Davolash
1.
Virusga qarshi preparatlar: azidotimidin (zidovudin) 2 mg/kg har 6 soat
mobaynida og‘iz orqali, boshlang‘ich monoterapiya uchun didanozin 120 mg/m
2
kuniga 2 mahal.
2.
Har 4 haftada gamma globulin 400mg v/i, passiv immunoprofilaktika
maqsadida.
3.
Pnevmotsist pnevmoniya profilaktikasi: kotrimaksozol kuniga 1 mahal
30 mg/kg. Agar bolaga VICH infeksiyasi, deb tashxis qo‘yilsa 1 yoshgacha bu
profilaktika olib boriladi, immunologik statusga qaramay.
4.
Boshqa qo‘shimcha kasalliklarni davolash.
5.
Tirik poliomielit vaksinasini emlamaslik lozim.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning tug‘ruqxonadagi kuzatuvi
1. OIV – bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ruq jarayonini o‘ziga xos olib borish.
300
•
Kindikni kesishdan oldin, ikkita qisqich oralig‘i xlorgeksidinni (suvli eki
spirtli) eritmasi bilan ishlov berish lozim.
•
Bolaning terisini shikastlamaslik uchun birlamchi tualetni ehtiyotkorlik bilan
kilish lozim. Bola terisini sovun va iliq suv bilan yuvish kerak. Teri tirnalishlarida
vodorod peroksidini 3 %li eritmasi bilan, so‘ngra xlorgeksidinni spirtli eritmasi
bilan ishlov berish lozim. SHilliq qavatlarni shikastlanishlarida (tirnalishlarida)
xlorgeksidinni suvli eritmasi bilan ishlov berish kerak.
•
SHaxsiy maslahat vaqtida ko‘krak bilan emizish o‘rniga sun`iy ovqatlantirish
lozimligini tushuntirish kerak.
•
Onadan homilaga o‘tuvchi infeksiyalarni (gepatit V, S, sifilis, gerpes, TSMV)
xavfini baholash kerak.
•
OIV infeksiyasining oldini olish uchun viramun ichirish lozim:
•
Viramun – tug‘ilgandan keyin 48 va 72 soat oralig‘ida og‘iz orqali sirop
shaklida 2 mg /kg beriladi. Agar ona bolani tug‘ishdan 1 soat oldin ichgan bo‘lsa
yoki ichishga ulgurmagan bo‘lsa, bola tug‘ilishi bilan 2 marta beriladi: 1 - doza 2
mg/kg tug‘ilishi bilanoq, 2 - si 2 mg/kg tug‘ilganidan keyin 48 va 72 soat
oralig‘ida beriladi.
•
Onaga keyingi bosqichlarda bolani olib borish taktikasi va dispanser nazorati
ostida bo‘lishi lozimligi haqida maslahat berish.
Emlash
•
Hamma OIV bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlar tuberkulezga
qarshi BTSJ vaksinasi bilan, emlash kalendariga asoslanib emlanishi shart.
•
Keyinchalik OIV bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlarga
O‘zbekiston emlash kalendari asosida, bolani yoshiga qarab qolgan emlashlar olib
boriladi.
Ovqatlantirish
301
•
OIV infeksiyasini bolaga ko‘krak suti bilan emizish natijasida o‘tishi xaqida
onalarni ogohlantirish lozim va ularga sun`iy ratsional ovqatlantirishni maslahat
berish kerak.
•
Agar chaqaloq sun`iy ovqatlantirishda bo‘lsa, onaga bolani hech qachon
ko‘krakka qo‘ymaslikni tushuntirish kerak.
•
Tibbiyot xodimlari onaning sun`iy aralashmani tayyorlashni bilishiga va
bolaga ehtiyotkorlik bilan berishiga ishonch hosil qilishlari kerak.
•
Bolani ovqatlantirishda hech qanday kamchilik yo‘qligiga vrach ishonch
hosil kilishi uchun, onalar tug‘ruqdan keyin 2 hafta o‘tgach bolani turar joydagi
bolalar poliklinikasiga olib chiqishlari zarur.
ESLATMA: OIV infeksiyali onadan tug‘ilgan bolada OIV statusi musbat bo‘lib
tasdiqlangan bo‘lsa va ko‘krak suti bilan ovqatlantirilayotgan bo‘lsa, ko‘krak suti
bilan ovqatlantirishni davom ettirishni maslahat berish lozim.
Ilk go‘dak yoshidagi bolalarda o‘lim klinik belgilarning 3 yili ichida 75% ga,
o‘smirlarda 36 % ga etadi.
OIV infeksiyaning individual profilaktikasi
Asosiy vazifa – OIV bilan infeksiyalangan bemor ayoldan qon va boshqa
biologik suyuqliklarning tibbiyot xodimlari terisiga va shilliq pardalariga, ayniqsa
akusherlik ginekologik operatsiyalar va muolajalar vaqtida yuqishning oldini
olishdan iborat.
Individual profilaktika uchun tirsaklargacha uzun yoki sovutsimon maxsus
kiyim (fartuk, qo‘lqoplar – odatdagisi 2 juft; engliklar, rezina etiklar, qalqoncha
yoki himoya ko‘zoynak – yaxshisi toun qarshi kiyim-bosh) dan foydalaniladi.
Operatsiya o‘tkazishdan oldin qo‘l va tirnoq bo‘g‘imlari 5 % li yod eritmasi bilan
artiladi.
Ish jarayonida (tug‘ruq qabul qilish) qo‘lqoplarga 70%li spirt eritmasi,
3%li xloramin eritmasi, 0,5%li xlorgeksidin eritmasi va boshqalar bilan vaqti-
vaqtida ishlov beriladi. Bir marta echilgan rezina qo‘lqoplar takroran
ishlatilmaydi.
302
Operatsiya vaqtida kesadigan va sanchadigan asboblar bilan ishlashda, ampula
va flakonlarni ochishda qo‘lqop va qo‘l terisini shikastlanishdan ehtiyotlash kerak.
Qo‘llarida jarohat, ekssudativ yoki namlanuvchi dermatit bo‘lganda tibbiyot
xodimi operatsiyadan, bemorlarni parvarish qilishdan yoki parvarish buyumlari
ushlashdan chetlatiladi.
Tibbiyot xodimlarining qo‘llariga shikast etganda yoki shilliq pardalari
ifloslanganda xodimlar operatsiyani davom ettirishdan chetlatiladi. (Xodimlarni
almashtirishni ko‘zda tutish zarur), birlamchi ishlov beriladi (tug‘ruq zalida
profilaktik aptechka bo‘lishi shart). Zudlik bilan qo‘llarga ishlov berish va
qo‘lqoplarni echish, jarohatdan qonni chiqarish, qo‘lni oqar suv ostida sovunlab
yuvish, uni 70% spirt eritmasi bilan artish va jarohatga 5 % yod eritmasini surtish
kerak.
Qo‘llar qondan ifloslanganda – 70 %li spirt eritmasi yoki 3 %li xloramin
eritmasida ho‘llangan tampon bilan artish, iliq oqar suv bilan sovunlab ikki marta
yuvish, shaxsiy sochiq bilan yaxshilab artish kerak.
Qon yuz terisiga tushganda uni qunt bilan yuviladi, ko‘z shilliq pardasini
zudlik bilan suv yoki 1%li borat kislota eritmasi bilan yuviladi; burun shilliq
pardasiga 1%li protorgol eritmasi bilan ishlov beriladi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq
pardasini 70 %li spirt eritmasi 0,05%li kaliy permanganat eritmasi yoki 1%li borat
kislota eritmasi bilan chayiladi.
Keyinchalik shikastlangan xodimlarni profilaktik ART uchun ixtisoslashgan
markazga jo‘natish lozim. YUqumli qon teri orqali tushganda OIV –
infeksiyalanish xavfi o‘rta hisobda 0,3 ni tashkil qiladi.
Teri
qoplamlarining
bemor
organizmida
bo‘lgan
ignadan
chuqur
zararlanishlarida eng yuqori xavf (0,4%) qayd etiladi. Terining yuza shikastlarida
infeksiya tushish xavfi 0,01 % gacha va bundan ham kamayadi. Bu qon hajmi va
OIV titriga bog‘liq. OIV infeksiyasi o‘tishi uchun kamida 0,1 ml yuqumli
qon talab qilinadi. Jarohatlanishning oldini olish OIV infeksiyasini o‘tish xavfini
taxminan 79% ga kamaytiradi. ART o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi masalani
shifokor – mutaxassis hal qiladi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik mamlakatlarda
303
ignalardan yuza shikastlanishlar yoki teri kontaktlari uchun postkontrakt
profilaktikasi tavsiya etilmaydi. ART ni boshlashning ideal muddatlari dastlabki 2
soat. Davolanishni boshlashdan oldin IFA – 50 tekshirish o‘tkazish zarur. Qayta
testlash 6 hafta, 3 va 6 oy o‘tgach o‘tkaziladi.
Infeksiya tushgan material kiyimga tekkanda bu joy zudlik bilan 6 % vodorod
peroksid eritmasi bilan ishlov beriladi, qo‘lqoplar zararsizlanadi, kiyim echiladi va
3%li xlorominga solib qo‘yiladi. Zararlangan kiyim ostidagi qo‘l terisi va boshqa
sohalar 70%li spirt bilan artiladi. YUqumli bog‘lov materiali, kiyim (bir martalik),
poyafzal plastik qopchiqqa solinadi va kuydirishga beriladi. Instrumentlar
dezinfeksion eritmaga solinadi, tozalab yuviladi va issiqlik bilan ishlov beriladi.
Infeksiya tushgan material pol, devorlar, mebel – jihozlarga tushganda unga 6
%li vodorod peroksid eritmasi yoki 3%li xloromin eritmasi qo‘yiladi, so‘ngra
dezinfeksion eritmaga ho‘llangan latta bilan artiladi.
OIV bilan kasallangan ayolga birinchi yordam ko‘rsatishda qon bilan bevosita
muloqotda ehtiyot bo‘lish kerak. Og‘izdan og‘izga sun`iy nafas oldirilayotganda
OIV o‘tish hollari qayd qilinmagan. OIV – infeksiyalanish mavjudligi bemorlarga
bunday yordam turlarini bermaslikka sabab bo‘la olmaydi.
304
9 – BOB. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARNING GEMORRAGIK
KASALLIGI (CH GrK) HKK (R 53.)
”CHaqaloqlar gemorragik kasalligi” guruhiga turli etiologiya va patogenezli,
ammo hammasi gemorragik sindrom bilan kechuvchi kasalliklar kiritilgan. Bu
sindromlar: melena, qonli qusish, shilliq qavatlar, teridan va kindik yarasidan qon
ketish va boshqalar.
Gemoragik sindrom rivojlanishi asosida homila va Yangi tug‘ilgan
chaqaloklarda gemostaz va qon ivish jarayonining buzilishi yotadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloklarda hayotning birinchi haftasida gemostaz
holati o‘z xususiyatlariga ega: qonda gemokontsentratsiyaning ortishi, fibrinoliz
faolligining yuqoriligi, qonda geparin, fibrinogen va fibrin parchalanish
mahsulotlarining yuqoriligi, trombotsitlar me`yoriy darajada bo‘lishi bilan bir
qatorda ularning agregatsion xususiyati past, lekin qon ketish vaqti me`yorda
bo‘lishi kuzatiladi, qon prokogulyantlari II,VII,IX,X ya`ni vitamin K ga bog‘liq
omillari 2-5 kunda pasayadi, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligi
oshgan.
Uchrashi. 0,25-0,5% Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda chaqaloqlar
gemorragik kasalligi K vitamini tanqisligidan kelib chiqadi. Xorijda klinik
amaliyotda barcha Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga K
1
vitaminini parenteral
yuborish joriy qilingandan so‘ng chaqaloqlar gemorragik kasalligining uchrashi
0,01%gacha kamaydi. Hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham JSST
tavsiyalariga ko‘ra, K
1
vitamini chaqaloq tug‘ilishi bilan tayinlanadi.
CHaqaloqlar gemorragik kasalligi klinik ko‘rinishining kelib chiqish vaqtiga
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Erta (hayoting dastlabki 24 soatida)
2.
Klassik ( hayoting 1-7- kunlari)
3.
Kechki (hayotning 2-8- haftasi, kamroq 6 oygacha)
Patogenezi. K vitamining biologik roli protrombindagi (ikkinchi omil)
glutamin kislota qoldiqlarida prokonvertinda (VII omil) antigemofil V globulinda
305
(IX omil) va Styuart-Praudr omilida (X omil), shuningdek ivishga qarshi
mexanizmlarida qatnashadigan S oqsillarda va S plazmada (bular qon ivishiga
qarshi mexanizmlarda ishtirok etadi) karboksillanish jarayonini aktivlashtirishdan
iborat. Uning etishmasligi bu omillarning Ca ++ ni bog‘lab olish xususiyatini
buzilishiga va yetuk darajada qon ivish jarayonida qatnasha olmasligiga olib
keladi. K vitamini platsenta orqali yomon o‘tadi va kindik qonida uning
darajalari ona qonidagiga qaraganda hamisha past bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda vitamin K gipovitaminoziga olib keluvchi
xavf omillari quyidagilar:
•
Onaga bilvosita ta`sir etuvchi antikoagulyantlar (neodikumarin
guruhidan);
•
Talvasaga qarshi dori vositalari (fenobarbital, difenin va b), ta`sir
doirasi keng antibiotiklarni;
•
Estrogenlar qatori preparatlarini homilador ayollarda qo‘llash;
•
Onadagi gepato- va enteropatiyalar;
•
Disbakterioz.
Vitamin K tabiatda uch hil ko‘rinishida uchraydi.
K
1
– filoxinon (manbai o‘simliklar);
K
2
– menaxinon ;
K
3
- vikasol (menadionnning suvda eruvchan shakli).
Odam organizmiga vitamin K
1
-filloxinon (2 metil 1,3 -fitil-14-naftoxinon)
o‘simlik oziq-ovqatlari orqali tushadi. Bola organizmini K
1
vitaminiga sutkalik
ehtiyoji 2 mkg/kgni tashkil qiladi. Bundan tashqari ichak mikroflorasi menaxinon
K
2
vitaminini sintez qiladi, biroq u katta yoshdagi odam ichagidan juda kam yoki
umuman so‘rilmaydi, vaholanki chaqaloqlarda u so‘riladi va organizm uchun K
vitaminining muhim manbai hisoblanadi. SHuning uchun Yangi tug‘ilgan va
ko‘krak yoshidagi bolalarda diareya, ta`sir doirasi keng antibiotiklarni qabul qilish
ichak mikroflorasining buzilishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida K vitamini
tanqisligi va chaqaloqlar gemorragik kasalligiga olib keladi. Og‘iz suti va ayol
sutida K vitamini o‘rta hisobda 2mkg/l bo‘ladi, sigir sutida esa o‘rta hisobda 5
306
mkg/l bo‘ladi. YUqorida ko‘rsatilgan sonlar ona sutini Yangi tug‘ilgan
chaqaloqning K vitaminiga bo‘lgan ehtiyojini ta`minlay olmasligini ko‘rsatib
turibdi, shuning uchun uning ichakda normal mikroflora orqali sintezlanishini
ta`minlash kerak. Biroq chaqaloq hayotining birinchi haftasi davomida ichak
mikroflorasining barqarorlashuvi asta-sekin kechadi, natijada vitamin K
2
ning
ichaklarda sintezlanish jarayoni sustlashadi. YTCH gemorragik kasalligi sun`iy
boqiladigan bolalarga nisbatan tabiiy boqiladigan bolalarda ko‘proq rivojlanishi
aniqlangan.
1ml dozada parenteral kiritilgan K
1
vitamini bir necha soat o‘tgach vitamin
K qaram qon ivish omillari darajasining keskin oshishiga olib keladi. Og‘iz
orqali, enteral qabul qilinadigan K
1
vitaminining qondagi miqdori parenteral
yuborilganga nisbatan kam kontsentratsiyalarni tashkil qiladi. Bundan tashqari
ayrim bolalarda ichaklar orqali vitamin K juda yomon so‘riladi, natijada uning
samarasini oldindan aytib bo‘lmaydi.
CHaqaloqlar gemorragik kasalligining erta shakli odatda onaning dori
vositalarini qabul qilishi bilan bog‘liq. SHu bilan bir vaqtda gemorragik sindrom
bola hayotining dastlabki sutkalarida faqat K vitamin etishmasligiga bog‘liq
bo‘lmasligi mumkin. XX asrning 50 yillaridayoq onaning tug‘ruqqacha bevosita
atsetilsalitsilat kislota dori vositasini qabul qilishi Yangi tug‘ilgan chaqaloqda
qon ketishiga moyillikni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkinligi isbotlangan edi.
Indometatsin dori vositasi ham huddi shunday xususiyatgaga ega. Atsetilsalitsilat
kislotaning bu xususiyati homila trombotsitlarining funktsial faolligini ingibitsiya
qilish, ya`ni susaytirishiga bog‘liq. Biroq bolada irsiy trombotsitopatiya bo‘lsa
yoki agar onaga yoki kasal bolaga bir vaqtning o‘zida 3 tadan ortiq
trombotsitar ingibitorlar tayinlangan bo‘lsa, bu holda bolada gemorragik
sindrom rivojlanish ehtimoli yuqoridir.
Klinik ko‘rinishi: erta CH GrK homilada ona qornidayoq boshlanishi
mumkin. Bu holda bola tug‘ilgan zahoti ul’tratovush tekshiruvida kalla suyagi
ichiga qon quyilishlarni, hamda teri gemorragiyalari, kefalogematoma va kindik
qoldig‘idan qon ketishini kuzatish mumkin. Og‘ir asfiksiya va tug‘ruq jarohatlari
307
K vitamini tanqisligini gemorragik sindromga o‘tishida turtki vazifasini
bajaradi. CHaqaloqlar gemorragik kasalligining teridagi belgilari bolaning yotgan
qismida (dumba, aponevroz ostiga qon quyilishi va b.), monitor kuzatuvida esa
elektrod qo‘yilgan joyida yaqqol bo‘lishi mumkin. O‘pkadan qon ketishlar, qorin
bo‘shlig‘i a`zolariga (ko‘p hollarda - taloq, jigar, buyrak osti bezlariga ) qon
quyilishlari, melena ilk CH GRK alomatlaridan bo‘lishi mumkin.
Klassik CH GrK. CHaqaloqlar gemorragik kasalligining bu turida,
ko‘pincha tabiiy ovqatlantirishdagi bolalarda melena va qon aralash qusish
(gematemezis) tipikdir. Bulardan tashqari teri gemorragiyalari (ekximoz, petexiya)
kindik qoldig‘i tushgandan yoki o‘g‘il bolalarda xatna qilingandan so‘ng qon
ketishi, burun qonashi, kefalogematomalar, aponevroz ostiga qon quyilish
kuzatilishi mumkin. Og‘ir asfiksiya tug‘ruq jarohatlari bilan tug‘ilgan bolalarda
K vitamini etishmasligi kalla suyagi ichi qon quyilishlari, shuningdek ichki
a`zolardan qon ketishi ko‘rinishida yuzaga chiqish mumkin.
Melena - ichakdan qon ketishi, yo‘rgakda axlat massalari atrofida pushti
rang gardish topilishiga ko‘ra tashxis qilinadi. Melena kuzatilgan bolalarda
ichakda eritrotsitlarning jadal parchalanishi sababli giperbilirubinemiya
rivojlanish mumkin. Melena qon aralash qusish bilan ham o‘tishi mumkin.
Melenaga sabab - me`da va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq pardasida mayda
yarachalar hosil bo‘lishidir, uning kelib chiqishida chaqaloq bolada tug‘ruq stressi
natijasida glyukokortikoidlarninig ortiqcha
miqdorda ishlab chiqarilishi,
shuningdek me`da va ichak ishemiyasi etakchi rol’ o‘ynaydi. Melena va qon
aralash qusishning paydo bo‘lishida me`da shirasi kislotaliligining oshganligi,
reflyuks va peptik ezofagit muayyan ahamiyatga ega.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar hayotining birinchi kunidagi melenani onaning
ko‘krak so‘rg‘ichlarining jarohatlanishi natijasida “yutilgan qon” sindromidan farq
qilish kerak. U bola hayotining birinchi kunida axlatida qon bo‘lgan uchta
bolalardan bittasida mavjud bo‘ladi. Bu sindromdan gemorragik kasallikni
farqlash uchun Apta testidan foydalaniladi; qon aralash qusuq massalalari yoki
axlat suvda suyultiriladi va gemoglabin tutgan pushti rang eritma hosil qiladi. 4ml
308
cho‘kma ustidagi suyuqlik tsentrifugalangandan so‘ng 1 ml 1%li natriy gidrat
oksidi eritmasi bilan aralashtiriladi. Suyuqlik rangining jigar rangga o‘zgarishi (2
minut o‘tgach baho beriladi). Unda A gemaglobini, ya`ni ona qoni borligidan,
pushti rangining saqlanib qolishi esa bola gemaglobini (ishqoriy rezistent NbG‘),
ya`ni melena borligidan dalolat beradi. Mo‘l yoki qaytalanuvchi melenada, orqa
chiqaruvchi yo‘lidan qon ketganda, anorektal travma, papilloma, ichak
angiomatozi va boshqa jarrohlik patologiyasini istisno qilish zarur.
Kechki CHGrK bu shaklini klinik aniqlash yoki K vitamini tanqisligining
rivojlanishi uchun quyidagilar turtki omillar bo‘ladi:
•
Bir haftadan ortiq davom qiladigan diareya.
•
Malabsorbsiya bilan o‘t chiqaruvchi yo‘llar atreziyasi.
•
Gepatit va holestatik sariqlikning boshqa turlari.
•
Me`da osti bezining kistofibrozi.
•
Ta`sir doirasi keng antibiotiklardan foydalanish.
•
Alfa-1 antitripsin tanqisligi.
•
Abetalipoproteinemiya.
•
Seliakiya.
Bunday kasalliklarning barchasiga har haftada K vitaminining 0,5-1,0 mg
yuborilish lozim. Kechki klinik belgilari keng ko‘lamdagi teri ekximozlari, kalla
suyagi ichi qon quyilishlari, melena, gematomezis bo‘lishi mumkin.
Poliprogmaziya, ayniqsa bir vaqtning o‘zida 3 ta bundan ortiq trombotsitar
ingibitorlardan foydalanish K vitamini etishmasligida gemorragiyalar paydo
bo‘lish xavfini kuchaytiradi.
Tashxisot. CH GrK tashxisi anamnestik (CH GrK xavf omillari borligi)
klinik belgilarni jamlash asosida qo‘yiladi va laborator tekshirishlar ma`lumotlari
bilan tasdiqlanadi. CH GrK da qonda protrombin darajasi odatda taxminan 10%
ni tashkil qiladi va kattalar darajasidan kamroq bo‘ladi. Boshqa vitamin K qaram
qon ivish omillari pasayishining yuzaga chiqishi o‘zgarib turishi mumkin.
Fibrinogen va boshqa qon ivish omillarining darajalari, trombotsitlar miqdori
odatda me`yordan siljimagan.
309
CHGrK va trombotsitopatiyalar, irsiy va ikkilamchi koagulapatiyalarni qiyosiy
tashxislash, anamnestik shu jumladan geneologik ma`lumotlar, klinik belgilar va
laborator ma`lumotlarni qunt bilan tahlil qilish asosida aniqlash mumkin. Yangi
tug‘ilgan bolalarda eng ko‘p gemorragik sindromlar qiyosiy tashxisi 30-jadvalda
keltirilgan.
30-jadval
Yangi tug‘ilgan bolalarda eng ko‘p tarqalgan gemorragik sindromlarning
qiyosiy tashxisoti
Gemostaz
parametrlari
Yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar gemorragik
kasalligi (K vitamini
tanqisligi)
DVS sindrom
(II- III
bosqichlari)
Trombotsitopeniya
DVS- sindromsiz
Trombotsitlar miqdori
(200-400x 109/l)
Me`yorida
Pasaygan
Pasaygan
Protrombin vaqti
Uzaygan
Uzaygan
Me`yorida
Qon ivish vaqti
Uzaygan
Uzaygan
Me`yorida
Trombin vaqti
Me`yorida
Uzaygan
Me`yorida
Partsial tromboplastin
vaqti (35-45 s)
Uzaygan
Uzaygan
Me`yorida
Fibrinogen (2,0-4,0
gr/l)
Me`yorida
Pasaygan
Me`yorida
Parakoagulyatsion
testlar
Manfiy
Musbat
Manfiy
Davolash. Ona suti bilan ovqatlantirish (yoshga mos ehtiyojlarga ko‘ra). K
1
vitaminini vena ichiga (afzalrog‘i) yoki mushaklar orasiga muddatiga yetib
tug‘ilgan chaqaloqlarga 1mgdan, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarga esa
0,5 mgdan yuborilishi lozim. Odatda venaga K vitamin yuborilgandan so‘ng 4
soat davomida protrombin va partsial tromboplastin vaqti normallashadi. Agar
310
klinik va laborator yaxshilanish ro‘y bermasa, ehtimol bolada CH GrK emas,
balki jigar yoki birorta boshqa jumladan irsiy koagulopatiya bor.
Bizning mamlakatimizda asosan vikasol (K
3
vitamin) - menadionning
suvda eruvchan shakli ishlatiladi. Biroq u K
1
vitamini – filloxinonga qaraganda
kamroq samaraga ega. Vikasol o‘zi effekt hosil qilmaydi, balki jigarda undan
hosil bo‘ladigan filloxinon va menadion effekt beradi. Vikasolning faqatgina oz
foizi filloxinon va menadionga aylanishini hisobga olib, CH GrK da vikasol 12
soat tanaffus bilan ikki marta yuboriladi. Muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarga
vikasol (vena ichiga yoki mushak orasiga) 5 mg, muddatiga yetmay tug‘ilgan
chaqaloqlarga esa 2-3 mgdan tayinlanadi. Vikasolning yuqori dozalaridan
foydalanish (10 mg dan ortiq) yoki uni davomli tayinlash eritrotsitlarda Leynts
tanachalar hosil bo‘lishi va natijada giperbilirubinemiya rivojlanishi mumkinligi
bilan xavflidir. Vikasol glyutation reduktaza fermentini bloklab eritrotsitlarda
glutationni beqarorligini oshiradi va uning tiklanish imkoniyatini kamaytiradi. Bu
esa gemoglobin pretsipitatlari – Geynts tanachalari hosil bo‘lishiga, gemolizning
kuchayishiga va sariqlikning rivojlanishiga olib keladi. K
1
vitamini bunday
asoratlarni chaqirmaydi.
Melenada mahalliy terapiya: 0,5%li natriy gidrokarbonat va epsilon
aminokapron kislotasida eritilgan trombin eritmasi 1 choy qoshiqdan kuniga 3
marta ichiriladi (quruq trombin ampulasini 50 ml 5%li aminokapron kislotada
eritiladi va 1 ml 0,025%li adrokson eritmasi qo‘shiladi). Melena kuzatilgan
chaqaloqlarni uy haroratigacha sovitilgan Yangi sog‘ilgan ona suti bilan
ovqatlantiriladi.
Postgemorragik shokning oldini olish maqsadida, aylanib yuruvchi qon
hajmi 10-15%ga kamayganda, qaytalanadigan qon ketishida vena ichiga Yangi
muzlatilgan plazma 15 ml/kg dozada yuboriladi.
Qon ketishi hollarida mahalliy gemostatik terapiya o‘tkaziladi. Kindik
qoldig‘idan qon ketishi kuzatilganda, kindikning qon ketayotgan sohasidan pastdan
bog‘lanadi va gemostatik gubkali yoki trombinli tampon qo‘yiladi.
311
Profilaktikasi. Tug‘ilgandan so‘ng dastlabki soatda K
1
vitaminini mushak
orasiga muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarga 1 mg, muddatiga etmy tug‘ilgan
chaqaloqlarga esa 0,5 mgdan yuborish CH GrK profilaktikasining samarali
vositasidir. Vatanimizdagi ba`zi bir bolalar gematologlari Yangi tug‘ilgan
chaqaloqni ( tug‘ilishidan so‘ng yarim soat ichida) ona ko‘kragiga erta qo‘yish
profilaktik samara beradi, deb hisoblaydilar. Biz bolani ko‘krakka erta qo‘yish, K
vitaminini parenteral profilaktik yuborilishiga qarshi dalil bo‘lmasligi kerak, deb
hisoblaymiz.
Obstruktiv sariqligi bo‘lgan, ta`sir doirasi keng aktibiotiklar olayotgan,
muddatiga yetmay tug‘ilgan, to‘liq parenteral ovqatlanishdagi bolalarga 5 kunda
bir marta K vitaminini 1-2 mg miqdorida mushak orasiga yuborish zarur.
Talvasaga qarshi preparatlar, antikaogulyantlar qabul qilayotgan homilador
ayollarga K vitamining sutkasiga 20 mg dozada tug‘ruqqacha 2 hafta
mobaynida ichishga buyurish yoki 10 mg vikasolni tug‘ruq vaqtida mushak
orasiga tayinlashni tavsiya qiladilar. Biroq bu hol bolaga tug‘ilgan zahoti K
vitaminini parenteral yuborish zarurligini bekor qilmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N.P.SHabalov. Neonatologiya, Sankt - Peterburg, 2004.
2.
Osnovi uxoda za zdorovim i bol’nim novorojdennim rebenkom.
Kamilov A.I., Tashkent. 2007
3.
Reshenie problem novorojdennix. Rukovodstvo dlya effektivnoy praktiki.
VOZ 2005.
4.
IVBDV – Vedenie bol’nogo mladentsa v vozraste do 2 mesyatsev. VOZ i
YUNISEF. 2008.
5.
Patologiya nedonoshennix detey. N.A. Prokoptseva., e.F. Starix., R.A.
Avdeeva., E.G. Neyman. Rostov-na-Donu. 2007.
6.
Nedonoshennie novorojdennie deti. V.N. Timoshenko. Rostov-na-Donu.
2007.
312
7.
Rukovodstvo po reanimatsii novorojdennix. YUNISEF, 2006.
8.
M. Dement’eva, A.S. Kolomtaev, V.S.Malishev, R.I.Ryumina. Pervichnaya
reanimatsionnaya pomosh’ novorojdennim. M, 1999
9.
Effektivnaya perinatal’naya pomosh’ i uxod (EPU)
10.
Konsul’tirovanie po grudnomu vskarmlivaniyu: kurs obucheniya.
YUNISEF, 2006.
11.
Protokoli diagnostiki, lecheniya i profilaktiki vnutriutrobnix infektsiy u
novorojdennix detey. GOU VUNMTS MZ RF. Moskva. 2001.
12.
Neonatologiya. Natsional’noe rukovodstvo. N.N. Volodin., E.N. Baybarin.,
G.N. Buslaeva., D.N. Degtyarev. 2009. Moskva
13.
Rukovodstvo uchastkovogo pediatra. T.G. Avdeeva. 2008. Moskva
14.
Bazovaya pomosh’ novorojdennomu – mejdunarodniy opit. N.N. Volodin.,
G.T. Suxix., E.N. Baybarina ., I.I. Ryumina. 2008. Moskva.
15.
Teplovaya zashita novorojdennogo. Prakticheskoe rukovodstvo.
(Bezopasnoe materinstvo). - YUNISEF. - Tashkent.-2009
16.
Essential Newborn Care and Breastfeeding , PEPC, WHO/Euro, 2002
17.
Pregnancy, Childbirth, Postpartum and Newborn Care: A guide for essential
practice. WHO, Geneva, 2006
18.
Thermal Protection of the Newborn: a practical guide. WHO, Geneva, 1997
19.
William McGuire, Ginny Henderson and Peter W Fowlie. Feeding the
preterm infant. BMJ 2004;329;1227-1230
20.
Pregnancy, Childbirth, Postpartum and Newborn Care: A guide for essential
practice. WHO, Geneva, 2006
21.
Managing Newborn Problems: A guide for doctors, nurses and midwives.
WHO, Geneva, 2003
22.
Kangaroo Mother Care: A practical guide. WHO, Geneva. 2003
23.
Pregnancy, Childbirth, Postpartum and Newborn Care: A guide for essential
practice. WHO, Geneva, 2006
24.
Kangaroo Mother Care: A practical guide. WHO, Geneva. 2003
313
25.
Basic Newborn Resuscitation: a practical guide. World Health Organisation,
Geneva, 1997.
26.
American Heart Association Guidelines for Cardiopulmonary
Resuscitation and Emergency Cardiovascular Care, Part 13: Neonatal
Resuscitation Guidelines. Circulation. 2005;112:IY-188 – IY-195 2005
27.
Essential Newborn Care Course Training Manual (Draft). Geneva, World
Health Organization, 2006.
28.
European Resuscitation Council Guidelines for Resuscitation. Section 6:
Paediatric life support, Resuscitation of babies at birth, 2005:S115-S133
29.
Resuscitation and Emergency Cardiovascular Care, Part 13: Neonatal
Resuscitation Guidelines. Circulation. 2005;112:IY-188 – IY-195
30.
Lindsay E. Nicolle et al. Infectious Diseases Society of America Guidelines
for the Diagnosis and Treatment of Asymptomatic Bacteriuria in Adults.
Infectious Diseases Society of America, February 2005, Issue 40, 643-654.
31.
Murray W. Enkin et al, A guide to effective care in pregnancy and
childbirth, 3-rd ed, 2000
32.
James Chin. An official report of American Public Health Association.
Control of Communicable Disease Manual. 17
th
Edition. 2000
33.
WHO Euro. Essential Antenatal, Perinatal and Postpartum Care.
Sopenhagen, 2002
34.
Scottish Intercollegiate Guidelines Network. Management of genital
Chlamydia trachomatis infection. A national clinical guideline. Edinburgh
(Scotland): Scottish Intercollegiate Guidelines Network (SIGN); 2000 Mar.
26 p. (SIGN publication; no. 42).
35.
Antenatal care: routine care for the healthy pregnant woman. Clinical
Guideline. National Collaborating Centre for Women’s and Children’s
Health. RCOG Press, October 2003.
36.
James Chin. An official report of American Public Health Association.
Control of Communicable Disease Manual. 17
th
Edition. 2000
314
37.
Listeriosis. National Center for Infectious Diseases/ Centers for Disease
Control and Prevention (CDC). October 12, 2005.
38.
Australasian Society for Infectious Diseases. Management of Perinatal
Infections. Guideline for Listeria in pregnancy, 2002
39.
Chuanfang Lee et al., Effect of hepatitis B immunisation in newborn infants
of mothers positive for hepatitis B surface antigen: systematic review and
meta-analysis BMJ 2006; 332:328-336
Dostları ilə paylaş: |