O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix12.03.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#10953
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25

BIOTSENOZ VA DISBIOZ 
Odamzotning  tashqi  muhiti  son-sanoqsiz  mikroorganizmlardan  tashkil 
topgan,  bular  esa  nafas,  oshqozon-ichak  trakti,  siydik-tanosil  yo‘llari  orqali 
organizmga  kirishi  mumkin.  Ammo  filogenez  natijasida  shunday  muvozanat 
(gomeostaz)  holat    vujudga  kelganki,    har  bir  tashqi  muhit  bilan  aloqada  bo‘lgan 
a`zolarda  o‘zining  xususiy  mikroflorasi  shakllanadi  va  bu  tashqaridan  tushgan 
mikoorganizmlar  bilan  almashinib  turadi.  Oshqozon  –  ichak  traktining 
mikroekologiyasi  ochiq  biotsenoz  hisoblanadi.  Mikroblar  hazm  traktiga  xuddi 
ximus kabi kirib boradi, ammo ichaklar devoridagi faqat xususiy retseptorlargagina 
maxsus mikoorganizmlar fiksatsiyalanishi mumkin.  
Bolaning birlamchi mikroorganizmlar bilan to‘qnashishi tug‘ruq yo‘llaridan 
boshlanadi.  Tug‘ruq  yo‘llaridagi  mikroblarning    asosini  laktobatsillalar  va 
bifidobakteriyalar  tashkil  qiladi,  qolgan  qismi  ichak  mikroflorasiga  o‘xshash. 
CHaqaloqlarda  immunologik  barkarorlik  hali  to‘la  yetilmaganligi  tufayli 
organizmga  mikroblarning  ko‘plab  tushishi  unda  turli  yallig‘lanish  jarayonlari  
rivojlanish xavfini tug‘diradi. 
Keyinchalik  atrof  muhit  ta`siri  ostida  doimiy  mikroflora  shakllanadi. 
SHuningdek  mikrofloraning  shakllanishiga  bolani  ovqatlantirishni  boshlash 
muddati va uning turi ham muhim ahamiyatga ega. 
Ona  suti  bilan  ovqatlantirish  boshlangach,  asosan  bifidobakteriyalardan 
tuzilgan  simbiont  mikroflora  ichakda  ko‘paya  boshlaydi.  Ona  suti,  ayniqsa  og‘iz 
suti bilan Yangi tug‘ilgan chaqaloq bifidofloraning rivojlanishi va o‘sishiga ta`sir 
etuvchi  bifidus-omilni  oladi.  Ushbu  omil  patogen  va  shartli-patogen 
mikroorganizmlarning  ko‘payishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Ichakda  bifidoflora  titri 
yuqori  bo‘lganda  organizm  va  undagi  mikroflora  orasida  fizilogik  barqarorlik, 
ya`ni eubioz yuzaga keladi. 
CHaqaloq biotsenozining shakllanishiga quyidagi omillar ta`sir etadi: 
1.
 
Ona tug‘ruq yo‘llarining mikroflorasi. 
2.
 
Tashqi muhit mikroflorasi. 
3.
 
CHaqaloqning ovqatlanish turi. 

 
210 
Muddatida  tug‘ilgan  bolalarda  ichak  mikroflorasining  shakllanishi  bola 
hayotining 5-6- kunlariga borib to‘liq shakllanadi.  
Unda quyidagi bosqichlar farqlanadi:  
1 – bosqich. Bola  tug‘ilgandan so‘ng ona ko‘kragiga qo‘ygunga qadar davom etib, 
aseptik bosqich deyiladi, chunki bu bosqichda ichak bo‘shlig‘i steril bo‘ladi.  
2  –  bosqich.  Bola  hayotining  dastlabki  1-2  kunlari      ichakka  kokklar  va  boshqa 
mikroorganizmlarning kirish bosqichi – bu tranzitor disbakterioz davridir.  
3  –  bosqich.  Transformatsiya  bosqichi  bo‘lib,  bunda  bifidoflora  ichak 
mikroblarining asosiy qismini tashkil etadi. 
Oshqozon  va  ichakning  turli  qismlaridagi  mikrofloraning  tarkibi  turlicha  bo‘ladi. 
Masalan,  1  ml  oshqozon  suyuqligida  10
3
  achitqi  zamburug‘lari,  streptokokklar, 
laktobakteriyalar  bor.  1  ml  ingichka  ichak  suyuqligida  10
3
  laktobakteriyalar, 
streptokokklar,  ichak  tayoqchalari  bor.  YOndosh  ichak  suyuqligida  nordon  sut 
tayoqchalari,  streptokokklar,  ichak  tayoqchalari      mavjud      bo‘lib,      bu      erda   
anaerob   flora   yo‘q.   Bifidoflora va bakteroidlar shular jumlasidandir.
  
Najasda 
500  xildan  ortiq  mikroblar  aniqlanishi  mumkin.  Sog‘lom  bolaning  yo‘g‘on 
ichagida 3 guruhdagi mikroflora farqlanadi:  
1.
 
Asosiy    (obligat,  autoxton  ).  Yo‘g‘on      ichak  mikroflorasining          90-95%ini     
anaerob          mikroflora          tashkil          etadi  (bifidobakteriya,  bakteroidlar).  Bu 
asosiy fiziologik faoliyatni bajaradi.  
2.
 
Hamrohlaktobakteriya i ichak tayoqchasining me`yoriy shtamlari. Ovqat hazm 
qilish va himoya faoliyatini bajaradi.  
3.
 
Qoldiqaerob saprofit va shartli-patogen flora, biotsenozning 1%ini 
tashkil qiladi. 
Odatdagi  ichak  mikroflorasi  turli  vazifalarni  bajarib,  ularga  kuyidagilar 
kiradi:  
1.  Antagonistik  vazifasi  –  ichak    mikroflorasining  bu  vazifasi  ularning 
hayoti jarayonida ajralib chiqadigan endotoksinlar yordamida amalga oshiriladi, bu 
endotoksinlar  kolitsinlar  deb  ataladi.  Kolitsinlar  patogen  mikroblarga  ta`sir  qilib, 
ularning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.  

 
211 
2.  Immunitet  hosil  qilishda  ishtirok  etishi  –  bola    najasidagi 
bifidobakteriyalar  miqdori  bilan  qon  zardobidagi  IgA  miqdori  orasida  uzviy 
bog‘liqlik  borligi  aniqlangan.  Shuningdek  odatdagi  ichak  mikroflorasi 
limfotsitlarning  antigen  ta`siriga  javobi,  bakteriyalarning  fagotsitozi,  lizotsim 
miqdorining  o‘zgarib  turishi  kabi  himoya  moslashuv  jarayonlarida  ham  muhim 
ahamiyatga ega.  
3.  Ovqat  hazm  qilinishida  ishtirok  etishi  turli  organiq  moddalarning 
parchalanishida,  ya`ni  oqsillar,  yog‘lar  va  yuqori  molekulyar  karbon  suvlarning 
fermentativ parchalanishida qatnashishidan iborat.  
4.  Sintetik  faoliyati  –  odatdagi  ichak  mikroflorasi  tiamin,  riboflavin, 
nikotin  va  pantotenat  kislotalari,  K  vitamini,  askorbin  kislotasi  kabilarni  sintez 
qiladi. Vitaminlar sintezi asosan yo‘g‘on ichakda sodir bo‘ladi.  
5.  Rezorbtsion  faoliyati  –  ichakda  nordon  muhit  hosil  qilish  yo‘li  bilan 
(bifidoflora  sut  kislotasi  ishlab  chiqaradi)  kal’tsiy,  D  vitamini  va  temirning  ichak 
shilliq pardasi orqali so‘rilishi uchun ko‘lay sharoit yaratadi.  
6. Reparativ faoliyati – ichak  mikroflorasi oshqozon-ichak yo‘llari shilliq 
pardalarning tiklanishi va Yangilanishida ishtirok etadi. 
Perinatal  patologiyasi  bo‘lgan  (asfiksiya,  chaqaloqlar  gemolitik  kasalligi, 
bosh miyaning tug‘ruq jarohatlari va b.) chaqaloqlar najasini bakteriologik tekshirib 
ko‘rilganda  53,2%  hollarda  ichak  disbakteriozi  aniqlanadi.  Ichak  disbakteriozi 
bo‘lgan  bolalarda  ichak  faoliyatining  buzilishi  kuzatilib,  u  najasning  6-7 
martagacha ko‘payishi, korinning dam bo‘lishi, najas rangining yashil tusga kirishi 
va shilliq moddalarning paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. YUqumli omillarga 
bog‘lik 
bo‘lmagan 
perinatal 
patologiyasi 
bo‘lgan 
bolalarda 
ichak 
mikrobiotsenozining buzilishi asosan shartli – patogen mikroflora bilan bog‘liq. 
Disbioz  (disbakterioz)  –  bakteriologik  tushuncha  bo‘lib,  u  organizmdagi 
simbiont mikrofloraning sifat va miqdor jihatidan buzilishi natijasida kelib chiqadi. 
Disbakterioz  rivojlanishiga  quyidagilar:  bolani  sun`iy  va  noto‘g‘ri 
ovqatlantirish,  bolani  parvarish  qiluvchi  shaxsda  mikrofloraning  o‘zgarishi, 
chaqaloqning  yuqumli  va  yuqumli  bo‘lmagan  kasalliklari,  patologik  kechgan 

 
212 
homiladorlik va tug‘ruq, bolani antibiotiklar bilan uzoq va betartib davolash sabab 
bo‘ladi. 
Ko‘krak  suti  bilan  ovqatlantirishni  to‘xtatish  natijasida  kelib  chiqadigan 
disbakterioz  holati  bolani  tez  kasalliklarga  chalinuvchan  qilib  qo‘yadi.    
Disbakterioz        holatida      bola        atrofdagi        kishilardan        qanday    mikroflorani 
qabul  qilishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  ayniqsa  stafilokokk  yoki  boshqa 
shartli - patogen mikrofloralarni tashuvchilari bola uchun havfli bo‘lib hisoblanadi. 
Disbakteriozni 
aniqlashda 
shartli 
– 
patogen 
mikrofloraning 
mikrobiotsenozda tutgan  o‘rni  va  ularning  assotsiatsiyasi  muhim  ahamiyatga  ega. 
Odatda ichak bo‘shlig‘ida anaeroblarning umumiy miqdori (ularga bifido - va sut-
nordon  tayoqchalari  kiradi)  aerob  mikroblar  yig‘indisidan  ko‘p  bo‘ladi.  SHartli  - 
patogen mikroblar umuman aniqlanmaydi yoki oz miqdorda ularning faqat bir turi 
aniqlanadi. 
Disbakteriozning  1  darajasida  anaerob  flora  aerob  floradan  ustun  turadi. 
Bifidoflora  va  laktobakteriyalar  10
8
  -  10
7
  suyultirishda  ham  aniqlanadi,  shartli  - 
patogen bakteriyalar (2 turdan ortiq emas) 10
4
-10

suyultirishda topiladi. 
Disbakteriozning  2-darajasida  anaerob  va  aerob  mikroorganizmlar  miqdori 
bir-biriga  teng  bo‘ladi.  Kasallikning  bu  darajasi  ichak  tayoqchalarining  atipik 
shakllari paydo bo‘ladi. 
Disbakteriozning  3-darajasida  aeroblar  miqdori  anaeroblarga  nisbatan  ko‘p 
bo‘ladi.  Ayrim  hollarda  bifido-  va  laktobakteriyalar  butunlay  yo‘qoladi,  shartli 
patogen  mikroblar  soni  esa  keskin  ko‘payadi.  Ular  orasida,  ayniqsa,patogen 
stafilokokklar,  zamburug‘lar,  klebsielalar,  klostridiya  kabi  mikroblar  ko‘p 
uchraydi. 
25-jadval  
Ichak mikroflorasining ovqatlanish turiga ko‘ra sifatiy va miqdoriy 
tarkibi 
Mikroorganizmlar guruhi  
Ko‘krak suti bilan 
boqilganda  
lg KOE/g 
Sun`iy aralashma bilan 
boqilganda 
 lg KOE/g 

 
213 
Bifidobakteriyalar 
10-11 
8,5-10 B. longum 
Laktobakteriyalar 
V. bifidum b, V. breve 
7-8 
Bakteroidlar 
6-7 
8-9 B.fragilis dan tashqari 
Fuzobakteriyalar 
– 
6 dan kam 
Veylonellalar 
– 
5 dan kam 
Eubakteriyalar 
– 
6-7 
Peptostreptokoklar 
– 
5 dan kam 
Klostridiya (letsitinijobiy) 
– 
5 dan kam 
Klostridiya (letsitinnegativ) 
– 
5 dan kam 
Enterobakteriyalar: 
E. coli 
- o‘zgarmagan xususiyatli 
- o‘zgargan xususiyatli 
Klebsiellalar 
Enterobakterlar 
TSitrobakterlar 
Proteylar 
Providentsiyalar 
 
– 
– 
– 
– 
– 
– 
– 
– 
 
 
7-8  
10% 
4 dan kam 
4 dan kam 
 4 dan kam 
4 dan kam 
4 dan kam 
Enterokoklar 
5 – 7 
7 dan kam 
Stafilokoklar: 
— koagulatsiyalovchi 
3 – 5 
7-8 
Aerob batsillalar 
2 – 3 
 10% 
 
Disbiozni  davolash.  Disbioz  kuzatilayotgan  bola  uchun  eng  yaxshi  ovqat 
ona  suti  bo‘lib  hisoblanadi.  Ona  suti  bilan  ta`minlash  imkoni  bo‘lmagan  hollarda 
tarkibida  pre-  yoki  probiotiklar  bo‘lgan  aralashmalar  tavsiya  etiladi  (nordon  sutli 
NAN, biolakt). 
Disbiotsenozni medikamentoz davolash 2 bosqichda olib boriladi: 
1
 
- mikrobli dekontaminatsiya 
2
 
- mikroflorani tiklash. 
1 – bosqich. Mikrobli  dekontaminatsiya  axlatda shartli patogen  mikroflora 
ko‘payib  ketgan  hollarda  tavsiya  etiladi.  Davolash  ajratilgan  floraning 
xususiyatidan  kelib  chiqkan  holda  belgilanadi.  Mahalliy  ta`sirga  ega  bo‘lgan 

 
214 
obligat  mikrofloraga  ta`sir  yetmaydigan  preparatlarni  tayinlash  maqsadga 
muvofikdir. 

bakteriofaglar: 
ularning 
ta`sir 
doirasi 
tor 
bo‘lib, 
ma`lum 
mikroorganizmlarga 
ta`sir 
etadi 
(stafilokokka 
qarshi 
bakteriofag, 
koliprotey 
bakteriofag, 
klebsiellyoz 
bakteriofag, 
piobakteriofag, 
intestibakteriofag, piotsenius-ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi bakteriofag) 
 - nitrofuranlar (furazolidon 5-8 mg/kg) 
 - enterol (kuniga 1 kap-dan 1 mahal) 
Axlatdan  ajratilgan 
mikrofloraning 
sezuvchanligini  hisobga 
olib 
antibiotiklar  tayinlanadi  (asosan  aminoglikozidlar  tayinlanadi,  chunki  ular  obligat 
mikrofloraga 
ta`sir 
kilmaydi). 
Anaerob 
mikroflora 
ustunlik 
qilganda 
nitromidazollar,  kandidozda  esa  -  zamburug‘ga  qarshi  preparatlar      qo‘llaniladi. 
Davolashning 1 – bosqichi 5-7 kun davom etadi. 
Biotsenoz  buzilishning  I  darajasi  kuzatilayotgan  bolalarda  davolash  2  – 
bosqichdan  boshlanadi. 
2  –  bosqich.  Ichak  mikroflorasini  tiklashga  probiotiklar  (me`yoriy  ichak 
florasini  tiklovchi  preparatalar)  tayinlash  yo‘li  bilan  erishiladi.  Ularning  ta`sirini 
esa 
prebiotiklar 
kuchaytiradi. 
Biopreparatlar 
sifatida 
ishlatiladigan 
mikroorganizmlarga Lactobaccilus acidophilus, L.plantarum, L.casei, L.bulgaricus, 
L.rhamnosus GG, Bifidobacterium bifidum va b. kiradi. 
Probiotiklarning ta`siri quyidagicha: 

 
Ichak  florasining  o‘sishini  to‘xtatuvchi  qontsentratsiyada  antibakterial 
moddalar, organiq kislotalar, proteazalar sintez qilish 

 
Adgeziya retseptorlariga konkurent ta`sir 

 
Immun javob (fagotsitar faollik)ni kuchaytirish 

 
Ig A, T-killerlar, interferon kontsentratsiyasini oshirish 

 
YAllig‘lanishga qarshi tsitokinlar ishlab chiqarilishini mo‘`tadillash 

 
Shilliq qavatlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish, mutsin ishlab chiqarilishining 
oshishi natijasida tsitoprotektsiyaning kuchayishi. 
Probiotiklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

 
215 
1.
 
Monokul’tura tutuvchi preparatlar - bifidumbakterin, laktobakterin. 
2.
 
Kompleks preparatlar - bifiform, bifilong, atselak, lineks va b.q. 
a) bakteriyalar   sorbentiga  immobilizatsiyalangan   preparatlar  - 
    bifidumbakterin-forte
b) lizosimli preparat - bifiliz. 
      Probiotiklar 
ovqatlanish 
vaqtida 
1-2 
mahal 
beriladi. 
Prebiotiklar  –  mikroflora  funksional  oziqlanishini  ta`minlovchi  preparatalar 
(inulin, galakto- va fruktozooligosaharidlar, laktuloza). 
Prebiotiklarning ta`siri: 

 
najasda rN-ni kamaytiradi; 

 
ammiak ishlab chiqarilishini kamaytiradi; 

 
immunitetni faollashtiradi; 

 
klostridiy, kandida, listeriy va boshqa mikroblarning o‘sish     
       potentsialini pasaytiradi

 
ovqatdan Sa so‘rilishini 40-60%ga oshiradi; 

 
yo‘g‘on 
ichak 
epiteliyasining 
regeneratsiyasini 
kuchaytiradi. 
Prebiotiklardan   dyufalak   (laktuloza)ning   samarasi yaxshi bo‘lib, 1 kunda 3 ml 
miqdorda tayinlanadi. 
Aksariyat hollarda disbakterioz ikkilamchi fermentativ tanqislik bilan kechadi, 
shuning  uchun  bunday  bemorlarga  kichik  dozalarda  kreon,  pankreatin  kabi 
preparatlar probiotiklar bilan birgalikda tayinlanadi. 
 Ichak  mikroflorasini  tiklovchi  preparatlar  va  fermentlarni  berish  muddati 
bolaning umumiy ahvoli va disbakterioz darajasiga bog‘liq. Odatda 3-4 haftagacha 
davom ettiriladi. 
Oldini olish tadbirlari. Homilador ayolda disbiotsenozni, eng avvalo qinning 
disbiozini  aniqlash  va  davolash,  bolani  imkoni  boricha  erta  ko‘krakka  qo‘yish, 
parenteral 
ovqatlantirish 
davrini 
iloji 
boricha 
qisqartirish, 
ratsional 
antibiotikoterapiya  disbiotsenozning  oldini  olishga  yordam  beradi.  SHuningdek 
onaga tug‘ruqdan 3-4 hafta avval probiotiklar tayinlash ham yaxshi natija beradi. 
 

 
216 
 6-BOB. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR YIRINGLI-
YALLIG‘LANISH KASALLIKLARI. 
Pnevmoniya 
Xlamidiya  pnevmoniyasi.  Intranatal  orttirilgan,  klinik  ko‘rinishi  bola  
hayotining  1-haftasi  oxiri  2-  haftasi  boshlarida  yiringli  kon`yuktivit  ko‘rinishida 
namoyon  bo‘ladi,  uning  ta`sirida  otit,  rinit,  kuchli,  ammo  xurujsiz  kechadigan 
yo‘tal  kuzatiladi  (yo‘tal  ta`sirida  ba`zan  qayt  qilish,  tsianoz  kuzatilishi  mumkin). 
SHovqinli  nafas,  stridor  kuzatiladi.  Infeksion  toksikoz  belgilari  yo‘q.  Tana 
harorati,  bolaning  umumiy  ahvoli  o‘zgarishsiz.  Qon  tahlilida  -  eozinofiliya. 
Rentgenda  -  o‘pkaning  diffuz  shishi,  mayda  o‘choqli  infiltratlar,  interstitsial 
to‘qimaning retikulo-mayda tugunchali zararlanishi kuzatiladi. 
Klebsiellyoz pnevmoniyaDiareya, enteritdan boshlanadi. Toksikoz kechroq 
rivojlanadi.  Meningit,  sariqlik,  siydik  yo‘llari  infeksiyasi  sepsis  kuzatilishi 
mumkin.  O‘pkada  biroz  shovqin,  ko‘p  miqdorda  shilliq  ekssudat  bo‘lib,  u  mayda 
bronxlar  devorida  to‘planib  qoladi.  Yirik  nekrotik  va  gemorragik  o‘zgarishlar 
kuzatiladi.  Bo‘rtib  turuvchi  bo‘shliqli,  lobar  infil’trat  kuzatiladi.Abstsess, 
piotoraksga  olib  keladi.  Isitma  har  doim  ham  kuzatilmaydi.  Qonda  leykotsitoz, 
EChT miqdorining oshishi. 
Stafilokokkli  pnevmoniya.  Isitma,  intoksikatsiya,  o‘pkada  destruktiv 
o‘choqlar  o‘pka-plevral  asoratlar,  boshqa  a`zolardagi  yiringli  metastaz  o‘choqlar 
(ostiomielit,  yiringli  otit)  bilan,  qondagi  septik  o‘zgarishlar  (anemiya,  EChTning 
keskin  oshishi,  leyotsitoz,  neytrofilyoz,  toksik  donador  neytrofillar  kuzatilishi) 
bilan kechadi. Gemorragik sindrom-DVSning asorati. 
    Streptokokkli  pnevmoniya.  Erta    kechishi  (bola  hayotinig  3-5  kunida,  asosan 
septitsemiya  ko‘rinishida  kechadi).  Streptokokkli  pnevmoniyali  bolalarning 
maksimal  tug‘ilish  chastotasi  bola  massasi  1000gr  dan  kam  bo‘lgan  bolalarga 
to‘g‘ri  keladi.  Klinikasi  nafas  buzilishlari  sindromiga  o‘xshash  kechadi.  Isitma, 
gipotermiya,  taxipnoe,  apnoe,  shovqinli  nafas,  arterial  gipotoniya,  qorinning  dam 
bo‘lishi,  teri,  shilliq  qavatlar  rangparligi,  hayotining  birinchi  daqiqalaridan 

 
217 
letargiya  kuzatilishi  bilan  kechadi.  Rentgenda  tarqalgan    pnevmoniya,so‘ngra 
destruktiv, ba`zan nafas buzilishlari sindromidan farqlanmaydi. 
    Tashxis:  Anamnez,  epidemiologik,  klinik,  rentgen,  laborator  tekshiruvlar 
asosida. 
- ko‘krak qafasi rentgenografiyasi; 
-trombotsitlar miqdorini aniqlash bilan birga qon tahlili; 
-qondagi gazlar tarkibi; 
-gematokrit soni; 
-konyuktiva,  burun,  tomoqdan  olingan  surtmada  immunoflyuorestsent  zardoblar 
yordamida xlamidiyalarni aniqlash; 
-bakteriologik  tekshiruv  (ekmalar,  burun  shillig‘i,  bronxlar  tarkibi,  qon 
bakterioskopiyasi) antibiotiklarni qo‘llashdan oldin o‘tkaziladi. 
-traxeya,  bronx  tarkibidan  qilingan  surtmalarni  Gram  usulida  bo‘yab, 
bakterioskopik tekshirish. 
Terining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari 
Stafilodermiyalar. 
Vezikulopustulyoz (stafilokokkli periporit) – ilk neonatal davrning  o‘rtasida  
boshlanish ehtimoli  bo‘lgan kasallik: dumba, sonlar, tabiiy burmalar, bosh terisida 
avvaliga  tiniq,  so‘ngra  esa  loyqa  suyuqlik  bilan    to‘lgan,  o‘lchami  bir  necha  
millimetrlargacha    yuza  joylashgan  mayda    pufakchalar    paydo  bo‘ladi. 
Kasallikning    morfologik  substrati  ekkrin    ter  bezlari  sohasidagi    yallig‘lanish 
hisoblanadi.  Kasallik    odatda    xavfsiz    kechadi.  Pufakchalar    paydo  bo‘lgan  
vaqtdan  2-3 kun   o‘tgach    yoriladi, natijada hosil bo‘lgan    mayda  eroziyalar  yoki 
pigmentattsiya tushib ketgandan so‘ng quruq  qora qo‘tirlar bilan qoplanadi. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  pufak  yarasi  (pemfigus,  piokokkli,  pemfigoid)  
2 shaklda: xavfsiz  va xavfli  kechishi mumkin. Xavfsiz shakli:  eritrematoz dog‘ 
pufakchalari   fonida va seroz-yiringli  suyuqlik bilan   to‘lgan kichik   o‘lchamdagi 
(diametri  0,5-1  sm  gacha)  pufaklar    paydo  bo‘lishi  bilan  ifodalanadi.  Pufaklar 
rivojlanishining  turli  bosqichlarida    bo‘lishi  mumkin,  biroz    infil’tratga  aylangan 

 
218 
asos  bo‘ladi,    pufak    atrofida    giperemiya  dastachasi  bo‘ladi.  Odatda    qorinning  
pastki yarmida,  kindik  yaqinida, oyoq- qo‘llarda tabiiy burmalarda joylashadi. 
 
Pufakchalar  toshishi  bir  necha    kun  davom  etishi  mumkin.  Nikol’skiy  
simptomi  manfiy.    Oldingi   pufaklar  o‘rnida  yuza  eroziyalar paydo  bo‘ladi, biroq 
keyin  qora qo‘tir hosil bo‘lmaydi. Yangi  tug‘ilgan chaqaloqlarning  ahvoli yaxshi 
yoki    o‘rtacha  og‘ir  bo‘ladi.  Tana  harorati    subfebrilgacha    oshishi  mumkin. 
Kasallikning    ushbu  shaklida    intoksikatsiya  odatda  kuzatilmaydi.    Biroq  bolalar  
bezovtalanishlari  yoki  bir oz  lanjlik,  tana vazniga  qo‘shilishning kamayishi yoki 
bo‘lmasligi mumkin. O‘z vaqtida  boshlangan faol  davolash natijasida, 1-2  hafta 
o‘tgach  sog‘ayish yuzaga keladi. 
 
Yangi  tug‘ilgan    chaqaloqlar  pufak  yarasining  xavfli  shakli    terida    katta 
miqdordagi,  asosan  katta    o‘lchamdagi  –  diametri  2-3sm    gacha  so‘lib  qolgan  
pufaklar paydo bo‘lishi bilan  harakterlanadi ( ularni  fliktenalar deyiladi). Ayrim  
pufaklar  orasidagi  teri    po‘st  tashlashi  mumkin.  Nikol’skiy    simptomi    musbat 
bo‘lishi  mumkin.    Bolalarning    ahvoli  og‘ir,  intoksikatsiya  belgilari  yaqqol 
ko‘rinadi. Tana  harorati  febrilgacha  ko‘tariladi. Bola  sirtdan  qaralganda sepsis 
bo‘lgan  kasalga  o‘xshaydi.  Qon  klinik    analizida    leykotsitoz  bilan  neytrofilez  va  
yosh    shakllargacha  siljigan,  EChT    oshgan  va  og‘irlik  darajasi  har  xil    anemiya 
kasalligi, aksariyat sepsis bilan tugallaniladi. 
         Ritterning 
eksfoliativ 
dermatiti 
– 
chaqaloqlarda 
 
stifilokokkli  
piodermiyalarning  og‘ir  shakli,  uning    septik    varianti,  deb  hisoblash  mumkin. 
ekzotoksin  –  eksfoliatin  ishlab  chiqaradigan    tilla  rang    stafilokokkning  gospital  
shtammlari  chaqiradi. Kasallik hayotning 1- haftasi oxiri va 2- haftasi  boshida teri 
qizarishi,  namlanishi  va  kindik  chov  burmalari,    og‘iz  atrofida    yorilishlar    hosil 
bo‘lishidan boshlanadi.  erta    boshlanishi odatda kasallikning    og‘ir kechishi bilan 
boradi.    Bir  necha  soat  ichida  yorqin  eritema    qorin  terisiga,  gavdaga,    oyoq  – 
qo‘llariga    tarqaladi.  Keyinchalik  tananing    turli  qismlarida  so‘lg‘in    pufaklar, 
yoriqlar  paydo  bo‘ladi,  epidermis  ko‘chishi    kuzatilib,  katta  eroziyalar    qoldiradi. 
Nikol’skiy   simptomi  ko‘pchilik bolalarda musbat. Yangi  tug‘ilgan bola qaynoq 
suvdan  kuyib  qolgan    ko‘rinishga  ega  bo‘ladi.  Kasallik    fonida  aksariyat  yiringli  

 
219 
infeksiyaning    boshqa  o‘choqlari:    omfalit,  otit,  kon`yuktivit,    pnevmoniya, 
enterokolit  paydo    bo‘ladi,  ya`ni  sepsis  boshlanadi.    Bemorlarning  ahvoli    og‘ir:  
bolalar  ko‘krakdan  yuz  o‘giradi,  bezovtalanadi,    intoksikatsiya    belgilari  yaqqol 
namoyon  bo‘ladi.  Kasallik    febril  harorat,  qon    analizida    keskin  yallig‘lanish 
belgilari  bo‘ladi.  Kasallik    boshlanishdan  1-2  hafta    o‘tgach    Yangi  tug‘ilgan 
bolaning  butun  terisi  geperemiyalangan  va  katta    sohalarda  epidermis  ostida 
ekssudat yig‘ilishi  natijasida  eroziyalar hosil bo‘ladi, eksikoz belgilari  qo‘shiladi. 
Kasallik  natijasi    yaxshi  bo‘lganda    eritematoz  va    eksfoliativ  bosqichlar  ortidan 
eroziv  yuzalarning  epitelizatsiyasi  yuz  beradi,    bu  chandiqlar  yoki  pigmentatsiya  
hosil bo‘lmasdan o‘tadi. 
  
Kuygan  terining    stafilokokkli  sindromnii  (KTSS)  eksfoliatin  ekzotoksini  
ishlab  chiqaruvchi  II  guruh    stafilokokklar  qo‘zg‘atadi.  Ko‘pchilik  Xorijiy 
pediatrlar KTSS bilan eksfoleativ Ritter dermatiti o‘rtasida tafovut qilmaydilar.  
Klinikasi.  Intensiv, tarqalgan eritema bo‘ladi. U  ko‘pincha  yuzdan boshlanadi va 
shu  joy  teri    qoplamalarining  boshqa    sohalariga    tarqaladi.  Avvaliga  ko‘zlar 
atrofida,  ba`zan  yuzda  shish  paydo  bo‘ladi,  ular    og‘iz  va  burun  atrofida  ham  
joylashib,  bola yuziga  jahldorlik,  ma`yuslik qiyofasini beradi. Qizargan teri qo‘l  
tekkizilganda  juda  sezuvchan  po‘rsildoq,  epidermis    ko‘chishi  ro‘y  beradi,  ya`ni  
Nikol’skiy simptomi musbat. epidermis yuzda ko‘cha  boshlaydi,  biroq  tananing 
boshqa  sohalarida  ham  paydo  bo‘ladi.  Natijada  donador  teri    soha    manzarasi  - 
“qo‘lqop”  “paypoq” va boshqalar paydo bo‘ladi. Bolalarda  toksikoz, bezovtalik, 
ishtaha  yo‘qligi,  isitma,  suvsizlanish    belgilari  yuzaga  kelishi  mumkin.  
Suvsizlanish    belgilari    terining    zararlangan  qoplamalaridan  ko‘p    suyuqlik  
yo‘qotilishiga    bog‘liq,  albatta  ayni  vaqtda    ko‘pchilik  bolalarda  yaqqol 
intoksikatsiya  belgilari bo‘lmaydi. Ularning tana harorati  me`yoriy bo‘ladi. Ular 
yaxshi emadi. Boshqa  o‘choqlar  kon’yuktivit, omfalit, otit kabilar paydo bo‘lishi 
mumkin.  eksfoliatsiyadan  keyin    2-3  kun  o‘tgach  ochiq    sohalar    quriydi  va  
asoratsiz bitib ketadi. Ba`zan  skarlatinasimon teri deskvamatsiya  pufaklar  hosil 
bo‘lmay kechadi. 

 
220 
Figner    psevdofurunkulyozi  –  periporit  kabi  boshlanishi,  keyinchalik    jarayon 
butun ter bezini egallab oladigan kasallik.  To‘q – qizil  rangli   o‘lchami bir necha 
millimetrlardan 1-1,5 sm gacha bo‘lib, birlamchi teri osti  tugunlari paydo bo‘lish 
mumkin.  Keyinchalik    tugunlar  markazida  yiringli  suyuqlik  paydo  bo‘ladi    eng  
ko‘p  joylashadigan sohalari – bosh sochli qismining terisi,  bo‘yinning  orqa sathi, 
orqa    dumbalar  oyoq-qo‘llar  terisi.  Tana  haroratining  oshishi    intoksikatsiya 
belgilari,  mahalliy  limfa    tugunlarining  kattalashishi,  yiringli  o‘choqlarning  
metastaz berishi xos. 
Yangi    tug‘ilgan  chaqaloqlar  mastiti  –  ko‘krak    va    fiziologik  qattiqlanish 
asosida  boshlanadigan  og‘ir  kasallik.    Klinik    jihatdan  bitta    ko‘krak    bezinig 
kattalashib, uning infil’tratsiyasi bilan yuzaga chiqadi. Birinchi kunlari giperemiya 
bo‘lmasligi  yoki  kam    bo‘lishi  mumkin.  Palpasiya  og‘riq  bilan  o‘tadi,  bola 
yig‘laydi,  bezovtalanadi.  Tez  orada    ustidagi  teri    giperemiyasi    kuchayadi, 
flyuktuatsiya    paydo  bo‘ladi.  Bolaning    ahvoli  odatda  yomonlashadi,  u  yaxshi  
emmaydi,  tana    harorati    ko‘tariladi,    intoksikatsiya  belgilari  paydo  bo‘ladi.  
Ko‘krak  bezining    chiqaruv    yo‘llaridan  bosilganda  yoki    o‘z  –  o‘zidan    yiringli  
ajralma  chiqadi.  Kasallik    metastatik    yiringli  septik    asoratlar  bilan  xafli 
hisoblanadi. 
         Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning  nekrotik flegmonasi – chaqaloqlarning eng 
og‘ir    yiringli  yallig‘lanish    kasalliklaridan  biri  bo‘lib,  terining    kichik    sohasida 
odatda    ushlab    ko‘rilganda    qattiq  qizil  dog‘  paydo  bo‘lishidan  boshlanadi,  
keyinchalik  uning  rivojlanishida 4 ta bosqichni  farq qilish mumkin: Boshlang‘ich 
bosqich  (o‘tkir  yallig‘lanish  jarayoni)  zararlanish  o‘chog‘i  bir  necha  soat  ichida  
tez  tarqalib,  katta    o‘lchamlargacha  etadi.  Teri    osti  yog‘  kletchatkasining 
shikastlanish  sur`atlari  (yiringli  erish)  odatda  teri    o‘zgarishidan  ilgarilab  ketadi.  
Teri limfatik tomirlar tarmog‘iga boyligi va keng  limfatik  yoriqlar borligi bunga  
imkon beradi. 
       Alternativ  –  nekrotik  bosqichi  -  kasallik    boshlanishining  1-1,5    kun  o‘tgach 
paydo  bo‘ladi,  terining  shikastlangan  sohalari  rangli  to‘q  qizil  –  ko‘kimtir  tus 
oladi,    markazida  yumshash  hosil  bo‘ladi.  Ayrim  hollarda  teri  palpasiya  

 
221 
qilinganida    shikastlangan  sohaga  o‘tishida  “to‘qima  minusi”    simptomi  qayd 
etiladi. Ko‘chib  tushish bosqichi  ko‘chgan terining  jonsizlanishi bilan o‘tadi. U 
olib tashlangandan keyin jarohat  nuqsonlari va  yiringli  cho‘ntaklar  hosil bo‘ladi. 
Reparatsiya  bosqichi  –  granulyatsiyalar  hosil  bo‘lishi,    jarohat  yuzasi 
epiteliylanib  so‘ngra    chandiqlar    paydo  bo‘ladi.  Ko‘pchilik  bolalarda    kasallik 
odatda  II  bosqichda    qo‘shilib    ketadigan  intoksikatsiya  bilan  kechadi.  Isitma 
(qaltirash), qusish, dispeptik hodisalar,  infeksiyaning  metastatik o‘choqlari  paydo  
bo‘lishi xos, bu mazkur hodisani sepsis, deb  izohlashga  imkon beradi 
         Streptodermiyalar  
Saramasda yuz  terisida birinchi bo‘lib shikastlanadi yoki  kindik  sohasida  
joylashadi  va    tezda    terining  boshqa    sohalariga    tarqaladi  (“sayohat  qilayotgan 
saramas”,  “daydi  saramas”).  Tipik  hollarda    kasallik    febril    harorat,  mahalliy 
giperemiya    paydo  bo‘lishi  (katta    yoshdagi    bolalarga    taqoslanganda  sust 
rivojlanadi)  teri  va  teri  osti  kletchatkasining  infil’tratsiyasidan  boshlanadi. 
SHikastlangan  o‘choq  chetlari  ko‘ng‘irsimon,  noto‘g‘ri  shaklli,  ajratib  turadigan 
gardish yo‘q, o‘zgarmagan teri  ushlab  ko‘rilganda gipertermiya bo‘lish mumkin. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda    “oq  saramas”  kuzatilishi  mumkin,  bunda 
giperemiya  yo‘q,    shkastlangan  teri  qismi  oqaradi,  ba`zan    pufaklar,  teri  osti 
abstsesslari,  nekrozlar  paydo  bo‘ladi.  Kasallik  odatda  og‘ir    kechadi,    bolaning 
ahvoli  tezda    yomonlashadi,  u    bo‘shashgan,  ko‘krak  emishdan  bosh  tortadi, 
dispeptik  buzilishlari  bo‘ladi,  miokardit  meningit  hodisalari  va  buyraklar  
shikastlanishi ro‘y  beradi. 
         Intertriginoz  streptodermiya  keskin    chegaralangan    giperemiya,  ba`zan 
quloq  orqalarida va tabiiy   burmalarda ozroq  suv chirqish bilan yuzaga chiqadi. 
SHikastlangan  o‘choq  sohasida  yoriqlar,  fliktenalar,  periferiyasida  piokokkli 
elementlar bo‘lish mumkin. YAllig‘lanish o‘choqlar so‘nganida kepaksimon po‘st 
tashlash boshlanadi. 
        Papuloeroziv  streptodermiya  dumba  va  sonning  orqa  yuzasida    ushlab  
ko‘rilganida    qattiq,    ko‘kimtir    qizil    rangli,  o‘lchami  0,1  –  0,3mm  li  papulalar 
paydo  bo‘lishi  xos.  Papulalar  tez    eroziyalanadi  va    qora  qo‘tirchalar  bilan  

 
222 
qoplanadi,    terining  yaqin  joylashgan  sohalarida  Yangi    elementlar,  jumladan 
piokokkli  elementlar paydo bo‘ladi.   
        Vulgar  ektima  streptodermiyaning  yarali  shakli.  Streptokokklardan  tashqari  
zararlanish  o‘choqlarida  stafilokokk, pseudomonas aeruginosa   topilishi mumkin. 
Kasallikning  2 xil shakli farq  qilinadi. Oddiy  ektima  ko‘pincha oyoqlar terisida  
joylashadigan,    bo‘shliq  hosil  bo‘lish  bilan  harakterlanadi.  Pustula  ochilgandan 
so‘ng  yara  hosil  bo‘lib,  uning  tubi  yiring  va    jigarrangsimon  qoraqo‘tir    bilan 
qoplangan.  Yara  bir  necha  hafta  ichida  bitib,  o‘zidan    chandiqcha  qoldiradi. 
Teshiladigan ektima  aksariyat bir biriga  qo‘shilib ketadigan  ko‘p sonli  ektimalar 
paydo  bo‘lishi bilan yuzaga keladi. eng ko‘p joylashadigan joyi boshning  sochli 
qismi  hisoblanadi.    Isitma,  intoksikatsiya,    mahalliy  limfa  tugunlarining 
kattalashishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Paronixiyalar streptokokklar va stafilokokk infeksiyasi  chaqiradigan tirnoq  
gardishlarning    infeksion    shikastlanishi  hisoblanadi.  Giperemiya    va  pufaklar 
streptokokkdan  zararlanish  uchun  xos  hodisa,  shish  fonida  eroziyalar    paydo 
bo‘ladi.  Ayrim  hollarda mahalliy limfadenit bo‘lishi mumkin. 
 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin