O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Ikkinchi kichik guruhdagi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə18/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
фарида

Ikkinchi kichik guruhdagi bolalarning o‘yinchoqlar yasashi avvalgi guruhdagiga qaraganda ancha o‘ylab ko‘rilgan xarakterda bo‘ladi. Odatda loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashga kirishilganda fikrlash bo‘lmaydi. Bola yasalgan buyumni o‘ziga tanish predmetlarga o‘xshatib nomlayveradi. Uning uchun hali predmet shaklini tasvirlash asosiy rol o‘ynamaydi. Bir mashg‘ulotning o‘zida bolalar bir necha shaklni tasvirlashi mumkin, lekin bular shaklsiz yumaloqlangan yoki silindr ko‘rinishidagi loy bo‘laklaridan iborat bo‘ladi. Bola o‘zi yasagan buyumlarni taxtaga bitta-bitta terib chiqadi yoki biri ustiga ikkinchisini qo‘yib, taxlaydi; agar tarbiyachi bolaning oldiga o‘z vaqtida yetib kelmasa, bola o‘zi yasagan o‘yinchoqlarning hammasini ezib tashlashi va yana bir hovuch loyga aylantirib qo‘yishi mumkin.

Mazkur guruhdagi mashg‘ulotlarda amalga oshiriladigan doimiy vazifalardan biri bolalarda zehnni, fikrlash faolligi va mustaqillikni rivojlantirishdir. Masalan, bolalar ustunchalar yasayotgan bo‘lsa, tarbiyachi ulardan yana nimalar yasash mumkinligini aniqlashni taklif qiladi. Kattalar yordami bilan bolalar loy ustunchadan yasalgan predmetlar: devor, ko‘prik, uy, samolyot va hokazolar nomini aytishni va yasashni o‘rganadilar. Mashg‘ulotdan maqsad faqat shakl yaratishdan iborat emas. Bolaga loyni kaftlari orasida dumalatib ma’lum shakl yasashni o‘rgatilgach, ularni o‘zlari yasagan ustunchalardan nimalar yasash mumkinligiga qiziqtirish kerak. Bu juda muhim ish bo‘lib, bolalarda faoliyatning mazkur turiga qiziqish uyg‘otish uchun zamin yaratadi.

Ta’lim tegishlicha tashkil etilsa, bolalar yilning ikkinchi yarmiga borganda tarbiyachining topshirig‘iga bog‘liq holda tavsiya bo‘yicha loy yoki plastilindan nimalardir yasay oladigan bo‘ladilar. Masalan, qushcha, mushukcha, piola va boshqa predmetlarni yasashlari mumkin. Tavsiya bo‘yicha o‘yinchoq yasash bolalarni biror predmet tasvirini mustaqil holda yaratishga o‘rgatadi.

Uch yoshga to‘lgan bolalarning mustaqilligi tasvirlash usullaridan foydalanishda ham namoyon bo‘lishi kerak. Buning uchun tarbiyachi mashg‘ulotda ularga o‘yinchoq yasashning faqat yangi usullarini ko‘rsatadi va bunda bolalar tanish usullarni o‘zlari eslashini nazarda tutadi. Butun mashg‘ulotda tarbiyachi bilan bolalarning birgalikdagi faoliyati davom etadi. Tarbiyachi bolalarga savollar beradi, ularning tafakkurini faollashtiradi, bolalarning har biriga berilgan mavzuni amalga oshirishda ko‘maklashadi. Masalan, fikrlash mashg‘ulotida bola qushchani tasvirlaydi, tarbiyachi bolani tasvirlashning to‘g‘ri yo‘liga yo‘naltirib, qushchaning tumshug‘ini qanday yasash mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi, jo‘jani qanday yasaganini eslatib qo‘yadi.

Pedagog ta’sirida bola tasvirlashning unutayozgan uslubini esga tushiradi va qushchaning yetishmayotgan detalini yasaydi.

Ikkinchi kichik guruhda fikrlash mashg‘ulotlari har bir bolaning ijobiy imkoniyatlarini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. Biroq, ularni muvaffaqiyatli o‘tkazilishi o‘yinchoq yasash vazifalarini to‘g‘ri belgilanishi, tarbiyachining bolalarga rahbarlik qila olishi bolalarga tanlangan mavzuni saqlab qolishlarida yordam berib turishiga bog‘liq. Mashg‘ulot paytida bolalar mustaqil ishlashga harakat qiladilar, ularda mazkur faoliyat turiga qiziqish shakllanib boradi. Qiziqishsiz esa bolalar ijodkorlirini rivojlantirish mumkin emas.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda plastik obraz shakllanishining xususiyatlarini tadqiq etish juda kichik yoshidan ularda loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash xarakteri vujudga kelishini va u o‘lchamlarda aks etishini ko‘rsatadi. Ba’zi bolalar yirik shakllarga qiziqsalar, boshqalari kichkina va bo‘lak-bo‘lak figuralar yasashni, chizishni yaxshi ko‘radilar. Pedagog har bir bolaning loy va plastilin o‘yinchoq yasash uslubini tushunmog’i, unga yo o‘sha uslubni mustahkamlashda, yoki boshqa uslubni o‘rganishda yordam bermog‘i kerak.


Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin