O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix12.03.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#10953
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

Davolash. Onada o‘tkir infeksion jaryon klinikasi bo‘lmaganda bolalarni ona suti 
bilan  ovqatlantirish  lozim.  Garchi  hozirgi  vaqtda  ona  suti  bilan  Sitomegalovirus 
ajratmayotganligiga ishonch hosil qilinishi g‘oyat muhim sanaladi.  
HII  da  spetsifik  davo  (24  –  jadvalga    qarang)  nozologik  tashxis  qo‘yilgandan 
keyingina  boshlanishi  mumkin,  u  odatda  immunologik  va  yoki  mikrobiologik 
tekshiruvlarda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Profilaktikasi.  Ko‘pchilik  HII  lar  jinsiy  yo‘l  bilan  o‘tadigan  qo‘zg‘atuvchilardan 
paydo  bo‘ladi,  shunga  ko‘ra  aholini  tibbiy  va  axloqiy  savodxon  qilish,  tasodifiy 
jinsiy  aloqalarni  istisno  qiladigan  hayot  tarzi-  HIIning  oldini  olishda  juda 
muhimdir.  Tug‘ma  qizilchaning  oldini  olish  tegishlicha  emlash  hisoblanadi. 
Rossiyada homilador ayollarni hisobga olishda va keyingi homiladorlik davrlarida 
zahm,  toksoplazmoz,  V  gepatiti  va  OIV  infeksiyasi,  qator  regionlarda  esa 
xlamidiyalar, mikoplazmoz vaginal infeksiyalarga tekshiriladi. 
                                                  
Bakterial amnionit (B.A.) 
BAning klinik jihatdan yaqqol shakllari o‘z vaqtidagi tug‘ruqlarda 0,5 – 1 % 
ni tashkil etadi va vaqtidan ilgari  tug‘ruqlarda 16 % gacha ko‘payadi. 
BA  etiologiyasi  shartli  –  patogen  guruhidagi  har  xil  mikroorganizmlardan 
iborat.  Turi  jihatidan  V  guruhidagi  streptokokklar,  enterokokklar,  spora  hosil 
qilmaydigan anaeroblar, zamburug‘lar ahamiyatlidir. Amnion suyuqlikka infeksiya 
tushishi  homila  intranatal  gipoksiyasi  rivojlanishiga,  amnion  suyuqligining 
vaqtidan  ilgari  ketishiga  va  homiladorlikning  to‘xtatishiga,  tug‘ruqdan  keyingi 
davrdagi infeksion yallig‘lanish asoratlariga olib keladi. Infeksiya tushgan homila 

 
279 
oldi  suvlarini  yutish  va  aspiratsiya  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqda  pnevmoniya, 
gastroenterit,  laringit  yoki  septitsemiya  avj  olishiga  olib  keladi.  Infeksion  muhit 
bilan  bevosita  muloqotda  bo‘lish  cheklangan  yallig‘lanish:  otit,  kon`yuktivit, 
omfalit chaqirishi mumkin. 
Amnion  bo‘shlig‘ida  infeksion  jarayon  o‘tkir,  subklinik  nospetsifik 
simptomatika  bilan,  shunigdek  latent  kechishi  mumkin.  Amnion    ichidagi 
infeksiyani topish usullari anamnestik, klinik va laborator ma`lumotlar yig‘indisiga 
asoslanadi. 
 
       Bakterial vaginoz (BV) 
Baktrial 
vaginoz 
homiladorlikda 
qin 
mikroekologiyasi 
dastlabki 
buzilishlarining eng ko‘p uchraydigan shakli hisoblanadi. Homiladorlarda mazkur 
patologiyaning  uchrashi  27  –  35  %  ni  tashkil  qiladi.  Mikrobiologik  nuqtai 
nazarlardan BV ni yallig‘lanmaydigan infeksion sindrom sifatida qarash lozim, bu 
obligat  anaerob  mikroorganizmlarning  yuqori  darajasi  va  laktobatsilalar 
miqdorining  keskin  pasayishi  va  yoki  ularning  qin  suyuqligida  bo‘lmasligi  bilan 
harakterlanadi. Bakterial vaginozda bakteriyalar miqdori 3,4 tartibga ko‘payadi va 
10
9  – 
11
11 
  KOE/ml  ga  etadi.  Homiladorlikda  BV  homiladorlikning  oxiriga 
etmasligiga,  homila  oldi  suvlarining  vaqtidan  ilgari  ketishi,  vazni  kam  bolalar 
tug‘ilishi,  homilaning  ichi  infeksiyalanishi,  tug‘ruqdan  keyingi  davrda  yiringli 
yallig‘lanish asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.  
 
   
Kandidoz 
Vul’vovaginal  kandidoz  Candida  albicans,  shuningdek  Candida  Torulopsis 
ning boshqa turlari va boshqa achitqisimon zamburug‘ tomonidan qo‘zg‘atiladi. 
Kasallik simptomlariga: vul’va sohasidagi qichishish, qin va vul’va sohasidagi 
eritema, achishish bilan kechadi, oq rangli suzmasimon ajralmalar ajraladi. 
Homila  rivojlanish  davrida  homilaning  zamburug‘lar  bilan  infeksiyalanishi 
kamdan  –  kam  uchraydi,  vaholanki  achitqisimon  zamburug‘lar  homiladorlarning 
70  –  80  %  ida  uchraydi.  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  bosh  miyaning 

 
280 
zamburug‘lardan  zararlanish  hollari  tasvirlangan,  bunda  spetsifik  nekrotik 
produktiv  yallig‘lanish  bilan  birga  psevdomitseliy  ipchalari  va  zamburug‘larning 
sporalari  aniqlangan.  Homilaga  infeksiya  tushganda  va  unda  tarqalgan  kandidoz 
infeksiya  rivojlanganda,  odatda  homiladorlikning  vaqtidan  oldin  to‘xtatilishi 
kuzatiladi. 
 
Jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan qin infeksiyalari 
Mikoplazmali infeksiya 
Genital    yo‘lning     shartli   patogen    mikroorganizmlariga    taalluqli M. 
genitalis  va  U.  Urealyticum  ning  etiologik  ahamiyati  bor.  U.  urealyticum  ning 
ajralish soni (chastotasi) 50 – 75 %, M. hominis – 20 – 25%. Homiladorlik davrida 
mikoplazmalarning  unib  chiqishi  1,5  –  2  martaga  ko‘payadi,  bu  mikrobiotsenoz 
harakterining  o‘zgarishi  bilan  izohlanadi.  Mikoplazmalarning  patogenlik 
omillariga har xil hujayralarga (epiteliy, leykotsitlar, spermatozoidlarga) yopishib, 
toksik  va  destruktiv  ta`sir  ko‘rsatishi  va  juda  harakatchanligini  qayd  etadilar. 
Infeksiya 
tushishi 
homiladorlarda 
asoratlar 
rivojlanishiga 
olib 
keladi. 
Homiladorlikning  uzilib  qolishi,  ko‘p  suvlilik,  homila  oldi  suvlarining  vaqtidan 
oldin  ketishi,  xorioamnionit,  homila  rivojlanishining  kechikishi  shular  qatoriga 
kiradi.  Homilaga  infeksiya  yuqishi  soni  3  –  20  %  ni  tashkil  etadi.  Infeksiya 
ko‘pincha yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l orqali  yuqadi. 
Mikoplazmalar ko‘z, nafas yo‘llari, me`da – ichak yo‘li va homilaning jinsiy 
a`zolarining shilliq pardalariga tushib, epiteliy kriptalarida jadal ko‘payadi. Yangi 
tug‘ilgan  chaqaloqlarda  infeksiya  pnevmoniya,  meningit,  kon`yunktivit,  teri  osti 
abstsesslari  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi.  Mikoplazmali  pnevmoniya  odatda 
interstitsial tabiatga ega. Pnevmoniya mikoplazmali meningit va meningoentsefalit 
bilan birga kuzatilishi mumkin. 
Tashxis  qo‘zg‘atuvchini  mikrobiologik,  serologik  usullar,  bevosita  va 
bilvosita  immunoflyurestsentsiya,  immunoferment  analiz,  polimeraz  zanjirli 
reaksiya va DNK diagnostikasi yordamida identifikatsiya qilishga asoslangan. 

 
281 
Homila  ichi  mikoplazmozining  klinik  tashxisini  tasdiqlash  maqsadida 
yo‘ldosh va homila pardalarini gistologik tekshirish katta ahamiyatga ega, bu usul 
infeksion  jarayon  uchun  xos  yallig‘lanish  degenerativ  o‘zgarishlarni  aniqlab 
beradi. 
Homila  infeksiyalanishining  oldini  olish  maqsadida,  anamnezida  bola 
tashlash,  surunkali  adneksit,  vaqtidan  ilgari  tug‘ruqlar,  pielonefrit  bo‘lgan 
homilador ayollarda tekshirish o‘tkazilishi shart.  
 
Xlamidioz 
Kasallik  qo‘zg‘atuvchisi  –  Chlamidia  trachomatis  (D  dan  K  gacha  serotipi). 
Jinsiy aloqada yuqadi. Homilaning xlamidiyalar bilan  infeksiyalanishi antenatal va 
intranatal  davrda,  homila  oldi  suvlari  bilan  asperatsiya  natijasida  ro‘y  beradi. 
Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqqa  infeksiya  onadan  (jinsiy  yo‘llaridan  tug‘ilayotganida) 
yuqadi.  Homiladorlarda  xlamidiyaning  uchrash  soni  10  dan  40%  gacha  o‘zgarib 
turadi. 
Homilalikning  kechishi  homiladorlikning  uzilish  xavfi,  ilk  muddatlarda 
spontan  abortlar,  rivojlanmayotgan  homiladorlik,  vaqtidan  ilgari  yuz  berayotgan 
tug‘ruqlar, yo‘ldosh shakllanish nuqsonlari, homila pardalarining bevaqt yirtilishi, 
tug‘ruq  faoliyatining  kuchsizligi,  homila  ichi  gipoksiyasi  bilan  tavsiflanadi. 19  % 
infeksiya  tushgan  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  kon`yunktivit  va  16  %  ida 
pnevmoniya rivojlanadi. 
 
Trixomonoz 
Qo‘zg‘atuvchisi  –  Trichomonas  vaginalis  kasallik  asosan  jinsiy  yo‘l  bilan 
yuqadi. Homiladorlik davrida infeksiya tushishi homiladorlikning uzilib qolishiga, 
homila  pardalarining  vaqtidan  ilgari  yirtilishiga,  homila  va  Yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqning intranatal infeksiyalanishiga olib keladi. 
Homiladorlikda o‘ziga hos belgilar jinsiy  yo‘llardan sarg‘ish rangli yoqimsiz 
hidli  ko‘piksimon  ajralmalar  kelishi,  vul’va  sohasida  qichishi,  achishish,  dizuriya 
xos. 

 
282 
Tashxisi qin chayindisi, qindagi ajralma, tservikal kanal va uretra surtmalarini 
mikroskopiya  qilish  asosida  qo‘yiladi  (metilen    ko‘ki  bilan  bo‘yash).  Surunkali 
kechishida immunoferment analizining ahamiyati katta. 
 
So‘zak 
Kasallikning  qo‘zgatuvchilari  Neisseria  gonorhorae  –  aerob    grammanfiy 
diplokoklar hisoblanadi. 
Kasallik  belgilari:  qindan  badbuy  hidli  shilliq-yiringli  ajralma  ajraladi. 
Homiladorlik  davrida  infeksiya  tushishi  homiladorlikning  vaqtidan  ilgari 
to‘xtashiga,  homila  pardalarining  barvaqt  yirtilishiga,  homilaga  infeksiya 
yuqishiga olib keladi. Homila tug‘ruq vaqtida yoki infitsirlangan amnion suyuqligi 
orqali zararlanadi; blennoreya, vul’vovaginit, anus va yutqun sohasida yallig‘lanish 
jarayonlari bilan yuzaga chikadi. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun mikroskopik va 
kul’tural usullardan foydalaniladi. 
 
 Homiladorlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda OIV infeksiyasi 
 
OITS – orttirilgan immun tanqislik sindromi, odam immun tanqisligi virusi – 
OIV  keltirib  chiqargan  kasallik.  Bu  kasallikni  OIV  –  infeksiya    deb  atalishi 
to‘g‘riroq  hisoblanadi,  OITS  esa  uning  oxirgi  bosqichi  hisoblanadi.  Bugungi  
kunda  bu  kasallikning  radikal  patogenetik  davosi  yo‘qligi  sababli,  OIV  – 
infeksiyasi    OITS  bilan  kasallanishga  va  o‘limga  olib  keladi.  Kasallikning  oldini 
olish chora tadbirlari doimo takomillashib borayotganligi, davolash usullari OIV – 
infeksiyalangan   bemorlar hayot sifatini  va  umr  davomiyligini jiddiy  o‘zgartiradi. 
SHunga  qaramay,  OITS  o‘limga  giriftor  qiladigan,  tuzalmaydigan  kasallik 
hisoblanadi.  
 
OITSning epidemiologiyasi 

 
283 
OITS  klinik  belgilari  birinchi  marta  1981  yilda  tasvirlangan,  kasallikni 
qo‘zg‘atuvchisi  1983  yilda  topilgan,  1985  yilga  kelib,  virusni  qonda  aniqlash 
usullari ishlab chiqilgan. 
VICH-infeksiyaga diqqat e`tiborining oshishi mazkur kasallikning o‘lim bilan 
yakunlanishi va jahonda tez sur`atlar bilan tarqalayotganligiga bog‘liq. Agar 1988 
yilda dunyoning 135 mamlakatida 120 ming OITS hollari ruyxatga olingan bo‘lsa, 
1996 yilga kelib kasallik yuqqan kishilar 22,5 mln ga etdi. SHuning uchun ham bu 
kasallikni  «20  asr  vabosi»  deb  ataladi.  1999  yil  oxiriga  kelib,  OIV  –  infeksiyali  
kishilar soni 33,6 mln ga etdi. SPID dan 1981 yildan boshlab  qariyb 50 mln. kishi 
vafot  etdi.  Yil  sayin  jahonda  SPID  dan  7  million  bemor  hayotdan  ko‘z  yumadi. 
VICH-infeksiya  pandemiyasi  global  miqyosdagi  ijtimoiy-siyosiy  muammo 
hisoblanadi va o‘z oqibatlariga ko‘ra uni qurbonlar soni bo‘yicha ham, etkazilgan 
iqtisodiy zarar bo‘yicha ham ikkita jahon urushlari bilan taqqoslash mumkin. 
Rossiyada  birinchi  OIV  –  infeksiyasi    bilan  zararlanish  hodisasi  1987  yilda 
Moskvada  ro‘yxatga  olingan.  RF  da  VICH-infeksiyaning  o‘sish  sur`atlari 
dunyodagidan  4  marta  past,  biroq  1999  yildan  boshlab  kasallanishning  o‘sishi 
ko‘chkisimon  tus  olgan.  Jahonda  OIV  –  infeksiya  bilan  kasallanishning  60%i 
jinsiy  yl  bilan  yuqadi,  parenteral  yuqish  yo‘li  asosan  giyohvandlar  orasida  faqat 
10%  ni  tashkil  qiladi.  Rossiyada  hozircha  parenteral  yuqish  yo‘li  (giyohvandlar) 
ustunlik qiladi – 85%. 
 
Etiologiyasi va patogenezi 
Odam immun tanqisligi virusi retroviruslar sinfiga kiradi. Virus xo‘jayinning 
faqat tirik hujayralarida reproduktsiyalanadi, ularga qonda bo‘ladigan odam immun 
sistemasining muayyan hujayralari, birinchi   galda CD4 T – limfotsitlar (ularning 
eski nomi T4 yoki T-xelperlar) kiradi. 
Virus  hujayraga  yopishib,  uning  ichkarisiga  kiradi  va  ko‘paya  boshlaydi.  Bu 
jarayon  virus  replikatsiyasi  deyiladi.  Virus  replikatsiyasining  birinchi  bosqichi 
virusning  fermenti  ta`siriga – teskari transkriptazaga  bog‘lik, bu unga  o‘z genetik 
axborotini  xo‘jayin  hujayrasi  genetik  kodiga  integratsiya  qilishi  xususiyati  orqali, 

 
284 
nusxa  hosil  qilishiga  imkon  beradi.  Proteaza  deb  ataladigan    ferment  virusga 
xo‘jayin  organizmining  Yangi  hujayralariga  yuqtirilishi  mumkin  bo‘lgan  Yangi 
virus nusxalarini hosil qilishi uchun zarur. Odamning infeksiyalangan hujayrasi har 
biri bo‘linishda Yangi virus nusxasini hosil qiladi. OIV hujayraning tashqi pardasi 
oqsillarining  genetik  strukturasini  o‘zgartirish  va  xo‘jayin  immun  sistemasini 
aniqlashdan saqlash qobiliyatiga ega. 
OIV uzoq vaqtgacha kasallikning biror-bir belgilarisiz kechishi mumkin (OIV 
–  infeksiyasining  latent  bosqichi).  So‘ngra  genetik  hujayraning  materiali 
faollashadi  va  Yangi  virus  ishlab  chiqara  boshlaydi,  bu  muayyan  sharoitlarda 
xo‘jayin  hujayrasidan  ozod  bo‘ladi  va  boshqa  hujayralarni  zararlaydi.  Bunday 
shartlardan 
biri 
immun 
tizimi 
birlamchi 
zararlangan 
hujayralarning 
proliferatsiyasini faollashtiruvchi immun javob stimulyatsiyasi hisoblanadi. Immun  
tizim  faoliyatining  OIV  tomonidan    buzilishi  natijasida,  immun  javobda  asosiy 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  SD4  limfotsitlar  subpopulyatsiyasi  zaiflashadi.  Virus 
repreduktsiyasi  natijasida  zaralangan  T  –  limfotsitlar  o‘z  navbatida  emiriladi, 
ularning immun regulyatorlik funktsiyasining samaradorligi ham pasayadi, natijada 
immun  tanqislik  holati  yuz  beradi  –  odam  organizmi  uni  zararlantiradigan  har 
qanday,  jumladan  infeksiya  omillariga  himoyasiz  bo‘lib  qoladi  (OIV  – 
infeksiyasining  klinik  bosqichi  OITS  boshlanadi).  OIV-  infeksiyasi  T  – 
limfotsitlardan  tashqari,  V  –  limfotsitlarni,  makrofaglarni  va  nerv  hujayralarini 
ham  zararlaydi.  SHuning  uchun  OITS  bilan  kasallangan  bemorlarning  muayyan 
qismida xotiraning tobora avj olib boradigan pasayishi, dementsiya, entsefalitlar va 
meningitlar nevrologik simptomlari kuzatiladi. 
Odam  immunitetning  uchala  bosqichidan  –  limfotsitlar,  fagotsitoz 
(leyketsitlar)  va  limfa  tugunlari  (antitanalar  ishlab  chiqarishi)  –  OIV    birinchisini 
(kasallikning boshlanishidan) va oxirini (persistentsiyalovchi limfodenopatiya deb 
ataladigan bosqichini) zararlaydi. 
 
VICH turlari  

 
285 
Molekulyar  modellash  usuli  odam  immun  tanqisligi  viruslarining  umumiy 
ajdodi borligi va bundan kamida 30 yil muqaddam paydo bo‘lganligini isbotlagan. 
O‘zining odatdagi xujayini – yashil Afrika martishkalari hisoblanadi, bu maymun 
uchun  T  –  limfotrop  nopatogen  virus,  uning  provirusi,  o‘tmishdoshi  hisoblanadi. 
Virus  odamga  xayvon  uni  jarohatlaganida  tushgan  bo‘lsa  kerak,  deb  taxmin 
qilinadi.  Odam  organizmida  virus  qator  mutatsiyaga  uchrashi,  natijasida  uning 
oraliq  shakllari,  avvalo  OIV  –  2  virulent  tipi  bo‘lgan  (G‘arbiy  Afrikaning  Katar 
mamlakatlari  uchun  xos)  keyin  uning  1985  yilda  aniqlangan  eng  faol,  patogen 
varianti – HTLV-III (VICH – 1) topilgan. OIV – 1 SHimoliy Amerika va Ovrupa 
mamlakatlari jumladan Rossiya aholisi orasida eng kup tarqalgan. 
Tuzilishi  bir  xil,  ta`rifi  (harakteriskasi)  o‘xshash  biroq  genetik  kodi  har  xil 
OIV  kenja  turlarining  17  varianti  (yoki  subviruslar)  farq  qilinadi.  OITS  klinik 
ko‘rinishining  turli  –  tumanligi  ko‘p  jihatdan  OIV  –  1  kenja  turlarining  turli  – 
tumanligiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda 50% hollarda S kenja turi topildi. E subvirusi 
klinik  jihatdan  o‘ta  og‘ir  hisoblanadi;  uning  darajasi  jahonda  tobora  oshib 
borayapti.  VICH  virus  turlari  va  kenja  turlaridagi  tavofutlarga  qaramay,  ular 
qo‘zg‘atadigan kasallikning klinik ko‘rinishi o‘xshash tusga ega. 
OIV virusini odam qoni, so‘lagi, spermasi va qin sekreti, shuningdek siydigi, 
axlati  va  ko‘z  yoshidan  ajratib  olishga  muvaffaq  bo‘lindi.  Yangi  tug‘ilgan 
chaqkaloqlarda  nafas  yo‘llari  va  me`da  –  ichak  yo‘lidan  topiladi.  VICH  asosan 
makrofaglarda,  qon  limfotsitlarda,  monotsitlarda,  sperma  va  qin  ajralmalarida 
yig‘iladi deb taxmin qilinadi. Jinsiy yo‘l bilan yuqish xavfi hayz ko‘rish vaqtidagi 
jinsiy muloqotdi kuchayada. Ayni paytda virus maishiy yo‘l (ter, siydik axlat, ko‘z 
yoshlari  va  so‘lak)  bilan  o‘tmaydi  deb  hisoblanadi.  OIV  –  infeksiyali  bemorlar 
turmushda xavfsiz hisoblanadi, shuningdek hashorotlar chaqqanida, ovqat, suv, ich 
kiyimlaridan yuqish ehtimoli isbotlanmagan. 
Virus  shikastlanmagan  teri  va  shilliq  pardalar  orqali  o‘tmaydi.  endometriy 
to‘qimalari  (hayz  ko‘rish,  endometrit,  disfunksional  qon  ketishlar)  qin  (vaginit), 
bachadon bo‘yinchasi (endotservit, eroziya), to‘g‘ri ichki va uretra tukimalarining 
yallig‘lanishida,  organizmiga  OIV  –  yuqishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  OIV 

 
286 
infeksiyaning o‘tish yo‘llari 4 – jadvalda kursatilgan. Jinsiy   yo‘l bilan yuqadigan 
kasalliklar  bilan  OIV  –  infeksiya  o‘rtasida  chambarchas  aloqa  borligi  isbotlangan 
(5  –  jadval).  Jinsiy  a`zolarning  shankroid  va  zaxm  qo‘zg‘atgan  yaralar,  yashirin 
infeksiya    (ayniqsa  xlamidioz)  bilan  zararlanishi  natijasida,  epitelial  qatlamlar 
o‘tkazuvchanligi oshib ketadi va OIV ning to‘qimalarga kirib borish penetratsiya 
xavfi ham oshadi. 
OIV – infeksiyalangan sherik bilan prezervativ qo‘llash bilan bir yil davomida 
doimiy jinsiy aloqada bo‘lganda, yuqish ehtimoli 10 – 15% ni tashkil qiladi. 
29 - jadval-  
OIV yuqish yo‘llari 
Jinsiy  
Geteroseksual aloqa orqali (erkak – ayol) 
Vaginal, anal, oral seks (og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi zararlanganda) 
Gomoseksual aloqa orqali (erkak – erkak) 
       Anal seks 
 
Parenteral   
Qon va qon o‘rnini bosuvchi vositalarni quyish  
A`zolar va to‘qimalar donorligi 
Nosteril igna bilan in`ektsiya qilish  
Giyohvandlarning in`ektsiya ignalaridan takroriy foydalanishi. 
Tibbiyot xodimlariga operatsiya vaqtida terisini tasodifan 
shikastlantirganda ochiq jarohat orqali, birinchi yordam ko‘rsatishda 
infeksiya tushishi. 
 
Perinatal  
Transplatsentar  
Tug‘ruq  davrida (travmatik) 
 

 
287 
        Laktasion 
       Yangi tug‘ilgan chaqaloqni emizayotganda 
 
30 - jadval  
OIV  –  infeksiya  va  jinsiy  yo‘l  bilan  yuqadigan  kasalliklarning  birga 
uchrashi (JYYUK) (V.V. Pakrovskiy, 1996). 
 
OIV + So‘zak – 24% 
OIV + Trixomonoz – 40% 
OIV + Xlamidioz – 17% 
OIV + Gram (+) flora chaqirgan kasalliklar – 50%  
OIV + Gram (–)  flora chaqirgan kasalliklar – 50% 
OIV + Zamburug‘ infeksiyasi – 69% 
 
 
 
OIV – infeksiya diagnostikasi  
Hozirgi  vaqtda  diagnostikaning  asosiy  usuli  qon  zardobini  virusga  nisbatan 
antitanalar borligiga tekshirish. Tekshirish 2–bosqichda    o‘tkaziladi. 
1.  Immunoferment  skrining,  OIV  antitanalariga  qarshi  antitanalar  summar 
spektrini immunoferment usulda topishga  yo‘naltirilgan  (IFA – 50).  Birlamchi  va 
nazorat  skrininggi  farq  qilinadi.  Agar  uchta  tekshirishlardan  ikkitasida  musbat 
natija olingan bo‘lsa, 2 – ekspert (majburiy) bosqich o‘tkaziladi. 
2.  Immun  bloting  –  spetsidik  antitanalarni  OIV  –  ayrim  struktur  oqsillarga 
(parda  genlari,  virus  o‘zagi  (serdtsevina),  virus  fermentlari)  tekshirish.  Fakat 
ikkinchi  bosqich  musbat  natija  bergan  laboratoriya  tashxisi  –  OIV  –  infeksiya 
aniqlanishi mumkin. 

 
288 
OIV  –  infeksiya  laboratoriya  tashxis  aniqlangan  shaxslar  chuqur  klinik  – 
laborator tekshirish va kasallikning bosqichini oydinlashtirish uchun ixtisoslashgan 
statsionar tibbiy muassasasiga yuboriladi.  
Tekshirish  tugallangandan  so‘ng  uzil  –  kesil  klinik  tashxis  OIV  –  infeksiya 
(OITS)  aniq  bo‘ladi.  Tashxis  aniq  yozilgan  ma`lumotnoma  infeksiyani 
tarqatmaslik  uchun  javobgarligi  to‘g‘risida  tilxat  bilan  beriladi,  bemor  imzosi 
bo‘lgan  ikkinchi  nusxasi  kasallik  tarixiga  yopishtiriladi.  Tashxis  3  kishi  (bo‘lim 
boshlig‘i, davolovchi  vrach va  yana bitta vrach) ishtirokida  e`lon qilinadi.  Bemor 
ma`lumotnomani  olishdan  bosh  tortsa,  kasallik  tarixiga  uning  olinmagani  yozib 
qo‘yib  e`lon  kilinadi.  OIV  –  infeksiyani  tarqatgani  uchun  RF  jinoiy  kodeksiga 
binoan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan. 
 
OIV – infeksiyaga tekshirilishi zarur bo‘lgan shaxslar 
OIV bilan infeksiyalanganlar soni o‘sib borayotganiga qaramay, aholini virus 
tashuvchanlikka  yalpi  majburiy  tekshirish  bilan  qamrab  olinmagan.  Ko‘pchilik 
hollarda bu muolaja faqat ixtiyoriy harakatlarga ega. JSST qoidalariga binoan OIV 
ga  majburan  zo‘rlab  tekshirish  man  qilingan,  statsionarlarga  reja  asosida 
yuboriladigan,  sanatoriy  –  kurortda  davolashga,  psixonevrologik  internatlarga, 
qariyalar  uylariga  boradigan  bemorlarni  OIV  –  infeksiyaga  asossiz  tekshirishni 
talab qilish ta`qiqlanadi. Bunday shartlarda aniqlanmagan (yoki yashirilgan) OIV – 
infeksiyaning 
atrofdagi 
shaxslarga, 
davolash 
muassasalarining 
tibbiyot 
xodimlariga  o‘tish  xavfi  keskin  ortadi.  Ikkinchi  tomondan  har  kanday  shaxsni  uz 
ixtiyoriga ko‘ra yashirin (anonim) tekshirish mumkin. 
Quyidagi shaxslar majburiy tibbiyot tekshirishdan o‘tishlari kerak: 
1. Kasallik xavfi yoki OIV – infeksiya o‘tish xavfi oshgan guruh; 
a)  qon,  sperma,  to‘qimalar  va  a`zolarning  donorlari  (har  gal  donor  materiali 
olinayotganda); 
b)  ayrim,  avvalo  tibbiyot  kasbidagi,  OIV  yuqish  xavfi  yuqori  bo‘lgan  xodimlar  – 
gematologlar,  reanimatologlar,  ginekologlar,  xirurglar,  laborantlar  va  qon  quyish 

 
289 
stantsiyalarining  xodimlari  va  boshqalar.  (Ishga  qabul  qilishda  va  doimiy  tibbiy 
ko‘riklarda); 
v) homiladorlar (homiladorlikning har bir trimestri); 
g) xorijga uzoq muddatga (3 oydan ortiq) xizmat safariga boradigan shaxslar. 
         2.  OITS    bilan  kasallangan  bemorlardagi  klinik  belgilarga  o‘xshash 
holatlarda. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin