O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 72,63 Kb.
səhifə20/34
tarix02.01.2022
ölçüsü72,63 Kb.
#37738
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
фарида

O‘rta guruh bolalari (xususan yil boshida) tayyorlagan obrazlar ikkinchi kichik guruhdagi bolalar tayyorlagan o‘yinchoqlardan kam farq qiladi. Ular yasagan shakllar ham noaniq, fikrlash mashg‘ulotlaridagi mavzular, garchi ongliroq bo‘lsa-da, beqaror bo‘ladi. Mavzuning beqarorligini bola tafakkurining xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, ko‘p hollarda bolalar o‘ylangan narsani qanday tasvirlashni bilmaydilar, chunki ular yasash usullarini esdan chiqaradilar. Shuning uchun bir mavzuni ikkinchisi, oldingi mashg‘ulotlardan tanish mavzuga osongina almashtiraveradilar.

Biroq o‘rta guruhdagi bolalar asosiy shakllarni o‘rgangan bo‘ladilar. Bu esa ularga faqat tarbiyachi topshirig‘i bilan emas, balki o‘zlari o‘ylab juda ko‘p narsalar shaklini tasvirlash imkonini beradi. Shuning uchun bolalar oldiga ijodiy ishlash elementlarini o‘rganish bilan bog‘liq yangi-yangi vazifalar qo‘yish, shular orqali bolalarning yasash usullaridan foydalanishdagi mustaqilligini oshirish mumkin. Tarbiyachi tez-tez bolalarning tajribasiga murojaat qiladi; ularga o‘yinchoq yasashning yangi-yangi usullarini, obraz yaratish uchun zarur tasviriy vositalarni ko‘rsatib boradi. Masalan, qushning tasvirini yasashda bolalardan “Uchib ketayotgan qushni qanday tasvirlash kerak? Don cho‘qiyotgan qushni o‘xshatib tasvirlash uchun nimalar qilish kerak?”— deb so‘raydi.

Jonli obyektlarni kuzatishdan tashqari tarbiyachi odam yoki jonivorlar tasvirlangan kichik haykalchalarni ham ko‘rsatishi mumkin. Masalan, turli holatlarda: bir joyda qimirlamay turgan, qanotlarini yozib uchayotgan, engashib suv ichayotgan yoki don cho‘qiyotgan 2-3 ta qushning tasvirini ko‘rsatish yaxshi natija beradi. Bolalar predmetning harakati yoki holatiga bog‘liq holda uning qismlari o‘zgarishini ko‘rishlari kerak. Obraz ustida ishlash uning mazmunini bolalarga qanchalik yaxshiroq tushuntirishga bog‘liqdir. Chunonchi, quyonchani yasashda bolalarning ayrimlariga tulki kelmayaptimikan, deb quloqlarini ding qilib turgan quyonni, boshqa bolalarga qo‘rqib ketgan quyonni tasvirlashni aytish mumkin (bunda birinchi quyon quloqlarini ko‘tarib tovushni eshitayotgan, ikkinchi quyon quloqlarini beliga yopishtirib va jim o‘tirgan bo‘ladi). Bunda yasash usulini ko‘rsatish shart emas, lekin mashg‘ulotni boshlashdan avval bolalarga, albatta, quyonlarning turli holati aks ettirilgan ikkita chinni yoki yog‘och figurani ko‘rsatib qo‘yish kerak.

O‘rta guruhda loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning bu metodikasi bolalarni tushuntirish paytida faol bo‘lishga: tarbiyachining so‘zlarini qunt bilan tinglashga, savollariga javob berishga, o‘yinchoq yasash uchun mavzuni mustaqil holda tanlashga o‘rgatadi. Shunday qilib, mazkur topshiriqlarning ham ta’limiy, ham ijodiy xarakterdagi jihatlari mavjud. Bular bolalarni qanday predmetni va qay yo‘sinda tasvirlash to‘g‘risida o‘ylashga va hal qilishga majbur etadi.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda obrazlilikka erishish uchun tarbiyachi figuralar sirtiga ishlov berish usullarini ko‘rsatib beradi. Masalan, baliqcha yasalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi qo‘lidagi tayoqcha bilan belgilab baliqchaning tangachalari qanday tasvirlanishini ko‘rsatadi. Mana shu yo‘sinda ishlov berilgan baliqchaning shakli qiziqarli, dekorativ bo‘ladi. Keyin bu usulni bolalarning o‘zlari ham mustaqil ravishda qo‘llay oladilar, tarbiyachi esa uni faqat eslatib qo‘yadi. O‘rta guruhdagi bolalar bilan idishlarni tasvirlashda barmoqlar bilan predmetning sirti silliqlanishini ko‘rsatib berish mumkin. Astasekin bolalar ba’zi predmetlarning sirtini tekislash kerakligini, ba’zan, masalan, jonivorlarni aks ettirish vaqtida ularning sirti g‘adir-budir bo‘lishi ham mumkinligini bilib boradilar.

Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil bo‘lishi fikrlash mashg‘ulotlarida bolalarning mustaqilligi namoyon bo‘lishi uchun juda katta imkoniyat ochib beradi. Bunday mashg‘ulotlar xarakteri yil o‘rtalarida biroz o‘zgaradi. Agar bolalar bilan ko‘rish obrazlarini shakllantirish va o‘yinchoqlar yasash usullarini o‘rganish bo‘yicha muntazam ish olib borilsa, ular tasvirlash usullaridan mustaqil holda foydalana boshlaydilar. Ular yasagan predmetlar shakli jihatidan aniqroq bo‘la boradi. Biroq bolalar ko‘p miqdordagi detallarni tasvirlay olmaydilar, qismlar nisbatida xatolarga yo‘l qo‘yadilar.

Tasvirlash usullarini bilish ish sur’atini tezlashtirish imkonini beradi, bolalar kompozitsiya tuzish uchun bir nechta figuralarni yasashga ulguradilar. Bolalar hali o‘zlari yasayotgan o‘yinchoq mazmunini ochib bera olmaydilar, lekin uni so‘zlar va o‘yin harakatlari bilan to‘ldiradilar. Chunonchi, bola loy yoki plastilindan baliqcha yasab uning yoniga bir kechta uzun, egri-bugri ustunchalarni tashlab qo‘yib, «Bu dengiz, dengiz to‘lqinlanadi, mana bu baliqcha to‘lqinlar ustida suzmoqda», deydi.

Boshqa bir bola qushcha tasvirini yasaydi va uning oldiga bir idishda don qo‘yadi. Tasvirning yana ham ifodaliroq bo‘lishi uchun idish yaqiniga bir necha donlarni sochib qo‘yishi va «Qushcha donlarni cho‘qigan edi, ular atrofga sochilib ketdi», deyishi mumkin. Yuqorida keltirilgan misollar shundan dalolat beradiki, o‘rta guruhdagi bolalar obrazni hal qilish jarayonida tashabbus ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, lekin odatda ular dinamikani mustaqil holda tasvirlamaydilar — ular yasagan figuralar harakatsiz bo‘ladi.




Yüklə 72,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin