O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix12.03.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#10953
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

Ko‘rsatkich  
Bolaning yoshi  
Mos keluvchi 
ko‘rsatkichlar 
Leykotsitoz  
1-2 kun  
> 30 000 
3-7 kun  
> 20 000 
 
 

 
240 
›7 kun 
> 15 000 
Leykopeniya  
  
<  5000 
Neytrofilez  
1-2 kun  
>  20 000 
3-7 kun  
>  7000 
›7 kun  
>  6000 
Neytropeniya 
 
1-2 kun  
<  5000 
3-7 kun  
<  2000 
›7 kun  
<  1500 
form neytrofilov 
 
 
Neytrofil’niy indeks 
1-2 kun  
 
s 3 go kun  

 
  5000 

 
1500 
 
     >  0,2  
 
Imkoniyatga  qarab  qo‘shimcha  laborator  tekshiruvlarda  tizimli  yallig‘lanish 
ko‘rsatkichlari,  yallig‘lanish  keltirib  chiqaruvchi  tsitokinlar,  yallig‘lanishining 
o‘tkir  fazasi  oqsillarining  miqdorini  o‘zgarishi  aniqlanadi.  Bola  hayotining 
dastlabki  3  kunida  yuqorida  ko‘rsatilgan  3  bosqich  belgilari  kuzatilsa  bu  “sepsis” 
tashxisini  taxmin  qilishga  asos  bo‘ladi  va  empirik  antibakterial  terapiyani 
boshlashga  ko‘rsatma  bo‘ladi.  Bola  hayotining  4-  kunidan  so‘ng  birlamchi 
ifektsion  -  yallig‘lanish  o‘chog‘ining  mavjudligi,  2  yoki  undan  ortiq  a`zo  va 
tizimlar  faoliyatining  buzilishi  va  hech  bo‘lmasa  yuqoridagi  3  nafar  tizimli 
yallig‘lanish  ko‘rsatkichlarini  bo‘lishi      “sepsis”  tashxisini  taxmin  qilish  uchun 
asos bo‘ladi va tezda antibakterial terapiyani boshlashga ko‘rsatma bo‘ladi. 
Sepsisning tashxisotida muhim bosqich bu –mikrobiologik tekshiruv, qon ekmasi, 
orqa  miya  punktsiyasi  (klinik  ko‘rsatma  bo‘lsa),  traxeyadan,  yiringli  o‘chog‘dan 
surtma, siydik olish. 

 
241 
Umumiy qon tahlili (UQT),  C-reaktiv oqsil (CRO),  qonni ekish,
(
ko‘krak
qafasi rentgenogrammasi)*
ANTIBIOTIKLAR
* NBS yoki nevrologik ozgarishlarda;
** noinfeksion patalogiya to'grisida o'ylash kerak;
Klinik belgilari 24 soat
ichida yoqoldi, qonni
ekish (-), leykogramma, 
СRO 
- me`yorda
Klinik belgilari >24 s.
saqlangan, qonni
ekish(+), leykogramma, 
СRO 
da o'zgarish
Klinik belgilari >24 s.
saqlangan, qonni ekish (-), 
leykogramma
, СRO 
- me`yorda
UQT, СRO 
takrorlash
UQT, СRO 
takrorlash
O'zgarishsiz
O'zgarishsiz
Patologiya ** 
Patologiya ** 
AB 48-72 soatdan so'ng
to'xtatish (umumiy ahvoli
yaxshi) 
АB 
3-4 kun, bemorni
noinfeksion kasallik bo'yicha
tekshirish lozim
АB  7
-10 kun, meningit
bo'lsa - 14-21 kun 
SESSISNING KLINIK BELGILARI BO'LGAN CHAQALOQLARNI 
TEKSHIRISH VA DAVOLASH ALGORITMI
 
 
 
Davolash  
Bolada sepsis taxmin qilinganda yoki sepsis tashxisi qo‘yilganda YTCHni tezlikda 
kasalxonaning reanimatsiya bo‘limiga yoki YTCHlar  patologiyasi bo‘limiga 
yotqizish. 
Parvarish – bolani kasallikning o‘tkir davrida harorati 30
0
Sdan va namligi 60%dan 
kam bo‘lmagan kuvezda saqlash kerak. 
Ovqatlantirish – asosan ona suti bilan boqiladi, ona suti bo‘lmaganda 
moslashtirilgan, bifidobakteriyalar bilan to‘yintirilgan sun’iy aralashmalardan 
(NAN, Nutrilon, Pregistimil, Al’fare) foydalaniladi. 
Umumiy  ahvoli  og‘ir   bolalarni  butilka  yoki  zond orqali  ovqatlantiriladi.  Optimal 
parvarishni  tashkil  etish  uchun  ona  bemor  bolaning  parvarishida  qatnashishi, 
musbat  emotsional  statusni  saqlab  turish,  qo‘shimcha  infitsirlanishning  oldini 
olishi,  teri  va  shilliq  qavatlarni  doimiy  toza  saqlashi,  xona  havosini  almashtirib 
turish ishlari olib boriladi.  

 
242 
Sepsisning terapiyasi bir vaqtining o‘zida 2 xil yo‘nalishda olib boriladi: 
1.
 
Etiotrop davolash- infeksion agentga ta`sir qiladi.   
2.
 
Patogenetik davolash- gomeostaz, immun tizimi va a`zolar faoliyatini tiklashga 
qaratilgan. 
Antibakterial davolash. 
1.
 
Davolashning  dastlabki  bosqichida  (kasallikning  etiologiyasini  aniqlashdan 
avval)  davo  choralari  kasallikning  boshlanish  vaqtiga  qarab,  sharoitiga 
qarab,  birlamchi  o‘choqning  joylashgan  joyiga  qarab  (agar  bo‘lsa) 
o‘tkaziladi. 
2.
 
Empirik  davolashda  tanlanadigan  antibiotiklar  yoki  antibiotiklarining 
kombinatsiyasi  bakteritsid  xususiyatga  ega  va  sepsisni  keltirib  chiqaruvchi 
infeksiyalarga qarshi bo‘lishi shart. 
3.
 
Antibiotiklarni tanlashda ularning gematoentsefalik yoki boshqa to‘siqlardan 
o‘tishiga e`tibor beriladi. 
4.
 
Barcha holatlarda antibiotiklarning kam toksikligiga, a`zolar etishmovchiligi 
xususiyatlariga e`tibor beriladi. 
5.
 
Asosan vena ichiga yuboriladigan antibiotiklarni tanlash kerak. 
YTCHlarni  erta  sepsisida    ampitsillin  preparati  aminoglikozidlar  bilan  birgalikda 
tanlanadi.  Masalan:  ampitsillin  bilan  (300,400  mg/kg  sutkalik,4-6  marta) 
aminoglikozidlar (gentamitsin yoki tobramitsin 7,5-10 mg/kg sutka yoki amikatsin 
22,5-30,5  mg/kg  sutka  3  marta)  yoki  tsefalosparinlar  (200  mg/kg  sutka  4  marta) 
karbenetsillin kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Teri  septik  holatida  penitsillin  va  tsefalosporinlar  aminoglikozidlar  bilan 
birgalikda qo‘llaniladi. 
Ko‘p  hollarda  O‘SV  yotgan  bolalar  Ps.  Aeruginose,  Acinetobacter  spp  , 
Klebsiella  spp  infeksiyalari  qo‘shilib  o‘pka  sepsisini  keltirib  chiqaradi.  Bunda 
tikartsillin/klavulan kislota, piperatsillin yoki  tseftazidim +amikatsin qo‘llaniladi. 
Asosan  stafilakokk  etiologiya  sepsisda    vankomitsin,  agar  bu  dori  moddasi 
samara  bermasa linezolid qo‘llaniladi. 

 
243 
Ichak  va  siydik  yullari  sepsisida  imipenem  (tienam),  abdominal  sepsisda  
tikartsillin/klavulan  kislota,    piperatsillin,  metronidazol,  linkozamid,  linezolin, 
amikatsin qo‘llaniladi. 
48  soat  ichida  bolaning  umumiy  ahvoli  yaxshilansa  antibakterial  davolash 
natijasini  yaxshi,  deb  baholaymiz.  48  soat  ichida  bolaning  umumiy  ahvoli 
yaxshilanmasa  antibakterial  davolashni  samara  bermadi  deb  baholaymiz.  Bunda 
al’ternativ antibakterial davolashga o‘tiladi va dezintoktsikatsion infuzion davolash 
o‘tkaziladi. 
Antibakterial  davolash  o‘rtacha  4  hafta  davom  etadi.  Aminoglikozidlar  10  kun 
davomida qo‘llaniladi.  
Patogenetik davolash quyidagi asosiy yo‘nalishlardan iborat: 
immunokorrektsiyalovchi davo, infuzion davo, suv –elektrolitlar, qonning kislota-
asos balansni tiklash, shokka qarshi davo, asosiy a`zolar  va tizimlarning vazifasini 
tiklash.  
Immunokorrektsiyalovchi davo uchun likopid, interferon –al’fa 2 (Viferon) dori 
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.  
Dezintoksikatsion terapiya siydik haydovchilarni (furasemid) qo‘llash fonida  
suyuqlik  yuborish  orqali  olib  boriladi.  Simptomatik  sindromal  davolash,  nafas 
buzilishi  terapiyasi,  biokimyoviy  o‘zgarishlar  va  suv-elektrolit  almashinuvini 
korrektsiya  qilish.  Qon  ivishi  buzilishini  yo‘qotish,  immunoglobulinlarni  vena 
ichiga  qo‘llash,  fagotsitoz  jarayonini  kuchaytirish,  komlement  tizimini 
jadallashtirish,  neytrofillarning  antigenga  qarab  harakatlanishiga  yordam  berish, 
antigenlar  toksikligini  kamaytirish,  viruslarni  neytrallash  kabi  funktsiyalar 
bajariladi. 
O‘tkazilgan  ko‘p  sonli  tahlil  natijalariga  ko‘ra    immunoglobulinlarni  vena 
ichiga  profilaktik  maqsadda  qo‘llash  muddatiga  yetmay  tugilgan  bolalarda  sepsis 
xavfini  3-4  %  ga  kamaytiradi,  lekin  o‘lim  va  kasallanishni  kamaytirmaydi. 
Profilaktika uchun vena ichiga qo‘llaniladigan immunoglobulinlarning dozasi 400-
500  mg/kg,    bu  dozani  14  kundan  keyin  yana  qaytarish  kerak.  Olib  borilgan 

 
244 
tekshirishlar natijasi katta yoshli bolalar va kattalarda vena ichiga immunoglobulin 
yuborish og‘ir sepsisni davolash oqibatlarini yaxshilashga olib keladi. 
YTCH larda qo‘llaniladigan 1 martalik doza 500-750 mg/kg, odatda 1 ta  
dozadan 2-3 kunga buyuriladi. 
SHokka  qarshi  davo  adrenalin,  gidrokortizon  5-10  mg/kg.  Gemostazning 
korrektsiyasi  uchun  Yangi  muzlatilgan  qon  plazmasi  +  geparin  50-100  mg/kg 
sutkasiga foydalaniladi. 
Abstsesslarni  ochishda,  psevdofrunkulni  ochishda,  osteomielit  o‘chog‘ida 
aktiv  aspiratsiya  apparati  qo‘yilganda  pediatr  bolalar  jarrohi  bilan  birga  ish  olib 
boradi.  Maxalliy  terapiya  vaqtida  o‘pka  patologiyasida  aerozol  antibiotik  bilan, 
yiringli  endobronxitda  esa  antiseptik  eritmalar  bilan  yuvish  olib  boriladi.  
Fizioterapevtik muolaja zararlangan o‘choqni davolashda asosiy hisoblanadi. 
Bemorda  yiringli  o‘choqqa  SVCH,  keyin  antibiotiklar  elektroforezi 
qo‘llaniladi.  Me`yoriy      mikrobiotsinozi  sepsisli  bemorni  komponent  davolash 
uchun  muhim.  Antibiotiklardan  foydalanish  vaqtida  laktobakterin  (1  dozadan  3 
mahal  kuniga)  ichishga  buyuriladi.  Bemorda  ajratib  olingan  mikroblardan 
bakteriofag tayyorlanadi.   
Tiklanish  davrida  va  sog‘ayish  davrida  immunitetning  nospetsifik 
stimulyatorlaridan foydalaniladi. Bu bosqichda massaj va gimnastika fizioterapiya, 
sayr juda muhim. 
Dispanser  kuzatuvi poliklinikada amalga oshiriladi. Statsionardan bemorlarni 
chiqargandan keyin 3 – yil davomida dispanser nazorati ostida bo‘lishi kerak. 
Sepsisning asoratlari. Gestatsion yoshi 28 haftadan kam bolalarda o‘lim 25 – 
30  %ni  tashkil  qiladi.  20  –  30  %  hollarda  sepsis  meningit  bilan  asoratlanadi, 
asoratlangan meningitdan o‘lim esa 20 – 25 %ni tashkil etadi va muddatiga yetmay 
tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtasida eng yuqori hisoblanadi. 
Profilaktik  emlash  bola  sog‘aygandan  so‘ng  6  oy  ichida  qilinadi.  Neonatal 
sepsis o‘tkazgan kam darajada tserebral disfunktsiyasi borligini hisobga olib yarim 
yil davomida fenibut, pantogam, aminalon, entsefabol, nootropil (1 – 1,5 oylik kurs 

 
245 
bilan),  temir  etishmovchiligi  anemiyasi,  raxitni  profilaktikasi,  massaj,  gimnastika 
olib borish muhim. 
YTCHlar  yiringli  septik  kasalliklarining  oldini  olish  homilador  ayollarda 
(asosan siydik yo‘llari va jinsiy a`zolar sferasi), surunkali yallig‘lanish o‘choqlari, 
bakterial  vaginoz  o‘choqlarini  aniqlash  va  sanatsiya  qilish,  o‘tkir  infeksiyadan 
alohidalantirish,  ayollar  maslahatxonasida  kuzatish,  homiladorlikning  yaxshi 
kechishi uchun sharoit yaratish, buzilishlarni korrektsiya qilish, muddatiga yetmay 
tug‘ilishdan ogohlantirish ishlarini olib borish. 
Tug‘ruq  uyi  va  YTCH  patologiyasi  bo‘limlarida  xodimlar  orasida 
epidemiyaga  qarshi  chora  tadbirlar,  yiringli  septik  kasalliklarning  profilaktikasi 
uchun  muhim  sharoitlar  yaratish  ishlarini  olib  borish,  eng  asosiy  ahamiyatlisi 
hamshira va vrach qo‘lini bola bilan kontaktgacha va undan keyin antiseptik suyuq 
sovun  bilan  yuvish.  Qo‘lni  yuvishdan  oldin  xalat  engini  tirsakkacha  ko‘tarib  soat 
va taqinchoqlarini echib qo‘yilishi kerak. Barcha olib boriladigan muolajalar, qon 
olish,  vena  ichiga  dorilar  yuborish,  vena  ichi  kateterlarini  to‘g‘ri  quyilganligi, 
boshqa  muolajalar  bir  martalik  steril  qo‘lqoplarda  bajarilishi  shart.  Bir  martalik 
nina, shiprts, so‘rg‘ichlardan foydalanish kerak. Diagnostik apparaturalar ham toza 
saqlanishi kerak.  
Tug‘ilgandan keyin yarim soat ichida ona ko‘kragiga bolani qo‘yish yiringli 
septik  kasalliklarning  chastotasini  kamaytiradi.  Tug‘ilgandan  keyin  teri  va  shilliq 
qavatlar,  ichaklarda,  nafas  yo‘llarida  mikroorganizmlarning  to‘xtovsiz  ko‘payishi 
boshlanadi.  Bu  mikroorganizmlar  onadan  o‘tgan  bo‘ladi.  SHuning  uchun  ona  va 
bolani tug‘ruq ustida birga bo‘lishi muhim. Ona umumiy yo‘lga qo‘yilgan tozalik 
qoidalarni  bilishi,  unga  rioya  qilishi  hamshira  esa  buni  har  doim  kuzatib  borishi, 
bolani to‘g‘ri ovqatlantirish qoidalarini o‘rgatishi kerak.  
   
  

 
246 
8 –BOB. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR HOMILA ICHI 
INFEKSIYALARI HKK (R35) 
 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlari  homila  ichi  infeksiyalari    bu  –  homila  ichida, 
tug‘ruq vaqtida va erta neonatal davrda infeksiya bilan zararlanishi natijasida kelib 
chiqadi. 
Homila ichi infeksiyalar – bolalar va onalar o‘rtasida kasallanish va o‘limning 
etakchi  sabablaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  ular  katta  ijtimoiy  va 
iqtisodiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Ko‘pchilik  hollarda  homila  ichi  infeksiya  (HII) 
tashhisi  juda  kech  aniqlanadi.  Ba`zi  HII  diagnostikasi  va  aniqlanishi  faqat 
postmortal o‘limdan so‘ng o‘tkaziladi. 
Nisbatan  yaqin  davrlardan  boshlab  immunologik  diagnostik  usullari 
rivojlanishi  bilan  tsitomegamiya,  gerpes  va  OIV  –  infeksiyasi,  xlamidioz, 
mikoplazmoz  singari  infeksiyalarni  aniqlash  imkoniyati  paydo  bo‘ldi.  Anaerob 
o‘stirish  texnikasining  mukammallashtirlishi  10  –  26  %  hollarda  amnion 
bo‘shlig‘idagi  yallig‘lanish  jarayoniga  aerob  mikrorganizmlar  bilan  bir  qatorda 
spora  hosil  qilmaydigan  anaerob  bakteriyalar  sabab  bo‘lishini  aniqlashga  imkon 
berdi. 
HII  tarqalganligi  epidemiologik  sharoitga  va  homilador  ayollar  o‘rtasida 
immun  tanqis  qatlam  borligiga  bog‘liq.  Umuman  olganda,  tug‘ma  infeksiyalar 
transplatsentar  o‘tishi  2,0  –  2,5  %  ga  etdi,  bu  infeksiyalarning  ko‘pchiligi  klinik 
belgilarsiz  kechadi.  Og‘ir  klinik  kechish  holatlari  1:  5000  –  1:  10000  nisbatda  
tug‘ruqlarda uchraydi. 
 
Homila ichi infeksiyalarining etiologiyasi 
va patogenezi 
 
Perinatal  infeksiyalarning  etiologik  omillari  turli  –  tuman  patogen  hamda 
shartli  patogen  mikroorganizmlar  bo‘lishi  mumkin.  Turi  nuqtai  nazaridan  bu 
mikroorganizmlar gemofil va ko‘k yiringli tayoqchalar, klebsiellalar, V guruhidagi 

 
247 
streptokokklar,  koagulazomanfiy  stafilokokklar,  enterkokklar,  bakteroidlar, 
fuzobakteriyalar,  peptokokklar,  peptosreptokokklar,  gardnerellar,  achitqisimon 
zamburug‘lar  va  boshqalar  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Biroq  homila  ichi  infeksiyalari 
rivojlanishida turli mikroorganizmlarning ta`sir darajasi bir xil emas. 
Ko‘pincha  chaqaloqlarning  infitsirlanishi  tug‘ruq  vaqtida  yuzaga  keladi. 
Kasallanish  darajasi  bakterial  vaginoz  va  onaning  jinsiy  yo‘llaridagi  
infeksiyalarida  keskin  oshadi.  Bu  kasalliklar  natijasida  onada  HII  bilan  tirik 
tug‘ilgan  bolalar    soni  10%  gacha  etadi.  Jinsiy  yo‘l  bilan  o‘tadigan 
mikroorganizmlar  orasida  turli  sinflarning  vakillari  (gonokokklar,  xlamidiyalar, 
treponemalar,  V  guruhidagi  streptokokklar,  xelikobakterlar);  viruslar  (  1  va  2 
turdagi  gerpes  viruslari,  Sitomegalovirus,  V  gepatiti,  OIV  virusi),  zamburug‘lar 
(kandidalar); oddiy mikroblar (trixomondalar) bo‘ladi. Jinsiy yo‘l bilan  o‘tadigan 
infeksiyalar  homiladorlarning  10  –  15  %  ida  vaqtidan  ilgari  tug‘ishiga  sabab 
bo‘lishini eslatib o‘tish lozim. 
Perinatal  infeksiyalarning  rivojlanishi,  homilador  ayol  immunologik 
statusining  holati    bilan  bog‘liq.  Ma`lumki,  gestatsion  davr  mobaynida  fiziologik 
immun  tanqislik  paydo  bo‘ladi.  Ana  shu  fonda  bolada  ham,  homilada  ham  va 
chaqaloqda infeksion – yallig‘lanish  kasalliklarining paydo bo‘lish xavfi oshadi. 
Me`yorda  amniotik  suyuqlik  steril  bo‘ladi.  Homila    pardalari  butunligi 
buzilganda aminion bo‘shlig‘ining infeksiyalanish darajasi oshadi. 
Homila 
ichi 
infeksiyalari 
patogenezida 
homila 
oldi 
suvlari 
infeksiyalanishining bir necha asosiy yo‘llari farqlanadi: 
1) qin va bachadon bo‘yinchasidan yuqoriga ko‘tariladigan infeksiya; 
2) qon oqimi bilan transplatsentar; 
3) bachadon naychalari orqali qorin bo‘shlig‘idan infeksiya tushishi; 
4) bevosita bachadon devoridan tushishi. 
 

 
248 
 
 
Rasm - 15. Homila infitsirlanishining asosiy yo‘llari. 
 
Qo‘zg‘atuvchilarning  har  bir  o‘tish  yo‘llaridan  amniotik  suyuqlikka  kirish 
masalasida to‘liq aniqlik hozircha yo‘q. Amnion bo‘shlig‘ining ishg‘ol qilinishida 
mikroorganizmlarning  qindan,  ayniqsa  bakterial  vaginozdan  yuqoriga  ko‘tarilib 
tarqalishi sabab bo‘ladi, degan fikr ustunlik qilib kelmoqda. 
Yuqoriga  ko‘tariluvchi  infeksiya  jarayonining  I  bosqichi  –  qin  va  tservikal 
kanalda  mikroorganizmlarning  jadal  o‘sishidir.  Keyin,  bachadon  bo‘shlig‘iga 
tushib,  ular  detsidual  pardaning  bazal  qavatida  kaloniyalanadi.  (II  bosqich).  Bu 
holda  mikroorganizmlar  homila  tomirlariga  yoki  amnion  bo‘shlig‘iga  tushib 
xoriovaskulit  rivojlanishi  mumkin,  bu  bakterial  amnionit  paydo  bo‘lishiga  imkon 
beradi.  (III  bosqich).  Mikroorganizmlar  amnion  bo‘shlig‘iga  tushib,  homilaning 
infeksiyalanishiga olib keladi. (IV bosqich). 

 
249 
Homila 
oldi 
suvlaridagi 
mikroorganizmlar 
persistentsiyasi 
ulardan 
ko‘pchiligining  mazkur  substrat  bakteritsid  xossalarini  buzish  xossalariga  egaligi 
bilan  erishiladi.  Amnion  bo‘shlig‘iga  kirgandan  so‘ng  qo‘zg‘atuvchilar  amalda 
hech qanday to‘siqsiz infeksiya o‘chog‘ini shakllantiradi. Amnion ichida infeksiya 
rivojlanishining ba`zi bir xususiy mexanizmlari ma`lum. Homila  oldi suyuqligiga 
tushgan  mikroorganizmlar  antibakterial  tizimlarni  faolsizlantiradi  (inaktivatsiya). 
Bakterial 
xemotaksinlar 
kindik 
tomirlaridan 
qondan 
neytrofillarni 
va 
pilakchalararo  qondan  xorion  plastinka  orqali  homila  oldi  suvlariga  “migratsiya” 
qiladi.  Homila  oldi  suvlarida  mavjud  bo‘lgan  neytrofillar  va  bakteriyalar 
fosfolipaza  ajratib,  fermentativ  jarayon  natijasida  u  amnion  hujayralaridan 
aroxidon  kislota  hosil  qilib,  keyin  protoglandinlarga:  E2  (bachadon  bo‘yinchasini 
kengaytiradigan) va F2α (bachadon qisqarishini induktsiyalaydigan) ga aylantiradi. 
Etiologiyasiga ko‘ra homila ichi infeksiyalarining tasnifi: 
 Homila ichi infeksiyalari, infitsirlangan yoki biror-bir infeksiya bilan kasallangan 
onadan infeksiyaning homilaga o‘tishi natijasida rovojlanadigan kasalliklar guruhi. 
Bu  guruh  kasalliklari  epidemiologik  jihatdan  o‘xshash,  lekin  klinik  simptomlari 
turlicha bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar tomonidan yuzaga keladi. 
1. Bakterial 
 
Streptokokk; 
 
Stafilakokk; 
 
Listerioz; 
 
Sil; 
 
Zaxm; 
2. Viruslar 
 
Qizilcha; 
 
Suvchechak; 
 
Sitomegalovirus infeksiyasi; 
 
Enterovirus infeksiyasi; 
3. Parazitar 
 
Toksoplazmoz;  

 
250 
 
Mikoplazmoz; 
XII  o‘tkir,  subklinik  nospetsifik  simptomatika  bilan,  shuningdek  latent 
kechishi  mumkin.  SHu  sababli  ularni  aniqlash  muayyan  qiyinchilik  keltirib 
chiqaradi. 
Homila  ichi  infeksiyalarining  klinik  yaqqol  yuzaga  chiqqan  shakllari  o‘z 
vaqtidagi  tug‘ruqlarda  0,5  –  1  %  ni  tashkil  qiladi,  vaqtidan  oldin  yuz  bergan 
tug‘ruqlarda  3,5  –  16%  gacha  ko‘payadi.  Amnion  bo‘shlig‘i  ichidagi 
infeksiyalarning klinik belgilariga qator nospetsifik belgilar: homilador ayolda tana 
haroratining  ko‘tarilishi,  unda  yoki  homilada  taxikardiya,  bachadonda  og‘riq, 
qindan  yoqimsiz  hidli  ajralma  ajralishi  kiradi.  Aksariyat  amnion  suyuqligining 
infeksiyalanishi  homila  oldi  suvlarining  vaqtidan  oldin  ketishi  yoki  tug‘ruqning 
vaqtidan  ilgari  boshlanishida  namoyon  bo‘ladi.  Amnion  suyuqligida  grammanfiy 
bakteriyalarning  yig‘ilishi  yo‘ldosh  vorsinalari  shishini  keltirib  chiqaradi,  bu 
homilaning intranatal gipoksiyasini avj olishiga sabab bo‘ladi. 
Homilada  infeksion  jarayonning  harakteri  va  og‘irligi  infeksiya  tushgan 
davrda homila ichi rivojlanish bosqichi bilan belgilanadi. embrion taraqqiyotining 
dastlabki 3 oyida a`zo va tizimlarning shakllanish va diffirentsirovka jarayonining 
buzilishi  mumkin,  bu  tug‘ma  nuqsonlarning  rivojlanishiga  olib  keladi.  HII  fetal 
davrida  qon  aylanishining  buzilishi,  distrofik  va  nekrobiotik  jarayonlarning  avj 
olishiga va gidronefroz, gidrotsefaliya va boshqa buzilishlar ko‘rinishida kechadi. 
Infeksiya tushgan paytda homilaning yetukligi nechog‘lik kam bo‘lsa, yallig‘lanish 
jarayoni  shunchalik  tez  avj  olib  ketadi.  Tug‘ruq  vaqtida  infeksiya  tushganda 
infeksion jarayonning rivojlanishi va og‘ir-engil kechishi kolonizatsiya intensivligi 
va homilaning yetuklik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  kasallik  belgilarining  namoyon  bo‘lishi 
infeksion  jarayonning  bosqichiga  bog‘liq.  CHaqaloqlarda  kasallik  sust  kechishi 
mumkin  yoki  uning  oqibatlari  ko‘rinishida  namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Bunda  
patalogik  belgilar,  odatda  MNS,  jigar,  buyraklarning  zararlanishi  bilan  bog‘liq. 
Infeksion    jarayonning  o‘tkir  bosqichida  homila  intranatal  nobud  bo‘lishi,  Yangi 
tug‘ilgan  chaqaloq  esa  asfiksiya  holatida,  o‘pka,  MNS,  jigar,  yurak  zararlangan 

 
251 
holda tug‘ilishi mumkin. Agarda, bola infeksion jarayonning  inkubatsion davrida 
tug‘ilsa,  klinik  belgilari  bir  necha  soatlar,  kunlar  va  oylardan  so‘ng  namoyon 
bo‘lishi mumkin. 
Klinikasi. 
Yangi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlarda 
ko‘pgina 
homila 
ichi 
infeksiyalarining klinik belgilari nospetsifik va yaqqol emas. 
Turli xil homila ichi infeksiyalarining umumiy belgilari: 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  quyidagi  klinik  belgilar  bo‘lishi  mumkin: 
umumiy  belgilar  –  ishtahaning  pasayishi,  tana  vaznining  oshishining  orqada 
qolishi,  gipotrofiya,  lanjlik,  sklerema,  teri  rangparligi  yoki  sariqlik,  purpura; 
respirator  buzilishlar  –  taxipnoe  yoki  nafas  siqilishi,  apnoe,  tsianoz,  nafas  aktida 
qo‘shimcha  mushaklarning  ishtiroki;  me`da-ichak  simptomatikasi  –  qusish,  qayt 
qilish,  qorin  cho‘zilishi,  diareya,  qorin    old  devori  pastozligi,  jigar  taloq 
kattalashishi. 
Kardiovaskulyar 
buzilishlar 
–  taxikardiya,  yurak  tonlari 
bo‘g‘iqlashishi,  nisbiy  yurak  chegarasining  to‘mtoqligi,  oyoq-qo‘llar  sovqotishi, 
yopishqoq  terlash,  teri  osti  kletchatkasi  turgori  pasayishi,  shishlar,  pastozlik, 
arterial gipotenziya va b. MNS zararlanishi belgilari – talvasalar, apatiya sindromi 
turlari,  katta  liqildoq  bo‘rtib  chiqishi  va  yuqori  chastotali  yig‘lash, 
giperko‘zg‘aluvchanlik,  mushak  gipotoniyasi;  gematologik  siljishlar  –  anemiya, 
sariqlik, qon oquvchanlik, trombotsitopeniya, splenomegaliya va b. 
Turli  hil  infeksion  kasalliklarning  klinik  ko‘rinishlari  infeksiyaning 
etiologiyasiga  va  u  yoki  bu  a`zoning  ko‘proq  zararlanishiga  bog‘liq  holda 
o‘zgaradi. Infeksiyalangan homila oldi suvlarini yutib yuborilishi va aspiratsiyasi 
fetal  pnevmoniya,  gastroenterit,  meningit  yoki  septitsemiya  avj  olishiga  olib 
keladi. 
Infeksiyalangan  muhit  bilan  bevosita  muloqotda  bo‘lish  chegaralangan 
yallig‘lanish:  kon`yunktivit,  omfalit  va  boshqalarni  keltirib  chiqarishi  mumkin. 
Virus  bo‘lmagan  mikroorganizmlar  tomonidan  qo‘zg‘atiladigan  ba`zi  bir  prenatal 
zararlanishlar 26  jadvalda keltirilgan. 
   
         26-jadval. 

 
252 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin