O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi


OIV – infeksiya klinikasi (bosqichlari)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix12.03.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#10953
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25

 
OIV – infeksiya klinikasi (bosqichlari). 
OIV  –  infeksiya  bosqichlarining  klinik  tasnifi  (V.I.Pokrovskiy  1989) 
inkubatsiya,  birlamchi  belgilar,  ikkilamchi  kasalliklar  va  terminal  bosqichni  o‘z 
ichiga oladi. 
1.  Inkubatsiya  bosqichi.  (3  oygacha)  Bu  latent  davrida  («darcha  fazasi») 
qonda  virusga  nisbatan  antitanalar  yig‘iladi,  virusga  nisbatan  test  manfiy, 
kasallikning  klinik  manzarasi  yo‘q  bo‘ladi.  Bemor  o‘zini  soppa  –  sog‘  sezadi, 
shikoyatlar  qilmaydi,  biroq  shu  vaqtning  o‘zida  va  kasallikning  oxiriga  qadar 
atrofdagilarga  yuqish  nuqtai  nazaridan  xavf  tug‘diradi.  Parenteral  (narkomaniya) 
yuqishda kasallikning yuzaga chiqishi kuchayadi. 
2.  Birlamchi belgilar bosqichi.  
A.  O‘tkir  infeksiya  (yoki  serokonversiya  fazasi).  Aksariyat  2  –  3  hafta  davom 
etadi.(1 kundan to 2 oygacha); qonda virus mikdorining keskin ko‘payshi, so‘ngra 
nisbatan  pasayishi  bilan  harakterlanadi.  Klinik  jihatdan  isitma  (lixoradka)  va 
virusli  respirator  kasallik  belgilari  («serokonversion  kasallik»)  bilan  namoyon 
bo‘lishi  mumkin.  Bu  bosqich  kasallangan  bemorlarning  faqat  20  –  50%  da  qayd 
qilinadi.  Ko‘pincha  limfa  tugunlarning  qisqa  vaqtga  kattalashishi  hisobiga 
yanglishib mononukleoz, deb tashxis qo‘yiladi.              
B.  Belgilarsiz  infeksiya  (1  –  8  yil).    OIV  –  infeksiyaning  bemor  uchun  eng 
davomli va tinch bosqichi hisoblanadi. SHikoyatlari va klinik belgilari bo‘lmaydi, 
organizmda  virusning  asta  –  sekin,  birin  –  ketin  yig‘ilishi  kuzatiladi.  SHu  bilan 
bog‘liq holda, umumiy immunitetning pasayishi natijasida, bu bosqichning oxiriga 
kelib persistentsiyali tarqalgan limfoadenopatiya rivojlanishiga olib keladi. 

 
290 
V. Persistentsiyali tarqalgan limfoadenopatiya.    
Zararlangandan  10  –  11  yil  o‘tgach  OIV  –  infeksiyalanganlarning  taxminan 
50% ida kasallikning 3 – bosqichi yoki asli OITS  rivojlanadi. 
3.    Ikkilamchi  kasalliklar  bosqichi.  Klinik  ko‘rinishi  OITS  –  bog‘langan 
simptom  va  sindrom  kompleksi  (SSK)  paydo  bo‘lishi bilan  harakterlanadi,  bunda 
limfa  tugunlarining  kattalashishi  bilan  isitma  kuzatiladi,  tana  vaznining  tobora 
pasayib  borishi,  diareya,  qo‘shilib  keladigan  (opportunistik)  infeksiyaning  har  xil 
turlari,  nevrologik  simptomatika,  qonning  onkologik  patologiyasi  (T  –  hujayrali 
leykoz) va teri patologiyasi (Kaposhi sarkomasi), tarqalgan infeksiyalar qo‘shiladi. 
Bu bosqichda A, B va V bosqichlar farq qilinadi (tarqalgan infeksiyalar). 
4.  Terminal  bosqich.    Tashxis  qo‘yilgandan  keyin  bir  yil  ichida  50%  gacha 
bemorlar,  3  yil    o‘tgach  –  80%  bemorlar    nobud  bo‘ladilar.    Kasallik      kamdan–
kam  hollarda 2 – bosqichda to‘xtaydi, bunda odam bir umr virus tashuvchi bo‘lib 
qoladi.  
SPID  da  bemorning  bevosita  o‘limiga  (uchrash  soniga  ko‘ra)  quyidagilar 
sabab  bo‘ladi;  tarqalgan  infeksiyalar,  gepatit,  o‘pka  raki,  yurak  qon  tomirlari 
potologiyasi.  
OITS  va OIV – infeksiyasining davosi 
OIV – infeksiyani davolash uchun radikal spetsifik preparat hozirgi vaqtgacha 
yaratilmagan.  Mavjud  dori  vositalar  avvalo  virus  rivojlanishining  hayot  sikliga 
turli  fermentlariga  ta`sir  qilish  orqali,  OIV  –  infeksiya  rivojlanishining  spetsifik 
oldini olishga mo‘ljallangan. 
Ularga: 
1)  teskari  transkriptazaning  nukleozid  analoglari  (ingibitorlari),  bular 
xo‘jayinning  tirik  hujayrasiga,  uning  genomga  kirishidan  oldin,  yuqishning 
boshlang‘ich  bosqichida  tushgan  virusni  bog‘lashga  qaratilgan,  bu  vaqtda  virus 
hali beqaror hisoblanadi (hayot muddati 1 sutka). Ularga mamlakatimizda eng ko‘p 
ishlatiladigan  tsitovudin  (azidotimidin),  lamivudin  va  boshqalar  kiradi.  Bu 
preparatlar  OITS  antiretrovirus  terapiyasida  (ART)  asosiy  dori  vositasi  sifatida 
qaraladi; 

 
291 
2) proteaza ingibitorlari virusning ko‘payishiga imkon beruvchi bu ferment, u 
genomga kirganidan keyin uni bloklaydi. Bu bosqichda virus barqaror (hayot davri 
1  yil)  dori  vositalari  ta`siriga  birmuncha  chidamli  bo‘lib  qoladi.  Bu  qatordagi 
preparatlarga sakvinovir, ritonavir, indinavir, nel’finavir kiradi; 
3)  teskari  transkriptazaning  nukleozid  ingibitorlari  –  nevirapin,  delavirdin, 
lovirid – bular mamlakatimizda hali keng qo‘llanilayotgani yo‘q. 
OIV–  infeksiyasini  engishda  har  xil  guruhlardagi  preparatlarni  qo‘shilgan 
holda  qo‘llash  yaxshi  natija  beradi.  1997  yildan  boshlab,  bunday  usulda  qo‘llash 
har yili dunyoda OITS dan o‘limni 61% ga pasaytirishga imkon berdi. 
    Bu  muolajalarning  samarasi  ma`lumotlariga  ko‘ra,  ART  ni  interferon 
qatoridagi  (endogen  iterferon  induktorlari)  dori  vositalari  bilan  birga  qo‘llanish 
ijobiy natijalar bergan. Alohida ART fonida bir kurs davomida 10% gacha viruslar, 
sikloferon bilan qo‘shilgan holda esa 90% gacha intakt bo‘lib qoladi.   
Hamma  mavjud  ART  vositalarining  kamchiligi.  ularning  o‘ta  zaharliligi  va 
bemorlarning faqat 50%i bu davo kursini enga oladi. Giyohvandlar odatda chiday 
olmaydilar. 
Spetsifik  davo  ayrim  toifadagi  shaxslarda  (homiladordan  homilaga  -  homila 
manfaatlarini  ko‘zlab;  tibbiyot  xodimlariga  shaxsan  yuqishining  oldini  olish 
maqsadida, har yili jahonda 100 nafargacha shifokorlar zararlanadi) yoki asli OITS 
dan  davolash  uchun  (OIV  –  infeksiyaning  2  V  yoki  3  A  bosqichida)  amalga 
oshiriladi. 
Garchi  qator  mutaxassislar  OIV  –  infeksiyani  virus  tashuvchilar  aniqlangan 
zahoti, OITS klinikasi yuzaga chiqishiga qadar boshlash kerak deb hisoblasalarda 
(bu  albatta  to‘g‘riroq),  hozirgi  vaqtda  jahondagi  hamma  mamlakatlar  uchun  davo 
kechroq  boshlanadi.  Bu  ko‘p  jihatdan  iqtisodiy  sabablar  bilan  bog‘liq,  chunki 
davolash kursining narxi juda yuqori. 
OITS  ning  nospetsifik  profilaktikasi  organizmning  immun  kuchlarini 
mustahkamlash  (immun  modulyatorlar;  umumiy  quvvatini  oshirish,  vitaminlar, 
enzimoterapiya)  organizmning  hayotiy  muhim  a`zolarini  va  tizimlarini  quvvatlab 
turish, opportunistik infeksiyalarni davolashga qaratilgan. 

 
292 
Akusherlikda OIV epidemiologiyasi 
OIV  tashuvchilar  sonining  ko‘payishi  munosabati  bilan,  kasallik  fonida 
homiladorlik yuz beradigan yoki homiladorlik davrida virus yuqadigan reproduktiv 
yoshdagi ayollar soni ko‘payib boradi. 
Bunday  sharoitlarda  OIV  –  infeksiyaning  onadan  bolaga  o‘tish  xavfi  paydo 
bo‘ladi.  Kasallikning  kechishida  homilaga  infeksiyani  yuqish  xavfi  borligiga 
qaramay,  bemor  ayollarning  faqat  ozchilik  qismi  homiladorlikni  to‘xtatishga  rozi 
bo‘lishlarinii  eslatib  o‘tish  joiz.  Aksincha  ko‘pchilik  ayollar  onalik  instinkti 
(mehri)  tufayli  sog‘lom  farzand  ko‘rish  ilinjida  homiladorlikni  nihoyasiga 
etkazishga intiladilar. JSST ma`lumotlari bo‘yicha bu OIV – infeksiyaning onadan 
homilaga  o‘tish  ehtimoli  (vertikal  transmissiya)  30  –  50%  ni  tashkil  qilish  bilan 
bog‘liq. 
Onadan bolaga virus o‘tish ehtimoli bo‘lgan  quyidagi yo‘llar farqlanadi: 
Tug‘ruqqacha  (transplatsentar)  –  ozod  virusning  shikastlangan  yo‘ldosh 
to‘sig‘i orqali o‘tishi yoki avval yo‘ldoshning zararlanishi; 
Tug‘ruq  vaqtida  –  tug‘ruq  vaqtida  aksariyat  homila  teri  qoplamlaridagi 
mikroyoriqchalar orqali (jarohat orqali); 
Tug‘ruqdan  keyingi  (laktasion)  –  bolaga  ko‘krak  suti  bilan  yoki  ayrim 
hollarda homilaning shikastlangan terisi orqali. 
 
Onadan bolaga virus o‘tish imkoniyatini belgilaydigan omillar 

 
Virus  (virus  yuklamasi  –  homiladorlikda  virus  titri  ortadi,  so‘ngra  yana 
pasayadi; virus genatipi xususiyatlari va unga ayrim aholi guruhlarining  individual 
chidamliligi). 

 
Onalik (onaning immun statusi, ovqatlanish xususiyati ayolning umumiy holati, 
fe`l – atvor omillari – promiskuitet, homiladorlikda antivirus davo). 

 
Akusherlik  (4  soatdan  ko‘p  suvsiz  davr,  tug‘ruq  usuli,  tug‘ruqda  qon  ketishi, 
homila shikastlanishi bilan o‘tadigan akusherlik amallari, invaziv monitoring). 

 
Homilaga  taalluqli  omillar  (muddatiga  yetmay  tug‘ilganlik,  genetik  omillar, 
ko‘p homilali homiladorlik). 

 
293 

 
CHaqaloqqa  taalluqli  omillar  (ko‘krakdan  ovqatlantirish,  Yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqning me`da ichak yo‘li va immun tizimi). 
 
OIV  –  infeksiyali  ayollarda  homiladorlik,  tug‘ruq  va  tug‘ruqdan      keyingi 
davrning kechish xususiyatlari 

 
Homiladorlarda  anemiyaning   ko‘p  uchrashi   (homiladorlik   bilan   bog‘lik   va 
antiretrovirus  terapiyaning  oqibatida),  bu  natijasida  qon  ko‘rsatkichlarini  doimiy 
nazorat  qilish  va  medikamentoz  korrektsiyani  talab  qiladi;  antianemik  davoga  bir 
muncha qiyinchilik bilan beriladi.  

 
Gestozlar –  ko‘prok   uchraydi,   biroq     ularning     og‘irlik   darajasi     umuman 
olganda  kam  (balki  ortiqcha  diqqat  –  e`tibor  va  homiladorlarni  kuchli  nazorat 
qilish bilan bog‘liqdir). 

 
Jinsiy      yo‘l      bilan      o‘tadigan      infeksiyalar      (xlamidioz,      mikoplazmoz, 
ureaplazmoz); II – III trimestrda jinsiy yo‘llarning sanatsiyasini talab etadi. 

 
Homiladorlikni  davom  ettira  olmaslik  va  vaqtidan  ilgari  uzilishi,  36  –  37 
haftalarda vaqtidan ilgari tug‘ruqlar ayniqsa tez uchraydi; 

 
Homilada tana vaznining pasayishiga moyilligi (hammada emas); 

 
Tug‘ruqdan      keyingi    davrda    tuqqan    ayollarda    yiring  –  septik    kasallanish 
darajasining oshishi (10% gacha tuqqan ayollarda, jumladan metroendometrit soni 
20  –  30%  ni  tashkil  qiladi).  Bu  qonuniyat  aftidan,  tuqqan  ayollar  organizmining 
zaiflashuvi  fonida  infeksiyaning  osonlikcha  qo‘shilish  va  tarqalishi,  OIV  – 
infeksiyada immunitetning yaqqol pasayishi bilan bog‘liq. 

 
Bachadon subinvolyutsiyasi tuqqan ayollarning 1/3 qismida uchraydi. Ko‘rsatib 
o‘tilgan  xususiyatlariga  ko‘ra  tug‘ruqdan  keyingi  davrda  bachadonni 
qisqartiradigan  vositalardan  foydalanish,  antibiotiklar,  metrogil,  infuzion  davo 
tavsiya etiladi. 
Sun`iy  abort  operatsiyasi  o‘tkazilgandan  so‘ng  statsionarda  3  kun  davomida 
nazoratda  bo‘lish,  bachadonni  qisqartiradigan  vositalar  tayinlash  (no-shpa  2  ml  + 
oksitotsin 5 TB mushak orasiga, kuniga 2 marta), metrogil 100 mg vena ichiga 2 – 

 
294 
3  kun  davomida  tavsiya  etiladi.  Antibiotiklar  –      OIV–  infeksiyada  ko‘rsatma 
bo‘yicha, OITS da majburiy qo‘llaniladi. 
 
Homiladorlikda OIV – infeksiyasini  aniqlash 

 
Katta  diqqat  e`tibor    talab      qilinadigan      xavf      guruhlari:      donorlar   
varetsipientlar,  giyohvandlar  (ayniqsa  parenteral),  tekshiruvdan  o‘tmagan 
homiladorlar,  muayyan  turar  joyi  bo‘lmagan  shaxslar,  migrantlar,  ilgari  tartibsiz 
jinsiy aloqada bo‘lgan shaxslar (promiskuitet), guruhiy seks, fohishalar. 

 
YOsh (nisbiy omil – OIV aksariyat yosh shaxslarda uchraydi). 

 
Anamnezi:  S  gepatit    virusini      tashuvchanlik      yoki        anamnezida        gepatit 
borligi,  yuqori  nafas  yo‘llarining  surunkali  kasalliklari,  pnevmoniyalar,  surunkali 
pielonefrit, 
listerioz, 
toksoplazmoz,                                                                                                                                                                                                      
homiladorlikkacha  noaniq  etiologiyali  anemiya,  ilgari  noaniq  etiologiyali  eCHT 
(eritrotsitlar cho‘kish tezligi)ning davomli oshishi. 

 
Jinsiy  yo‘llarning  yashirin    infeksiyalari              (tsiomegalavirus,            genetal 
gerpes,  aksariyat  –  xlamidioz,  mikoplazmoz,  ureaplazmoz);  etiologiyasi  noaniq, 
spetsifik antibakterial davo foyda bermaydigan surunkali ginekologik yallig‘lanish 
kasalliklari. 

 
Homiladorlikning kechish xususiyatlari. 

 
Ko‘rik:      teri      qoplamlari,      anemiya      belgilari;        infeksiyaning        teridagi 
alomatlari,  jumladan  turlicha  joylashadigan  gerpes  (uchuq),  o‘rab  oladigan 
temiratki, limfa tugunlarining kattalashuvi. 

 
Maxsus  tekshirish:      homila            og‘irligini                  aniqlash,      tashqi            jinsiy 
a`zolar,  qin  devorlari  va  bachadon  bo‘yinchasining  holati,  jinsiy  yo‘llarning 
ajralmalari xos.   

 
Analizlari:   qon  klinik  analizi    (immun      tanqsiqligi       holatining belgilari 
harakterli qizil qon ko‘rsatkichlarining pasayishi, oshishi. Biroq, homiladorlik ham 
–  immun  tansiqlik  holati.  SHuning  uchun  birinchi  galda  limfotsitlar  miqdoriga 
ahamiyat berish zarur, ularning pasayishi OIV infeksiya uchun ko‘proq xos). 

 
Umumiy  siydik   tahlili – infeksiya belgilari.   Nechiporenko sinamasi  

 
295 
(pielonefrit), siydik ekmasi. 

 
Bakterioskopiya, yashirin infeksiyaga    (xlamidioz,  mikoplazmoz, 
ureaplazmoz, Sitomegalovirus, gerpes), qonni toksoplazmoz va listeriozga, RW ga 
tekshirish, avstraliya antigeniga tekshirish. 

 
OIV  infeksiyani  aniqlashda  homiladorlikda  IFA–50  orqali  qon  tahlilining 
(homiladorlikni  har  bir  trimestrida)  doimiy  nazorati  g‘oyat  ahamiyati  muhim 
hisoblanadi. 
 
Homiladorlikda OIV infeksiyasini aniqlangan holatddagi yondashuv 
IFA  –  50  musbat  natija  olingan  taqdirda  homilador  ayol  keyingi  davo  olish 
uchun  ixtisoslashgan  tibbiyot  markaziga  yuboriladi.  Xavf  guruhini  hisobga  olib, 
homiladorlikning  kechishiga  ko‘ra  ayol  quyidagi  muddatlarda  shifoxonaga 
yotqizilishi kerak: 
1) 12 – 14 haftalarda nazorat bosqichlarlarini o‘tkazish yo‘li bilan (birlamchi 
skrining  va  ikkilamchi  bloting;  immun  holat  nazorati  –  immunogramma)  va 
homiladorlikning  kechishi  xususida  birlamchi  tekshirish  yordamida  OIV  – 
infeksiyasi tashxisini tasdiqlash uchun (agar u ilgari tasdiqlanmagan bo‘lsa); 
2) 22 – 24 haftalar – profilaktik ART to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun 
ART  homiladorni  emas,  asosan  bo‘lajak  bola  manfaatlarini  to‘laligicha  ko‘zlab 
o‘tkaziladi.  Oldini  olish  davo  choralari  o‘tkazilmaganda  homilaga  virus  o‘tish 
xavfi 25 – 30 % ni, to‘lik oldini olishda (3 bosqich + kesar kesish + ko‘krak berib 
emizishdan  voz  kechish)  3  %  ni  tashkil  qilishi  aniqlangan.  Immun  tizimiga, 
umumiy  qon  tahliliga,  davo  samaradorligiga  baho  berish  uchun  qonda  antitanalar 
titri (virus yuklamasi) aniqlanadi. 
ART quyidagicha o‘tkaziladi: 

 
Tug‘ruqqacha  ART  –  homiladorlikning  26  –  haftasidan  teskari  transkriptaza 
ingibitorlari bilan (tsidovudin yoki uning lamivudin bilan kombinatsiyasi 500 mg/s 
dan peroral har kuni tug‘ruq kuniga qadar); 

 
Tug‘ruq vaqtida ART xuddi o‘sha preparatlar bilan 2 mg dozada ona tanasini 1 
kg og‘irligiga tug‘ruqning 1- soatida va keyinroq 100 mg dan har soatda; 

 
296 

 
Tug‘ruqdan keyingi ART  faqat   Yangi    tug‘ilgan chaqaloqda   o‘tkaziladi 6-
hafta    mobaynida  sharbat  ko‘rinishidagi  tsitovudin  bilan,  keyinchalik  bolani  2 
yoshga to‘lguncha kuzatib boriladi.  
ART bilan davolashni ayol o‘ta qiyinchilik bilan o‘tkazadi (ko‘ngil aynishi, qusish, 
diareya, isitma, bosh og‘rig‘i, intoksikatsiya belgilari). 
3) homiladorlarni 35 – 36 haftalarda uzil – kesil tekshirish va tug‘ruqqa shay 
qilish  uchun  shifoxonaga  yotqiziladi  (homiladorlik  asoratlari,  infeksiyalarni 
davolash, jinsiy yo‘llar sanatsiyasi); 
4) 37-haftada tug‘ruq uchun statsionarga oldindan yotqizish kerak. 
OIV  –  infeksiya  o‘ta  xavfli  xastalik  bo‘lganligidan  tug‘ruqlarni  olib 
borishning tashkiliy jihati tug‘adigan ayolni keyinchalik homilaga yuqishini oldini 
olishga, hamda tibbiyot xodimiga shaxsan yuqishning oldini olishga yo‘naltirilgan 
tartib – qoidalar bo‘lgan ixtisoslashgan maxsus statsionarga yotqizish kerak. 
 
Tug‘adigan ayol uchun tug‘ruqni olib borish umuman olganda oddiy, faqat 
tug‘ruqlarda  homilaga  yuqishning  oldini  olish  omillarini  hisobga  olgan  holda 
bo‘ladi. 
 
Tug‘ruqda  qon  yo‘qotishning  oshishi,  yo‘ldosh  to‘sig‘ining  buzilishi  homilaga 
kasallik yuqish xavfini kuchaytirdi. 
 
Davomli (4 soatdan ko‘p) suvsiz davrga yo‘l qo‘ymaslik. elektiv (homila 
pufagini yormasdan) kesar kesish o‘tkazilganda infeksion asoratlarning soni 26 %, 
pufak qirqilganda (suvsiz davrning tobora oshishi) – 40 % gacha. 
 
Tug‘ruq yo‘llari sanatsiyasi (dioksidin) 
 
Tug‘ruqning ikkinchi davrida homila va tug‘ruq yo‘llari shikastlanishini 
kamaytirish, tug‘ruqlarni ehtiyotlik bilan olib borish kesar kesishda tug‘ruq vaqtida 
yuqish  soni  3  %  gacha  pasayadi,  operatsiya  qilinmaganda  OIV  infeksiyalanish 
10,5%  ga  etadi.  Infeksiyaning  yuqish  xavfi  hatto  infeksion  asoratlar  soni 
o‘smaganda ham, qon ketish sababli oshadi. 
 
OIV  infeksiyasining  bolalarga  yuqish  yo‘llari  quyidagicha:  
1.
 
Transplatsentar.   

 
297 
2.
 
Tug‘ruq  yo‘llari orqali.   
3.
 
Ko‘krak  suti bilan  ovqatlantirish.   
4.
 
Parenteral.  
Har  xil    avtorlar    gapiga    qaraganda    OIV  bilan    kasallangan    onadan  
homilaga   yuqish   chastotasi   13  % dan 39  %  gacha  ,   shundan   90% ga    yaqini  
intranatal  davrga to‘g‘ri  keladi  yoki ko‘krak  bilan  emizganda  yuqadi.  
Tug‘ma  VICH    infeksiya    bolani  qay    vaqtda    infeksiyalanganiga    bog‘liq. 
Ko‘pincha    Yangi  tug‘ilgan    chaqaloqlarda    hech    qanday    klinik    simptomatika 
kuzatilmaydi. Uning  80%  bolalarda  klinik namoyon  bo‘lishi  birinchi 3 yoshga 
to‘g‘ri  keladi.  Transplatsentar    yo‘l  orqali   yuqqanda  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar 
ko‘pincha    muddatiga  yetmay  tug‘ilgan,  homila  rivojlanishining  orqada  qolishi 
bilan,  bosh-yuz  dismorfizmlari  va  (keng  bo‘rtib    chiqqan    peshona,  burun 
qansharining  botiqligi,  yuqori  lab  do‘ngligining  bo‘rtib    chiqishi)    mikrotsefaliya  
bilan  tug‘iladi.  
OIV infeksiyasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan klinik belgilar bu : 

 
Birinchi  6 oy davomida nafas  etishmovchiligining  rivojlanib borishi  
( pnevmotsist  pnevmoniyasi); 

 
Umumiy  persistrlangan  limfoadenopatiya; 

 
Gepatosplenomegaliya; 

 
Transaminaza  fermentlarining  ko‘payishi; 

 
Tana haroratining oshishi; 

 
Uzoq  davom  etgan ich  ketish;  

 
Gemorragik  sindromli trombotsitopeniya; 

 
Anemiya; 

 
Surunkali teri kasalliklari  (kandidozli  dermatit); 

 
Qaytalanuvchi  infeksion  kasalliklar; 

 
Psixomotor  rivojlanishdan orqada  qolishi.  
Tashxislash:  Yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarda  OIV    infeksiyasini    serologik  
tekshiruvlarda    aniqlash    juda    qiyin,  chunki    bola  qonida    ona    antitanachalari  
mavjud,  ular qonda   4-  16  oy    mobaynida    saqlanishi    mumkin.   Agar  16   oydan  

 
298 
keyin    ham    antitanachalar    aniqlansa,    bu    OIV    infeksiyasi    borligini    bildiradi. 
Kattalarga    qaraganda    bolalarda    virus    titrining  oshishi  immunitet    T 
limfotsitlarning    to‘liq    shakllana  olmaganligidan,  shuning    uchun    ularda    OITS   
rivojlanishi  yuqori (2 eshgacha 70% hollarda). 
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tashxisotida OIVni aniqlash  maqsadida  PTSR  
reaksiyasi    o‘tkaziladi.  Lekin    asosiy    usul    bu    qon    zardobida    virusga    qarshi  
antitanachalarni  aniqlash. 
      Quyidagi  tekshiruv usullari  o‘tkaziladi: 
-
 
Immunoferment    skrining,  bu  usul  OIV  antigeniga  qarshi    umumiy  
antitanachalar spektrini topish 
-
 
Immun bloting  tekshiruv -  bu  OIV infeksiyasining ayrim  oqsil strukturalariga  
qarshi  maxsus  antitanachalarni aniqlash. 
-
 
Immunologik  tekshiruv    (T-  limfotsitlar    sonini    aniqlash).  Dastlabki  yil 
davomida    T  hujayralar  tarkibi    va    soni  buyicha    chuqur    o‘zgarishlar    bo‘ladi 
(SD4+ hujayralar  1 yoshgacha  umumiy  miqdorining  kamayishi: 1750 ta  hujayra 
/mm
3
;  agar % hisobida  bo‘lsa  1 yoshgacha: 30%dan kamroq), bu esa  rivojlanib 
borayotgan    OIV  infeksiyasini  harakterlaydi  va  zudlik  bilan  antiretrovirus  
terapiyasini boshlash  kerakligidan dalolat  beradi. 
Klinik    laborator    usullar    bilan    bemorning  holatini    qo‘shimcha  baholash. 
Bunday  baholash  quyidagilarni  o‘z  ichiga  oladi:  umumiy  qon    taxlili    va    qonni 
biokimyoviy  tekshirish,  jigar  fermentlari, amilaza, lipaza, sut  degidrogenazalari, 
immunoglobulin miqdorini aniqlash. 
CHaqaloq  hayotining  dastlabki    oyidan    virus    replikatsiyasining  kuchayishi 
ko‘pincha ularda  Sitomegalovirus  infeksiyasining rivojlanishi  bilan  bog‘lik. Bu 
ma`lumotlarni inobatga olgan holda ko‘pgina  klinitsistlar  birinchi 6 oy  davomida  
siydikni  Sitomegalovirusga  kul’tural  tekshirish  lozimligini  maslahat berishadi. 
 
Profilaktika 
  
Kasallikning  faol  oldini  olish  chora-tadbirlari  hali  ishlab  chiqilmoqda.  OIV 
bilan  kasal  homilador  ayollarni  kuzatuv  ostiga    olib,  homiladorlikning  14-

 
299 
haftasidan  zidovudin  berish    kerak,  keyinchalik  chaqaloqlar    zidovudin    bilan    6 
hafta  davomida  2 mg/kg og‘iz orqali (1,5 mg/kg v/i  30 min davomida yuboriladi)  
har  6  soatda,  gestatsion  yoshi  hali    32  hafta  bo‘lmagan  muddatiga  yetmay  
tug‘ilgan    chaqaloqlarga    har    12  soatda,  gestatsion  yoshi  32-  36  haftalik 
chaqaloqlarga esa har  8  soatda beriladi. 
Dastlabki  virusologik  testi    manfiy    chiqqan  bolalarni    qayta  2  oyligida  
tekshirish  lozim  va  4-6 oyligida  yana  tekshiriladi. 
CHaqaloqlarga  tug‘ilgandan  so‘ng  48    soat  davomida  OIV  infeksiyasini    erta 
tashxislash    maqsadida      OIV  DNKsini  PTSR    yordamida  aniqlash  yoki  kultural 
tekshirish  qilinadi. 
OIV bilan  kasallangan  onadan tug‘ilgan  chaqaloqlardagi  barcha  muolajalar  
meditsina  xodimlari  tomonidan perchatkada  olib  boriladi,  toki  onaning  qoni  
yuvib  tashlanmaguncha. 
OIV  bilan  kasal    onadan    tug‘ilgan    chaqaloqlarning    kuzatuvi    36    oy  
mobaynida  amalga  oshiriladi. 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin