15-Mavzu: TARIXIY MUZEY BINOLARI
REJA:
1. Tarixiy muzey binolariga kuyiladagan umumiy talablar
2. Muzey binolari :
a) Muzey binolari kurilishi tarixi va evalutsiyasi
b) Yangi muzey binolarini barpo etish
v) Binolar muzey uchun moslashtrish va rekonstruktsiya kilish.
3. Funktsianal komlekstlar tarkibi topografiyasi .
1. Bu mavzuni urganishda kuzlangan maksad-yangi muzey binolari proekrlarini ishlab
chikarishda, eskilarni rekonstruktsiya kilishida e`tiborga olinishi darkor bulgan muzeyshunoslik
talablarni yoritishdan, ta`rif berishdan iborat .
Muzeyning yaxshi, effektiv faoliyat yuritishi bino poekti ishlab chikarishda
muzeyshunosliк talablariga rioya etilganligiga boglikdir.
Muzey binosiga kuyiladigan talablar kuyidagilar:
1.
Tarix, madaniyat yodgorliklari, kolektsiyalar saklanishga sharoitlar yaratilganligi.
Muzey binosi mustaxkam bulishi, joylashgan eridagi ob-xavo sharoitlari
moslashtirilgan bulishi zarur. Kollektsiyalar saklash uchun txonalarda maxsus mikroiklim
sharoitlari (xavo namligi, yoruglik, biologik sharoitlar), talon taroj etish, vandamizm aktlari
yongindan muxofaza etuvchi texnik tizim mavjud bulishi kerak.
2.
Ilmiy-ma`rifiy tashkilot sifatida faoliyat yuritish uchun sharoitlar ta`minlanish.
Buning uchun, albatta, namoyish etish, rekreatsion va xizmat kursatish bulimlari
maydoni tugri belgilanganligi axamiyatli. Ma`ruzalar va boshka ommaviy tadbirlar uchun
xonalar bulishi, tashrif buyuruvchilar uchun makbul sharoitlar yaratilshi samaralidir,
3.
Muzeyda ilmiy izlanish faoliyati yulga kuyilganligi.
Buning majburiy sharti kutubxona, ilmiy xodimlar uchun xonalar, nashriyot
mavjudligi, kollektsiyalar yuzasidan izlanish mumkinligi.
4.
Bino maydonining namoyish etilayotgan va saklanayotgan kollektsiyalar xajmiga
mosligi.
Ijtimoiy xayot rivoji ekspanat, kollektsiyalar soni oshishiga, bu esa muzeylar
kengaytirilishini talab etadi. Mavjud muzeylarni kengaytirish turt usuli mavjud:
1.
Mavjud binoni rekontruktsiya kilish (er osti xonalar kurish , bush erlarga xonalar kurish)
2.
Muzey yakinidagi binolarni kushib yuborish
3.
Filiallar tashkil etish.
4.
Muzey binolari loyixasida kengaytirish imkoniyatlarini kuzda tutish bu masalani
echimida katta axamiyat yordam beradi.
2.1. Muzey binolarini kurilishi tarixi va evolyutsiyasi. Rossiyadagi ilk muzeylar - bu
Kurol Palatasi va Pyotr I kollektsiyasi - Kunstkameralaridadir.
XVIII acp 20 yillarida I Mattornov loyixasi buyicha kurilgan Kunstkamerada kutubxona,
laborotoriya, observatoriya, ilmiy yigilishlar uchun maxsus xonalar bulgan. Kunskamerada
arxeologiya va etnografiya buyumlari, tarixiy kadriyatlar, ilmiy xarakterdagi ekspanatlar bulgan.
Kunstkameraning XVIII asrda kurilish uz davrining
ulkan yutugi edi .
I.V.Egotov loyxasi buyicha 1810 yili kurilgan Kurol palatasi binosi, muzey sifatida,
usha davrdagi saroy va jamoat binolaridan deyarli farki yuk. Muzey buyumlari inter'erda asosiy
urinda emas, balki ichki bezak sifatida foydalanilgan.
1755-1763 yillarda I.G Bryuing loyixasi buyicha kurilgan San-Sisidagi rasmlar
galeriyasi, Germaniyadagi san`at asarlari namoyish etish uchun kurilgan ilk binodir. Bu bino bir
kavat bulib, uning asosiy maydonini kurgazma zali egallagan.
48
XIX asrga kelib muzey uz vazifalari moxiyatini uzgartirdi. Ilgari noyob buyumlar
yigindisidan u keng omma uchun muljallangan tizimlashtirilgan yodgorliklar tuplami, ma`rifiy-
madaniy tashkilot, ilm va san`at dargoxiga aylandi.
XVIII asrdan XIX asr 70-yillarigacha Germaniyada kuplab muzeylar ochildi.
Ulardan kuplari tarixiy binolarni ibodatxonalar (Tsittoddagi shaxar muzeyi, Stendaldagi
muzey) burjuaziya xonadonlari (Vismardagi shaxar tarixiy muzeyi, Plotsendagi muzey), kal`alar
(Bel'tsiyadagi, Fraybergdagi muzeylar) moslashtirish natijasida vijudga keldi. SHu bilan birga
yangilari xam kurildi: Berlindagi eski va yangi muzeylar, Drezdendagi milliy-golleriya.
Rossiyada bu davrda, 1865 yili Dj. Torichilli tomonidan Kerchdagi kadimiyliklari muzey
binosi loyixaoashtirildi. 1852 yili yangi Эrmitaj binosi (Leo Klents loyixasi buyicha)kurilishi
bitkazildi. Usaroy kompleksi bir kismi bulib, Rossiyadagi tashrif buyuruvchilar uchun ochik
bulgan birinchi tarix- san`at muzeyi edi. XIX asr 70-yillaridan boshlab Rossiyaning turli
shaxarlarida omma uchun ochik muzeylar kurildi.
Rossiyada imperator xokimiyati yukotilgach, xalkning madaniy-ma`rifiy xolatini oshirish
maksadida kuplab yangi muzeylar ochildi. Mavjud tarixiy binolar bunday talabni kondira
olmasdi.
Muzey binokorligining kup asrlik tirixi yangi muzey binolarni kurishda kuyidagilarga
e`tibor berish kerak:
1.
Muzey binosi uning saloxiyati, vazifalariga mos bulishi kerak. Bu talablarga rioya
etilganda, muzey assotsiatsiya kilish orkali belgi, simvolga aylanadi.
2.
Binoni loyixalashtirishda ob-xavo, lanshaft sharoitlari, milliy binokorlik an`analarini
xisobga olinishi kerak. Muzey ochik tabiat kuynida kurilganda bino tabiat bilan uygunlashib
ketishi kerak.
3.
Muzey shaxar tashkarisida kurilganda, bu bino uchun taransport yullariga, turizm
uchoklariga yakin joylarni tanlash kerak. Er xududi katta bulganida, yirik ulchamli eksponatlarni
ochik tabiatda namoyish etish mumkin.
4.
Xududlarni kukalamlashtirish transport vibratsiyalari, shovkin, chang - tuzondan binoni
ximoya etadi.
5.
Bino xududida muzey sarxadlarini imkoniyatini beruvchi kushimcha erlar bulishi kerak.
2.2.Binolarni muzey uchun moslashtirish va rekonstruktsiya kilish.
Tarixiy muzeylar aksariyat kismi ilgarilari boshka maksadlarga xizmat kilgan ibodatxona,
kal`a, saroy, cherkov, dalaxovlilarda joylashgan.
Muzey uchun binoing yarash-yaramasligi, muzeyshunoslik talablariga javob berishi kabi
omillar muzey ochish uchun imkoniyat yaratatdi.
Tarixiy axamiyatga ega binolarni muzey uchun moslashtirish mushkul masaladir. Birok
tarixiy binolarning uzga binolardan kura tarixiy. ekstetik saloxiyati yirikrokdir.
Tarixiy axamiyatga molik binolardan muzey sifatida foydalanish bino ichki inter'eri
saklanganligiga boglikdir. Agar inter'er saklanib kolgan bulsa va u san`at axamiyatiga ega bulsa,
bu muzey ochilishiga tuskinlik kiladi.
Inter'er saklanib kolgan tarixiy yodgorliklarda kuyidagi xollarda muzey ochilishi
mumkiн:
"
inter'er va namoyish etilayotgan muzey buyumlari urtasida xronrologik bogliklik bulsa;
"
inter'er anik bir tarixiy vokea bilan boglik bulsa;
"
inter'er anik bir tarixiy shaxs bilan boglik bulsa;
"
inter'er mustakil xolda tarixiy, san`at kadrini namoyon eta olsa.
Ayrim muzeylar ular joylashgan binolar bilan uzviy boglikdir. Bular birinchi navbatda,
saroy - muzeylar, memorial muzeylardir. Bunday muzeylar boshka binolarga kuchirilishi
mumkin emas.
Tarixiy axamiyatga molik binolarni muzeylarga moslashtirish tula xajmda olib
borilmaydi va aksi, ya`ni fakat moddiy axamiyatga ega binolarni-muzeylarga moslashtirish talab
darajasida amalga oshiriladi.
2.3. Funktsional komplekslar tarkibi topografiyasi.
49
Funktsional kompleks - muzey funktsiyalari bajarilishini ta`minlovchi muzey xizmatlari
birlashmasi, birligidir.
Muzeylarni keyidagi funktsional komplekslarga bulish mumkin:
1.
Эkspozitsion - namoyish
2.
Fond
3.
Ilmiy - tadkikod
4.
Ma`muriy - xujalik
5.
Injiner - texnik
Эkspozitsion - namoyish kompleksi binoning asosiy kismini egallaydi. Bu kompleksdagi
xonalar maydonini yoritish darajasini xolatga karab uzgartirish imkoniyatini bulish kerak.
Vaktinchaliк namoyishlar xali birinchi kavatda bulishi foydalirokdir. Kup xolatlarda ekspozitsiya
asosiy kismi ikkinchi kavatda joylashtiriladi. Ikkidan kuprok kavat mavjud bulsa, ular tulik yoki
kisman ekspozitsiya bilan tuldiriladi, ammo kup etajli muzeylar tashrif buyuruvchilar ma`lum bir
kiyinchiliklar tugdiradi.
Birinchi kavatda garderob, bufet, tibbiy punkt, chekish xonasi, xojatxona bulishi zarur.
Fond kompleksi - fondlarni saklash, fondlarni ruyxatga olish, konservatsiya bulimlaridan
(zonalaridan) iborat.
Fondlarni saklash bulimida bevosita fondlar va ularni nazorat kiluvchi saklovchilar
xonalar buladi. Fondlarga kamida ikkita: bitta organik va bitta noorganik buyumlar uchun
xonalar ajratilishi kerak.
Fondlarni ruyxatga olish bulimida xujjatlar saklash kuzda tutiladi. Bu bulim ЭXM bilan
ta`minlanishi kerak.
Konservatsiya bulimida restavratsiya ustaxonalari va laboratoriyalar (fizik, ximik,
bioximik) buladi.
Ilmiy-izlanish kompleksi ikkiga bulinadi: informatsiya-izlanish va ilmiy-texnik bulimlar.
Informatsiya-izlanish bulimiga kutubxona, ukuv zali, ilmiy xodimlar xonalari,
konferentsiya zali kiradi. Bu xonalar aslo ostki kavatda bulishi mumkin emas.
Ilmiy-texnik bulimda nashriyot, nusxa kupaytirish xizmati va fotolaboratoriyalar bulishi
zarur.
Ma`muriy-xujalik kompleksi ikkiga bulinadi: ma`muriy bulim - direktori, uning
urinbosarlari xonasi, sekratariat, kantselyariya, kadrlar bulimi, buxgalteriya; xujalik bulimi -
muzey xizmatchilari, farroshlar, xizmat kursatuvchi persona xonalari, ombor va garaj.
Injener-texnik kompleks bir necha bulimlarga bulinadi.
Texnik ta`minot bulimi uz ichiga konditsionerlar uchun xonalar, isitish markazi,
transfirmator, nasos, sovutish stantsiyasi, yonginni uchirish stantsiyasini oladi.
Operativ nazorat va aloka bulimida telefon podstantsiyasi, radio va televizor, asboblar
uchun omborlar, texnik tizimni boshkarish va nazorat kilish pul'tlari, kuriklash va yongin pul'tlari
xonalari jamlangan.
Ilmiy ishlab ustaxonalari bulimida duradgorlik, temirchilik, mukovalash ustaxonalari,
asbob-uskuna saklanadigan xonalar mavjud buladi.
SHuni e`tiborga olish kerakki, muzey yukori darajada faoliyat kursatishi va boshka
maksadlarda fakatgina ekspozitsion-nomiyish kompleksigagina tashrif buyuruvchilar uchun
ochik bulishi kerak. Kolganlari esa fakatgina tegishli shaxslar uchun ochik bulishi maksadga
muvofikdir.
Tayanch iboralar:
muzey binosi loyixasi, mikroiklim, muzey binolarini kengaytirish usullari, yangi
muzeylar loyixasi uchun talablar, inter'er.
Nazorat uchun savollar.
1.
Bu mavzuni urganishdan maksad nima?
2.
Muzey binosiga kanday talablar kuyiladi?
3.
Muzey binosini kengaytirishni kanday usullari mavjud?
50
4.
Muzey binosini loyixalashga kuyiladigan talablar.
5.
Muzey binolarini kurilishi tarixi xakida nima bilasiz?
6.
Binolarni muzey uchun moslashtirish talablari kanday?
7.
Fond bulimi kanday jixozlanishi zarur?
8.
Kurgazma zali kaerda va kanday bulishi kerak?
9.
Konservatsiya bulimi kanday jixozlanadi?
10.
Injener-texnik kompleks kanday bulimlarga bulinadi?
Manba va adabietlar.
1.
Muzeyshunoslik. Moskva.1988 yil.
2.
Muzeyning xarorat-namlik va eruglik tizimi. Moskva.1971 yil.
3.
N.Sodikova. Madaniy edgorliklar xazinasi. Toshken.1981 yil.
4.
Instruktsiya po uchetu i xraneniyu muzeno`x tsennostey v muzeyax sistemo`.-
Moskva.1977 yil
Tayanch atamalar
1.
Muzey pedagogikasi
2.
Эkskursiya
3.
Эkskursiya metodi
4.
Эkskursovod
5.
Эkskursiya guruxi
6.
Эkskursiyani tayyorlash boskichlari
7.
Эkskursiyani amalga oshirish usullari
8.
Afisha
9.
Ilmiy yordamchi kabinet.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Muzeevedenie. - M; Vo`ssh.shk.,1988.
2.Sodikova N. S Muzeynoe delo v Uzbekistane-T.; Fan, 1977
3.Muzeyno`e termino`- M; 1986
4.Kirienko E. M. Istoricheskiy muzey - M; 1984
5.Obhestvenno`e muzey Uzbekistana- T; Fan, 1988
Dostları ilə paylaş: |