O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi va vazifalari



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə4/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
фарида

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi va vazifalari:

  • Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash faoliyatining nazariy asoslarini o’rganishga harakat qilish;

  • bolalar ta’lim-tarbiyasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasashning, ulardan unumli foydalanishning ahamiyatini yoritish;

  • maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash faoliyatiga o’rgatishning samarali pedagogik uslublarini, yo'llarini o'rganishga intilish.

Tadqiqot ob'yekti: Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Maktabgacha ta'lim muassasalarida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasashning mazmuni, shakllari, metod va vositalari.

Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat.

Tadqiqot metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi hukumatining maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Prezident I.A.Karimovning ta’lim tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:

Tasviriy faoliyat jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o’ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash asoslari tahlil qilindi, ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati o’rganildi, barkamol shaxsni shakllantirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj ma’lum ma’noda qondirildi. Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati:

Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash faoliyatini rivojlantirishdan asosiy maqsad – barkamol shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, tarbiyalanuvchining mustaqilligini ta’minlash, ularda tasviriy faoliyatga, jumladan, loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratishdir.

Bitiruv malakaviy ishning mazmuni: Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida loy va plastilindan o‘yinchoq yasash — bolalar tasviriy faoliyatining bir turi ekanligi, maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari, uning sensor asoslari bayon etilgan.

Bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning eng maqbul shakl, metod va vositalari ustida ishlab, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish xususida to’xtalib, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati ochib berishga harakat qilingan.



Bitiruv malakaviy ishning hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, to’rt bo'lim, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat bo’lib, 70 sahifadan tashkil tongan.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin