasanov, V.A.Еzеkееva, O.Suxarеva, K.Qosimov va boshqalar, pedagoglardan esa Ye.A.Flerina, N.A.Vetlugina, T.S.Komarova,
E.Umarov, R.Karimov, M.Mirsaidova, G.Oyxo’jayeva va boshqalar o`z ilmiy tadqiqot ishlarida bolalar ijodini ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantirish kerakligini ta'kidlab o`tganlar.
Ko`p yillik kuzatishlar va o`tkazilgan tadqiqotlar mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda bolalarga o’yinchoq yasashning elementar usullarini o’zlashtirishda yordam berish, hamkorlikda ishlash bolalarga zarur ko’nikmalarni mustahkamlashda, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishda, bolaning vaqtini qiziqarli tashkil qilish va shular orqali uni maktabdagi ta’limga tayyorlashda yordam berishini ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |