O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Mavzu: Muzey fondini tuldirish



Yüklə 497,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix02.01.2022
ölçüsü497,39 Kb.
#40030
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
2 5204369034006495906

8-Mavzu: Muzey fondini tuldirish. 

 

 

 

 

 

REJA: 

 

1. 

Fondlarni komplektlashning ilmiy maksadi va axamiyati. 

 

2. 

Fondlarni komplektlarsh ishini tashkil etish. 

 

3. 

Fondlarni komplektlarshning asosiy ilmiy uslublari

 

 



Fondlarni komplektlash muzey faoliyatining eng asosiy jixatlaridan biri bulib, bu 

jarayonda jamiyat tarakkiyotini xujjatlashtirishda xamda ijtimoiy axborotlarni tuplash xam zurur 

vazifa  xisoblanadi. Fondlarni komplektlashning ilmiy maksadishundan iboratki, buning 

natijasida muzey axamiyatga molik bulgan predmetlar topib boriladi, urganiladi, muzey 

fondlariga kushiladi. Buning natijasida muzey fondlari mukammallashib, tulib boradi. Fondlarni 

komplektlashning axamiyati shundan iboratki, fondlar yaxshi predmetlar bilan boyib, muzey 

fondining kiymati ortib boradi. Buning natijasida muzeyning jamiyatdagi urni yanada 

mustaxkamlanadi. Muzey fondlarini komplektlab borish uni rivojlantirib borishdir. Demak, 

muzey fondini komplektlash - bu muzey kollektsiyalarining kupayib, ortib borishidir. Albatta, bu 

jarayon ichki fond ishi (turkumlash, sistemalash, aniklash) xam olib boriladi. Demak, fondlarni 

komplektlash muzey faoliyatining aossiy kurinishlaridan biri bulib, jamiyat tarakkiyotini 

xujjatlashtirishning muxim tarkibiy kismi xisoblanadi. Fondlarni komplektlash avval ashyolarni 

yigishi deb nomlangan. Xozirgi termin bilan kadimiy atama urtasida moxiyatan katta fark bor. 

 

Kadimgi atama muzey ashyolarini yigish, muzey fondini kupaytirib borishgina nazarda 



tutsa, muzey fondlarini komplektlashda undan tashkari fondni ilmiy tashkil etish, predmetlarni 

urganish, ularni sistemalash ishlari xam olib boriladi. 

 

Muzey fondlarini komplektlash asosan 2 yunalishda olib boriladi: 



1. 

Tipologik (turdosh) kollektsiya. Unda muzey predmetlari tipologik belgilariga kura 

muzey fondlari bulimlariga kabul kilinadi.  

2. 


Tematik (mavzuviy) kurgazmada turli turdagi predmetlar guruxi biografiyasi jamiyat 

xayotidagi biror xodisaga boglikligiga, ishlab chikarish shakliga, madaniy xayotni aks ettirishiga 

karab tashkil etiladi. Uni tashkil etish tematik, xronologik tamoyil asosida amalga oshiriladi. 

 

 



2. Tarix soxasidagi muzeylardagi fondlarni komplektlash ishida muzeyshunoslar, 

tarixchilar, arxeologlar, etnograflar, moddiy va ma`naviy madaniyat tarixi bilan 

shugullanuvchilar, san`atshunoslar, adabiyotshunoslar xam katnashadi. 

 

Komplektlash jarayonining uzi bir necha boskichlarga bulinadi: 



1. 

Tarix yoki xozirgi kunga oid faktlar ichidan muzey kizikishga moligini ajratib olish. 

2. 

Predmetning kimmatini fondni komplektlash maksadi yuzasidan urrganish va aniklash. 



3. 

Muzey axamiyatiga molik  predmetni yakuniy ekspertdan utkazish. 

4. 

Predmetni muzey predmetlari safiga kabul kilish. 



 

Fondlarni komplektlash manbalari xar xil bulib, u tasodifiy topilmalardan rejalashtirilgan 

yunaltirilgan tadkikotlargacha uz ichiga oladi. 



 

27 


 

Muzey uz faoliyati davomida kollektsiya tuplovchilar, aloxida predmetlarning egalari, 

ilmiy tashkilotlar (ilmiy kollektsiya tuplovchi, lekin saklovchi emas. Misol uchun: tarix 

fakul'tetlarining arxeologiya va etnografiya kafedralari), amaliy san`at ustalari, musavvirlar, 

fotograflar, nashryotlar, kitob palatalari, bukinistik va komession dukonlar bilan doimiy alokada 

bulishi zarur. CHunki ular muzey fondini komplektlashda asosiy urin tutadigan, katta samara 

beradigan uslub - dala tadkikotidir. Bu uslub asosan arxeologiya, etnografiya, moddiy madaniyat 

tarixi va boshka soxalar uchun xarakterlidir. 

 

3. Dala tadkikoti uch boskichda olib boriladi: tayyorlanish boskichi, dala-tadkikotini olib 



borish, yakuniy boskich. 

 

Tayyorlanish boskichida ekspeditsiya vazifalari aniklanadi, mavzu shakllantiriladi va 



tanlanadi, tanlangan ob`ektning xakikiyligi ilmiy asoslanadi. SHu boskichda ilmiy 

adabiyotlar,shu vа boshka muzeylardagi ekspeditsiya mavzusiga oid yigilgan kollektsiyalar, 

ishchi dastur va ekspeditsiya yunalishi urganiladi. Bu boskich oxirida ekspeditsiya raxbari va 

uning a`zolari maxsus xisobot-ma`ruza tayyorlab, uni  muzey ma`muriyati va maxsus 

komissiyaga topshiradilar. 

 

Ikkinchi boskich ekpeditsiya yunalishini joyini aniklashdan va keyingi ishlarni anik 



rejalashtirishdan boshlanadi. Lekin bu boskichda asosiy ish asosan dala-tadkikotini olib 

borishdir. Bu borada maxalliy axoli bilan suxbat, ularni kadimgi va xozirgi davrlardagi xayoti va 

faoliyatini urganish, ularni xikoyalarini yozib borish, muzey axamiyatiga molik predmetlarni 

topish va unga ega bulish, ular tugrisida axborot yigish (yozma, tasviriy va ovozli) kabi ishlar 

olib boriladi. 

 

Эkspeditsiyani xujjatlashtirish doimiy ravishda olib boriladi va katta axamiyatga ega 



buladi. CHunki bu xujjatlashtirish uz navbatida xukukiy axamiyatga xam ega buladi. Dala 

ruyxati (polevaya opis') asosiy ekspeditsiya xujjati xisoblanadi. Unda predmetning muzey 

axamiyatiga kanchalik molikligi dala sharoitida ekspeditsiya a`zolariga aniklashga yordam 

beradigan belgilari aniklanadi va yozib kuyiladi. 

 

Dala ruyxati kuyidagicha tuldiriladi: 



1. 

Tartib nomeri. 

2. 

Predmetning nomi, turi, tafsifi. Tafsif kiska, lekin predmet xakida etarli ma`lumot bera 



oladigan xolatda beriladi. Predmetning ilmiy nomidan tashkari, maxalliy nomi xam yozib 

kuyiladi. 

3. 

Predmet soni, mikdori. Predmet fakat bir rakam bilan nomerlanishi, lekin bir necha 



kismdan iborat bulishi mumkin. Masalan, bir predmetning turli tomondan olingan surati. 

4. 


Sanasini aniklash. Agar anik sanasini aniklash iloji bulmasa taxminiy sanasi surok belgisi 

bilan yozib kuyiladi.  

5. 

Kelib chiksh joyi, tarixi, kaysi davrga tegishliligi. 



6. 

Ulchami, saklanganlik sifati darajasi. 

7. 

Predmetning kimdan olinganligi va egasining manzili.  



8. 

Narxi. Agar sovga kilingan bulsa, u xam kayd etiladi. 

9. 

Predmetni olingan va xujjatlashtirilgan sanasi.  



10. 

Fond bulimini nomeri va shifri. Bu erda predmet kabul kilinadigan muzeyning fond 

bulimiyoziladi. 

11. 


Izox.  

 

Эkspeditsiya jarayonidagi asosiy ikkinchi xujjat ekspeditsiya kundaligi xisoblanadi. 



Kundalikda butun  ekspeditsiya faoliyati kariyalar, faxriydar va boshka muxim vokealar bilan 

tanishuv jarayoni va uning egaligi, mualliflari, predmetlar, suxbatlar, shuningdek keyingi 

ekspeditsiya yunalishini aniklashga doir suxbatlar aks etadi. Эkspeditsiya xujjatlashtirib borish 

xam muxim axamiyatga ega.  

 

Yakuniy boskich muzeyga kaytgach boshlanadi. Bu erda predmetlar yana kaytadan tulik, 



keng urganiladi va turkumlashtiriladi. Эkspeditsiya yakuni buyicha ilmiy xisobot tekshiriladi, 

maxsus seminar utkaziladi. Agar zarur bulsa, yigilgan kollektsiyalar xakida ma`lumotnoma nashr 




 

28 


etish, yigilgan kollektsiyalardan kurgazmalar tashkil etish va maxsus konferentsiya utkazish 

mumkin. 


 

Tayanch iboralar. 

 

Fond komplektlash, kollektsiya yigish, tipologik kollektsiya, tematik kollektsiya, dala 



ruyxati, ekspeditsiya kundaligi. 

Nazorat uchun savollar. 

1. 

Fondni komplektlash nimani bildiradi? 



2. 

Fondni komplektlash maksadi nima? 

3. 

Fondni komplektlash kanday axamiyatga ega? 



4. 

Komplektlash, kollektsiyalar yigish atamalarining farki? 

5. 

Tipologik kollektsiyaga ta`rif bering. 



6. 

Tematik kollektsiyaga ta`rif bering. 

7. 

Komplektlash jarayoni kanday obskichlardan iborat? 



8. 

Komplektlash jarayonida dala tadkikoti kanday axamiyatga ega? 

9. 

Dala tadkikoti necha boskichdan iborat? 



10. 

Dala ruyxati va ekspeditsiya kundaligi kanday tuldiriladi? 

 

Adabiyotlar.    



1. 

Muzeevedenie. M.1988 g. 

2. 

N. Sodikova. Madaniy yodgorliklar xazinasi. T.1981 yil. 



3. 

Kirienko E. M. Istoricheskiy muzey.  M.1984 g.    

 

 

 



 


Yüklə 497,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin