4-Mavzu. Mustakillik sharoitida muzeylar va muzey tormogining rivojlanish
muammolari.
REJA
1.
Mustakillik sharoitida muzeylar ishi.
2.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Uzbekiston muzeylari
ishini t akomillashtirish va rivojlantirish xakidagi karori.
3.
Respublikaning muzeylar tarmogi va uni rivojlantirish masalalari.
4.
Amir Temur muzeyning ochilishi va uning axamiyati.
5.
Mustakillik yillarida Uzbek muzeylarining xalkaro alokalari.
Mustakillik yillarda muzeylarga bulgan e`tibor va talab oshib bormokda. Bu albatta,
muzeylarning ijtimoiy vazifalari bilan boglik. Uzbekiston xududida mavjud muzeylar tizimini
yanada takomillashtirish, ularning xalkning ma`naviy-axlokiy kamolotida tutgan urnini oshirish,
muzey fondlarida saklanib kelinayotgan xalkimizning boy tarixini, mustakilligimiz odimlarini
aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, urganish, boyitib borish, dunyoga olib
chikish va targib kilish, ulardan xalkimiz ongida milliy gurur va iftixorni, istiklol va Vatanga
xurmat, sadokat tuygularini kuchaytirish yulida keng foydalanish, muzeylarning zamon talabiga
mos yukori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlab,
jaxon muzeyshunosligi tajribalarini kullashga zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Yana shu
katorda muzeylarni internet tizimi bilan boglash va ilmiy jixatdan markaz bulishdir.
Respublikamiz prezidentining "muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish tugrisida"gi 1998-yil 12-yanvardagi farmoni muzeylar va muzey xodimlarining
xayotida katta burilish nuktasi buldi.
Mamlakatimiz xududidagi mavjud bulgan muzeylar tuzimini yanada takomillashtirish, ularni
xalkning ma`naviy-axlokiy kamolotida tutgan urnini yanada oshirish maksadida "Uzbek muzey"
Respublika jamgarmasi tuzildi. Bunga kushimcha yana Uzbekiston Vazirlar maxkamasining
1998-yil 5-martdagi "Muzeylar faoliyatini tubdan kullab kuvvatlash masalalari tugrisida"gi
karori "Uzbek muzey"ga Uzbekiston muzeylariga xar tomonlama yordam kursatish vazifasini
topshirdi. Ushbu karorda mamlakat muzeylarini ta`mirlash zarur texnik va zamonaviy asbob
uskunalar bilan jixozlash xamda mablag bilan ta`minlash vazifalari yuklatilgan.
Tarmok - muzeylar faoliyati yunalishini ishlab chikarish, fan, san`atning biror tarmogiga
tegishli bulishidir. Mustakillik yillarida bu muzey tarmoklariga e`tibor bergan bulsak,
prezidentimiz karoridan sung yildan yilga rivojlanib, takomillashib bormokdi.
Muzeylarning tuplovchilik va noshirlik faoliyati xam rivojlanib usmokda. Muzeylarning
tuplovchilik faoliyatiga ilmiy etnografik, arxeologik izlanishlar natijasida topilgan ilmiy asarlar,
kulyozmalarni yigish va shular asosida muzeylardagi imkoniyat darajasida muzey xodimlarining
makolalari bilan chikish. Bundan tashkari respublika mikyosida muzeylar faoliyatini maxsus
jurnallarda yoritib borish va nashiryotlarda, bekletlar, plakatlar chikarish, kurgazmalar tashkil
etish va uslubiy kitoblarda yoritib borish va boshka kuplab ishlarni amalga oshiridan iboratdir.
Tarmok, bu muzeylar faoliyatini yunalishi ya`ni ilmiy tadkikot, fond ishlari, kurgazmalar
tashkil etishdir.
Ilmiy tadkikot ishlari ulkani urganish, san`ati, tarixi, adabiyoti tugrisida ma`lumotlar
yigish, ilmiy nashrlar chikarish, etnografik, arxeologik ilmiy tadkikotlar olib borish.
16
Fond ish muzey predmetlarini yigish, tadkik kilish, ilmiy kartochkalar, kataloglar, turli
universal-kartochkalar, doimiy kurgazmalar, kuchma kurgazmalar tashkil etish.
Muzey vazifasiga kura ilmiy tadkikot, ma`rifat, tadkikot va ukuv muzeylariga, yunalishi
va kollektsiyalariga karab, tarmok, ulkashunoslik va me`morial muzeylarga bulinadi. Tarmok
muzeyda ishlab chikarish, fan, san`atning biror tarmogiga tegishli buladi (masalan, tarix
muzeylari, zoologiya muzeylari). Ulkashunoslik muzeylari muayyan ma`muriy territoriyaning
tabiati, tarixi, xujaligi, san`ati, etnografiyasi va boshka soxalarni kompleks aks ettiradi.
Memorial muzeylar muxim tarixiy vokealar, atokli arboblarga bagishlanadi.
Fargona ulkashunoslik muzeyning bugungi kunda tarmoklari viloyatimizning turli
tumanlarida mavjud.
1.
"Xamza Xakimzoda Niyoziy muzeyi" - SHoximardon kishlogida 1957 yilda ochilgan.
2.
"Usmon Yusupovning memorial muzeyi" Kaptarxona kishlogida 1974 yilda ochilgan.
3.
"Yuldosh Oxunboboev memorial muzeyi" Margilon shaxrida 1964 yilda ochilgan.
4.
Yaypan shaxridagi "Uzbekiston tumani tarixi muzeyi " 1984 yil ochilgan.
5.
"Adabiyot va san`at muzeyi" Margilon shaxrida 1989 yilda ochilgan.
6.
Uchkuprik tumanidagi "Ziyovutdin Xaziniy uy muzeyi " 1997 yilda ochilgan.
7.
Oltarik tumani "Tarix muzeyi" 2000 yilda ochilgan.
Biz bu tarmoklar faoliyatiga nazar tashlasak, Prezidentimiz farmoni, Vazirlar
Maxkamasini karori va viloyat xokimiyatining karori bu tarmoklar yaxshilanib,
takommillashib, rivojlanib borishiga turtki bulganligini kurishimiz mumkin.
Madaniyat va xalk ta`limini vazirliklari tarkibida muzeylar bulishi yoshlarni
vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda muxim urin tutuvchi madaniyat uchoklari xisoblanadi.
Bularga shon-shuxraт muzeylari, ulka tarixi, mexnat faxriylari asori atikalari, Buyuk siymolar
tarixi, ulka tarixidan xikoya kiluvchi asori atikalardan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimiz xududidagi turli muassasalar, korxonalar, kurilish
tashkilotlari, kishlok jamoa boshkaruv xujaliklari koshida, shaxar, tuman, viloyat markazlarida,
xalk ta`limi tizimida 1200 dan ortik muzeylar mavjud bulib, ularni eng yiriklari poytaxtda
joylashgan.
SHu bilan birga unlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashxur san`at
arboblarining uy muzeylari mavjuddir. Bu muzeylar xalkimizni uzok tarixdan xikoya kiluvchi,
muzeydan sado beruvchi ma`naviyat maskanlari bulib, milliy mafkura va tafakkurni
rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy gurur va iftixorni yuksaltirishda ulug kadamlar bulib
kolmokda.
Xar bir millatni shakllanish tarixi, u bilan boglik siyosiy jarayonlarni aks ettiruvchi
muzeylar umumxalk muzeylari xisoblanadi. Xorazmdagi Ichan kal`a, Buxoro arki umumxalk
muzeylariga misol buladi.
1996 yilining 18 oktyabr' kuni mamlakatimiz poytaxti kadimiy Toshkentning kok
markazida Tong saxarda kur`on tilovati olis-olislarga taraldi. Ulug bobokalonimiz buyuk davlat
arbobi va engilmas sarkarda Amir Temur yodi xotirasiga atab SHark milliy me`morchiligining
noyob va mujizaviy namunasi bunyod etilib, Temuriylar tarixi davlat muzeyining tantanali
ochilishi mamlakatimiz tarixini urganishga bulgan e`tiborni kuchaytirdi.
Muzeyning ochilish marosimida Prezidentni suzlagan nutkida shunday deyiladi.
"Mamlakatimiz istiklolga erishgach "Amir Temur shaxsi yana vatan va millat timsoliga
aylanganini istiklolimizning xar bir tadbirida, mustakil davlatimizning xar bir kadamida buyuk
zot ruxi birga xamroxu-xamnafas bulib borayotganini ta`kidladi va uz fikrini davom ettirib,
"Buyuk shaxslarni tarix yaratadi", deydilar. Bunga kushimcha kilib soxibkiron bobomizning
suronli xayotini xayol kuzgusi utkazib, buyuk buyuk shaxslarni millat kaygusidan utkazi, xalk
dardi yaratadi",-dedi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi me`moriy jixatdan juda mukammal muxtasham
inshootdir. Bu avvalo bobokalonimizning mavjud shavkatiga, dunyoviy obryo-e`tiboriga va
daxoligiga munosib bulsa, ikkinchi tomondan, temuriylar bugungi avlodining bunyodkorlik
kudratidan, kozik didi, bekiyos iste`dodi va xayolotining cheksizligidan dalolat beradi. Yana
17
uning axamiyati Temur va temuriylar davlatini yanada yaxshirok urganish, uni xayotga tadbik
etish va milliy tariximizni xakkoniy tarixini yoritishda juda kattadir. Bugungi kunda bu muzey
ilmiy markazga aylangan.
Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 martdagi karori "Uzbek muzey" jamgarmasiga,
Uzbekiston muzeylar jamoatchilik kengashining Xalkaro muzeylar Kengashi IKOMga a`zo
bulganligini xisobga olib, Uzbekiston muzeylariga xar tomonlama yordam berish vazifasini
topshirdi. Uzbek muzeylar dunyoning kuplab kuzga kuringan mamlakatlari bilan ya`ni Angliya,
Amerika, Italiya, Frantsiya, Germaniya muzeylari bilan xamkorlikda faoliyat olib borib, yul
kursatkichlar, bukletlar va kataloglar nashr kilinib xamda kurgazmalar tashkil etilmokda.
Bizning Fargona Ulkashunoslik muzeyi kuplab mamlakatlar bilan xamkorlik kilmokda,
jumladan Yaponiya etnografiya muzey bilan xamkorlikda Fargonaning kadimgi tarixi
yuzasidanilmiy tadkikot ishlarini olib bormokda. Muzey xodimlari ilmiy markazda ukish uchun
Yaponiya uiga taklif etilmokda. Bundan tashkari Rossiya davlat ermitaji, Sankt-Petrburgdagi
Rossiya Davlat Эtnografiya muzeyi, Respublikamizda esa Uzbekiston Fanlar Akademiyasining
Arxeologiya Instituti, Uzbekiston Xalklari tarixi muzeylari bilan doimiy alokalar olib boriladi.
Tayanch iboralar.
Muzey tarmoki, muzey predmeti, umumxalk muzey, Uzbek muzey,tabiat bulimi, san`at
bulimi.
Nazorat uchun savollar.
1.
Mustakillik Uzbekiston muzeylariga kanday ta`sir kursatdi?
2.
Prezidentimiz Farmonining muzeylar uchun axamiyati kanday?
3.
Vazirlar Maxkamasining karori muzeylarga kanday imkoniyat yaratadi?
4.
Fargona ulkashunoslik muzey tarmoklari xakida ma`lumot bering.
5.
Fargona ulkashunoslik muzey bulimlari xakida ma`lumot bering.
6.
Amir Temur muzeyini ochishdan maksad nima?
7.
Fargona ulkashunoslik muzeyining tarmoklari viloyatimizning kaysi tumanlarida
joylashgan?
8.
Uzbek muzey jamgarmasi IKOMga a`zo bulishi uzbek muzeylariga kanday
imkoniyatlarni yaratdi?
9.
Muzeylarning ilmiy ommaviy ishlari nimalardan iborat?
10.
Xazina fondi ishi nimalardan iborat?
11.
Tabiat bulimini ishi nimalardan iborat?
12.
Tabiat bulimining vazifasi nimalardan iborat?
13.
Muzey tarmogi nima?
14.
Fargona ulkashunoslik muzeyi kachon tashkil etilgan?
15.
X.X.Niyoziy muzeyi kachon va kaerda tashkil etilgan?
16.
Oltarik tumanidagi tarixiy muzey kachon tashkil etilgan?
17.
Fargona ulkashunoslik muzeyi kaysi mamlakatlari bilan aloka kiladi?
18.
Amir Temur muzeyi kachon va kaerda ochilgan?
19.
Vazirlar Maxkamasining "Muzeylar faoliyatini tubdan kullab-kuvvatlash va
yaxshilaш tugrisida"gi karori kachon kabul kilingan?
20.
Uzbekistonda bugungi kunda nechta muzeylar mavjud?
18
Adabiyotlar.
1.
I. A. Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yuk" T.1998 y.
2.
"Uzbekiston muzeylar ishini takomillashtirish va rivojlantirish xakida"
Uzbekiston Vazirlar Maxkamasining karori g`g` Uzb.Abadiyoti va san`ati 1998 y. 10
yanvar'.
3.
I. Sodikova "Madaniy yodgorliklar xazinasi" T."Fan" 1981 y.
4.
"Moziydan sado" jurnali.
5.
"Fargona ulkashunosligi" F.-1996 yil.
Dostları ilə paylaş: |