O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II BOB. LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASHNING MAZMUNI, SHAKLLARI, METOD VA VOSITALARI



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə14/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
фарида

II BOB. LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASHNING MAZMUNI, SHAKLLARI, METOD VA VOSITALARI

II.1. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini

rivojlantirish


Bolalar ijodkorligini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosidir. Chunki voqeligimiz yoshlarda tevarak-atrofdagi narsalarga ijodiy munosabatni, faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishni taqozo etadi. Biz bolalarimizda aql-idrokni, o‘tkir zehnni, tashabbusni, tadbirkorlik va fantaziyani tarbiyalamog‘imiz kerak.

Xo‘sh, ijodiy faoliyat nimalarni o‘z ichiga oladi, uni qanday ta’riflash mumkin?

Ijodkorlik insonning tabiiy va ijtimoiy dunyoni voqelikning obyektiv qonunlari asosida inson maqsadi va ehtiyojlariga muvofiq o‘zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli - bu inson ongining faol mahsulidir. Ijodkorlik fan, texnika va san’atning turli sohalarida namoyon bo‘ladi.

Hozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko‘rsata olishlarini isbotladi.

Albatta, bolalar ijodkorligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi.

Bog’cha bolasi ham san’atkor singari rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda o‘z tajribasiga asoslangan g’oyani ro‘yobga chiqarishga kirishadi. Bu g’oya mavzuning vujudga kelishini, uni ifodalash vositalarini qidirib topishni o‘z ichiga oladi. Bog‘cha bolalarining rasm chizishini yoki loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashini kuzatish ularning g‘oyalari yo kattalarining topshiriqlari munosabati bilan, yo bo‘lmasa qandaydir bir obrazning, materialning bevosita ta’siri bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Demak, kattalar ijodi singari bola ijodkorligining ham birinchi bosqichi atrofdagi voqelikni idrok qilish asosida g‘oyaning - mavzuning vujudga kelishidan iboratdir.

Lekin badiiy vositalarni oldindan qidirib ko‘rish, o‘z ishlarini rejalashtirish, uni o‘ylab olish bola ijodi uchun xarakterli emas. Bola loy yoki plastilindan biror narsa yasash uchun mavzu tanlaganidan keyin o‘sha zahoti uni tasvirlashga kirishadi. U tasvirlash jarayonidagina o‘z ishining mazmuni to‘g‘risida fikr yuritadi, uni qanday bajarish, qanday vositalardan foydalanysh to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni san’atkor asosan oldindan o‘ylab qo‘yadigan barcha masalalarni bola ish jarayonida hal qiladi. San’atkor ijodining davri hamma ishni aniqlab olishga bog‘liq bo‘lib, g‘oya amalga oshgunicha davom etadi, bog‘cha yoshidagi bolada esa bu davr g’oyaning amalga oshishiga to‘gri keladi. Bolalar ijodkorligining o‘ziga xos ana shu xususiyati ularda analiz va sintez qobiliyati yetarli emasligi, ular o‘z ishlarini oldindan rejalashtira olmasligi bilan izohlanadi.

G‘oyani amalga oshirish uchun tasavvurdagi barcha narsalar ichidan eng xarakterlilarini ajrata bilish, yaratiladigan obrazni xayolan tasavvur eta olish, tasviriy va texnik vositalarni tanlay bilish kerak. Bu ishlarning hammasi mukammal tafakkur jarayonlarini talab qiladi. Biroq, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va bolalar bog‘chalari tajribasi ko‘rsatadiki, bolalarni tasviriy san’at faoliyatiga o‘rgatish bo‘yicha doimiy ish olib borilsa, ularni o‘z ishini oldindan o‘ylashga odatlantirish mumkin.

Bolada ijod kurtaklarini rivojlantirish vazifalari uning yoshiga xos anatomik-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning predmetlar sifati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurining to‘laligi uning analizatorlari qay darajada ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar 6-7 yashar bolalarda ko‘rish va sezish idroki yetarli darajada rivojlanishini ko‘rsatadi.

Kattalarning tegishlicha yo‘lga solishi bilan kichkintoy predmetning barcha asosiy sifatlarini: shakli, mutanosibligi, rangi, tarkibiy qismlarini, shuningdek, fazodagi o‘rnini idrok eta oladi.

Bolalar idrokining ko‘lamiga analizatorlarning rivojlanish darajasidan tashqari kuzatilayotgan obyektga qiziqish ham ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, bolalar 6-7 yoshga yetgach, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishi ortadi. Bu esa o‘z navbatida ancha uzoq kuzatish ishlari olib borish imkonini beradi. Bolaning xotirasi uning yoshi ulg‘aygan sari rivojlanib boradi. Lekin psixologik eksperimentlar bog‘cha bolalarining eslab qolish jarayoni asosan beixtiyor bo‘ladi.

Ko‘rish obrazlari vujudga kelishiga faqat xotira emas, balki tafakkur jarayonlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu jarayonlarsiz voqelikni idrok etish ko‘rish obrazlariga aylanmaydi. Tafakkur jarayonlari rivojlanishi bilan bola predmetlarni ifodali va rejali tasvirlay oladigan bo‘ladi. Predmetni to‘laroq va yorqinroq aks ettirish uchun bola shakllangan ko‘rish obraziga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘z navbatida o‘sha predmet qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirinig tasavvur qila olishi kerak. Bolalarda tafakkur jarayonlarining rivojlanishi to‘g‘risida gap borganda, shuni unutmaslik kerakki, bola loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasayotganida uning uchun predmetni butun qismlari bilan to‘liq tasavvur qilish qiyin. Bu esa predmetlarni tasvirlashga konstruktiv yondashishga olib keladi. Odatda, hatto 7 yoshli bolalar yasagan haykallar ham ko‘pincha konstruktiv bo‘ladi. Hamma gap shundaki, yaxlit bo‘lakdan mustaqil holda predmetni yasash bola uchun qiyin, chunki bolalar predmetlarni tasvirlash jarayonida predmetni uning qismlarini analiz qilish, sanashdan ularni aniq bir obrazga soddagina qilib birlashtirishga o‘tadilar. Biroq, bolalarga izchillik o‘rgatib borilsa, ular yaxlit bo‘lakdan o‘yinchoq yasash, barqaror mutanosib, plastik figuralar yaratish vazifasini yaxshi bajaradilar.

Bolalar ijodkorligida san’atkor ijodidagi singari tasavvur katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, uning kurtaklari bola bog’chaga kelmasidanoq nish ura boshlagan bo‘ladi. Ta’lim jarayonida, ertaklar eshitish, har xil rasmlarni ko‘rish tufayli bola o‘yinchoq yasashdan oldin o‘zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta-sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta’siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin.

Bolalar uchun o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirish va tasvirlash hamda texnik usullarni tanlash imkoniyati yaratilsa, ularda o‘yinchoq yasash mashg‘ulotlarida ijodiy tasavvur elementlari namoyon bo‘ladi. Odatda bolaning ijodiy tasavvuri tasvirlangan qahramonlarning kiyimlariga yangi detallar o‘ylab topishda yoki savatcha, tayoqcha, belkurak singari predmetlarni qo‘shishda, turli kompozitsiyalarni hal qilishda ko‘rinadi.

Tarbiyachi bog‘cha bolasiga mustaqil fikrlashni o‘rgatishda ixtiyoriy tasavvurni rivojlantirish imkoniyatlarini bilishi va bolaga rahbarlik qilib, uni rejali ijodiy ishga yo‘naltirishi kerak.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda tasavvurni shakllantirish jarayoni to‘g‘risida gapirar ekanmiz, uning bola ongida obrazlar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan emotsional tomonini aytmaslik mumkin emas. Bolalar o‘zlari ko‘rgan va eshitgan barcha narsalardan emosional ta’sirlanadilar. Ular o‘zlari idrok etgan narsalarga muayyan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘ladilar. Bunday emotsional ko‘tarinkilik bolalarning tasvirlash faoliyati natijasiga ham ta’sir qiladi. Ular o‘z hissiyotlari ta’sirida obraz yaratadilar, undagi ifodalilik xususiyatlari atrofdagi kishilar bolaning shu obrazga munosabatini, ba’zan tasvirlangan narsaning mazmunini bilib olishlarida yordam beradi.

Bola yaratgan obraz yetarli muayyan ifodalilik belgilariga ega bo‘ladi. Bolalar o‘z hissiyotlari ta’sirida haykalni naqshlar bilan bezatadilar, ishlayotgan paytlarida hikoya qiladilar, qo‘shiq aytadilar, turli harakatlar qiladilar.

Qahramonning ahamiyatini oshirish uchun mutanosiblikni o‘zgartiradilar, lekin bularning hammasi rassomlar foydalanadigan tasvirlash vositalarining elementlari, xolos.

Bog‘cha yoshidagi bola rivojlanishining xususiyatlari va unda tasvirlash qobiliyatining rivojlanishi o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida bolalar ijodkorligini o‘stirishning umumiy vazifalarini belgilaydi.

«Bolalar ijodkorligi» atamasi hozir katta guruhdagi bolalarga nisbatan qo‘llanadi; 2-5 yashar bolalarga loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida tegishlicha pedagogik rahbarlik qilib borilsa, ularda ham yaratilayotgan obrazning ifodaligini oshiradigan elementlarni qidirib topish istagi paydo bo‘ladi. Bu esa mazkur yoshdagi bolalar uchun ham ijodiy imkoniyatlarni rivojlantiradigan vazifalar doirasini belgilab olish imkonini beradi.

Shunday qilib, bolalar ijodkorligini rivojlantirish vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga asoslanadi, har bir yosh guruhida bu vazifalar turlicha aniqlashtiriladi.

Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashda bolalar ijodkorligini rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • faoliyatning mazkur turiga qiziqishni rivojlantirish;

  • kichik guruhdan boshlab bolalarni predmetlarni kuzatishni o‘rgatish yo‘li bilan voqelikni idrok etish asosida, mustaqil izlash asosida predmetlar shaklini yaratishga o‘rgatib borish;

  • ilgari yasalgan shakllardan foydalanishga va ularni mujassamlashga odatlantirish. Har bir yosh guruhidagi bolalarga iloji boricha loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash usullaridan va tasvirlash vositalaridan erkin foydalanishni o‘rgatib borish;

  • bolalarni loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash uchun mavzularni mustaqil holda o‘ylab topishga asta-sekin o‘rgatib borish, buning uchun tevarak-atrofni kuzatish, badiiy adabiyotlarni tinglash, turli rasmlarni tomosha qilish, san’at asarlarini ko‘rish orqali idrok etilgan taassurotlardan foydalanish; bolalarni tarbiyachining ko‘rsatmalarini faol idrok etish o‘yinchoqlarning shakllarini, ularni yasash usul — tasvirlash vositalarini o‘ylab topishda tashabbus ko‘rsatishga o‘rgatish.

Bolalarda ijodkorlikning, biror mavzuni erkin tanlash va hal etish ko‘nikmasining rivojlanishi ularning loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash texnikasini qanchalik puxta egallaganiga bog‘liqligi tufayli ishning mana shu tomoniga katta e’tibor berish kerak. Har bir mashg‘ulotda ijodiy xarakterdagi topshiriqlar bilan birga bolalarga o‘yinchoqlar yasash texnikasini o‘rgatish vazifasi ham qo‘yiladi. Bola tasviriy va texnik usullarni qanchalik ko‘p bilsa, uning o‘yinchoqlar yasashi shunchalik mustaqil hamda ijodiy xarakter kasb etadi.

Yuqorida aytilgan vazifalar tarbiyachilar faoliyatini bolalarda ifodali obraz yaratish, shakllarni, mutanosiblikni, mavzuni chuqurlashtiradigan qo‘shimcha detallar topishni, ya’ni ifoda vositalarini, o‘yinchoq yasash usullarini topishni amalga oshirish ko‘nikmasini, shuningdek, o‘z ishini rejalashtirish malakasini rivojlantirishga qaratishi lozim. Bola keyinchalik o‘z faoliyatini mustaqil holda tashkil etishida yordam beradigan ijodiy ishlash usullarini o‘zlashtirib borishi kerak. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga o‘yinchoq yasashda obraz yaratish uchun zarur bilimlar, ko‘nikma va malakalar majmuasini o‘zlashtirish imkonini beradigan vaziyatni yaratishi, ana shunday ta’limiy usullar va ijodiy topshiriqlarni tanlashi lozim.

Tarbiyachi tashkil etgan ta’lim bolalarni loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash mashrulotlari jarayonida o‘zlashtirgan barcha bilim va malakalaridan mustaqil foydalanishga o‘rgatishi kerak; bundan tashqari bu ta’lim bilimlarni o‘zlashtirish rejali bo‘lishini ta’minlash uchun tizimli o‘tkazilishi zarur. Ijodiy xarakterdagi topshiriqlar xilma-xil va ta’limiy topshiriqlar bilan muayyan bog‘lanishda bo‘lishi kerak. Ijodiy topshiriqlar bilan ta’limiy xarakterdagi vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi bolalarning yoshiga va rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi.

Bolalar ijodkorligini shakllantirishda bolalarga beriladigan topshiriqlarni uch bosqichda murakkablashtirib borish lozim:




Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin